Научная статья на тему 'INKLYUZIV TA`LIMNING HUQUQIY ASOSLARI'

INKLYUZIV TA`LIMNING HUQUQIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Xayitova Farida Kuchkarovna

Har bir davlatning iqtisodiy o`sishi, ma`naviy kamol topishi, siyosiy salohiyati qudratining ortishi va jamiyat hayotining yaxshilanishi ta`lim va tarbiyaga bog`liqdir. O`zbekistonda inklyuziv ta`lim e`tirof etilishida butun dunyo va o`zbekistonda qabul qilingan ijtimoiy himoyaga qaratilgan qonun hujjatlar muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekistonda imkoniyati cheklangan insonlar jamiyatning teng huquqli a’zosi sifatida qadrlanadi va huquqiy himoyalanadi. Ma’lumotlarga qaraganda hozirgi kunda butun dunyoda imkoniyati cheklangan insonlar soni 1 milliardga yaqin, shulardan 700 mingga yaqini yurtimizga to‘g‘ri keladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INKLYUZIV TA`LIMNING HUQUQIY ASOSLARI»

INKLYUZIV TA LIMNING HUQUQIY ASOSLARI Xayitova Farida Kuchkarovna

O'zbekiston-Finlandiya pedagogika institute "Pedagogika" kafedrasi assistenti https://doi.org/10.5281/zenodo.13895180

Har bir davlatning iqtisodiy o'sishi, manaviy kamol topishi, siyosiy salohiyati qudratining ortishi va jamiyat hayotining yaxshilanishi talim va tarbiyaga bog'liqdir. O zbekistonda inklyuziv ta lim e tirof etilishida butun dunyo va o zbekistonda qabul qilingan ijtimoiy himoyaga qaratilgan qonun hujjatlar muhim ahamiyat kasb etadi.

O'zbekistonda imkoniyati cheklangan insonlar jamiyatning teng huquqli a'zosi sifatida qadrlanadi va huquqiy himoyalanadi. Ma'lumotlarga qaraganda hozirgi kunda butun dunyoda imkoniyati cheklangan insonlar soni 1 milliardga yaqin, shulardan 700 mingga yaqini yurtimizga to'g'ri keladi.

1948-yilning 10-dekabrida Parijda qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi hozirgacha inson huquqlari bo'yicha eng muhim va asosiy qonunlardan biri bo'lib qolmoqda, yuzlab davlatlar qatori O'zbekiston ham inson huquqlari qonunchiligini yaratishda ushbu deklaratsiya asos bo'lib xizmat qilmoqda.

O'zbekistonda inson huquqlarining eng asosiy qonun hujjati bu O'zbekiston Respublikasi Davlat Konstitutsiyasi hisoblanadi. Konstitutsiyaning ikkinchi bo'lim, V bob, 18-moddasi O'zbekistonning barcha fuqarosi millati, dini, irqidan qat'iy nazar teng huquq va erkinliklarga ega ekanligini tasdiqlaydi. Bu modda o'z navbatida imkoniyati cheklangan insonlar erkinliklari himoyasini ham kafolatlaydi. Hozirgi kunda barcha sohada imkoniyati cheklangan shaxslar erkin faoliyat yuritib kelmoqda. Ularga hech bir cheklovlar yo'q. VI bob, 24-moddasida esa har bir inson yashash huquqiga ega ekanligi huquqiy himoyalangan. Inson qanday bo'lishidan qat'iy nazar, ruhiy yoki jismoniy imkoniyatiga qaramay yashash jamiyatda o'z o'rnini topishga haqli ekanligi kafolatlangan. Darhaqiqat, jamiyatimiz ko'p millatli xalq, shunga qaramay barcha teng huquqli va har sohada erkin harakatlana oladi. IX bob, 40-modda har bir inson bepul va sifatli tibbiy yordam olish huquqiga ega. Yurtimizda ushbu moddaning ijrosi yuksak darajada. Davlat tibbiyot shifoxonalarida imkoniyati cheklangan insonlar uchun bepul tekshiruvlar va dori-darmonlar, maxsus texnik vositalar berish tashkillashtirilgan. Xususiy tibbiy markazlarda ham ma'lum chegirmalar o'rnatilgan. Hatto, tibbiy texnik vositalar ham davlat tomonidan tarqatilmoqda. IX bob, 41-modda har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta'lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Yurtimizda umumiy o'rta ta'lim bepul va uning moliyaviy harajatlari davlat tomonidan qoplanadi. So'nggi yillarda ta'lim sifatini oshirish bo'yicha juda samarali ishlar olib borilmoqda. O'zbekistonda 2023-yil "Insonga e'tibor va sifatli ta'lim" yili deb e'lon qilinishi ham so'zimizning isbotidir. Ushbu yilda ta'lim tizimida ulkan islohotlar kutilmoqda. Mamlakatimizda imkoniyati cheklangan bolalar nafaqat umumiy o'rta ta'limni bepul o'qiydi, balki, oliy ta'limni ham davlat grantlari asosida o'qishni davom ettiradi.

Konstitutsiyaning X bob, 45-modda voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolg'iz keksalarning huquqlari davlat himoyasida. Yurtimizda voyaga yetmaganlar, imkoniyati cheklanganlar va keksalar qadrlanadi. Ijtimoiy-maishiy sohalarda ma'lum imtiyozlar berilgan. Buni 2007-yil "Ijtimoiy himoya" yili deb e'lon qilinganlini amaliy misol tariqasida ko'rishimiz mumkin. Uchinchi bo'lim, XIV bob, 64-modda ota-onalar farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar. Milliy insoniy qadriyatlarimiz va insonparvarligimiz sabab hech bir imkoniyati cheklangan bola qarovsiz qolmaydi.

O'zbekistonda Prezidentimiz boshchiligida ijtimoiy himoyani kuchaytirish maqsadida imkoniyati cheklangan va boquvchisini yo'qotgan ayollar, qarovchisiz qolgan bolalarga subsidiya uy-joylar taqdim etilishi, ishsizni ish bilan ta'minlash ustida ko'plab hayrli amallar bajarildi.

Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev 2021-yil 22-fevral kuni BMT inson huquqlari bo'yicha kengashining 46-sessiyasidagi nutqida imkoniyati cheklangan shaxslarning qobiliyatini to'la ro'yobga chiqarish masalalar bo'yicha mintaqaviy kengash tuzish taklifini berdi va O'zbekistonda alohida ehtiyojga ega shaxslarning huquqlarini ta'minlashga jiddiy e'tibor qaratilayotganligini ta'kidladi.

Ozbekiston Respublikasi "Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari" to'g'risidagi qonuni O'zbekiston Respublikasi qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 22-iyulda qabul qilingan va 2020-yil 11-sentiyabrda senat tomonidan ma'qullandi, 15-oktiyabrda Davlatimiz Prezidenti imzoladi. Ushbu qonunda, imkoniyati cheklangan insonlarni tashqi ko'rinishiga qarab kamsitmaslik, ijtimoiy hayotda tenglik, moddiy-texnik himoya va taminot kabi muhim masalalar kafolatlangan. Ta'kidlash joizki, mamlakatimizda inson qadr-qimmati, ayniqsa nogironligi bo'lgan shaxslar masalalari doimiy diqqat-e'tiborda bo'lib, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida muayyan ishlar olib borilmoqda. Darhaqiqat, davlatimizda imkoniyati cheklangan insonlar tibbiy-pedagogik, madaniy-maishiy, iqtisodiy-ijtimoiy imtiyozlarga ega. Imkoniyatning darajasiga qarab 30, 50, 100 foizgacha imtiyozlar yaratilgan. Qonunning 4-moddasi imkoniyati cheklangan shaxslarning kamsitilmasligi, qadr-qimmati, 18-modda tenglikni kafolatlash, 27-modda madaniy dam olish, 32-modda reabilitatsiya va abilitatsiya qilish, 36-modda ijtimoiy yordam ko'rsatish, 38-modda ta'lim olish imtiyozlari, 42-modda mexnatga haq to'lash tartibi keltirib o'tilgan.

O'zbekiston Respublikasi mehnat kodeksi va soliq kodeksida ham imkoniyati cheklangan I-II guruh nogironlariga haq to'lash va ta'til kunlari 48 ish kunidan kam bo'lmasligi belgilab q'yilgan. Bu esa ta'til vaqti qo'shimcha hunari yo'q imkoniyati cheklangan shaxslar moddiy holatini saqlab turishga xizmat qiladi.

Imkoniyati cheklangan insonlar ijtimoiy yordam va himoyaga, ular erkin faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, turli toifadagi imkoniyati cheklangan insonlar jamiyatini tashkil etish, madaniy hordiq olishlari, ilm olishlari va elektron kutubxonalar, axborot resurs markazlarini tashkil etish, maxsus texnika va jihozlar bilan ta'minlash, tibbiy-pedagogik, yo'l transport qatnovidagi imtiyozlarning yaratish davlat oldidagi siyosiy mavzu hisoblanadi.

Bugungi kunda yurtimizda nogironlik sohasida 600 ga yaqin nodavlat notijorat tashkilot faoliyat yuritmoqda. Ular orasida O'zbekiston nogironlar jamiyati, O'zbekiston nogironlar fondi, O'zbekiston nogiron ishbilarmon ayollar milliy assotsiatsiyasi, imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar markazi, "Umr" jamoatchilik markazi, "Inklyuziv hayot" nogironlar jamoat birlashmasi, ko'rish va eshitish imkoniyati cheklangan shaxslar jamiyati kabi NNT mavjud. Ushbu tashkilotlar imkoniyati cheklangan shaxslar jamiyatda tenglik, erkinligini ta'minlash, moslashish va ularni himoyalash va har tomonlama yordam berish bilan shug'ullanadi. Har bir jamiyat qoshida kichik, tikuvchilik,tugma, plasmas buyumlar tayyorlaydigan sex va korxonalar tashkil etilgan bo'lib, ular imkoniyati cheklangan insonlarni ish bilan ta'minlabgina qolmay, ularning jamiyatga aralashuvini va moslashuvini amalga oshiradi.

Imkoniyati cheklangan insonlar ham jamiyatning teng huquqli a'zosi. ularning huquqlarini poymol qilish, yoki erkinliklarini cheklash, kamsitish mutlaqo man etiladi. Shu boisdan ularni o'zimizdan past ko'rmasligimiz va imkonimiz bo'lsa, ularni himoyalash va yordam berishimiz lozim. Bu bizning insoniy burchimizdir.

FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. 1.O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toshkent 2021-yil

2.www.norma.uz. Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalar uchun inklyuziv ta'limjoriy etiladi.-17.10.2020.

3.www.kun.uz. Inklyuziv ta'lim uchun 5 yillik reja.- 18.03.2021

2. 4.O'zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi toshkent 2020-yil

3. 5.O'zbekiston respublikasi Soliq Kodeksi Fafur Fulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi toshkent 20

4. 20-yil

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.