INKLYUZEV TALIMDA ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI, MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI
Berdiyeva Sadoqat Eshonqul qizi
Iqtisodiyot va pedagogika universiteti o'qituvchisi sadoqatberdiyeva0905@gmail .com
Annotatsiya: Ushbu maqolada inklyuziv ta'lim olish jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalardan foydalanish, AKT dan foydalanish samaradorligi haqida tushuntirishlar berilgan.
Kalit so'zlar: inklyuziv ta'lim, AKT , ehtiyojli shaxslar, Inklyuziv ta'limda AKT.
Аннотация: В данной статье объясняется использование современных информационных технологий и эффективность использования ИКТ в процессе инклюзивного образования.
Ключевые слова: инклюзивное образование, ИКТ, люди с потребностями, ИКТ в инклюзивном образовании.
Bugungi kunda jami aholining yetti foizidan o'n foizigacha tashkil etadigan alohida ehtiyojli shaxslarga oliy ma'lumotli bo'lish dolzarb ijtimoiy-pedagogik muammo hisoblanadi. Respublikamizdagi oliy ta'lim muassasalarini ijtimoiy rivojlanish ehtiyojlaridan biri sifatida alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan shaxslarga oliy ma'lumot olish imkoniyatlarini kengaytirish orqali ularning ehtiyoji va hayotiy maqsadlariga erishishlari uchun imkoniyatlar yaratish zarurati mavjud.
Alohida ehtiyojli shaxslar uchun oliy ta'limning mavjudligi maxsus ehtiyojlar bevosita oliy ta'lim muassasalarida ushbu toifadagi talabalar uchun o'quv imkoniyatlarining qonunchilik bilan ta'minlanishiga bog'liq.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Nogironligi bo'lgan shaxslarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2017-yil 1-dekabrdagi PF-5270-son Farmoni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" 2019-yil 29-aprelda PF-5712-son Farmoni va "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4860-son qarorlari bilan ustuvor yo'nalishlar tasdiqlandi.
Pedagog-psixolog kasbga yo'naltirar ekan har bir kasbni mohiyatini ochib berishda o'quvchi yoshlarning xususiyatlarini ham e'tiborga olish bilan bir qatorda ularning yosh davrlarini ham hisobga olishi maqsadga muvofiqdir. O'smirlik davrida
katta hayot bo'sag'asida turgan o'quvchini "Kim bo'lsam ekan?" degan savol bir karra qiynasa, rivojlanishida kamchiligi bo'lgan o'quvchilarda o'n karra ko'proq qiynalishiga sabab bo'lishi tabiiy hol hisoblanadi. Ana shunday murakkab vaziyatlarda psixolog o'ziga hos bo'lgan psixoprofissiogrammadan unumli foydalanib, sezdirmagan holda rivojlanishda kamchiligi bo'lgan o'quvchilarga kasblar haqida ma'lumot berishi va o'quvchilarni hududiy imkoniyatidan kelib chiqqan holda kasb-hunarga qiziqtira olishi uning pedagogik mahoratidan darak beradi.
Bugungi kunda nogironligi bo'lgan shaxslarni kasbga yo'naltirishda axborot texnologiyalaridan foydalanib zamonaviy kasblarga o'rgatish jamiyatda o'z o'rnini topishga yordam beradi. Jismoniy jihatdan nuqsoni bo'lgan shaxslarga kompyuter va dasturlash sohasini o'rgatish mumkin. Bunda kompyuterda ishlashni, kompyuter dasturlarini o'rgatishda bir qancha to'siqlar yuzaga kelishi mumkin. Masalan, o'qituvchining o'quvchiga o'rgatishdagi qiyinchiliklar, o'quvchining jismoniy nuqsoni, individual psixologik xususiyatlari va shu kabilar.
Inklyuziv ta'limda AKTdan foydalanishning afzalliklari. U yoki bu funksional cheklanishlari bo'lgan bolalarning ta'limiy ehtiyojlari juda ham xilma-xil. Ular bir tomondan, o'zlarining sog'lom tengdoshlari bilan bir xil bilimlar olish ehtiyojiga egalar. Boshqa tomondan esa, ularda boshqa (ko'pincha alohida ta'lim ehtiyojlari deb belgilanadigan), funksional chekinishlar bilan bog'liq bo'lgan ehtiyojlar ham bor bo'lib, ular o'quv jarayonida odatdagi ta'lim metodlaridan foydalanish imkoniyatini bermadi. Shu munosabat bilan bolalarning har turli toifalarining individual ehtiyojlarini qondirish imkonini beradigan AKTlardan foydalanish katta ahamiyatga ega. O'quv jarayonida AKTlardan foydalanishning afzalliklari yangi texnologiyalarning kommunikatsiya va o'zaro faoliyat jarayonini yo'lga qo'yishga, ta'lim resusrlaridan eng qulay shaklda foydalanish imkonini berishga, hamda motivatsiyani oshirishga yordam berishi bilan bog'liq. AKTlarni inklyuziv ta'limda qo'llash sohalari juda ham xilma - xil bo'lishiga qaramay, ulardan foydalanishning quyidagi asosiy yo'nalishlarini ajratib ko'rsatish mumkin:
-Kompensator ( o'rnini bosish) masalalarini hal etish uchun AKTlar;
-Didaktik masalalarni hal etish uchun AKTlar;
-Kommunikativ masalalarni hal etish uchun AKTlar. Bunday yondashuvni hisobga olgan holda AKTlarning o'quv jarayonidagi rolni shu asosiy kategoriyalarga muvofiq bayon qilinadi. AKTlardan foydalanishlarning alohida ehtiyojli bolalar uchun afzalliklari:
-Kompyuterlar bolalarning avtonomligini va ta'lim olish imkoniyatlarini oshirishga yordam beradi;
-Alohida ta'limiy ehtiyojlari bo'lgan bolalar topshiriqlarni o'zining o'quv faoliyati maromida bajara oladilar;
-Ko'rishda nuqsoni bo'lgan bolalar o'zlarining ko'radigan tengdoshlari bilan bir qatorda internetdan foydalanish imkoniyatini oladilar;
-Ixtisoslashtirilgan qurilmalar va dasturlar kommunikatsiyada qiyinchiliklari bo'lgan bolalar orasidagi, ularning tengdoshlari va o'qituvchilari bilan o'zaro munosabatni yengillashtiradi;
-Kommunikatsiyaning texnika vositalaridan foydalanish bolalarni maktabda ham, jamoatda ham yoqimli imidjni hosil qiladi;
-Bolalarning AKTlarga ishonchi ularning uy vazifalarini tayyorlash va boshqa ehtiyojlari uchun internetdan foydalanishlariga yordam beradi. Va shu bilan birga AKTdan foydalanish faqat alohida ta'lim ehtiyoji bor bolalarga emas balki o'qituvchi va pedagoglar uchun ham sifatli afzalliklarga ega bo'lib, ular:
-AKTlardan foydalanish inklyuziv ta'limda ishlayotgan pedagoglarning hamkasblari bilan munosabatda bo'lishlariga imkoniyat yaratib, ularning ajralib qolishlarini kamaytirishga yordam beradi;
-Real vaqt rejimida kommunikatsiyani amalga oshirish imkoniyati o'z kasbiy faoliyatini anglashning, ya'ni refleksiyaning rivojlanishiga yordam beradi;
-AKTlardan foydalanish pedagoglarning kasbiy ko'nikmalarini takomillartiradi;
-Texnologiyalarni tengdoshlari bilan munosabatlar jarayoniga qo'shish ta'lim samaradorligini oshirishga yordam beradi;
-Axborot resurslarining electron shakli ta'limdan foydalanish imkoniyatini jiddiy ravishda oshiradi. Inklyuziv ta'limda AKTlarni qo'llash juda kata imkoniyatlarga ega, lekin bu yo'lda ko'p qiyinchiliklar mavjud, yangi texnologiyalar ta'lim tizimining an'anaviy tartibini o'zgartirib, alohida ehtiyojli bolalar ta'limidagi ilgari passiv yondashuvlarga nisbatan munosib alternativlarni ilgari suradi. Mavjud shubhasiz afzalliklariga qaramay, agar ularni bolalarning individual ehtiyojlarini va ta'lim resusrlaridan foydalanish imkoniyati tamoyillarini hisobga olmagan holda qo'llanilsa, bunday texnologiyalar ta'limga to'sqinlik qilishi mumkin. Yangi texnologiyalar bolalarni o'quv jarayonida faol ishtirok etishiga imkon beradi. Masalan, harakat nuqsonlari bo'lgan holda AKT yozish imkonini beradi, ko'rish nuqsonlari bo'lgan holda esa, o'qish jarayonini amalga oshirish imkonini beradi. Shu nuqtai nazardan, texnologiyalar bolalarning o'z atrof-muhitlarini boshqarish, o'quv va ijtimoiy masalalar yechimini qo'llab quvvatlash qobiliyatlarini rivojlantiradi, hamda axborot resusrlaridan foydalanish imkonini beradi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, inklyuziv ta'lim samaradorligi pedagoglarning kasbiy kompetensiyasiga hamda shaxsiy sifatlariga bevosita bog'liqdir. Har bir o'qituvchi bolalarni birdek ko'rishi va ular uchun kerakli muhitni yaratishga mas'uldir. O'zbek xalqining o'ziga xos xususiyatlari bo'lgan mehr-shafqat, o'zgalarga yordam berish, muhtojlarni qo'llab-quvvatlash kabi sifatlar yurtimizda inklyuziv ta'limning samarali tashkil etilishi hamda rivojlanishida muhim
tayanch omildir. Inklyuziv ta'limda AKT dan foydalanish jarayonida texnologiyalar organizmning tabiiy funksiyalaridagi yetishmovchiliklarining o'rnini bosish (kompensatsiyalash) imkoniyatini beradi va shu bilan bilan birga bolalar tomonidan bilimlarni olish va o'zlashtirish jarayonlarini optimallashtiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1.Usmanovna, Q. F., Azamkulovna, P. D., & Maxkamovna, M. D. (2022). INKLYUZIV TA'LIMDA KADRLAR MASALASI. O'ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI, 2(14), 834-842.
2.Azamkulovna,P.D.(2022). BO'LAJAK O 'QITUVCHI-DEFEKTOLOGLARGA ILMIY-TADQIQOT FAOLIYATINI OLIB BORISHNI O'RGATISH KASBIY FAOLIYATGA TAYYORGARLIK KO 'RISH OMILI SIFATIDA. Scientific Impulse, 1(5), 413-418.
3. Berdiyeva, S., & Sattorova, X. (2024). BOSHLANG 'ICH SINFLARDA TABIIY FANLARNI O 'QITISHDA INNOVATSION METODLARDAN
FOYDALANISH. Talqin va tadqiqotlar.
4. Amrullayevich, M. S. (2024). BOSHLANG 'ICH SINF
O ' QUVCHILARIDA KONGRUENTLIK SIFATLARINI SHAKLLANTIRISH
TEXNOLOGIYASI. Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences, 448-452.
5. Berdiyeva, S., & Baxriddinov, M. (2024). BOSHLANG 'ICH TA'LIMDA CHET TILI O 'QITISHDA QO 'LLANILADIGAN ZAMONAVIY INTERFAOL METODLAR. " Science Shine" International scientific journal.
6. Berdiyeva, S. (2024). SINF VA GURUHLARDA INKLYUZIV TA'LIM TUSHUNCHASINI RIVOJLANTIRISH. Talqin va tadqiqotlar.
7. Nasiba, Q., & Berdiyeva, S. (2023). SIGNIFICANCE AND CONTENT OF PEDAGOGICAL DIAGNOSTIC METHODS. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND COMPUTER SCIENCES (CAJECS), 2(2), 51-53.
8. Berdiyeva, S. (2024). IMPROVING THE METHODOLOGY OF PREPARING STUDENTS FOR CREATIVE ACTIVITY BASED ON FOREIGN EXPERIENCES. Talqin va tadqiqotlar, (28).