"ИМКОНИЯТИ ЧЕКЛАНГАНЛАРГА ИМКОН БЕРАЙЛИК-ЖАМИИЯТДА ФАОЛ ШАХСЛАРНИНГ СОНИ КУПАЙСИН"
Илёс Туйчиевич Хасанов
Термиз давлат университетининг Педагогика институти Укув-услубий булим бошлиги, доцент
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada imkoniyati cheklangan va nogironligi bo'lgan shaxslarning jamiyatdagi o'z o'rinlarini egallashlaridagi muammolar va ularning yechimiga oid ma'lumotlar o'rin olgan. Shu bilan birga ularning jismoniy mehnatga va jismoniy tarbiya va sporga jalb qilishdagi dolzarb muammolar hamda ularning yechimiga oid zaruriy amalga oshirilishi lozim bo'lgan fikrlar izchil tartibga solingan. Mazkur maqola yosh mutaxasis pedagoglar uchun imkoniyati cheklanganlar bilan ijobiy munosabatlarga kirishishlarida asosiy manbalardan biri bo'lib xizmat qiladi.
Kalit so'zlar: Nogiron, imkoniyati cheklangan, arena, Osiyo, Paralimpiya, BMT, jasorat, matonat, olam, tabiat, tengdosh.
ABSTRACT
This article provides information about the problems of people with disabilities in finding their place in society and their solutions. At the same time, the actual problems of their involvement in physical labor and physical culture and sports activities, as well as ideas that need to be addressed in order to solve them, are systematically systematized. This article is one of the main sources for young professional educators to start positive relationships with people with disabilities.
Keywords: Disabled person, disabled person, arena, Asia, Paralympic Games, United Nations, courage, resilience, universe, nature, peer.
KIRISH
Inson ongi, tafakkuri, uning dunyoqarashi rivojlanib, o'zining amaliy ko'nikmalari shakllanib, nazariy bilimga ega har tomonlama barkamol shaxs bo'lib ulg'aygani sari jamiyatda u bilan huquqiy jihatlari teng bo'lsada jismoniy, aqliy , psixologik va hissiy faoliyatida taqdirning taqazosi bilay ijtimoiy himoyaga muhtoj bo'lgan ya'ni "imkoniyati cheklangan" yoki "nogironligi bo'lgan shaxslar" deb nomlangan jamiyatning ajralmas bir qismi mavjud ekanligini anglab yetadi.
June, 2022
785
Imkoniyati cheklangan yoki ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning asosiy katta bir qismini jismoniy imkoniyati cheklanganlar tashkil eadi desak ham xatolik bo'lmaydi.
Hozirgi kunda ko'plab davlatlar qatori O'zbekistonda ham imkoniyati cheklangan bolalarning ta'lim va tarbiya olishlari, jismoniy tiklanishlari yoki jismoniy tarbiya va spot bilan shug'ullanishlari hamda tibbiy muolajalar olib borishlari uchun keng-ko„lamdagi imkoniyatlar yaratib kelinmoqda va bunday insonlaning haq-huquqlari qonun xujjatlari bilan mustahkamlab qo'yigan va himoya qilinmoqda.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Chunki bu singari imkoniyati cheklangan bolalar jamiyatda o'zlarining shaxsiy ehtiyojlari va ijtimoiy hayot yetishmoqchiliklarini qisman yoki to'liq o'zi mustaqil ta'minlay olishmaydilar. Shuning uchun ham davlatimiz va xukumatimiz tomonidan ularni qo'llab quvvatlash hamda ijtimoiy himoya qilish maqsadida bir qancha qarorlar imzolandi.
Jumladan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan 2021 yil 22 fevralkuni BMT Inson huquqlari bo'yicha kengashning 46-sessiyasidagi nutqida imkoniyati cheklangan shaxslarning o'z qobiliyatini to'la ro'yobga chiqarish masalalari bo'yicha mintaqaviy kengash tuzish taklifi bildirilgan va O'zbekistonda alohida ehtiyojga ega bo'lgan shaxslarning huquqlarini ta'minlashga jiddiy e'tibor qaratilayotganini takidlab o'tgan edilar.
Mamlakatimizda jismonan sog'lom shaxslar singari imkoniti cheklangan shahslarni ham jamiyatning faol shaxsiga aylantirish uchun eng avvalo unga bog'liq bo'lgan muammolarni o'rganib chiqmoq va buning yechimi uchun bir qancha vazifalar belgilab olishimiz lozim bo'ladi.
Aynan imkoniyati cheklangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning bu boradagi muammolari quydagilar:
S tabiat bilan aloqaning cheklanganligi;
S tengdoshlari va kattalar bilan aloqadorlikning cheklanganligi;
S olam bilan aloqadorlikning cheklanganligi;
S ijtimoiy hayot tarzining cheklanganligi.
Yuqorida qayd etilgan imkoniyati cheklangan insonlarning ijtimoiy muammolarini ijtimoiy reablitatsiyalash uchun ularning sportchi bo'lib shakllanishlaridagi har bir tusiq bo'ladigan olimlarga alohida to'xtalib o'tsak:
1.Tabiat bilan aloqadorlikning cheklanganligi:
June, 2022
786
A)-Tabatning sog'lomlashtiruvchi kuchlaridan o'zlari xoxlagancha bahri olish imkoniyatining mavjud emasligi, ya'ni
-quyosh nuridan va chiniqishlardan; -suv vannari va gigienalaridan;
-tabiat qo'ynidagi badantarbiya va sog'lomlashtiruvchi omillardan; -issiqlik va sovuq suvda chiniqish va moslashuvlardan; -jismoniy mashqlarning ananaviy va noananaviy metodlaridan; -tabiatdan bahra olinib amalga oshiriladigan tiklanish va ruhiy tayyorgarlikni amalga oshiruvchi omillardan to'la-to'kis foydalanish imkoniyatining cheklanganligi. 2.Tengdoshlar va kattalar bilan aloqadorlikning cheklanganligidan: b) Muomala va muloqotga kirishuvda turli muammolarning mavjudligi. Jumladan:
-tengdoshlari bilan teng dunyoviy bilimlarni egallash va munozaralarga kirishish hissidagi tortinchoqlik;
-do'stlar, yaqinlar va odamlar orasidan o'zini olib qochish; -tengdoshlarining nazariy va amaliy imkoniyatlarini o'z ko'zlari bilan ko'rish va unga ergashish imkoniyatining yo'qligi;
-o'zidan kattalarning tajribalariga guvoh bo'lish, master klaslarni tomosha qilish, xato va kamchiliklarini tahlil qilish imkoniyatlarining cheklanganligi;
-muloqotlarga kirishishda o'z fikrini bayon qilishga tortinish va zamonaviy bilimlarda munozaralarga kirishib o'z fikrini himoya qilishga bo'lgan qo'rquvning mavjudligi;
-tengdosh sportchilar bilan sayr va sayoxatlarga chiqish singari ijtimoiy cheklovlarning mavjudligi;
-tengdoshlari bilan antropometrik rivojlanishlarda ortda qolish. 3.Olam bilan aloqadorlikning qoniqarli emasligi.
v) - eng avvalo ijtimoiy himoyaga muxtoj bo'lgan shaxslar jamiyatda bo'layotgan voqea va hodisalarning guvohi bo'lish imkoniyatining cheklanganligi;
-eshitish va ishonish qiyin bo'lgan jismoniy harakatlarni o'zlari ko'rish va ishonch hosil qilish imkoniyatining cheklanganligi;
-jasurlikni tarbiyalovchi voqea va hodisalar, g'alabaga bo'lgan ishonch va o'zini-o'zi ruhan tayyorlash imkoniyartining cheklanganligi;
-olamning tabiiy va g'ayritabiiy hodisalariga guvoh bo'lish, jamiyatning faol shaxsiga aylanishdagi har xil to'siqlarni yengib o'tish hissini shakllantirishdagi o'rni;
-tana a'zolarining yo'qligi (qo'l yoki oyoq) sabab hali hayot davom etishi va turli imkoniyat va uskunalardan oqilona foydalanish lozimligiga ko'nikma hosil qilish;
June, 2022
787
-olam va odamga bo'lgan munosabatlarga ijobiy kirishishlari uchun davra suhbatlarini talab darajasida tashkillashtirilmasligi. 4.Ijtimoiy hayot tarzining cheklanganligi.
-imkoniyati cheklangan bolalarning o'zi xohlagandek sport formasi yoki kiyimni kiyolmasligi, ya'ni tanlash imkoniyatining cheklanganligi;
-organizm talab qiladigan vitaminga boy oziq-ovqat va meva mahsulotlarini xoxishga ko'ra iste'mol qilish imkoniyatining cheklanganligi;
-o'qish, yozish, sayoxat, zamonaviy ta'lim metodlaridan foydalanish va shaxsiy imkoniyat va qobiliyatlarini o'z tengdoshlari bilan munozaralarga kirishishning cheklanganligi;
-tengdoshlari va kattalar davrasida o'z fikrining mustahkam himoya qilaolmasligi, ishonchsizlik va qo'rquvning mavjudligi;
-doimo o'zlarini kim uchundir tashvish va ortiqcha yuk deb hisoblashi hamda tushkun kayfiyati;
-ko'p hollarda o'zini yolg'zlikda his qilishi;
-axborotlar va ma'lumotlarni to'liq sintez-analiz qilish imkoniyatining cheklanganligi.
sog'lomshaxslar tomonidan noto'g'ri munosabatlarning bildirilish holatlari ham mavjud.
Bularga misol uchun:
-mehnatga bo'lgan (ish beruvchilarning) ishonchsizligi va kamsitishlar;
-insonlar orasidagi turli tortishuvlar;
-past nazar bilan qarash ya'ni , e'tibordan chetda qoldirish;
-mehnat unumdorligini past deb hisoblash;
-to'g'ri mehnat mashg'ulotlariga yo'naltirilgan tanlovlarning kamligi.
Bu singari bizning kamchiliklarimiz, imkoniyati cheklangan shaxslarda jismoniy tarbiya bilan shug'ullanuvchi paraolimpiadadagilar jamoalarining shakllanishida salbiy ta'sir qiladi, ya'ni, ularni jamiyatning faol shaxsi, o'ziga ishonchi bor, matonatli sportchilar bo'liub yetishishlarida moslashuvchanlikni pasaytiradi.
Imkoniyati cheklangan yoki nogironligi bo'lgan shaxslar doimo har bir davlat yoki jamiyat uchun bir ortiqcha yuk emas, balki - iqtidor sohiblari, o'rganilmagan serqirra ijodkorlar, xaqiqiy jasorat va matonat egalari va
Bunda:
Shu bilan bir qatorda jamiyat ichida imkoniyati cheklanganlarga nisbatan
jamiyatning potensial ichki kuchi ekanligini tug'ri
June, 2022
tushunmog'imiz va ularga bu borada motivatsiya beradigan turli ko'rinishdagi davra suxbatlari tashkillashtirishimiz lozim bo'ladi.
Dunyo tajribasiga nazar tashlasak:
Qozog'istonda - imkoniyati cheklanganlarga bo'lgan munosabat va ularning jamiyatning faol shaxsiga aylantirish hamda bandligini ta'minlashga qaratilgan jarayonlarni u yerdagi biror bir korxona yoki tashkilotda ishchilar soni kamida 20 kishi bo'lsa shuning 5 % ya'ni bir nafari nogironligi bo'lgan yoki imkoniyati cheklanganlar uchun ajratilganligiga guvohi bo'lamiz.
Buyuk Britaniyada - nogiron va imkoniyati cheklanganlar bilan olib borilgan ishlar e'tiгof etishga argigulik desak ham mubolag'a bo'lmaydi. Chunki " 2021 yil xolatiga ko'гa mamlakatdagi 4,4 million nogironligi bo'lgan shaxslar rasman turli ishlar bilan ta'minlangan". Bu mehnat yoshidagi (16-65 yosh) nogironligi bo'lgan shaxslarning 52,7 % band degani. Yevropa ittifoqi mamlakatlarida esa bu ko'гsatkich statistik ma'lumottoga ko'гa 50,6 % nogironligi bo'lgan shaxslar turli sohalar bo'yicha mehnat qilib kelayotganligi haqida ma'lumot beradi.
Fransiyada - 20 va undan ortiq ishchisi bo'lgan tashkilot yoki korxonalarda umumiy ish o'mining 6%ni nogironligi bo'lgan shaxslarga ajratilar ekan va buning uchun ish beruvchi korxonalar davlat tomonidan imtiyozli soliqlar rejimi yoki subsidiyalar olish imkonini qo'lga kiritishlari belgilab qo'yilgan.
XULOSA
Rivojlangan davlatlar va dunyo tajribasidan ko'rinib turibdiki, imkoniyati cheklangan va nogironligi bo'lgan shaxslarni jamiyatdan uzoqlashtirmaslik, barcha sog'lom insonlar qatori ularga ham ishlash, ijtimoiylashish, o'z imkoniyat va qobiliyatlarini jahon arenalarida ko'reatish imkonini berish asosiy masalalardan biridir. Mustaqil O'zbekistonimizda ham bu boradagi muammolar izchillik bilan o'z yechimini kundan-kunga topib bormoqda. Bu ona zaminda inson qadri yuksaklarga ko'tarilib ulug'lanaг ekan, bizning diyorimizda yashayotgan imkoniyati cheklangan va nogironligi bo'lgan insonlarni qo'llab-quvvatlash ularga zamonaviy shart-sharoitlar yaratish bizning oliy burchlarimizdan biridir. Ularning qalblaridagi orzu istaklarini гo'yobga chiqarib, vatanimiz bayгog'ini Osiyo, Jaxon, Paralimpiya sport musobaqalarida baland ko'tarishlari uchun barcha imkoniyatlarimizni ishga solsak, albatta bu zaminda ulg'aygan xar qasi o'g'il-qiz imkoniyati cheklangan bo'lsada o'zining xaqiqiy jasorati va matonatini ko'reatishiga aminman. Shundek ekan biz har birimiz avvalo ularga mehr ulashmog'imiz, ulardagi noyob iqtidorlarni ra'yobga chiqarishlariga imkoniyat va shart-sharoitlar yaratib, qo'limizdan kelgancha yordam qilmog'imiz lozim.
June, 2022
?89
Ularni ruxlantirish, ularga ishonch tuyg'usini shakillantirish, ularni o'zlarini yolg'iz xis qilish singari tushkun kayfiyatldardan olib chiqish va eng muximi har birimiz ularni o'zimizdan begona tutmasligimiz eng to'g'ri yo'l bo'lib qoladi.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Qonuni. "Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev. Toshkent shahri-2020 yil 15-oktyabr, O'RQ-641-son.
2. "Nogironligi bo'lgan shaxslarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to'g'risida" gi o'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni. Sh.Mirziyoev. Toshkent. 2017 yil 1-dekabr, PF-5270-son.
3. "Jamiyatda o'z o'rnimiz bo'lishiga imkon beringlar".D.Yusupov,"Daryo" Dilrux Isomiddinova.04.12.2021 y.
4. Toychievich, K. I. (2022). Historical Characteristics, General Content and Stages of Development of Physical Education. Journal of Pedagogical Inventions and Practices, 5,
5. I.T.Hasanov, & F.B. Mamataov. (2022). EFFECTIVENESS OF APPROACHING A COMBINATION OF THEORETICAL AND PRACTICAL EXERCISES IN PREPARATION FOR PRESCHOOL CHILDREN IN PHYSICAL TRAINING. Miasto Przysztosci, 24, 4-7.
6. Xasanov Ilyos Tuychievich. (2022). Development Stages and Characteristics of The History of Physical Education. Journal of Pedagogical Inventions and Practices, 5, 96-99.
7. I.T. Xasanov, & D.B. Sodiqova. (2022). Specific ways to develop physical activity in preschool children. Miasto Przysztosci, 24, 20-25.
18-21.
June, 2022