Научная статья на тему '“ZOMIN” TURISTIK-REKREATSION ZONASINING IQTISODIY-GEOGRAFIK XUSUSIYATLARI'

“ZOMIN” TURISTIK-REKREATSION ZONASINING IQTISODIY-GEOGRAFIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
39
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
erkin turistik zona / investitsiya / rekreatsiya / sport turizmi / turizm / turistik erkin iqtisodiy zona / turistik-rekreatsion zona.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Amanov A.Q.

Ushbu maqolada “Zomin” turistik-rekreatsion zona(keyingi o’rinlarda TRZ)sining o‘ziga xos iqtisodiy-geografik xususiyatlari (tabiiy va iqtisodiy geografik o‘rni,tabiiy sharoiti, tog‘ va sport turizmi obyektlariga, yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalariga va mehnat resurslariga nisbatan joylashuvi) va uning kelagakda rivojlantirish istiqbollari haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“ZOMIN” TURISTIK-REKREATSION ZONASINING IQTISODIY-GEOGRAFIK XUSUSIYATLARI»

DOI 10.5281/zenodo.10598426 УДК: 914/919

Amanov A. Q.

Geografiya kafedrasi o'qituvchisi Urganch davlat universiteti

"ZOMIN" TURISTIK-REKREATSION ZONASINING IQTISODIY-GEOGRAFIK XUSUSIYATLARI

Annotatsiya. Ushbu maqolada "Zomin" turistik-rekreatsion zona(keyingi o'rinlarda TRZ)sining o'ziga xos iqtisodiy-geografik xususiyatlari (tabiiy va iqtisodiy geografik o 'rni,tabiiy sharoiti, tog' va sport turizmi obyektlariga, yo'l-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalariga va mehnat resurslariga nisbatan joylashuvi) va uning kelagakda rivojlantirish istiqbollari haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: erkin turistik zona, investitsiya, rekreatsiya, sport turizmi, turizm, turistik erkin iqtisodiy zona, turistik-rekreatsion zona.

Amanov A.Q. teacher

Department of Geography Urganch State University

ECONOMIC AND GEOGRAPHICAL CHARACTERISTICS OF THE TOURIST AND RECREATIONAL ZONE "ZOMIN"

Abstract. This article examines the specific economic and geographical features of the tourist and recreational zone "Zomin " (hereinafter - TRZ) (natural, economic and geographical position, natural conditions, access to mountain and sports tourism facilities, location of roads in relation to transport and engineering -communication infrastructure and human resources) and prospects for its further development.

Key words: free tourist zone, investment, recreation, sports tourism, tourism, tourist free economic zone, tourist and recreational zone.

Kirish. Turizm-bugungi kunning eng istiqbolli va shu bilan birga eng serdaromad tarmoqlardan biridir. Keyingi paytlarda dunyoda turistlar soni va turizm bilan shugullannuvchi tashkilotlar soni kundan kunga оЛЛ bormoqda. Tabiat va uning хilma-хilligi, betakror tabiiy landshaftlarni organis h va ularni ^k^ats^n bafolash, ularda turizm obyektlarini tashkil qilishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish bugungi kunning muhim masalalaridan sanaladi.

Turizm ravnaqi uchun maxsus iqtisodiy hududlarni tuzish, turistik klasterlarni yaratish, sohaga strategik sheriklarni jalb qilish, sayyohlik

infratuzilmasi va turizm sanoatini jadal rivojlantirish, hududlarni sayyohlik salohiyatidan to'liq va samarali foydalanish, milliy turistik mahsulotlarni ishlab chiqarish va uni jahon bozoriga olib chiqish borasidagi faoliyatimizni jadal rivojlantiramiz [1].

Turizmning-ekoturizm, gastronomik turizm, ekstremal turizm, sport turizmi, sog'liqni saqlash va dam olish turizmi kabi o'nlab turlari borki, ularni hududning tabiiy-rekreatsion, ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlaridan kelib chiqib tashkil qilish maqsadga muvofiq. Shu sababli ham mamlakatimiz mintaqalarining rekreatsion xususiyatlarini aniqlash va baholash, mavjud turizm obyektlarining muhim xususiyatlari bilan tanishish, hamda u orqali turizm industriyasi rivojlanishini tahlil qilish muhim ahamiyatga ega.

Rekreasion resurslar-tabiiy va madaniy rekreatsiya resurslariga ajratiladi. Tabiiy rekreatsiya resurslariga xushmanzara tabiat go'shalari kiradi: daryo sohillari, tog'lar, ko'l sohillari, vodiylar, to'qaylar, o'rmonlar, suniy bog'lar, tabiiy yodgorliklar va ajoyib relef shakllari, shifobaxsh buloqlar kiradi. Madaniy rekreatsiya resurslarga quyidagilar kiradi. Tarixiy shaharlar, tarixiy binolar, tarixiy joylar, dam olish bog'lari, muzeylar, teatrlar, amfiteatrlar, favvoralar va haykaltoroshlik namunalari kabilar kiradi.

Adabiyotlar tahlili. Jizzax deganda, avvalo Zarafshon vohasida joylashgan, o'zining go'zal va betakror tabiati, qadimiy tarixi, serviqor tog'lari, bepayon dashtu dalalari, eng muhimi, oqko'ngil, oriyatli va mehnatkash insonlari bilan odamni o'ziga maftun etadigan bir diyor ko'z ongimizda namoyon bo'ladi.

Bu zamindagi Zomin milliy bog'i, Baxmal, Jizzax va Forish tog'laridagi yam-yashil archazorlar, soy va buloqlar, Arnasoy, Aydarko'l, Tuzkon ko'llari atrofidagi tabiat mo'jizalarini tasvirlash uchun odam yo zo'r shoir, yo zo'r rassom bo'lishi kerak [2].

Erik Koen o'zining "Xalqaro turizm sotsiologiyasi tomon" asarida taklif qilgan va u quyidagi tezisni shakllantirgan: "Ommaviy turistlar" mikromuhit xavfsizligini his qilish bilan birga, belgilangan joyning makromuhiti yangiligini his qilishni xohlashadi Bu ular uchun qulay, mehmonxonalar va tanish taomlardan iborat, ya'ni o'zlari atrofida kamdan kam hollarda tark etadigan o'ziga xos "zonasi"ni tashkil qiladi [6]. Aynan shunday zonalarni tashkil qilinishi mamlakatimiz turizm rivojida katta ahamiyatga ega. Toshkent va Jizzax viloyatlaridagi mavjud rekreatsion reurslarni hisobga olgan holda, keyingi davrda Chorvoq turistik zonasi va Zomin TRZlari tashkil qilindi.

O'zbekistonning Jizzax viloyati Zomin tumanida ekoturizmni rivojlantirish uchun juda ulkan salohiyat mavjud [8]. Tumanning rekreatsiya resurslari o'rganilganda, u yerdagi tabiiy yoki rekreatsiya obyektlaridan qaysi turlari va ularning qayerlarda tarqalgani aniqlanadi hamda tavsiflari tuziladi. Jumladan o'rganilayotgan, Zomin TRZsidagi ajoyib tabiat yodgorliklari (xushmanzara joylar, turli xil relef shakllari, g'orlar va h. k.), shuningdek, madaniy yodgorliklari, dam olish zonalari, bozorlar va boshqa obyektlarga e'tibor qaratiladi.

Zomin tumanining tanilishi tufayli turizmning yangi turi — ekoturizm shakllandi va rivojlanmoqda, mahalliy aholining farovonligi oshmoqda [8].

Dennis Judd turistik zonalarni sayohatchiga "xavfsizlik, himoya va qulaylik" tuyg'usini beruvchi, ko'pincha atrofdagi shahar ijtimoiy-madaniy "manzarasi"dan tubdan farq qiladigan "tinchlik orollari" deb ataydi [7].

Tadqiqot metodologiyasi. Tumanda turizm sohasida bir qator tadbirkorlik subyektlari tashkil etildi va modernizatsiya qilindi, bunga 12 ta mehmonlar uchun mo'ljallangan uy, 2 ta sayyohlik bazasi va bitta mehmonxona, tabiiy va arxeologik hududlar ichida axborot markazlari va dam olish hududida 350 metrlik chan?i trassasi kiradi. Mazkur obyektlarning barchasi mahalliy aholi tomonidan boshqariladi, bu ularni bandlik va daromad bilan ta'minlaydi. 10 ta axborot lavhasi va 20 ta yo'l belgilari o'rnatildi. 80 nafar mahalliy mutaxassis turizm sohasiga o'qitildi, Zomin tumani esa O'zbekistonda o'zining brendi, veb-sayti (www. zaamin. uz) va «Facebook»da sahifasiga ega bo'lgan birinchi tuman bo'ldi. Zomin brendi xalqaro turistik yarmarkalarda tumanga va butun O'zbekistonga tadbirkorlarni jalb etuvchi mahalliy mahsulotning zaruriy o'ziga xos belgisiga aylandi [8].

O'zbekistonda turizmni xususan, erkin turistik zonlarni rivojlantitish bobida Samarqand davlat universiteti geograf olimi M. Usmanov quyidagi o'z fikrlarini beradi. Turizm istiqbolida va hududlarda maxsus turistik zonalarning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi:

-O'zbekistonning geografik o'rni va joylashuvidan kelib chiqqan holda turizm sohasiga o'ziga xos yondoshish, optimal rivojlantirish uchun xorij tajribasini o'rganish;

-turistik atlas yaratishning nazariy va metodologik asoslarini ishlab chiqish; -tabiiy sharoit va o'ziga xos iqlim xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tanishuv, rekreatsiya va dam olish va sog'lomlashtirish maskanlarini kartalashtirish va turist qabul qilish yukini geografik va ekologik baholash; -turistik reklamalarni tashkil etishning hududiy jihatlarini tadqiq etish; -maxsus turistik zonalarni tashkil etish asoslarini hududiy jihatlarini o'rganish [10].

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 26. 10. 2016 yil PF-4853-son qaroriga asosan maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga ba'zi soliqlar uchun imtiyozlar, shuningdek soliq kodeksi va O'zbekiston respublikasining "maxsus iqtisodiy zonalar to'g'risida"gi qonunga asosan o'rnatilgan tartibda bojxona to'lovlari bo'yicha imtiyozlarni qo'llash hususiyatlari ko'zda tutilgan soliq va bojxona to'lovlari uchun imtiyozlar 3 yildan 10 yilgacha kiritilgan investitsiya hajmidan kelib chiqib taqdim etiladi. Xususan:

• 300 ming AQSH dollaridan 3 mln AQSH dollarigacha - 3 yilgacha muddatda

• 3 mln AQSH dollaridan 5 mln AQSH dollarigacha - 5 yilgacha muddatda

• 5 mln AQSH dollaridan 10 mln AQSH dollarigacha - 7 yilgacha muddatda

• 10 mln AQSH dollari va undan ko'p miqdorda - 10 yil muddatda [4]. Mazkur bojxona imtiyozlari mamlakatmizda tashkil qilingan barchaEIZlar uchun belgilab qo'yilgan bo'lib, ayni paytda farmasevtika sohasidagi TRZlarga ham talluqlidir.

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi soliq kodeksining 473-moddasiga muvofiq, maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga kiritilgan investitsiyalar hajmiga qarab mol-mulk solig'i, yer solig'i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan ozod qilish shaklida soliq imtiyozlari beriladi [3].

Shuningdek, U. Saydaliyeva mamlakatimizda turizm va turizm industriyasini rivojlatirish, xususan, turizmga yo'naltitilgan investitsiyalarni jalb qilish uchun o'zining "Turizm zonalari, ularning turlari va ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati" maqolasida bu borada quyidagi takliflarni berib o'tadi:

-"Chorvoq" erkin turistik zonasi, "Samarkand city" va "Qadimiy Buxoro" turistik zonalari, shuningdek, Surxondaryo viloyatida kichik sayyohlik hududlari to'g'risidagi ma'lumotlarni taqdim etish;

-investitsiyalarni jalb qilish uchun potensial bo'lgan turizm infratuzilmasi ob'ektlarini yaratish bo'yicha loyihalar bilan tanishish uchun forum ishtirokchilari respublikamiz viloyatlariga tashrif buyurishlari rejalashtirilgan;

- respublikamizdagi sayyohlik industriyasini yanada rivojlantirish, turistik faoliyat sub'ektlari, shu jumladan xorijiy investorlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish masalalarini muhokama qilish maydonchasini yaratish mo'ljallangan [9].

25 avgust kuni Jizzax viloyatining Zomin tumanida barpo etilayotgan "Zomin" turistik-rekreatsion zonasida (TRZ) osma dor yo'li foydalanishga topshirildi. Loyihaning qurilish-montaj ishlari qiymati 122 mlrd so'mni tashkil etdi. 2022 yil iyun oyida Shveytsariyaning Bartolet AG kompaniyasi bilan dor yo'li uchun uskunalar yetkazib berish va montaj ishlari uchun qiymati 6,72 mln yevro bo'lgan shartnoma imzolangan edi. Duoba qishlog'ida barpo etilgan "Dor yo'li" majmuasining "Zomin" osma dor yo'li 12 ta minorali 11 dona ustundan tashkil topgan. Dor yo'lining eng katta qiyaligi 42 gradusni tashkil etadi. Uzunligi 2102 metrdan iborat bo'lib, mijozlarni tashish uchun zamonaviy dizayndagi 36 ta kabina sayyohlar xizmatiga shay. Maksimal harakatlanish tezligi esa 6 m/sek ni tashkil etadi. Soatiga 1200 nafar sayyohga xizmat ko'rsatish imkoniga ega. Quyi stansiya bilan yuqori stansiya o'rtasida balandlikning farqi esa 529,5 metr. "Zomin" turistik-rekreatsion zonada umumiy qiymati 456 milliard so'mlik to'rtta loyihaning ish jarayonlari davom etmoqda. Jumladan, ko'p qavatli avtoturargoh, zamonaviy restoran, osma ko'priklar, bitta zamonaviy sog'lomlashtirish markazi loyihalari amalga oshirilmoqda. "Zomin" turistik-rekreatsion zonasida yaqinda faoliyat boshlagan turistik obektlar dunyo sayyohlarini dengiz sathidan 2400 metr balandlikdagi tabiat go'zalliklaridan bahramand bo'lishga imkonini bermoqda [11].

1-rasm. Zomin TRZdagi Milliy sihatgoh - "Zomin" sanatoriysi [12].

Shu bilan birga farmatsevtika tarmog'ini rivojlantirishga yo'naltirilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishga xorijiy va mahalliy investitsiyalarni faol jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida maxsus bojxona rejimi, va maxsus soliq rejimlari joriy qilingan.

Bugungi kunda ko'plab xorijiy sayyohlar O'zbekistonga tarixiy va me'moriy diqqatga sazovor joylar, tog'lar, shuningdek, bog'lar, milliy bayramlar va boshqa joylarni ziyorat qilish uchun keladi hamda turli madaniy va ko'ngilochar tadbirlarni guvohi bo'ladilar. Biroq mamlakatimizning turistik salohiyatidan yetarli darajada foydalanilmayapti. O'zbekiston Respublikasida quyidagi erkin turistik zonalarni tashkil etish taklif etilmoqda: Samarqand, Xiva va Buxorodagi tarixiy zonalar (tarixiy zonalar), Jizzax (Zamin) va Namangan (Chortoq) tabiiy zonalari (tabiiy zonalar) va boshqa viloyatlar, turistik rekreatsiya zonalari (turistik-kreatsion zonalar) O'zbekiston shaharlarining markaziy joylarida kichikn turistik zonalarni ham [5].

XULOSA. Shuni alohida ta'kidlash lozim-ki, Zomin TRZ geografik jihatdan qulay yerda joylashganligi, transport tarmog'ining rivojlanTIRISH imkoniyatlarining mavjudligi, tabiiy rekreatsiyon resurslarning ko'pligi, ishchi kuchining mavjudligi va boshqa shu kabi omillar investorlarga mamlakatimiz kelajagiga ishonch bilan qarash imkonini bermoqda.

Yuqoridagi masalalariga diqqat e'tibor qaratilganligi natijasida quyidagi xulosalarga kelindi:

-turizm sohasidagi ElZlarining yuqoridagi ta'kidlagan imkoniyatlaridan o'z ornida samarali foydalanish;

-mazkur TRZlardagi ko'plab turistlarniqabul qiladigan va ularga xizmat ko'rastuvchi muassasalar soni hamda ko'lamini kengaytirish;

-yuqoridagilarni amalga oshirish borasidagi turizm sohasidagi TRZlar jozibadorligini yanada oshirish, hamda ularning filiallari sonini va maydonini kengaytirish maqsdadga muvofiqdir.

Shu o'rinda mamlakatimizning Qoraqalpog'iston Respublikasining Mo'ynoq, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Qashqadaryo viloyatining Kitob, Samarqand viloyatining Nurobod va Namangan viloyatning Pop tumanlarida ham o'ziga xos TRZ tashkil qilish uchun qulay shart-sharoitlar, ya'ni qulay tabiiy jihatdan yuqori baholangan turistik-rekreatsion imkoniyatlar mavjud.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Mirziyoyev Sh. "Yangi O'zbekiston tarraqqiyot strategiyasi". Toshkent "O'zbekiston" 2022. 440 bet.

2. Mirziyoyev Sh. "Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz". Toshkent "O'zbekiston" NMIU 2017. 488 bet.

3. O'zbekiston Respublikasi "Soliq" kodeksi. (Yangi tahriri) O'zbekiston Respublikasining 30. 12. 2019-y. O'RQ-599-son Qonuni bilan tasdiqlangan

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-4853-son Farmoni. Toshkent shahri 26. 10. 2016 yil

5. Bazarova S. Prospects for the innovative development of free economic zones in the Republic of Uzbekistan. Yuridik fanlar axborotnomasi-Вeстник юридичeских наук-Review of Law Sciences 1 (2018) 121-129

6 Cohen E. Toward a sociology of international tourism. // Social research. 1972. P. 164-182.

7. Judd D. R., Fainstein S. S. (ed.) The tourist city. Yale University Press, 1999.

8. Norchayev A. N., Sadikov T. B., Nurfayziyeva M. Z. Mintaqaviy Turizm. Toshkent - "Iqtisodiyot" - 2019. 112 bet.

9. Saydaliyeva U. S. Turizm zonalari, ularning turlari va ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati. Iqtisodiyot va ta'lim / 2022-yil 5-son

10. Usmanov M. R. Turizm geografiyasi: o'quv qo'llanma. — Samarqand, «SamDU», 2020. 257 b.

11. https://kun. uz/uz/news/2023/08/26/zomin-turistik-rekreatsion-zonasida-osma-dor-yoli-ochildi.

12. https://uzbekistan. travel/uz/i/zomin/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.