Научная статья на тему 'INKYUZIV TA’LIM SHAROITIDA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA INSONPARVARLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING AYRIM MASALALARI'

INKYUZIV TA’LIM SHAROITIDA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA INSONPARVARLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING AYRIM MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
3
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
inklyuziv ta’lim / maktabgacha ta’lim / maktabgacha yoshdagi bolalar / insonparvarlik / insonparvarlik madaniyati / alohida ta’lim ehtiyojlari bо‘lgan bolalar.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Arslanova Madina Mansurovna

Mazkur maqolada inklyuziv ta’lim sharoitida maktabgacha yoshdagi bolalarda insonparvarlik madaniyatini shakllantirish masalalari haqida sо‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INKYUZIV TA’LIM SHAROITIDA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA INSONPARVARLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING AYRIM MASALALARI»

INKYUZIV TA'LIM SHAROITIDA MAKTABGACHA

YOSHDAGI BOLALARDA INSONPARVARLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING AYRIM

MASALALARI

Arslanova Madina Mansurovna

MTTDMQTMOI Maktabgacha ta'lim metodikasi kafedrasi dotsenti, PhD https://doi.org/10.5281/zenodo.11276523

Annotatsiya. Mazkur maqolada inklyuziv ta'lim sharoitida maktabgacha yoshdagi bolalarda insonparvarlik madaniyatini shakllantirish masalalari haqida sо 'z boradi.

Kalit so'zlar: inklyuziv ta'lim, maktabgacha ta'lim, maktabgacha yoshdagi bolalar, insonparvarlik, insonparvarlikmadaniyati, alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalar.

Mamlakatimizda yosh avlodga zamon talablariga mos ta'lim-tarbiya berish davlat siyosatining doimiy ustuvor yo'nalishlaridan biri bo'lib, yaratilgan shart-sharoitlarni va imkoniyatlarni takomillashtirishda alohida ta'lim ehtiyojlari mavjud bo'lgan bolalar muammolariga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bugungi kunda ta'lim-tarbiyaning dastlabki va muhim bo'g'ini sifatida alohida e'tibor qaratilayotgan maktabgacha ta'lim tizimida mazkur yo'nalishdagi ta'lim tashkilotlarining asosiy vazifasi sifatida "bolalarga, shu jumladan, o'ziga xos ehtiyojlari bor bolalarga yakka tartibda ta'lim dasturlaridan foydalanish, shuningdek, o'z vaqtida inklyuziv maktabgacha ta'lim va tarbiya olish imkonini beradigan qulay muhit yaratish" belgilangan va bu mazkur sohaga inklyuziv ta'lim tamoyillari, shakllari va usullarini keng joriy etish imkonini beradi.

Inklyuziv ta'limning asosiy g'oyasida birinchi galda jamiyatni yanada insonparvarlashtirish va alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan insonlarga birgalikda ta'lim olishga bo'lgan huquqi yotadi. O'zbek tilining izohli lug'atida "insonparvar" tushunchasiga "odamlarga g'amxo'r, odamlarni sevuvchi, inson maqsadlarini ko'zlovchi" sifatida ta'rif beriladi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarda inklyuziv ta'lim sharoitida insonparvarlik madaniyatini shakllantirish quyidagi maqsadlarda olib boriladi:

Birinchidan, insonparvarlik umuminsoniy va milliy qadriyatlar sirasida yetakchilik qiladigan qadriyatlardan biri bo'lib, insonparvarlik madaniyatini shaxs madaniyatining asosiy tarkibiy qismlaridan birini tashkil etadi.

Ikkinchidan, inklyuziv ta'lim sharoitida birinchi galda zarur bo'ladigan ijtimoiy-ma'naviy shart-sharoitlardan birini - insonparvarlik tashkil etadi. Agar insonparvarlik muhiti yetarli bo'lmas ekan, inklyuziya ham yetarli samara bermaydi.

Uchinchidan, maktabgacha ta'lim tashkilotida turli rivojlanish darajasidagi bolalar o'rtasidagi munosabatlar bolalar orqali kattaroq ijtimoiy muhitlar - oila va jamiyatga bevosita "ko'chib" boradi, ularda o'ziga xos ifodasini topadi.

To'rtinchidan, maktabgacha ta'lim tashkiloti muhitida bolalar o'rtasida shakllanadigan insonparvarlik muhiti imkoniyatlari turli darajadagi bolalarning birgalikdagi ta'lim-tarbiyasining sifati va samaradorligi uchun psixologik jihatdan ko'proq muhim bo'lib, bolalardagi o'zaro bir-birlarini to'g'ri qabul qilish, o'zaro ko'mak, ahillik ko'nikmalari shakllanib boradi.

Beshinchidan, bu jarayon oila, mahalla va jamiyatdagi boshqa shaxslarning bevosita ishtiroki va aralashuvini talab etadi. Natijada nafaqat tarbiya subyektlari, balki obyektlari qamrovi ham kengayib boradi.

Maktabgacha ta'lim xizmatlarining asosiy iste'molchisi bu bola bo'lib, bolaning ta'lim-tarbiya jarayonidagi ishtiroki, ta'lim-tarbiya ehtiyojlarining qoniqtirilishi bevosita ota-onalar munosabati, tanloviga o'z ta'sirini ko'rsatadi. Modomiki, inklyuziv ta'lim hayotiy zarurat ekan, ota-onalarning bu tizim haqidagi tasavvurlari, uning sifati va samaradorligiga beradigan bahosining shakllanishiga asosan bolaning sodda, shu bilan birga real munosabatlari ham o'z ta'sirini ko'rsatmasdan qolmaydi. Meyorda rivojlanayotgan bola va alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarning ota-onalarida inkyuziv ta'lim haqida to'g'ri tushuncha va tasavvurni shakllantirish ham shular jumlasidandir.

Bir guruhda ikki-uch nafar alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarning bo'lishi qolgan meyorda rivojlanayotgan bolalarga qanday ta'sir ko'rsatadi, degan savolga javob topish maktabgacha ta'lim tashkiloti rahbari, tarbiyachilari va psixologlari uchun muhim va doimiy e'tibor talab etadigan masalalardan biridir. Bu o'rinda eng avvalo bolalar o'rtasidagi ularning yosh, psixologik va aqliy rivojlanish xususiyatlariga mos sog'lom insonparvar ijtimoiy-psixologik muhitni qaror toptirish muhim ahamiyatga ega ekanligini inkor etib bo'lmaydi.

Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolani tengdoshlari tomonidan to'g'ri qabul qilinishining o'ziyoq insonparvarlikning shunchaki qadriyat emas, balki sifatli ta'lim-tarbiya mexanizmlaridan biri sifatidagi ahamiyatini, dolzarbligini namoyon etadi.

Quyida maktabgacha ta'lim tashkilotining katta guruh tarbiyalanuvchilarida insonparvarlik madaniyatini shakllantirish bilan bog'liq ayrim usullarni keltirib o'tishni lozim deb bildik.

Ota-onalar bilan ishlash usullari: ota-onalarga har bir bolaning o'ziga xos bir olam ekanligi, uning o'ziga xos xususiyatlari mavjudligini tushuntirish, rivojlanishdagi nuqson bu bolaning jamiyatda boshqa bolalardan uzilib qolishiga olib kelmasligi zarurligi, bizning milliy, diniy qadriyatlarimiz bunday bolalarga nisbatan alohida g'amxo'rlik va ko'mak berish lozimligiga alohida ustuvorlik berilishini to'g'ri tushuntirish, ularni bolalarda insonparvarlik madaniyatini shakllantirish bilan bog'liq tadbirlarga keng jalb etish maqsadida davra suhbatlari, mutaxassislar ishtirokida treninglar, targ'ibot tadbirlari, ma'naviy-ma'rifiy va sport tadbirlari o'tkazib borish, metodik qo'llanmalar va tavsiyalar yaratish va tarqatish.

Bolalar bilan ishlash usullari: bolalarning yosh va psixologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ularda tengdoshlarini hurmat qilish, do'stlik, ahillik, jamoa bo'lib harakat qilish, mehr-shafqat tuyg'ularini shakllantirish va rivojlantirish maqsadida "Mening do'stim bo'l", "Do'stlik - oliy fazilat", "Men do'stimga ko'maklashaman", "Bir guruh - bir jamoamiz" kabi mavzularda suhbatlar, ertaliklar, hikoyalar yuzasidan munozaralar, jamoa bo'lib bajariladigan intellektual va ijodiy musobaqalar, xususan, bolalar imkoniyatlarini hisobga olgan holda harakatli o'yinlar va sport musobaqalari o'tkazib borish maqsadga muvofiqdir. Mazkur tadbirlarning an'anaviy tadbirlardan farqli jihati ularni tashkil etish metodikasini ishlab chiqishda asosiy e'tiborni bu jarayonda alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarning ularni guruhga ko'proq va kengroq integratsiyalashuviga e'tibor berish talab etiladi. Bunda tabiiyki alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan va meyorda rivojlanayotgan bolalar o'rtasidagi tafovut sezilib qolmasligi, balki har ikkala tomon uchun ham qulay, tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lishi lozim.

Inklyuziv ta'lim - insonparvar ta'lim ekan, mazkur ta'limning imkoniyatlaridan foydalangan holda bolalarda insonparvarlik madaniyatini shakllantirib borish, nafaqat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida, balki istiqbolda butun jamiyatda inklyuziv ta'limning o'rni va ahamiyatini oshishiga olib kelishi tabiiydir.

Xulosa sifatida aytish mumkinki, inklyuziv ta'lim sharoitida bolalarda insonparvarlik madaniyatini shakllantirish maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim-tarbiya sifatini oshirishda

muhim ahamiyat kasb etadi va pedagogika va psixologiya sohalarida alohida tadqiqot

muammolaridan biri sifatida o'rganilishi mumkin.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi. https://president.uz/uz/lists/view/4057 29.12.2020

2. Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari to'g'risida. O'zbekiston Respublikasining Qonuni. (Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 15.10.2020 y., 03/20/641/1389-son)

3. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarori (Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019 y., 09/19/391/3120-son).

4. Алехина С.В. Современный этап развития инклюзивного образования в Москве. Департамент образования города Москвы. Институт проблем инклюзивного образования Московского городского психолого-педагогического университета. Инклюзивное образование. Выпуск 1. М. «Школьная книга» 2010. Стр. 6.

5. O'zbek tilining izohli lug'ati. O'zbekiston Fanlar akademiyasi. Alisher Navoiy nomidagi til va adabiyot instituti. 2010 yil. 214-b.

6. Kalmuratov T.N. O novoy forme gosudarstvenno-chastnogo partnerstva v oblasti doshkolnogo obrazovaniya. lxvi international correspondence scientific and practical conference «european research: innovation in science, education and technology. September 09-10, 2020 London, United Kingdom Bet.85-88.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.