Научная статья на тему 'INKLYUZIV TA’LIMNI TASHKIL ETISHDA TA’LIM MUASSASASI, MAHALLA, OILA HAMKORLIGI'

INKLYUZIV TA’LIMNI TASHKIL ETISHDA TA’LIM MUASSASASI, MAHALLA, OILA HAMKORLIGI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
inklyuziv / korrektsion / konventsiya / reablitatsiya / strategiya / qadriyatlar / integratsiya / sensor.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Sharofiddinov Rivojiddin

Maqolada O`zbekiston Respublikasi ta’lim tizimiga ta’lim olishning alohida shakli sifatida jadal kirib kelgan inklyuziv ta’lim muhiti samaradorligi haqida fikr yuritiladi. Inklyuziv ta’limni tashkil etishning ayrim xalqaro va milliy huquqiy asoslari hamda inklyuziv ta’lim samaradorligiga erishishda ta’lim muassasasi, mahalla, oila hamkorligining muhim jihatlari va afzalliklariga e’tibor qaratiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INKLYUZIV TA’LIMNI TASHKIL ETISHDA TA’LIM MUASSASASI, MAHALLA, OILA HAMKORLIGI»

INKLYUZIV TA'LIMNI TASHKIL ETISHDA TA'LIM MUASSASASI, MAHALLA, OILA HAMKORLIGI

Sharofiddinov Rivojiddin

Farg'ona viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi Ijtimoiy-iqtisodiy

fanlar metodikasi kafedrasi katta o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11186947

Annotatsiya. Maqolada Ozbekiston Respublikasi ta'lim tizimiga ta'lim olishningalohida shakli sifatida jadal kirib kelgan inklyuziv ta'lim muhiti samaradorligi haqida fikr yuritiladi. Inklyuziv ta'limni tashkil etishning ayrim xalqaro va milliy huquqiy asoslari hamda inklyuziv ta'lim samaradorligiga erishishda ta'lim muassasasi, mahalla, oila hamkorligining muhim jihatlari va afzalliklariga e 'tibor qaratiladi.

Kalit so'zlar: inklyuziv, korrektsion, konventsiya, reablitatsiya, strategiya, qadriyatlar, integratsiya, sensor.

Abstract. The article examines the effectiveness of an inclusive educational environment, which quickly entered the education system of the Republic of Uzbekistan as a special form of education. Attention is paid to some international and national legal frameworks for organizing inclusive education, as well as important aspects and advantages of cooperation between educational institutions, neighborhoods and families in achieving the effectiveness of inclusive education.

Key words: inclusion, correction, convention, rehabilitation, strategy, values, integration,

sensor.

Аннотация. В статье рассматривается эффективность инклюзивной образовательной среды, которая стремительно вошла в систему образования Республики Узбекистан как особая форма образования. Уделено внимание некоторым международным и национальным правовым основам организации инклюзивного образования, а также важным аспектам и преимуществам сотрудничества образовательных учреждений, микрорайонов и семей в достижении эффективности инклюзивного образования.

Ключевые слова: инклюзия, коррекция, конвенция, реабилитация, стратегия, ценности, интеграция, сенсор.

Taraqqiyotning hozirgi davrida ta'limning kishilar hayotidagi ijtimoiy roli ortib, dunyoning aksariyat davlatlarida uning barcha turlariga bo'lgan munosabat ozgardi. Keyingi yillarda ta'limga ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotning eng asosiy, yetakchi omili sifatida qaralmoqda.

Yoshlarimiz saflarida voyaga yetayotgan alohida ehtiyojli bolalar bilan korreksion talimiy,tarbiyaviy,rivojlantiruvchi ishlarni olib borish, ijtimoiy jamiyatga erta moslashtirish, imkoniyatlaridan foydalanib oz-oziga xizmat qila oladigan qilib voyaga yetkazish ya'ni inklyuziv ta'limni tashkil etish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.

Inklyuziv ta'lim barcha bolalarning tili, dini, millati, ijtimoiy kelib chiqishi, irqiy, jismoniy va ruhiy holatlaridan qat'iy nazar ta'limga jalb etishni ko'zlovchi ta'lim nomi bilan atalishi bugun hech kimga sir emas.

Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalar uchun inkluziv ta'limni tashkil etish maqsadida ko'plab xalqaro huquqiy asoslar qabul qilingan. BMT tomonidan 1989 -yil 2G-noyabrda qabul qilingan "Bolalar huquqlari to'g'risidagi Konvensiya" butun dunyoda bolalarning huquqlarini himoyalashni hamma joyda amalga oshirish maqsadida ishlab chiqarilgan inson huquqlari borasidagi ana shunday xalqaro shartnoma hisoblanadi. U qariyb butunjahon mamlakatlari tomonidan ratifikatsiya qilingan.

Mazkur "Bolalar huquqlari to'g'risidagi Konvensiya"ning 23-bandida maxsus ehtiyojli bolalarning ta'lim tarbiyasi xususida qisqa va aniq qilib quyidagicha ta'kidlangan: "Nogiron bolaning maxsus ehtiyojlarini aniqlab, uning ijtimoiy hayotga qo shilishi va shaxs sifatida rivojlana olishiga yetaklovchi vosita hisoblangan ta'lim olishga har tomonlama yordam berilishi lozim". Ushbu qoidadan shu narsa ayon bo'ladiki, maxsus ehtiyojli bolalar ham jamiyat hayotida to liq ishtirok etishi, madaniyatga hamohang bo'lib o'sishi, uning boyliklaridan, go'zalligidan bahra olib jamiyatning rivojiga hissa qo'shishlarining ahamiyati juda kattadir.

Dunyoning juda ko'plab davlatlarida maxsus yordamga muxtoj bolalarni yuqori natijali kamol topishida ularning imkoniyatlarini rivojlantirish hamda ijtimoiy moslashtirishni to'laligicha yo'lga qo'yish maqsadida umumta'lim maktablarida ta'lim berish ilmiy va amaliy davlat siyosati rejasiga kiritilgan. Shu jumladan bizning bugungi Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi jadal amalga oshirilayotgan, har bir fuqarosi uchun g'amxo'rlik qiladigan, ochiq va adolatli ijtimoiy siyosat olib borilayotgan davlatimizda ham.

Barcha insonlar, avvalo ,oila bag'rida unib-o'sadilar, shaxs sifatida shakllanadilar. Oiladagi ta'lim-tarbiya, ma'naviy-axloqiy qadriyatlar keyinchalik odamlar orasida — mahalla-ko'yda, ta'lim muassasalarida sayqal topadi. Shunday ekan, vatanimiz va xalqimizning ertangi kunini, jahon hamjamiyatidagi obro'-e'tiborini belgilovchi barkamol avlodni voyaga etkazishdek ulug' vazifani oila-mahalla-ta'lim muassasasi hamkorligisiz hal etib bo'lmaydi deb aytsak, bu ayni haqiqatdir.

Bugungi kunda mamlakatimizdagi on mingga yaqin fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarida «Oila-mahalla-ta'lim muassasasi» jamoatchilik kengashlari tashkil etilib, ular ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas'uliyatini kuchaytirish, o'quvchilarning darslarga qatnashishini o'rganish bo'yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Yoshlarimizni har tomonlama sog'lom va barkamol etib tarbiyalashda oila-mahalla-ta'lim muassasasi hamkorligi o' rni beqiyos. Lekin sog'lom va barkamol yoshlarimiz saflarida imkoniyati cheklangan yoshlarimiz ham mavjud.

2G23- yil birinchi maydan kuchga kirgan yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 5G-moddasida "Ta'lim tashkilotlarida alohida ta'lim ehtiyojlariga ega bo'lgan bolalar uchun inklyuziv ta'lim va tarbiya ta'minlanadi", deb belgilab qo'yilgan.

2G2G- yil 24 -sentyabrdan kuchga kirgan O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida" gi Qonunida inklyuziv ta'lim ta'lim olishning alohida shakli sifatida belgilandi. Qonunning 2G-moddasida Inklyuziv ta'lim alohida ta'lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha ta'lim oluvchilar uchun ta'lim tashkilotlarida ta'lim olishga bo'lgan teng imkoniyatlarni ta'minlashga qaratilganligi hamda jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo'lgan bolalar (shaxslar) uchun ta'lim tashkilotlarida inklyuziv ta'lim tashkil etilishi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo'yildi.

Inklyuziv ta'limni tashkil etishda oila-mahalla-ta'lim muassasasi hamkorligi o'ta muhimdir.

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2G2G-yil 13-oktabrda "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to,g,risida"gi PQ- 48бG-son qarori qabul qilindi. Yurtboshimizning ushbu qarori bilan "2G2G-2G25-yillarga xalq ta'limi tizimida inklyuziv ta'limnini rivojlantirish konsepsiyasi" tasdiqlandi.

"KONSEPSIYa"ning З-bobida Inklyuziv ta'lim tizimini rivojlantirishning maqsadlari va ustuvor yo'nalishlari sifatida — ta'lim olish uchun teng imkoniyatni ta'minlash va barcha bolalarning individual xususiyatlaridan, oldingi ta'lim yutuqlaridan, tili, madaniyati, ota-onalarning ijtimoiy va iqtisodiy holatidan qat'iy nazar ta'limda muvaffaqiyatga erishishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish vazifasi belgilab qo'yilgan.

Shuningdek, Prezidentimizning 2G22 -yil 11 -maydagi "2022 — 2G26 yillarda xalq ta'limini rivojlantirish bo'yicha milliy dasturni tasdiqlash to,g,risida"gi PF-134-son Farmonida 2G22 -2G26- yillarda xalq ta'limini rivojlantirish milliy dasturining asosiy yo'nalishlaridan biri sifatida alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarning xalq ta'limi tizimiga integratsiyasini kuchaytirish hamda inklyuziv ta'lim jarayonlarini jadallashtirish belgilangan. 2G22 —

2G26- yillarda xalq ta'limini rivojlantirish bo>icha "MILLIY DASTUR"ning IV bolimi 25-bandida Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish masalalari bo'yicha ota-onalar uchun metodik tavsiyalar ishlab chiqish hamda ishlab chiqilgan metodik tavsiyalarni chop etish va ommaviy axborot vositalarida keng targ'ib qilish nazarda tutilgan. Unda o'qituvchi, o'quvchi, ota-ona, jamoat tashkilotlari mutaxassislari, keng jamoatchilik uchun inklyuziv ta'lim bo'yicha o'quv-uslubiy majmualar va ommabop nashrlar yaratish hamda fuqarolarning ozini -o zi boshqarish organlari tomonidan ota-onalar o rtasida inklyuziv ta'lim tizimi to g risida tushuntirish ishlarini olib borish nazarda tutilgan.

Rasmiy adabiyotlarda inklyuziv ta'limning ta'rifi sifatida quyidagilar bayon qilingan. Inklyuziv ta'lim - alohida e'tiborga muhtoj bo'lgan bolalarning tengdoshlari bilan bir xil sharoitlarda oqishi, ular bilan ozaro dostona munosabatda bolishi hamda jamiyatga ijtimoiy moslashuvini yengillashtirishdir. Haqiqatdan ham imkoniyati cheklangan o'quvchi sog'lom bolalar bilan bir xil sharoitlarda va birgalikda bilim olgandagina fanlarni o'zlashtirishga bo'lgan intilishi kuchayib boradi. Endi uning atrofida bilim olish uchun intilayotgan sinfdoshlari bor. Imkoniyati cheklangan oquvchi ana shu sinfdoshlari orasidan oziga dostlar topadi va ular bilan dostona munosabatlarni shakllantirishga harakat qiladi.

Har bir imkoniyati cheklangan o'quvchi ozining atrofida uning yaxshi yashashi uchun, hayot lazzatlaridan baxramand bo lishi uchun, unga madadkor bo luvchi insonlar ko p bo lsa, hayotda oz ornini topishga hech qachon qiynalmaydi. Ular ozlarini jamiyatimizga kerakli inson ekanligini his etishlari uchun dostlar davrasida koproq bolishlari lozim. Buning uchun esa ta'lim muassasasi,

mahalla, oila hamkorligi ota muhimdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi: 2023-yil 3G-aprelda qabul qilingan [Elektron manba]. - URL: https://lex.uz/docs/-б445145.

2. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi qonuni: 2020-yil 23-sentyabr, O'RQ-637^п [Elektron manba]. - URL: https://lex.uz/docs/-5G13GG7.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko'tarish

4. to'g'risida"gi qarori: 2017-yil 28-iyul, PQ-3160-son [Elektron manba]. - URL:

5. https://lex.uz/docs/-4071203.

6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi farmoni: 2019-yil 29-aprel, PF-5712-son [Elektron manba]. - URL: https://lex.uz/docs/-4312785.

7. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi farmoni: 2022-yil 28-yanvar, PF-60-son [Elektron manba]. - URL: https://lex.uz/docs/-5841063.

8. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022-2026-yillarda maktab ta'limini rivojlantirish bo'yicha milliy dasturni tasdiqlash to'g'risida"gi farmoni: 2022-yil 11-may, PF-134-son [Elektron manba]. - URL: https://lex.uz/docs/-6008663.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.