Научная статья на тему 'INGLIZ ВА O‘ZBEK TILLARIDAGI IQTISODIY TERMINLARDA MA’NO KENGAYISHI VA TORAYISHI'

INGLIZ ВА O‘ZBEK TILLARIDAGI IQTISODIY TERMINLARDA MA’NO KENGAYISHI VA TORAYISHI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
74
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
termin / terminologiya / iqtisodiy terminlar / ma’no kengayishi / ma’no torayishi / leksik-semantik munosabat. / term / terminology / economic terms / expansion of meaning / narrowing of meaning / lexical relationship / semantic relationship.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Xamidova D.M.

Mazkur maqola ingliz va o‘zbek tillari iqtisodiy terminlaning leksik-semantik jihatdan olib borilgan qiyosiy tahlil natijalarini yoritib, soha terminologiyasida ma’no Kengayishi va ma’no torayishi hodisalari bilan tanishtirib o‘tadi. Maqoladan ko‘zda tutilgan maqsad maxsus lug‘at tizimida leksik modifikatsiyalarning yuzaga kelish sabablari, shart-sharoitlarini aniq misollarda asoslab berishdan iborat. Shuningdek, ushbu tadqiqot ishi har ikki til terminosistemasida, xususan, iqtisodiyot terminlarida ma’no bo‘yoqdorligining ifodalanish darajasini aniqlash, kengayishi va torayishi holatlarining tadqiq etish vazifalarini qo‘yadi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ENGLISH AND UZBEK ECONOMIC TERMS’ EXPANSION AND NARROWANCE IN MEANING

This article discusses the the results of a lexical-semantic analysis of English and Uzbek economic terms and introduces the phenomena of expansion and narrowing of meaning of economic terms. The purpose of the article is to justify the causes and conditions of the occurrence of lexical modifications in the system of special vocabulary with particular examples. Moreover, the research work sets the tasks of determining the level of expression of meanings in the terminological systems of the both languages, in particular, economic terms researching their expansion and narrowing in meaning.

Текст научной работы на тему «INGLIZ ВА O‘ZBEK TILLARIDAGI IQTISODIY TERMINLARDA MA’NO KENGAYISHI VA TORAYISHI»

Xamidova D.M.

Tadqiqotchi - o'qituvchi O'zDJTU

INGLIZ BA O'ZBEK TILLARIDAGI IQTISODIY TERMINLARDA MA'NO KENGAYISHI VA TORAYISHI

Annotatsiya. Mazkur maqola ingliz va o 'zbek tillari iqtisodiy terminlaning leksik-semantik jihatdan olib borilgan qiyosiy tahlil natijalarini yoritib, soha terminologiyasida ma'no Kengayishi va ma'no torayishi hodisalari bilan tanishtirib o'tadi. Maqoladan ko'zda tutilgan maqsad maxsus lug'at tizimida leksik modifikatsiyalarning yuzaga kelish sabablari, shart-sharoitlarini aniq misollarda asoslab berishdan iborat. Shuningdek, ushbu tadqiqot ishi har ikki til terminosistemasida, xususan, iqtisodiyot terminlarida ma'no bo'yoqdorligining ifodalanish darajasini aniqlash, kengayishi va torayishi holatlarining tadqiq etish vazifalarini qo 'yadi

Kalit so'zlar: termin, terminologiya, iqtisodiy terminlar, ma'no kengayishi, ma 'no torayishi, leksik-semantik munosabat.

Khamidova D.M. researcher - teacher UzSWLU

ENGLISH AND UZBEK ECONOMIC TERMS' EXPANSION AND NARROWANCE IN MEANING

Abstract. This article discusses the the results of a lexical-semantic analysis of English and Uzbek economic terms and introduces the phenomena of expansion and narrowing of meaning of economic terms. The purpose of the article is to justify the causes and conditions of the occurrence of lexical modifications in the system of special vocabulary with particular examples. Moreover, the research work sets the tasks of determining the level of expression of meanings in the terminological systems of the both languages, in particular, economic terms researching their expansion and narrowing in meaning.

Key words: term, terminology, economic terms, expansion of meaning, narrowing of meaning, lexical relationship, semantic relationship.

Har bir tilda vaqt o'tishi bilan qadimdan ma'lum bo'lgan ko'plab so'zlarda sezilarli o'zgarishlar yuz beradi. Lug'aviy birliklarning ma'no jihatdan o'zgarishi yangi voqelikni nomlash bilan bir qatorda tilning so'z boyligini kengaytirish va boyitishga yordam beradi. Lug'aviy birlikning yangi ma'no kasb etishi yangi so'z vujudga kelishiga olib keladi va bu bilan lingvistik semantika mustahkamlanadi.

So'zlar ma'no-mazmunida ro'yberadigan har qanday o'zgarish uning etimologik ildizi bilan aloqani qaysidir jihatdan bog'lab turadi.

Shu o'rinda Y.A.Zemskayaning yangi so'zni o'zaro semantik aloqalarni e'tiborga olmay yasalishi borasidagi fikrini keltirib o'tishni lozim deb hisoblaymiz: "... U holda tilni egallash juda qiyin bir ahvolga kelib qolar yoki buning umuman imkoni ham bo'lmas edi. Lug'at tarkibini kengaytirish yo'sini undan foydalanishni yanada qulaylashtirish, eng asosiysi, tildagi mavjud o'zaro bog'langan so'zlar orqali real hayotdagi o'zaro bog'langan voqea-hodisalarni ifodalashdan iboratdir. Demak, so'zlarning tildagi o'zaro aloqasi real predmet va mavjud voqea-hodisalar o'rtasidagi o'zaro aloqalarni aks ettiradi"[, Земская, 1963;11].

Lug'atdagi har qanday ma'noviy o'zgarishlar yangi voqelik ifodasi bilan birga so'z boyligini kengaytirish yordam beradi. So'zning yana bir yangi ma'noga ega bo'lishi yangi so'zning tug'ilishiga olib keladi.

Tilda yuz berayotgan innovatsiya jarayoni borasida M.V.Marchuk fikricha, "...jamiyatning ma'lum bir kollektiv lingvistik xotirasi mavjud bo'lib, u davr sinovidan o'tgan so'zlarni o'z ichiga oladi. Tildagi innovatsiyalar tez-tez sodir bo'ladi, ammo ularning konsolidatsiyasi har doim ham sodir bo'lmaydi" [Marchuk, 1996]. Aytish mumkinki, bu holat yetarlicha o'rganilmagan.

Ingliz va o'zbek tillaridagi iqtisod terminlarining leksik- semantik tahlili bo'yicha amalga oshirilgan tadqiqotlar, ko'rib chiqilgan misollarga tayangan holda, ularning o'zaro munosabatlari, terminlashuv jarayonlarini quyidagi transit usullarga ko'ra tahlil qilamiz:

1) so'zlarning ma'no kengayishi orqali terminlashuvi;

2) so'zlarning ma'no toryishi natijasida terminlashuvi;

Til terminologik qatlamining shakklanishi va rivojlanish jarayoni o'ziga xos yangi so'z yasalish strategiyalari til lug'at boyligiga asoslangan holda sodirbo'ladi. Umumiste'moldagi so'zlarning terminlashuvi tarixiy jarayonlar bilan bog'liq holda amalga oshadi. Bu jarayondan ko'rish mumkinki, tildagi umumadabiy so'zlar va terminlar orasida o'zaro uzviylik mavjud: "Terminologiyaning shakllanishi va taraqqiy etish jarayoni umumadabiy leksika va terminologik leksika o'rtasidagi jips aloqalarda yaqqol namoyon bo'ladi" [Dadaboyev, 2022; 31]. Mazkur aloqalarni yuqorida e'tirof etilgan tasnif bo'yicha tahlil qilishni lozim topdik.

So'zlarning ma'no kengayishi natijasida terminlashuvi

So'nggi yillardagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar jiddiy o'zgarishlar sodir bo'lishiga ham olib keldi. Ijtimoiy munosabatlarning yangi shakllari turli semantik o'zgarishlarda eng faol tarzda namoyon bo'ldi. Ijtimoiy tarmoqlar bu borada, ayniqsa, faol ta'sir qildi. Aynan shu yerda yangicha dunyoqarash aks etdi. Birinchidan, neytral, ko'pincha o'ziga xos so'zlar guruhida siyosiylashuv bilan bir vaqtning o'zida ma'noning kengayishi mavjud. Masalan, economic drivers -iqtisodiyot drayverlari, investing attractiveness - investitsion jozibadorlik, development - taraqqiyot, prize - yutuq kabi so'zlar yangi kontekstga kirib,

ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega bo'ldi. Openness - oshkoralik, green economy -yashil iqtisod so'zida siyosiy-iqtisodiy termin sifatida nominal xarakter kuchaydi. Yangi ma'no butun bir so'z uyasini shakllantirish uchun turtki bo'lib xizmat qildi.

Ma'noning o'ziga xos kengayishi huquqiy, ijtimoiy-siyosiy tushunchalarni bildiruvchi so'zlarda ham uchraydi. Bular tilda qadimdan ma'lum bo'lgan private property - xususiy mulk, entrepreneur - tadbirkor, yakka tadbirkor, financier -sarmoyador, founder - ta'sischi, stock-holder - aksiyador kabi so'zlar bo'lib, ular juda tor ma'noga ega edi. Bu esa, so'zlardan aniq kontekstga ega bo'lishi, doimiy ta'riflarga ega bo'lishini talab qilgan. Bunday ta'riflar so'zlarning ma'nolari torayishi, ularning tor soha so'zi sifatida xoslanishiga olib keldi va so'zlarning ma'nolarining universal darajasiga chiqishiga imkon bermadi.

Ingliz tilida umumiste'moldagi so'zlarda ma'noning kengayishi natijasida iqtisod sohasiga oid ko'plab terminlar hosil bo'lgan, ulardan bir nechtasini ko'rib chiqamiz:

Budget - budjet, mablag ', ingliz tiliga XV asr boshlarida kirib kelgan bu termin qadimgi fransuz tilida "bougette " - charm sumka, hamyon ma'nosidagi "bouge"ning kichraytirish-erkalash shakli bo'lgan. Fransuz tiliga lotin tilidan o'zlashgan: bulga - charm sumka. Zamonaviy termin sifatida "ehtimoliy daromadlar va harajatlar" degan kinoyali ma'nosi 1733 yildan boshlab, Angliya moliya vazirining davlat moliyaviy rejalarini hamyonida saqlashi tushunchasidan kelib chiqqan [Wedgwood, 1859;287].

Broker - broker, qadimgi vino savdosi bilan bog'liq bo'lgan bu termin, dastlab "vino bochkasi"(a cask) ma'nosida, keyinroq, "vino bochkasini tashimoq, ko'tarmoq, vino hajmini o'lchamoq" (broach a cask) [Wedgwood, 1859; 140] ma'nosida, keyinroq esa "chakana vino sotuvchisi" ma'nosida qo'llangan. Shu paytdan boshlab har qanday "chakana savdogar", "vositachi", "dallol" ma'nosini anglatgan. Ularning kichik xaridlar qilishi ba'zan two-dollar broker, a dollar broker tarzida ham ifodalangan. O'sha davrni yoritgan Teodor Drayzerning "Sarmoyador"asarida quyidagicha ifodani uchratish mumkin: "These men who were known to be minor partners and floor assistants were derisively called "eighth chasers" and "two-dollar brokers", because they were always seeking small orders..." [Dreiser, 1912; p-74]. ("Mayda sheriklar va mahalliy yordamchilar sifatida tanilgan bu kishilarni istehzo bilan "sakkizinchi izquvarlar" hamda "ikki dollarlik brokerlar" deb atashardi, sababi ular doim mayda buyurtmalar izlashardi..."). Keyinchalik "broker" terminidagi dastlab nazarda tutilgan xarid miqdori o'z ahamiyatini yo'qotib, ma'no yanada kengaydi: broker - o'rtada turib vositachilik qiluvchi dallol, makler (Tovar, valyuta, savdo birjalarida oldi-sotdi bitimlari tuzishda vositach(dallol)lik qiladigan ayrim shaxs yoki firma [O'TIL, B 228].

Dicker - 1802-yildan boshlab, "savdolashmoq", "chiroyli tarzda savdo qilmoq"[Harper, 2001 - 2024] ma'nosida qo'llana boshlagan bu termin mo'yna savdosi bilan shugullanuvchi qadimgi German va Rim savdogarlari tilida "o 'nta mo 'yna o 'rami " ma'nosini beruvchi so'zdan kelib chiqqan [Ayers, 1986; 253]. U

paytlarda mo'ynaning bir o'ramda o'ntadan qadoqlanishi decurlae (qad. lot. desim) tarzida ma'lum bo'lgan. German tilida decher va dan tilidagi deger - o 'n, o 'ninchi o 'ntalik qadoq ma'nosini bergan.

O'zbek tilida ham terminlarda ma'no kengayishi kuzatiladi, masalan yunon tilidan o'zlashgan pul so'zi dastlab, chaqa ma'nosidagina ishlatilgan, ba'zi joylarda yarim tiyinga, ba'zi joylarda bir tiyinga teng bo'lgan pul o'lchov birligi va shu qiymatdagi mayda pulning o'zini ifodalagan, hozir bu arxaik ma'no hisoblanadi, shuningdek, fors tilidan baliq tangasi ma'nosi ham o'zlashgan. Keyinroq ma'no doirasi kengayib, 1. Oldi-sotdi yoki to'lov muomalarida narx, baho, qiymato'lchovi bo'lgan metal yoki qog'oz belgi; 2. Sarmoya, mablag'; 3. Ish haqi, maosh. [O'TIL, P, 124]. Shu o'rinda tanga so'zidagi ma'no kengayishiga ham to'xtalib o'tsak, dastlab qadimda buxoro xonligida 15 tiyinga, Qo'qon xonligida 20 tiyinga teng bo'lgan kumushpul [O'TIL, T; 321]ni ifodalagan bu termin, keyinchalik, qo'g'oz puldan tashqari oltin, kumush, mis kabilardan zarb etilgan pul birliklarini ham qamrab oldi. O'tgan asrning ikkinchi yarmidan tiyin pul birligining zarb qilingan metal birliklaridan tashqari turli avtomatik qurilmalar uchun ishlab chiqilgan, xalq tilida "jeton" deb ataluvchi dumaloq, yassi metal yoki plastik vositalar ham shunday atala boshlandi.

Misollardan ko'rinib turibdiki, iqtisodiyot sohasiga oid maxsus tushunchalarni ifodalovchi maxsus terminologik qatlamning tashkil topishi va taraqqiy etishida ijtimoiy-siyosiy va savdo aloqalarining ma'lum darajada muayyan leksik-semantik qamrovning kengayishi yoki quyida tahlil qilinadigan semantik torayishiga hissasi katta.

So'zlarning ma'no torayishi natijasida terminlashuvi. Ingliz va o'zbek tili iqtisodiy terminologiyasining yana bir xarakterli xususiyati shundaki, birikmali terminlar ma'anoni aniqlashi va to'liqroq ifodalashiga ko'ra sodda terminlardan ustundir. Ma'noda torayish yuz bergani sari hodisa mohiyati torroq, aniqroq ifodalanadi. Quyidagi misollarda so'z + termin ko'rinishida so'zlarning birikma tarkibida terminlashuvini kuzatish mumkin, bunday birikish usuli terminlarning barqarorlik xususiyatini ta'minlaydi: venture - tashabbus (so'z), business venture - biznes tashabbusi (termin); affair - yumush, ish (so'z), business affairs - biznes ishlari (termin); relations - aloqalar (so'z), business relations - biznes aloqalar (termin); opportunity - imkoniyat (so'z), business opportunities - biznesdagi imkoniyatlar (termin);

Shu o'rinda ta'kidlash joizki, bu kabi birikmalar tarkibidagi adabiy tilga tegishli so'zlar o'zaro erkin o'rin almashish xususiyatiga ega: business relations - biznes aloqalar = economic relations -iqtisodiy aloqalar = financial relations -moliyaviy aloqalar;

Termin + termin birikuvidan ham ma'no torayishini kuzatish mumkin: financial crisis - moliyaviy inqiroz, financial enterprise - moliyaviy korxona, financial investment - moliyaviy investitsiyalar, fair trade - adolatli savdo, market price - bozor narxi, stock-market quotations - birjada belgilangan narx.

Terminlar semantikasidagi o'zgarishlar umumiylikdan xususiylikka tomon yuz berganda ma'no torayishi, xususiylikdan umumiylikka tomon yuz berganda esa ma'no kengayishi yuz beradi. Xullas, davrlar o'tishi bilan ayrim terminlar hodisaning ma'nosini yanada aniq ifodalash zarurati bilan ma'no torayishiga uchradi. Masalan, treasury - g'azna, cashier - hisobchi, poverty - kambag'allik, investition attractiveness - investitsion jozibadorlik, economic growth - iqtisodiy o 'sish, break - sinish, demand - talab, lackness - taqchillik kabi. Ma'noda torayish yuz bergan sari hodisa mohiyati torroq, aniqroq ifodalanadi.

Fan-texnika rivojlana borgani sari, parallel ravishda, aynan shu taraqqiy etib borayotgan sohalarga tegishli terminologik tizim ham o'ziga xos tarzda boyib, rivojlanib bormoqda. Har bir fan tarmog'i qachon paydo bo'lgani, qanday rivojlanish bosqichlarini boshdan kechirgani, o'z rivojlanish yo'lining qanday darajasida ekaniga, kuzatilayotgan yangiliklar, islohotlar va qilinayotgan ixtirolar va kashfiyotlar ko'lami orqali soha terminosistemasi hajmini baholash mumkin.

References:

1. Dadaboyev H. (2020). O'zbek terminologiyasi. O'quv qo'llanma. Toshkent, Nodirabegim.

2. Дадабоев X,. (1991). Общественно-политическая и социально-экономическая терминология в тюркоязычных письменных памятниках XI-XIV вв. -Тошкент. Ёзувчи.

3. Tainor. J. S. (2008). Chapter 5: the wages of whiteness? Rethinking economic metaphors for whiteness: literacy and life goals in an all-white suburban high school. Counterpoints, 316, 107-124. Http://www.jstor.org/stable/42979841

4. Hiensleigh Wedgwoodi, (1859. A dictionary of English Etymology, vol. -1(a-d). London.

5. Земская Е.А. (1963). Как делаются слова. - М.

6. Douglas Harper. (2001-2014). Online Etymology Dictionary. Https://www.etymonline.com/search?q=dicker

7. Donald M.Ayers.( 1986). English words from Latin and Greek elements. The university of Arizona press, Tucson.

8. Eric Patridge. (1966). Origins - An Etymological Dictionary of Modern English. Routledge. London and NY.

9. Theodore Dreiser. (1912). The Financier. HarpSer and brothers, USA.

10. Sh. Rahmatullayev. (2003). O'zbek tilining etimologik lug'ati. I-jild. (turkiy so'zlar). Toshkent, "Universitet" nashriyiti. 600 bet.

11. Sh. Rahmatullayev. (2003). O'zbek tilining etimologik lug'ati. II-jild. (arab so'zlari va ular bilan hosilalar). Toshkent, "Universitet" nashriyiti. 600 bet.

12. Sh. Rahmatullayev. (2003). O'zbek tilining etimologik lug'ati. III-jild. (forscha, tojikcha birliklar va ular bilan hosilalar). Toshkent, "Universitet" nashriyiti. 283 bet.

13. O'zbek tilining izohli lug'ati. 5 jildli. I jild. - Toshkent: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. 2020. - 679 bet.

14. O'zbek tilining izohli lug'ati. 5 jildli. IV jild. - Toshkent: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. 2020. - 673 bet.

15. The ABC if business, accounting and economy. Online dictionary. https://itseducation.asia/dictionary/c.htm

16. The economist. The a to z economics. Online dictionary. Https://www.economist.com/economics-a-to-z

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.