PPSUTLSC-2024
PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY
TASHKENT, 0-8 MAY 2004 WW W. ¡П "Э СЭС^ГПу . U Z
TURIZM INDUSTRIYASINI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING TA'SIRI
1Todjimamatova Mashhura Erkinovna 2Berdiyeva Aziza G'anisher qizi 3Egamberdiyeva Oydin Abror qizi
TAFU, Tarmoqlar iqtisodiyoti kafedrasi o'qituvchisi 2TAFU, Tarmoqlar iqtisodiyoti kafedrasi o'qituvchisi TAFU, Tarmoqlar iqtisodiyoti kafedrasi o'qituvchisi [email protected], [email protected] 1ORCID ID: 0009-0004-9159-2423 3ORCID ID: 0009-0005-3565-5976 https://doi.org/10.5281/zenodo.13348644 Annotatsiya: Maqolada O'zbekistonda turizm infratuzilmasining mazmuni, tarkibi, funksiyalari, raqamli texnologiyalar uni rivojlantirishning zarurligi, ahamiyati, amaliyoti, huquqiy asoslari, jarayonlari, investitsion imkoniyatlari va muammolari tahlil qilingan va mazkur muammolarni hal etishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar: Turizm, turizm industriyasi, raqamli texnologiyalar turizm infratuzilmasi, sayyoh, investitsiya, mehmonxona, turistik xizmat, bandlik, turoperator, eksport.
KIRISH
Raqamli iqtisodiyot davlat boshqaruvi tizimi, iqtisodiyot, biznes, ijtimoiy soha va butun jamiyat rivojlanishining yangi asosi sifatida yuqori texnologiyali biznes tuzilmalari tomonidan elektron mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqarishga va ularni elektron tijorat orqali sotishga asoslangan tizimdir. Ba'zida u internet iqtisodiyoti, yangi iqtisodiyot yoki veb-iqtisodiyot degan terminlar bilan ham ifodalanadi. "Raqamlashtirish" atamasi esa raqamli iqtisodiyotga o'tish jarayonini anglatadi va axborotni yaratish, qayta ishlash, almashish va uzatish kabi raqamli texnologiyalarga asoslanadi.
Raqamli iqtisodiyot raqamli texnologiyalarga asoslangan elektron tijorat asosida rivojlanadi. Bu esa bugungi globallashuv jarayonlarining yanada jadallashuvi va unda davlatlar ishtirokining faollashuvi negizida resurslardan foydalanish samaradorligi, tannarxni pasaytirish va yuqori qo'shilgan qiymat, yangi ish o'rinlarini yaratish, iqtisodiy rivojlanish va jahon iqtisodiyotida raqobatning kuchayishiga sabab bo'ladi. Uning ustuvor resursi bo'lgan axborot va uni samarali boshqarish turizm sanoati uchun ham juda muhim omil hisoblanadi.
Turizm industriyasi raqamli texnologiyalarni faol joriy etish va ulardan foydalanishga yo'naltirilgan. Ko'pgina turizm korxonalari o'zlarining biznes-jarayonlarini raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish paradigmasiga muvofiq ravishda qayta qurishmoqda, bular onlayn sayohat bron qilish tizimi, elektron tijorat, elektron xizmat va h.k. Shunday qilib, bugungi kunda sayyohlik sanoati raqamli iqtisodiyotda rivojlanishda davom etmoqda, bu esa bozor iqtisodiyotining eng og'ir sharoitida ushbu sohani har qanday o'zgarishlarga nisbatan ancha moslashu- vchan bo'lishiga imkon beradi, bu esa raqamli texnologiyalar rivojlanayotgan dunyoda raqobatbardoshlik dara- jasini sezilarli darajada oshiradi.
Mazkur muammolarni hal etishda esa salmoqli miqdordagi investitsiyalarga bo'lgan talab yuzaga keladi. Bu esa raqamli texnolgiyalarni joriy etish bilan birga turizm xizmatlari sohasida yangi yo'nalishlar va imkoni- yatlarni ham oshirishga bo'lgan talabni kuchaytirmoqda.
ADABIYOTLAR SHARHI
Turizm industriyasi tushunchasi iqtisodiy adabiyotlarda olimlar va turli manbalarda tadqiqotchilar tomonidan turlicha talqin etilgan. Biroq, bugungi kunga kelib uning rivojlanish holati turizm industriyasining murakkab va yirik soha ekanligini ko'rsatmoqda. Shu nuqtay nazardan Morozov M. A. boshchiligidagi olimlar guruhining ushbu atamaga bergan ta'rifi turizm industriyasi mazmunini imkon qadar to'la xamrab olishga munosib tush- unchani aks ettirganligini ko'rish mumkin. "Turizm industriyasi - iqtisodiyotning yirik mustaqil majmuasi bo'lib, uning tarmoqlari va korxonalari guruhidan iborat bo'lib, ularning funksiyalari bo'sh vaqtlarda ko'ngil ochish va dam olishning har xil turlariga bo'lgan tobora murakkablashgan va turli-tuman talabni qondirishga asoslanadi"1.
Yana bir olim Kutepova G. N. bergan ta'rifga ko'ra, "Turizm industriyasi - bu murakkab dinamik tizim bo'lib, unda turoperatorlar va turagentlardan tashqari iste'molchiga xizmat ko'rsatuvchi va shu bilan turizmni maxsus iqtisodiy hodisa sifatida imkon yaratadigan ko'plab korxonalar mavjud"2. Bu tizim markazida u professional turizm ta'limini ko'rgan holda, kadrlarni
1 Морозов М. А., Морозова Н. С., Карпова Г. А., Хорева Л. В. Экономика туризма: учебник. - М.: Федеральное агентство по туризму, 2014. - С. 28.
2 Кутепова Г. Н. Анализ рынка вакансий туроператорских и турагентских компаний г. Москвы. Индустрия туризма:
возможности, приоритеты, проблемы и перспективы: сборник
научных трудов XI Международной научно-практической конференции. - 5-6 декабря 2018 г. - М.: Московский государственный институт индустрии туризма имени Ю. А. Сенкевича, 2018. -С. 80.
. . .E.jíl PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE 55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of
I Li I ™ ^ЭТ CENTURY
TASHKENT, 6-8 MAY 2004
tayyorlash, qayta tayyorlasha, malakasini oshirish turizm sohasida yangi yo'nalishlarni kashf etish va rivojlantirishda bosh omil sifatida baholaydi.
Turizm industriyasi sohasida tadqiqotlar olib borgan Maklashina L.R. uning yuqori daromadli va tez rivojlanib borayotgan sohalardan ekanligini ta'kidlaydi. "Zamonaviy turizm industriyasi jahon iqtisodiyotining eng yirik, eng daromadli va tez rivojlanayotgan sohalaridan biridir. Turizm xizmat ko'rsatish sohasi sifatida mamlakat ichkarisida milliy daromadni qayta taqsimlashning muhim vositasi bo'lib, iqtisodiyotning ko'plab sohalarini rivojlantirishga multiplikatsion ta'sir ko'rsatadi"3.
Raqamli iqtisodiyot sharoitidagi jadal rivojlanish mamlakatlar o'rtasidagi raqobatni yanada kuchaytirmoqda va bunga turizm industriyasi rivoji va undagi innnovatsiyalarning ham faol tatbiqi o'z ta'sirini ko'rsatmoqda. Shunga asoslanib, tadqiqotchi-olim, i.f.n. Xaydar Lotfi shunday xulosaga keladiki, "Bugungi kunda butun dunyoda sayyohlarni jalb qilish uchun alohida mamlakatlar o'rtasida raqobat kuchayib bormoqda, bu esa turizm industriyasini joylashtirishning yangi usullarini izlashga olib keladi"4. Bu esa sohada raqamli texnologiyalarni jadal qo'llash bilan bog'liq elektron tijorat shakliga ham keng yo'l ochib berilish imkoniyatlarini ham tadqiq etishni taqozo etadi.
Shunga ko'ra, rus olimlari N.Morozova va M.Morozovlar zamonaviy turizm industriyasi yangi kompyu- ter texnologiyalarini joriy etilishi bilan ulkan o'zgarishlarga ega bo'lganligini, har qanday tashkilotni turistik biznes bozorida zamonaviy axborotlar texnologiyasidan foydalanilmasdan muvaffaqiyatli faoliyat ko'rsatishi amaliyotda mumkin emasligini ta'kidlaydilar. Ular shunday asosli ilmiy xulosalarni beradiki, unga ko'ra, turizm mahsulotini yaratish va sotish texnologiyasi xususiyati qisqa vaqt ichida transport vositalariga erishish va turistlarni joylashtirish imkoniyatlari haqida ma'lumotlarni taqdim etish, joylarni tez bron qilish va rezervlashni ta'minlash, turistik xizmatlar (chiptalar, hisoblar va yo'nalish bo'yicha ko'rsatma, yo'l xaritalari kabi hujjatlarni parallel rasmiylashtirish, hisob-kitob va ma'lumotnomali axborotlar bilan ta'minlash va sh.k.lar)ni taqdim etish- dagi qo'shimcha vazifalarni hal etishni avtomatlashgan tarzda ta'minlaydigan tizimlarni yaratishni talab etadi. Ushbu natijaga esa tizimda axborotni qayta ishlash va uzatish uchun zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan keng foydalanish sharoitidagina erishish mumkin. Turizm industriyasi shunchalik ko'p turli va ko'p qirraliki, u turli axborot
3 Маклашина Л. Р Деловой туризм - инструмент продвижения индустрии туризма. // Актуальные вопросы экономических наук: материалы междунар. науч. конф. - (г. Уфа, июнь 2011 г.). / Под общ. ред. Г. Д. Ахметовой. - Уфа: Лето, 2011. - С. 122. // ISBN 978-5-87308-044-1.
4 Хайдар Лотфи. Экономико-географические особенности развития и размещения туристической индустрии Ирана (на примере провинции Хормозган). - Дисс. на соис. уч. ст. кан-т географических наук. - Душанбе: Таджикский государственный педагогический университет имени Садриддина Айни. - 2018. -С. 3.
texnologiyalarini qo'llovchi alohida holdagi turistik firma yoki otel ishini avtomatlashni ta'minlovchi maxsus dasturiy vositalarni yaratishdan to global kompyuter tarmoqlaridan foydalanishni ham talab etadi.
Turizm sohasiga yo'naltiriladigan investitsiyalar o'ziga xos jihatlarga ega bo'lib, unga oid masalalar Bogolyubov V.S., S.A. Bbistrov, Bogolyubova S.A. tomonidan atroflicha o'rganilgan. Ushbu mualliflar jamoasi turizmda investitsiyalar tushunchasiga shunday ta'rif beradi: "Turizmga xos investitsiya deganda mamlakat ichkarisidagi singari tashqarisida ham qo'yilgan mablag'dan kerakli miqdordagi foydani olish maqsadida moliyaviy resurslardan turizm sohasida uzoq vaqt muddatli (bir yildan ortiq muddatga) kapital qo'yilmalar shaklida foydalanishni anglatadi. Boshqacha qilib aytganda, turizmga investitsiyalar - kapital yordamida yangi turistik obyektlarni yaratish, modernizatsiyalash yoki muayyan turdagi turistik xizmatlarni ishlab chiqaruvchi va taqdim etishga qodir bo'lgan mavjudlarini rekonstruksiya qilish, shuningdek, nomoddiy aktivlar (ixtirolar, nou-xau va sh.k.lar) ni yaratish sifatida o'zini namoyon etadi. Shunday qilib, turistlarga xizmat ko'rsatish sifatini yaxshilashda katta hajmdagi turistik xizmatlarni ishlab chiqarish va taqdim etishga qodir bo'lgan yangi turistik obyektlarni yaratish g'oyalarini moddiylashtirish jarayoni kechmoqda"5.
Tadqiqotchilar e'tiborini turizm sanoatining kapitalni ko'p talab qiladigan qismi sifatida turistik korxonalarning, asosan, mehmonxonalarning investitsiya faoliyatini baholashning ayrim jihatlari jalb qiladi6.
Shunisi e'tiborliki, Xitoy xalqi dunyo bo'yicha ichki va tashqi eng ko'p turistik sayohat qiluvchi mamlakat hisoblanadi. Shu sababdan bugungi kunda Xitoy ichki va tashqi turizmni rivojlantirish maqsadida mehmonx-onalarni qurish, turlarini ko'paytirish, ularda xizmat ko'rsatish va qabul qilishda turli usullarni qo'llashda yangi innovatsion g'oyalardan foydalanishga katta e'tibor qaratilmoqda7.
Turizm industriyasining salohiyati yuqori bo'lib, u inson kapitalini rivojlantirish va undan samarali foydalan- ishda ham muhim ahamiyatga ega. Bu masalada muallif D. M. Abduraimov o'z maqolasida quyidagi ilmiy-tad- qiqot xulosalarini bayon etgan: "Turizm sohasi inson salohiyati rivojlanishining muhim omili bo'lib bormoqda. Shunday ekan, bu muayyan mamlakat yoki hududda yangi ish o'rinlarining yaratilishi, qo'shimcha investitsiyalarning jalb qilinishi, soliq tushumlarining oshishi, madaniy, tarixiy va tabiiy
5 Боголюбов В. С., С. А. Быстров, Боголюбова С. А. Экономическая оценка инвестиций в развитии туризма: учеб. пособие. - М.: Академия, 2009. - С. 6.
6 Балабанов И. Т., Балабанов А. И. Экономика туризма: учебное пособие. - М.: Финансы и статистика, 2000. - С. 35-36.; Гулямов В. Г., Селиванов И. А. Туризм: экономика, управление, устойчовое развитие. - М.: Российская международная академия туризма. Советский спорт, 2008. - С. 215-216.
7 Barnabe Walheer, Linjia Zhang. Profit Luenberger and
Malmquist-Luenberger indexes for multi-activity decision-making units: The case of the star-rated hotel industry in China //International
Journal of Tourism Management. Pages 1-604 (December 2018) rr.1-11.
PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY
TASHKENT. 0-8 MAY 2024
boyliklarni saqlash hamda oqilona foydalanishda o'z aksini topmoqda"8.
Yuqorida ko'rib o'tilgan mutaxassislarning fikriga ko'ra, turizm industriyasini rivojlantirish mamlakatning ijti- moiy-iqtisodiy faoliyati va xalqaro integratsiyasini rivojlanishiga bevosita ta'siri yuqori ekanligi asoslab berilgan. Bunda mavjud imkoniyatlarni to'la ishga solishda investitsiyalar asosiy omil sifatida maydonga chiqadi.
METODOLOGIYA
Raqamli iqtisodiyot sharoitida turizm industriyasini rivojlantirishning investitsion imkoniyatlarini va undan foydalanishning ahamiyatini o'rganish metodologiyasi qo'llanilib, bu borada muxatassis va olimlar yondashu-vlari va fikrlarini o'rgangan holda kuzatish, iqtisodiy guruhlash, omillarni tahlil qilish, qiyoslash, emperik tadqiqot, tizimli va qiyosiy tahlil hamda ekspert baholash kabi umumiy ilmiy tahlil qilish metodlardan foydalanilgan. Shuningdek, respublikamiz turizm industriyasini 2025 yilgacha rivojlantirishda investitsiyalardan foydalanish yo'nalishlarining ustivor vazifalariga oid xulosalar qilingan va investitsiyalar asosida uni takomillashtirishga oid aniq tavsiyalar ishlab chiqilgan.
TAHLIL VA NATIJALAR
So'nggi yillarda turizm dunyo iqtisodiyotida eng jadal rivojlanayotgan tarmoqlardan biriga aylandi. Turizmning jahon eksportidagi ulushi oziq-ovqat sanoati va avtomobilsozlikni ortda qoldirib ketdi hamda kimyo mahsulotlari va yonilg'i savdosidan keyin uchinchi o'ringa chiqib oldi9.
Shu nuqtay nazardan so'nggi yillarda O'zbekistonning mavjud tabiiy, geografik, tarixiy, madaniy, ma'naviy, etnografk, milliy boyliklari, meros va shart-sharoitlarini hisobga olgan holda mamlakatda turizm industriyasini rivojlantirish va unda raqamli texnologiyalar samaradorligini oshirishga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda. Xususan, 2019 yil 18-iyulda O'zbekiston Respublikasining "Turizm to'g'risida"gi O'RQ-549-sonli Qonuni qabul qilindi, shuningdek, turizm sohasiga oid bevosita va bilvosita aloqador bo'lgan 65 dan ortiq huquqiy-me'yoriy hujjatlar qabul qilinib, ijroda amal qilinmoqda.
O'zbekistonda turizm industriyasini jadal rivojlantirish raqam iqtisodiyot salohiyatini oshirishga ko'p jihatdan bog'liq. Shu munosabat bilan mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish O'zbekiston uchun kelgusi yillarda eng dolzarb va ustuvor yo'nalishlaridan biri bo'lib qolmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoyev parlamentga yo'llangan
Murojaatnomalarida ta'kidlaganidek, "Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallash- imiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yo'lidan borish imkoniyatini
beradi. Zero, bugun dunyoda barcha sohalarga axborot texnologiyalari chuqur kirib bormoqda.
... Albatta, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish kerakli infratuzilma, ko'p mablag' va mehnat resurslarini talab etishini juda yaxshi bilamiz. Biroq, qanchalik qiyin bo'lmasin, bu ishga bugun kirishmasak, qachon kirishamiz?! Ertaga juda kech bo'ladi. Shu bois, raqamli iqtisodiyotga faol o'tish - kelgusi 5 yildagi eng ustuvor vazifalarim- izdan biri bo'ladi.
Raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, ortiqcha xarajatlarni kamaytiradi. Shu bilan birga, meni juda qattiq tashvishga soladigan va bezovta qiladigan eng og'ir illat
- korrupsiya balosini yo'qotishda ham ular samarali vositadir. Buni barchamiz teran anglab olishimiz darkor"10.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 9-yanvarda qabul qilingan "O'zbekiston Respublikasining 2020-2022 yillarga mo'ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" PQ-4563-sonli Qarorida respublikamizda bir qator yirik investitsiya loyihalarni amalga oshirishi belgilangan. Jumladan, 2020-2022 yil mobaynida axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalari sohasidagi loyihalarga 6886,9 million dollarga teng investitsiyalarini jalb qilinishi rejalashtirilgan. Ya'ni:
■ 2020 yilda umumiy qiymati 181,1 mln. AQSh dollari, shundan to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar
- 141,3 mln. AQSh dollari, davlat kafolati ostidagi kreditlar - 38,8 mln. AQSh dollari. "O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 9-yanvardagi PQ-4563-son Qarori bilan tasdiqlangan 2020 yilgi Investitsiya dasturiga muvofiq axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish sohasi bo'yicha 2020- yil davomida tasdiqlangan barcha investitsiya loyihalari amalga oshirilib, belgilangan reja ortig'i bilan bajarilishiga erishildi"11;
■ 2021-yilda umumiy qiymati 244,8 mln. AQSh dollari, shundan to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar
- 174,7 mln. AQSh dollari, davlat kafolati ostidagi kreditlar - 69,6 mln. AQSh dollari;
■ 2022 yilda esa loyhalarning umumiy qiymati 259,7 mln. AQSh dollariga teng mo'ljallangan bo'lsa, shulardan 187,2 mln. AQSh dollarini to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar, davlat kafolati ostidagi kreditlar yesa 77,8 mln. AQSh dollarini jalb qilinishi ko'zda tutilgan.
Ta'kidlash kerakki, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28-apreldagi "Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida" PQ-4699-sonli Qaroriga muvofiq 2020-2022 yillarda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish bo'yicha umumiy
8 Abduraimov D. M. Turizm infratuzilmasi tarkibiy qism elementlari va funksiyalari. // "Iqtisod va moliya" jurnali, 2021. - №2 (138). B. 17.
9 Markaziy Osiyoning investitsiya salohiyati. 17.04.2019-y. https://uzanalytics.com/iqtisodi%D0%B5t/4448/.
10 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi. 24.01.2020-y. // https://nrm.uz.
11 2020-yil davomida qator investitsiya loyihalari reja bo'yicha bajarildi. 05.02.2021-y. // https://mitc.uz/uz/news/2158
. PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE
55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF
I Li I ™ ^ЭТ CENTURY
TASHKENT, 6-8 MAY 2004
qiymati 18,8 trln. so'm bo'lgan 37 ta ustuvor loyihalar amalga oshirilishi belgilangan.
Mazkur loyihalarning 46,7 foiz to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar va kafolatlanmagan kreditlar hisobidan, 34 foiz davlat kafolati ostidagi kreditlar hisobidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Erishilgan mazkur amaliy natijalar turizm industriyasini raqamli texnologiyalar asosida yanada faol rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda12.
1. Zero, rsepublikamiz Prezidenti Sh. Mirziyoyev ta'birlari bilan aytganda, "...turizmni rivojlantirish, sohaga investitsiyalar jalb etish, kadrlar salohiyatini oshirish bo'yicha kompleks choralar ko'rishimiz lozim"13. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi "O'zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5781-sonli Farmoni turizm infratuzilmasidagi mavjud muammolarni hal etish, taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va jahon bozorlarida milliy turizm mahsulotlarini faol targ'ib qilish, turizm tarmog'ining kadrlar salohiyatini kuchaytirish orqali turizm sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish hamda respublikaga kirib kelayotgan xorijiy fuqarolar sonini keskin ko'pay- tirish maqsadida qabul qilinib, uning asosida 2019-2025-yillarda O'zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasi va uning asosiy yo'nalishlari tasdiqlandi. ish maqsadga muvofiqdir.
2. Mehmonxonalar, ko'ngil ochish va dam olish maskanlarida bepul Wi-Fi zonalar tashkil etish zarur.
3. Xorijiy turistlarga sifatli xizmatlarni ko'rsatish maqsadida joylarda xodimlarga turizm madaniyati va xorijiy tilda muloqot ko'nikmalarini o'rgatuvchi o'quv markazlari faoliyatini yo'lga qo'yish maqsadga muvofiqdir.
Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizda turizm industriyasini rivojlantirishda investitsiyalar va raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish
imkoniyatlarimiz yuqori bo'lib, ulardan samarali foydalanish ichki va tashqi turzstik oqimni yanada kuchaytirish bilan birga mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va xalqaro integrsiyasini faollashtirishda muhim omil bo'lib xizmat qiladi.
ADABIYOTLAR:
[1] Abduraimov D. M. Turizm infratuzilmasi tarkibiy qism elementlari va funksiyalari. // "Iqtisod va moliya" jurnali, 2021. - №2 (138).
[2] Axborot texnlogiyalari sohasiga investitsiyalar. // https://mitc.uz/uz/pages/inves tory
12 Axborot texnlogiyalari sohasiga investitsiyalar. // https://mitc.uz/uz/pages/inves tory
13 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning
Oliy Majlisga murojaatnomasi. 28.12.2018 y. //
http://uza.uz/oz/politics/ zbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyeevning-oliasy-28-12-2018.
16 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 avgustdagi "O'zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5781-sonli Farmoni. // www.lex.uz
[3] Балабанов И. Т., Балабанов А. И. Экономика туризма: учебное пособие. - М.: Финансы и статистика, 2000.
[4] Barnabe Walheer, Linjia Zhang. Profit Luenberger and Malmquist-Luenberger indexes for multi-activity decision-making units: The case of the star-rated hotel industry in China //International Journal of Tourism Management. Pages 1-604 (December 2018) рр.
[5] Боголюбов В. С., С. А. Быстров, Боголюбова С. А. Экономическая оценка инвестиций в развитии туризма: учеб. пособие. - М.: Академия, 2009.
[6] Гулямов В. Г, Селиванов И. А. Туризм: экономика, управление, устойчовое развитие. - М.: Российская международная академия туризма. Советский спорт, 2008.
[7] Кутепова Г. Н. Анализ рынка вакансий туроператорских и турагентских компаний г. Москвы. Индустрия туризма: возможности, приоритеты, проблемы и перспективы: сборник научных трудов XI Международной научно-практической конференции. - 5-6 декабря 2018 г. -М.: Московский государственный институт индустрии туризма имени Ю. А. Сенкевича, 2018.
[8] Маклашина Л. Р Деловой туризм - инструмент продвижения индустрии туризма. // Актуальные вопросы экономических наук: материалы междунар. науч. конф. - (г. Уфа, июнь 2011 г.). / Под общ. ред. Г. Д. Ахметовой.
[9] Уфа: Лето, 2011. -122-124 стр. ISBN 978-5-87308044-1.
[10] Markaziy Osiyoning investitsiya salohiyati. 17.04.2019 y. https://uzanalytics.com/iqtisodi%D0%B5t/4448/.
[11] Морозов М. А., Морозова Н. С., Карпова Г. А., Хорева Л. В. Экономика туризма: учебник. - М.: Федеральное агентство по туризму, 2014. - 320 с.
[12] Хайдар Лотфи. Экономико-географические особенности развития и размещения туристической индустрии Ирана (на примере провинции Хормозган). - Дисс. на соис. уч. ст. кан-т географических наук. - Душанбе: Таджикский государственный педагогический университет имени Садриддина Айни. - 2018.
[13] O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi. 24.01.2020-y. // https:// nrm.uz.
[14] O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi. 28.12.2018-y. // http://uza. uz/oz/politics/zbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyeevning-oliasy-28-12-2018.
[15] O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi "O'zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5781-sonli Farmoni. // www.lex.uz
[16] O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi. // https://stat.uz.
[17] O'zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi. // https://minsport.uz/uz/ministry
PPSUTLSC-2024
PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS ID THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY
tashkent.mm.y2o« www.in~academy.uz
[18] 2020-yil davomida qator investitsiya loyihalari reja bo'yicha bajarildi. 05.02.2021-y. // https://mitc.uz/uz/news/2158
[19] http://www.fingramota.org/teoriya-finansov/item/2198-chto-takoe-tsifrovaya-ekonomika
[20] https://www.interfax.ru/business/763066