Научная статья на тему 'INKLYUZIV TA’LIM MUHITIDA ALOHIDA TA’LIM EHTIYOJLARI BO‘LGAN BOLALAR BILAN MUTAXASSISLAR VA OTA-ONALAR HAMKORLIKDAGI FAOLIYATI'

INKLYUZIV TA’LIM MUHITIDA ALOHIDA TA’LIM EHTIYOJLARI BO‘LGAN BOLALAR BILAN MUTAXASSISLAR VA OTA-ONALAR HAMKORLIKDAGI FAOLIYATI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
221
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
сотрудничество / педагог / психолог / дефектолог / родители / ребенок с особыми образовательными потребностями / инклюзивное образование / коррекционная работа / эффективность / учащийся.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Madjidova Dildora Abduxamidovna

В данной статье рассмотрены вопросы сотрудничества педагогов, психологов, дефектологов и родителей при включении ребенка с особыми образовательными потребностями в инклюзивное образование, коррекционная работа и совокупность условий, определяющих эффективность инклюзивного образования.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INKLYUZIV TA’LIM MUHITIDA ALOHIDA TA’LIM EHTIYOJLARI BO‘LGAN BOLALAR BILAN MUTAXASSISLAR VA OTA-ONALAR HAMKORLIKDAGI FAOLIYATI»

INKLYUZIV TA'LIM MUHITIDA ALOHIDA TA'LIM EHTIYOJLARI BO'LGAN BOLALAR BILAN MUTAXASSISLAR VA OTA-ONALAR HAMKORLIKDAGI

FAOLIYATI Madjidova Dildora Abduxamidovna

Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim, O'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti "Inklyuziv ta'lim" bo'limi boshlig'i https://doi.org/10.5281/zenodo.10114276

Аннотация. В данной статье рассмотрены вопросы сотрудничества педагогов, психологов, дефектологов и родителей при включении ребенка с особыми образовательными потребностями в инклюзивное образование, коррекционная работа и совокупность условий, определяющих эффективность инклюзивного образования.

Ключевые слова: сотрудничество, педагог, психолог, дефектолог, родители, ребенок с особыми образовательными потребностями, инклюзивное образование, коррекционная работа, эффективность, учащийся.

Abstract. This article discusses issues of cooperation between teachers, psychologists, speech pathologists andparents when including a child with special educational needs in inclusive education, correctional work and the set of conditions that determine the effectiveness of inclusive education.

Keywords: cooperation, teacher, psychologist, defectologist, parents, child with special educational needs, inclusive education, correctional work, effectiveness, student.

Zamonaviy ta'lim tizimida ta'lim muhitining barcha sohalariga ta'sir ko'rsatadigan o'zgarishlar ro'y bermoqda. Ushbu o'zgarishlardan biri inklyuziv ta'lim amaliyotini kiritish va mustahkamlash bo'lib, u nogiron bolalarni birgalikda ta'lim va tarbiyalashni, ta'lim jarayonida turli xil ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarning mavjudligini nazarda tutadi. Inklyuziv ta'limning keng ko'lamli muammolarini hal qilish har bir o'quvchining qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradigan yangi yondashuvlarni talab qiladi.

2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasida "yoshlar uchun ochiq va sifatli ta'limni ta'minlash, ta'limning barcha bosqichlarida yoshlarning mukammal ta'lim olishini ta'minlash, hududlarda inklyuziv ta'lim rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratish" [1] ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan.

Inklyuziv ta'lim (inglizcha inclusion - inklyuziya) - bu alohida bolaga qaratilgan innovatsion qadam, chinakam insonparvar ta'lim amaliyotini amalga oshirishni anglatadi.

"Inklyuziv ta'lim" atamasi Salaman deklaratsiyasida alohida ehtiyojli shaxslarning ta'lim sohasidagi tamoyillari, siyosati va amaliyoti hamda Nogironlar huquqlari to'g'risidagi konvensiya bilan mustahkamlangan. Ushbu hujjatlarda inklyuziya har bir shaxsning farqli jihatlari va xususiyatlarini qo'llab-quvvatlaydigan islohot sifatida belgilanadi.

Inklyuziv ta'lim jismoniy, intellektual, ijtimoiy, hissiy, lingvistik yoki boshqa xususiyatlaridan qat'iy nazar, barcha bolalar uchun ta'lim sifatida talqin etiladi.

Bunday ta'limning maqsadi nogironligi bo'lgan bolalarni ijtimoiy ajratishni va ularning bolalar bog'chasi jamoasi, maktab hayotida ishtirok etish imkoniyatini rad etish, boshqacha qilib aytganda, maxsus ta'lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlar turli xilligini hisobga olgan holda barcha o'quvchilarning ta'lim olishdan teng foydalanishini ta'minlashdir.

Inklyuziv ta'lim samaradorligini belgilovchi shart-sharoitlar majmuasi orasida integrativ ta'limni tashkil etishning innovatsion modellarini, ta'limni tashkil etishning yangi shakllari va usullarini izlash va sinovdan o'tkazish alohida o'rin tutadi.

Inklyuziv sinf o'qituvchisining asosiy vazifasi - bolani individual va hamkorlikdagi faoliyatga jalb qilishdan iborat. Shu maqsadda bola bilan ishlayotganda uning hissiy va aqliy tajribasini boyitish uchun iloji boricha ko'proq hamkorlikka jalb etadigan turli ish shakllari va usullarini qo'llashga harakat qilish lozim. Korreksion ishni nimadan boshlash kerakligini tushunish uchun nutqning rivojlanishi, ijtimoiy o'zaro faoliyatga kirishish ko'nikmalarini hamda xayolni shakllantirish kabi yetakchi yo'nalishlarni aniqlab olish zarur. Qaysi yo'nalishni aniqlash, o'z o'rnida, bolaning aniq ehtiyojlariga bog'liq bo'ladi. Bir vaziyatda avvalo, bolaga o'z-o'ziga xizmat ko'rsatish ko'nikmalarini o'rgatish lozim bo'lsa, boshqa holatda boladagi xavotirlanuvchanlik darajasini tushirish, qo'rquvni yengishga qaratilgan ishlarni olib borishni, dastlabki muloqotni o'rnatish, ijobiy hissiy muhitni hamda samarali mashg'ulotlarni tashkillashtirish uchun qulay psixologik sharoitni yaratish talab etiladi. Ishning dastlabki bosqichlarida o'qituvchi e'tiborni bolaning o'quv materialini o'zlashtirishiga emas, balki o'quv jarayonini tashkillashtirishga nisbatan xohish-istagini uyg'otishga qaratishi muhimroqdir.

Har qanday bola bilan va umuman, alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bola bilan olib boriladigan korreksion ish psixiatr, nevropatolog, pedagog, psixolog, logoped, musiqa xodimi kabi bir qator mutaxassislar va ota-ona hamjihatligida kompleks tarzda amalga oshirilgandagina o'z samarasini berishi mumkin. Mutaxassislar va ota-onalar tomonidan olib boriladigan ish hamkorlikda va yagona dastur bo'yicha olib borilishi shart.

Pedagog va psixologlar ota-ona bilan birgalikda bolaga qanday dorilar va nima sababli qabul qilish tavsiya etilganini bilgan holda bolani kuzatib borishlari zarur. Shifokor zaruriyat bo'lganda bolaning davolanish tarzini o'zgartirib borishi uchun bola xulqidagi ijobiy yoki salbiy o'zgarishlarni ota-ona va pedagoglar unga xabardor qilib turishlari lozim.

Pedagog va psixologlar hamkorlikdagi sa'y-harakatlar bilan umumiy maqsad, ya'ni bolani bolalar bog'chasi yoki maktab sharoitiga moslashishiga erishishga harakat qiladilar. Ular birgalikda bola rivojlanishining individual dasturini ishlab chiqadilar. Inklyuziv ta'lim joriy etilgan sinf o'qituvchisi alohida ehtiyojli bolalar rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini inobatga olgan holda aniq bir ta'limiy vazifalarni belgilaydi, vujudga kelgan muammolarni hal qilishda yordam beradi. Bolani kuzatish jarayonida tarbiyachi yoki o'qituvchi yuzaga kelayotgan masalalar bo'yicha psixolog bilan maslahatlashib turishi mumkin. Masalan: "Qanday qilib bolaga qo'rquvlardan ozod bo'lishida yordam berish mumkin?", "Bolada o'zgalarga va o'ziga nisbatan namoyon bo'layotgan jahl namunalariga qanday munosabatda bo'lish mumkin?" kabi savollar.

Inklyuziv ta'limga jalb etilgan bola vaqtining ko'p qismini o'qituvchining oldida o'tkazadi. Shuning uchun alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolaning tengdoshlari va kattalar bilan muloqotini shakllantirishda o'qituvchi va tarbiyachining roli katta ahamiyatga ega. Bolaga haqiqatda ham yordam berish uchun doimo barcha sa'y-harakatlarimiz umidsiz ketmasligiga qat'iy ishonishimiz kerak. Albatta, tashxisni bekor qilishga erisha olmaymiz, biroq biz ko'p narsalarga erishishimiz - bolani tushunish, bolaning xususiyatlarini hisobga olgan holda uni qanday bo'lsa, shundayligicha qabul qilish hamda uning tashqi olamga mosshashishiga yordam berishimiz mumkin.

Rosiyalik defektolog G.D.Cherepanova alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalar bilan ishlash borasida katta tajribaga ega bo'lib, u bunday korreksion faoliyatning zarurligini

ta'kidlaydi. Uning ba'zi tarbiyalanuvchilari uzoq vaqt davom etgan korreksion mashg'ulotlardan so'ng umumta'lim maktablarida samarali ta'lim olmoqdalar. Ular nafaqat ta'lim olish qobiliyatini o'zlashtiradilar, balki o'qituvchi va o'quvchilar bilan o'zaro faoliyatga kirishishga ko'nikadilar. Ba'zi bir bolalar o'qishlarida katta yutuqlarga erishish imkoniga ega bo'ladilar. Ular orasida hatto a'lo bahoga o'qiydiganlar ham bor. Bu esa bolaning o'z o'qituvchilari bilan muloqot o'rnata olgani va o'z bilimlarini namoyon qila olganidan dalolat beradi. Albatta, bu kabi yutuqlarga erishish uchun har kuni bolalar bilan maqsadga intilib va sabr-toqat bilan ishlash zarur. Bu ish esa bir yil emas, balki ko'p yillar davom etishi mumkin. Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bola bilan ishlayotgan kattalar ham chetlab o'tishning iloji bo'lmagan va muqarrar bo'lgan ko'ngilsizliklar, noxushliklardan umidsiz bo'lmaslikka hamda arzimagan bo'lsa ham kutilmaganda namoyon bo'ladigan yutuqlardan mamnun bo'lishga o'rganishlari lozim.

Avvalo, boshqa bolalar bilan ishlanganidek, bolani yetakchi roliga qo'yish kerak. Har bir o'tiladigan mashg'ulotning tashkillashtirilishiga mas'uliyat bilan yondashish lozim. Bundan tashqari qat'iy bir tartibga rioya qilgan holda hodisalarni tezlashtirmasdan bosqichma-bosqich ish yuritish lozim va har doim alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bola bilan olib boriladigan ish - bu nozik, hatto xushmuomalalikni va sabr-toqatlilikni hamda uzoq vaqt bir xilda davom ettiriladigan ishni talab qiladigan jarayon ekanligini unutmaslik lozim.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida" PF-60-sonli Farmoni/ https://lex.uz/docs/5841063

2. Битова А.Л., Борисовская О.Б. Педагогика, которая лечит. - Москва: «Теревинф», 2013г. - 240 с.

3. Программы психологической коррекционно-развивающей работы в образовательных учреждениях / И.О. Зиновьева тахрири остида. Спб., 1999.

4. Д.А. Маджидова. Актуальные вопросы защиты многодетных и малообеспеченных семей и детей, нуждающихся в социальной защите. - Актуальные вопросы современной педагогики, 2013. - С. 8-10.

5. Д. Маджидова. Pedagogical and psychological features of parent-child relations in the families of migrant workers. - Herald pedagogiki. Nauka i Praktyka, 2021. Vol.1

6. X. Ibraimov, D. Madjidova. Психолого-педагогические факторы детско-родительских отношений в семье. - Science and innovation, 2022. Т.1, - С. 382-385.

7. Madjidova D.A. Inklyuziv ta'lim muhitida alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarning ta'lim-tarbiyasi. [Matn] ilmiy-metodik qo'llanma. - Toshkent. "Bookmany print" nashriyoti. - 56 bet. ISBN 978-9943-9727-3-5. УУК 37.015.31 ББК 74. М 14

8. Madjidova D.A., Islamova N.S. Inklyuziv ta'limda o'quvchilar nutqini korreksiyalash xususiyatlari / "Raqamli texnologiyalar davrida tillarni intensiv o'qitishning psixologik-pedagogik jihatlari" respublika ilmiy-amaliy anjumani, O'zPFITI, 2023-yil 2-iyun. - B. 3841. https://zenodo.org/record/7991668

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.