Научная статья на тему 'INKLYUZIV TA’LIM MUHITIDA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI PEDAGOGLARI HAMKORLIGI'

INKLYUZIV TA’LIM MUHITIDA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI PEDAGOGLARI HAMKORLIGI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
14
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
inklyuziv ta’lim / maktabgacha ta’lim / maktabgacha yoshdagi bolalar / hamkorlik / korreksion-rivojlantiruvchi faoliyat / alohida ta’lim ehtiyojlari bо‘lgan bolalar.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Qodirova Manzura Shertoyevna

Mazkur maqolada inklyuziv ta’lim muhitida maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagoglari hamkorligi masalalari haqida sо‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INKLYUZIV TA’LIM MUHITIDA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI PEDAGOGLARI HAMKORLIGI»

INKLYUZIV TA'LIM MUHITIDA MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI PEDAGOGLARI HAMKORLIGI

Qodirova Manzura Shertoyevna

Andijon viloyati Baliqchi tumani 27-DMTT logopedi https://doi.org/10.5281/zenodo.11278572

Annotatsiya. Mazkur maqolada inklyuziv ta'lim muhitida maktabgacha ta'lim tashkiloti pedagoglari hamkorligi masalalari haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: inklyuziv ta'lim, maktabgacha ta'lim, maktabgacha yoshdagi bolalar, hamkorlik, korreksion-rivojlantiruvchifaoliyat, alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalar.

Аннотация. В данной статье рассматривается вопрос сотрудничества педагогов дошкольной образовательной организации в инклюзивной образовательной среде.

Ключевые слова: инклюзивное образование, дошкольное образование, дети дошкольного возраста, коррекционно-развивающая деятельность, дети с особыми образовательными потребностями.

Abstract. This article discusses the issue of cooperation between teachers of a preschool educational organization in an inclusive educational environment.

Keywords: inclusive education, preschool education, preschool children, correctional and developmental activities, children with special educational needs.

Bugungi kunda ta'lim-tarbiyaning dastlabki va muhim bo'g'ini sifatida alohida e'tibor qaratilayotgan maktabgacha ta'lim tizimida mazkur yo'nalishdagi ta'lim tashkilotlarining asosiy vazifasi sifatida "bolalarga, shu jumladan, о'ziga xos ehtiyojlari bor bolalarga yakka tartibda ta'lim dasturlaridan foydalanish, shuningdek, o'z vaqtida inklyuziv maktabgacha ta'lim va tarbiya olish imkonini beradigan qulay muhit yaratish" belgilangan va bu mazkur sohaga inklyuziv ta'lim tamoyillari, shakllari va usullarini keng joriy etish imkonini beradi.

Inklyuziv ta'limning asosiy g'oyasida birinchi galda jamiyatni yanada insonparvarlashtirish va alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan insonlarga birgalikda ta'lim olishga bo'lgan huquqi yotadi. "Ta'limdagi inklyuziya bu - jamiyatdagi inklyuziya bo'lib, uning rivojlanishidagi insonparvar g'oyalardan biridir" degan fikrlar hozirgi kunda inklyuziv ta'lim nazariyasida ham yetakchilik qilmoqda va bu boradagi tadqiqotlardagi yetakchi tendensiyalarni belgilab bermoqda.

Inklyuziv ta'lim bu - ta'limni o'zgartirish jarayoni bo'lib, barcha bolalar undan foydalanishi, uni bolalarning turli ehtiyojlariga moslashtirish mumkinligini ko'zda tutadi.

Inklyuziv maktabgacha ta'lim bolaning ijtimoiy hayotga moslashuvining ilk va hal qiluvchi bosqichi hisoblanadi.

Inklyuziv maktabgacha ta'lim pedagoglar oldiga:

- rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolaning tengdoshlari singari birdek ta'lim olish imkoniyatini yaratish;

- bolaning yoshi, uning ehtiyojlari, imkoniyatlari, qobiliyati, iqtidorini e'tiborga olgan tegishli shart-sharoitlarni yaratish;

- bolaning ta'lim olishga bo'lgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda individual ta'lim dasturini ishlab chiqish;

- rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarning ota-onalarini qo'llab-quvvatlash, shuningdek, farzandlarining ta'limi va tarbiyasi masalalarida ularga ko'maklashish va maslahatlar berish vazifalarini belgilaydi.

Inklyuziv ta'limning vazifalarini amalga oshirishda pedagoglarning o'zaro hamkorligi yetakchi o'rin egallaydi.

Defektolog va psixolog maktabgacha ta'lim tashkilotida tashkil etiladigan tibbiy-psixologik-pedagogik kengash a'zolari sifatida bolalarni tashxis qiladilar, hamkorlikdagi korreksion-rivojlantiruvchi faoliyatni amalga oshiradilar, ota-onalar hamda maktabgacha ta'lim tashkiloti pedagoglariga maslahatlar beradilar.

Defektolog va psixolog tomonidan dastlabki tashxis, bola rivojlanish dinamikasini o'rganishga qaratilgan tashxis, yakuniy tashxis amalga oshiriladi.

Dastlabki tashxis. Dastlabki tashxis bola bilan tashkil etiladigan faoliyatning boshlang'ich bosqichida amalga oshirilib, uning yakunlariga ko'ra defektolog psixolog bilan birgalikda bolaning individual ta'lim yo'nalishini belgilaydi.

Bola rivojlanish dinamikasini o'rganishga qaratilgan tashxis sentabr oyidan may oyiga qadar bola uchun eng maqbul ta'lim yo'nalishini belgilash, har bir bolaga ta'lim berishning samarali metod, usul, shakl va vositalarini tanlash maqsadida amalga oshiriladi.

Yakuniy tashxis o'quv yilining so'ngida korreksion ta'sirning samaradorligini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi. Tashxis bola kompensator imkoniyatlari, rivojlanish dinamikasi, meyorda rivojlanayotgan tengdoshlari guruhiga moslasha olganlik darajasini baholash imkonini beradi.

Korreksion-rivojlantiruvchi faoliyat yakka hamda guruhli mashg'ulotlarni o'tkazishga qaratilgan bo'lib, bunda defektolog hamda psixolog tomonidan amalga oshiriladigan ishlarning bir-birini to'ldirib borishi - korreksion ishning samaradorligini ta'minlaydi.

Yakka mashg'ulotlar bolaning mavjud imkoniyatlarini rivojlantirish, nuqsonlarini bartaraf etishga qaratilgan bo'ladi. Har bir mashg'ulot pedagoglar va tibbiyot xodimlari ishining yo'nalganligini e'tiborga olgan holda tashkil etiladi. Misol uchun, defektologning nutqni rivojlantirishga qaratilgan faoliyatiga qo'shimcha tarzda psixolog tomonidan muloqotga kirishish malakalarini shakllantirish, uqalovchi hamshiraning motorikani rivojlantirishga qaratilgan faoliyati qo'shiladi.

Guruhli mashg'ulotlar bolalarning bilish jarayonlarini rivojlantirgani kabi, ijtimoiy vazifalarni ham hal etadi. Ya'ni mazkur mashg'ulotlar "O'ziga xos" bolalarga o'z tengdoshlariga taqlid qilish, ulardan o'rganish imkonini bersa, meyorda rivojlanayotgan bolalar o'z navbatida "o'ziga xos" bolalar bilan bir muhitda bo'lishga moslashadilar.

Bunda psixologning vazifasi bolaga ruhiy va jismoniy jihatdan rivojlanishi uchun qulay rivojlantiruvchi muhitni yaratish, bolaning imkoniyatlari, qiziqishlariga mos tarzda uning qobiliyatlarini rivojlantirish, rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolaning meyorda rivojlanayotgan tengdoshlari jamoasiga, va aksincha guruhning bolaga moslashishida muammolar yuzaga kelishini oldini olish, muammo yuzaga kelgan holatlarda bolalarga psixologik yordam ko'rsatishdan iborat.

Navbatdagi hamkorlik maslahat ishlari bo'lib, ota-onalarga maslahat-ko'mak berish defektolog va psixolog hamkorligini talab etadi. Boisi, ko'pgina ota-onalar farzandlarining rivojlanish istiqbollarini ko'ra olmaydilar, farzandlari bilan o'zaro ishonch va ko'makka asoslangan munosabatni o'rnata olmaydilar, turli vaziyatlarda farzanlarining hatti-harakatlariga adekvat munosabat bildira olmaydilar. Pedagogik jamoaga bolaning o'ziga xosligini tushunish,

uni qanday bo'lsa shundayligicha qabul qilish, ta'lim-tarbiya jarayoniga korreksiya elementlarini singdirishga doir ish usullari bilan tanishtirishdan iborat.

Pedagogik jamoa va ota-onalarni rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolaning rivojlanishi, muvaffaqiyatli moslashuvi va ijtimoiylashuviga qaratilgan faoliyatga jalb etish, meyorda rivojlanayotgan bolalarni ularga nisbatan do'stona, mehr-muhabbatli munosabatda bo'lishga, ularni qo'llab-quvvatlashga o'rgatish hamkorlik mazmunini tashkil etadi.

Inklyuziv ta'lim jarayonining sifatini oshirish uchun pedagog-mutaxassislar va ota-

onalar:

- mutnazam tarzda o'zaro hamkorlikda faoliyatni amalga oshirishlari;

- bir-birlariga maslahat, tavsiyalar ko'rinishida o'zaro ko'mak berishlari;

yagona professional jamoa sifatida samarali faoliyatni amalga oshirishlari kerak.

REFERENCES

1. Волосовец Т.В., Кутепова Е.Н. Инклюзивная практика в дошкольном образовании. Пособие для педагогов дошкольных учреждений. М.: МОЗАИКА-СИНТЕЗ, 2011.

2. Алехина С.В. Современный этап развития инклюзивного образования в Москве. Департамент образования города Москвы. Институт проблем инклюзивного образования Московского городского психолого-педагогического университета. Инклюзивное образование. Выпуск 1. М. «Школьная книга» 2010. Стр. 6.

3. Самсонова Е.В. Модель организации инклюзивного образовательного процесса в детском саду. Инклюзивное образование. Выпуск 4. Методические рекомендации по организации инклюзивного образовательного процесса в детском саду. - Москва: Центр «Школьная книга», 2010. 55 с.

4. Valiyeva F.R. To Develop Professional Training of Professional Education Specialists by Ensuring //International Journal of Trend in Scientific Research and Development (IJTSRD) Special Issue on International Research Development and Scientific Excellence in Academic Life Available Online: www.ijtsrd.com e-ISSN: 2456 - 6470 2021/

5. Kalmuratov T.N. Davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini boshqarish funksiyalari. "Maktabgacha ta'lim sifatini oshirish muammolari va yechimlari" mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi.

6. Zaynutdinova M.B, Mavlonov N.Sh. Nutiqni tanishda ovozli interfeys texnologiyalaridan foydalaniladigan dasturiy maxsulotlar taxlili va istiqbollari, TATU Qarshi filiali Respublika ilmiy-amaliy koferensiya 20-21-aprel 2018-yil

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.