Научная статья на тему 'INKLYUZIV TA’LIM OLAYOTGAN O‘QUVCHILARNING IQTIDORINI RIVOJLANTIRISHDA O‘QITUVCHINING PEDAGOGIK MAHORATI (BETXOVEN HAYOTI VA IJODI MISOLIDA)'

INKLYUZIV TA’LIM OLAYOTGAN O‘QUVCHILARNING IQTIDORINI RIVOJLANTIRISHDA O‘QITUVCHINING PEDAGOGIK MAHORATI (BETXOVEN HAYOTI VA IJODI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tovush / ustoz-shogird / pedagog / musiqa / inklyuziv / bastakor / ijro.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Siddiqova Munisaxon Rashid Qizi

Pedagogikada inklyuziv ta’lim, bolalarni o‘qitish tarixiy tajribalar asosida rivojlanib kelmoqda. Bolalar iqtidorini yuzaga chiqarish, ayniqsa aqliy yoki jismoniy imkoniyatlari cheklangan o‘quvchilar o‘qitish alohida pedagogik mahorat talab etadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INKLYUZIV TA’LIM OLAYOTGAN O‘QUVCHILARNING IQTIDORINI RIVOJLANTIRISHDA O‘QITUVCHINING PEDAGOGIK MAHORATI (BETXOVEN HAYOTI VA IJODI MISOLIDA)»

INKLYUZIV TA'LIM OLAYOTGAN O'QUVCHILARNING IQTIDORINI RIVOJLANTIRISHDA O'QITUVCHINING PEDAGOGIK MAHORATI

(BETXOVEN HAYOTI VA IJODI MISOLIDA)

Siddiqova Munisaxon Rashid qizi

O'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11215787

Annotatsiya. Pedagogikada inklyuziv ta'lim, bolalarni o'qitish tarixiy tajribalar asosida rivojlanib kelmoqda. Bolalar iqtidorini yuzaga chiqarish, ayniqsa aqliy yoki jismoniy imkoniyatlari cheklangan o'quvchilar o'qitish alohidapedagogikmahorat talab etadi.

Kalit so'zlar: tovush, ustoz-shogird, pedagog, musiqa, inklyuziv, bastakor, ijro.

Ta'lim jarayonini tashkil etishning asosiy maqsadlaridan biri bu - bolalarni o'qitish, sifatli bilimlarni egallashlariga ko'maklashish, bolaning har bir yoshga to'lgan davr mobaynida o'sha davri uchun yetarli bilimga ega bo'lishini ta'minlashdir. Shu bilan birga, mazkur jarayonda ya'ni bolaga ta'lim bilan birgalikda tarbiya berish, shuningdek, bolaning qobiliyat va qiziqishlarini ham aniqlash, alohida iqtidorini rivojlantirish uning individual shaxs sifatida jamiyatda o'z o'rniga ega bo'lishi uchun muhimdir.

Har bir inson dunyoga kelganidan boshlab atrof muhitni o'rganadi. Bu o'rganish umrining oxiriga qadar davom etib boradi.

Pedagog o'qitmaydi, o'qishni o'rgatadi. Inklyuziv ta'lim - mavjud jismoniy, ijtimoiy, hissiy, aqliy, intellektual va boshqa xususiyatlardan qat'iy nazar, har bir kishiga umumiy ta'lim muassasalarida o'qish imkoniyati beriladigan ta'lim shaklidir. Inklyuziv ta'lim alohida yordamga

K.G.Nefe. Gravyura XVIIIasr. 12 yoshli Betxovenning

tahminiy ko'rinishi

muhtoj bolalarni normal rivojlanishdagi bolalar bilan teng huquqlilik asosida ta'lim olishidir. Inklyuziv ta'lim olayotgan bola u jismoniy yoki aqliy (ruhiy) nuqsoni (tug'ma yoki orttirilgan) mavjud bo'lsada, u ham atrof-muhitdan axborot oladi, eshitish, ko'rish, sezish, ushlash, hidlash umuman istalgan tomonlama atrofni anglaydi. Bola axborotga munosabat bildirishi yoki bildirmasligi bu ikkinchi masala, lekin u o'zi olayotgan axborotni ma'lum darajada anglaydi. Ana shu anglash natijasida qarshi reaksiya ya'ni axborotga javob qaytarish qonuniyati ishga tushadi. Ko'zi ko'rmasligi mumkin, eshitmasligi mumkin, lekin his qiladi. Masalan, Ludvig Van Betxoven nemis bastakori, pianinochi va dirijyor ayni ijodi gullagan davr 27 yoshida qulog'i og'irlashib, keyinchalik butunlay kar bo'lib qoladi, lekin shunga qaramay ko'p asarlar yozgan. Uning ustozi Kristiana Gottloba Nefening aytishicha: "Ludvig Van Betxoven 11 yoshligida umidli iqtidor edi" [1, 66-b.] deydi.

Nefe ustoz sifatida o'z shogirdi Betxovenni qo'llab-quvvatlagan. U Sebastyan Baxning asarini varoqdan o'qib, zavq va kuch bilan chala olgan. 1782-yilda ustozi Neefe bilan mashg'ulotlarni boshlaganiga qaramay 1783-yilning martida o'z shogirdini ilk bor K.F.Krameraning "Musiqiy jurnali"da ommaga havola qiladi. O'qituvchi sifatida u Betxovenga ayni paytda ham talabchan ustoz ham uning muhlisi edi. Bu yosh daho qo'llab-quvvatlashga, sayohat qilishiga loyiqdir deb hisoblardi. Agar yosh Betxoven boshlaganidek davom etsa shubhasiz ikkinchi Volfgang Amadey Motsart yana o'sadi degan edi. Avvaliga Motsart sog'lom edi, u musiqiy ta'limni eshitish orqali puxta egallaganligi sababli umri davomida ijod qilaverdi. Olimlar ijodkorlarda eshitish qobiliyati eng asosiy ko'rsatkichlardanligini ko'p marotaba aytib o'tishgan. Musiqiy eshitish qobiliyatining uchta asosiy turlari mavjud bo'lib, ular - melodik eshitish, garmonik eshitish va baland ovozda eshitishdir. Melodik eshitish - bu bir ovozli "Lado" rangli kuyni eshitish qobiliyati. Garmonik eshitish esa, konsonans va garmonik ketma-ketliklarni bilish qobiliyati hisoblanadi. Musiqiy eshitishning garmonik va melodik turlari mohiyatiga ko'ra sintetik jarayon hisoblanadi. Ular alohida tovushlarning yig'indilarini emas, ya'ni, sifatli, original, sintetik tovushlarni anglash uchun qo'llaniladi. Dastlab Betxovenning eshitish qobiliyati yuqoriligi va har bir tovushni aniq eslab qolishi, uning tinimsiz mashq qilishi, keyinchalik u bilan yuz bergan butunlay karligi tinglash va musiqiy xotirasi nechog'li kuchli ekanligidan dalolat beradi. U musiqa sozidan unumli foydalangan. Ular alohida tovushlarning yig'indilarini emas, ya'ni, sifatli, original, sintetik tovushlarni anglash uchun qo'llaniladi. Baland ovozda eshitish 2 ga bo'linadi. Ya'ni, mutlaq va nisbiy. Mutlaq eshitish - alohida tovushlarni tanish yoki ko'paytirish qobiliyati, ularni boshqa tovushlarga bog'lamasdan alohida eshita bilishdir. Ko'plab insonlar, hattoki musiqa ijrochilari mutlaq eshitishni tug'ma bo'lishi kerak deb hisoblaydilar. Mutlaq eshitish - bu originallik. Original daraj aga mehnat, nazariya va amaliyot orqali erishish mumkindir. Nisbiy eshitish esa, umumiy ovozlarni taqqoslashda alohida ohanglarning farqlarini sezish qobiliyatida namoyon bo'ladi.

Ustoz-shogird an'analari, og'izdan og'izga o'tib kelgan asarlarning bizgacha yetib kelishida birlamchi vosita - bu eshitish qobiliyati hisoblanadi. Eshitish qobiliyati orqali taqlid ham, mukammallik ham rivojlanib boradi. Qobiliyatni rivojlantirishda esa ustozi Neefe alohida o'rin tutgan.

Betxovenning ustozi Neefe o'z pedagogik vazifasini sidqidildan bajargan. O'qituvchi o'quvchilarni o'rgatmaydi, balki bilim olishga yo'naltiradi, tarbiyalamaydi, balki pedagogik jarayonni boshqarishi lozim.

"O'qituvchining mahorati - bu bolalar bilan ishlashni seva oladigan har bir pedagog uchun zarur bo'lgan bilim berish va tarbiyalash san'atining takomillashtirish va yuqori cho'qqisidir. Pedagogik mahorat - o'qituvchining ustoz-murabbiylik fazilatlari, o'qituvchilik kasbining sirlarini chuqur egallaganligi, insoniylik va iste'dodi hamda intellektual salohiyati va shu kabilari asosida undagi kasbiy bilim, tushuncha, ko'nikmalarning mukammal shakllangan kasbiy faoliyati. Pedagogik mahoratdan ko'zlangan maqsad darsning sifati va samaradorligini oshirishdan iborat bo'lib, o'qituvchining kasbiy-ijodiy faoliyatidir." [2, 146-b.]

Pedagogik mahorat - yuqori va uzluksiz sayqallanib boradigan tarbiya va o'qitish san'atidir. Betxoven o'z navbatida yuqori musiqiy tajriba sohibi sifatida shogirdlar yetishtirgan ulardan eng yaqin do'sti va shogirdi Tereza Brunsvik edi. "Lyudvig van Betxoven birinchi marta ular 1796-1799 yillarda Vena shahrida uchrashishgan. Tereza Lyudvig Van Betxovendan 16 kun davomida pianinodan saboq oldi."

Yuqoridagi ma'lumotlardan kelib chiqib, tarixda o'qitishning inklyuziv ta'lim olishning metodlari o'zgarib, vaqt o'zgarishi, izlanishlar natijasida rivojlanib kelgan. Keyinchalik ijodkorlarni tarbiyalaydigan pedagoglar va ularning ta'limini olgan shogirdlari turli xil nodir asarlarni yaratganligiga tarixning o'zi guvohlik beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Кириллина Л. В. Бетховен. Жизнь и творчество. — М.: Научно-издательский центр «Московская консерватория», 2009. - Т. 1. стр 66.

2. Turg'unov S.T., Daniyarov B.X., Umaralieva M.A., Shodmonova Sh.S., Turg'unova Sh.M., Tojiboeva H.M. O'qituvchining kasbiy mahorat va kompetentligini rivojlantirish. -Toshkent: "Sano-standart", 2012.

3. https://ru.wikipedia.org/wiki/Брунсвик, Тереза

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.