Научная статья на тему 'INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDAGI ASPEKTUAL BELGILARNING O‘ZIGA XOS IFODALANISH USULLARI'

INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDAGI ASPEKTUAL BELGILARNING O‘ZIGA XOS IFODALANISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
10
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
perfekt / aksional / faza / semantika / dinamik / poslelog / temporal

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Saloxiddinov Manuchehr Sharofiddinovich

Ushbu maqolada fe’lning leksik, grammatik, dinotativ, konnotativ kabi komponentlarni o’z ichiga olishi tahlil qilingan. Xususan, ingliz va o’zbek tillarida fe’llarning turli vazifalarni bajarib, har xil ko’rinishlarga ega nutq birligi sifatida o’zida ma’lumotlarni mujassamlashtirishi aniq ko‘zga tashlanadi. Hozirgi zamon tilshunoslikda maydon modellar o’rganilayotgan til hodisasi misollar bilan yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDAGI ASPEKTUAL BELGILARNING O‘ZIGA XOS IFODALANISH USULLARI»

INGLIZ VA O'ZBEK TILLARIDAGI ASPEKTUAL BELGILARNING O'ZIGA XOS

IFODALANISH USULLARI Saloxiddinov Manuchehr Sharofiddinovich

Samarqand davlat chet tillar instituti, o'qituvchi, saloxiddinov_m@mail.ru https://doi.org/10.5281/zenodo.10815541

Annotatsiya. Ushbu maqolada fe'lning leksik, grammatik, dinotativ, konnotativ kabi komponentlarni o'z ichiga olishi tahlil qilingan. Xususan, ingliz va o'zbek tillarida fe'llarning turli vazifalarni bajarib, har xil ko'rinishlarga ega nutq birligi sifatida o'zida ma'lumotlarni mujassamlashtirishi aniq ko'zga tashlanadi. Hozirgi zamon tilshunoslikda maydon modellar o'rganilayotgan til hodisasi misollar bilan yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: perfekt, aksional, faza, semantika, dinamik, poslelog, temporal

Fe'lning tus xarakteri tus mazmuniga ega bo'lmagan asosiy guruhda o'zini erkin namoyon etadi. Tus-zamon shakllarida esa tus xarakteri tus mazmuniga yoki mos bo'ladi, (guruhdagi chegaralanmagan fe'llar, perfekt + chegaralangan fe'llar), yoki inkor etadi (davomiy guruhdagi chegaralangan fe'llar perfekt + chegaralanmagan fe'llar). Mazkur hollarda shakl mazmuni o'zgaradi. Shunday qilib, aytish mumkinki, ingliz tilida tus kategoriyasining mavjudligi umuman tan olinadi.

Dinamik sinfga tegishli fe'llarning ichki tuzulishida ularni qarama-qarshi qo'yishlardan biri, bu ularni jarayon (events) va hodisa (achievements) kabi turlarga ajratish hisoblanadi. Ular o'rtasidagi farqlanish zamon-vaqt tushunchalari bilan bog'liq bo'lib, hodisa ma'lum qisqa vaqt davomida bir holatdan ikkinchi holatga o'tishni anglatish uchun qo'llanilsa, jarayon holatning rivojlanishi va asta-sekinlik bilan o'zgarishiga nisbatan qo'llaniladi. Jarayon guruhiga tegishli fe'llarga yugurmoq, o'ynamoq, ishlamoq kirsa, hodisaga esa sakramoq, portlamoq, yiqilmoq xos hisoblanadi.

Shunday qilib, jarayon vaqt mobaynida o'zgarib borishi nazarda tutilar ekan, demak ularning tugash, o'z yakuniy nuqtasiga yetishi ham ko'zda tutiladi. Masalan, roman yozmoq jarayon tushunchasida talqin etilsa, yozib tugatmoq hodisa sifatida qaraladi. Birinchisida chegaralanmagan xususiyat yuzaga kelsa, ikkinchi holat chegaralangan deb ataladi.

The dizziness swept over her; (holat, tranzitivlik + terminativlik)

He tapped the pages and set them down in their place; (holat, tranzitivlik + terminativlik)

A hole opened up at the back of the canoe at waterline; (holat, tranzitivlik + terminativlik)

G'ira-shirada yo'lga chiqqan Boboqul bilan Mirqobil chaqchaqlashib yengil qadam tashlab borishardi. (L. Mahmudov "Jasur bolalar" Toshkent 1973 Yosh gvardiya nashriyoti. B. 29)

So'rining ostidan kattagina ananas qovunni olib kosaladi. (L. Mahmudov "Jasur bolalar" Toshkent 1973 Yosh gvardiya nashriyoti. B. 30)

A. Hojiev o'z tadqiqotlarida o'zbek tilida ko'makchi fe'llar ifodalaydigan harakat usullarining yetti xil tavsifini beradi, lekin bu fazalarning ichki aloqalarini, ya'ni aksional xususiyatlarni izchil yoritib berishga imkon beradi (A.Hojiev, 1966).

Agarda sof semantik tasnifga o'tadigan bo'lsak, D.M. Nasilov bunday guruhlarni uchta, kichik guruhlari bilan esa yettita, deb hisoblagan: 1. natijali harakat fe'llari: a) "tuzish va buzish" fe'llari; buz-, yemir-, tuz-, ajrat-, erit-, maydala-, yo'qot-, yasa-, ula-, sol-, qo'sh-, tik-, va b.; b) o'zgaruvchi ta'sir fe'llari: sovunla-. tesh-, yop-, yech-, art-, beza-, bos-, bog'la-, isit-, shil-, qirq-, ko'm-, va b.; v) olish-berish, egallash ma'nosidagi fe'lar: ol-, sot-, sotib ol-,o'g'irla-, ayir-, topshir-

, egalla-, va b; g) fiziologik, ruhiy ta'sir va ma'naviy faoliyat fe'llari: azobla-, qiyna-, o'ksit-, o'qit-, qo'rqit-, tushintir-, o'rgat-, va b.; 2. fazali harakat fe'llari: jildir-, yumalat-, ag'nat-, o'rnat-, hayda-, ko'chir-, tort-, va b.; 3. Bir yoqlama yo'nalish fe'llari: chiq-, kir-, kel-, ket-, kech-, o't-, jo'na-, yet-, jil-, qoch-, yaqinlash-, uzoqlash-, qayt- bor- va b. (D.M. Nasilov, 1989: 154-158.

J.Bo'ronov yozganidek, «turli oila va strukturalarga tegishli bo'lgan ikkala tilni chog'ishtirish, faqatgina tillarni qiyoslash emas, balkim tillardagi sistemalar va kichik sistemalarini qiyoslash mumkin bo'lgandagina amalga oshirilishi mumkin» (J. Bo'ronov, 1973:55). Qardosh bo'lmagan ingliz va o'zbek tillaridagi aspekt ma'nolarini chog'ishtirish ushbu tillardagi aspektual belgilarning o'ziga xos ifodalanish usullari, bir biriga o'xshash va noo'xshash tomonlarini yoritishga yordam beradi. Buning namunasini quyidagi jadvalda ko'rish mumkin: Jadval 1.

Ingliz va o'zbek tillarida tugallanganlikni ifodalovchi grammatik vositalar.

№ Ingliz tili O'zbek tili

1 Dinamik fe'llarning perfekt shakli To'liqsiz fe'llar ishtirok etgan tuzilmalarning o'tgan zamon shakli

2 Chegaralangan aksional xususiyatli Chegaralangan xususiyatli fe'llarning -bo'l, -

fe'llarning o'tgan zamonda qo'llanilishi qol, -et ko'makchi fe'llari bilan birikishining o'tgan zamondagi shakli

Jadval 2.

Ingliz va o'zbek tillari tugallanganlikni ifodalovchi leksik vositalar.

№ Ingliz tili O'zbek tili

1 Faza fe'llarining infinitiv, gerund bilan Faza fe'llarining chegaralangan

birikishi xususiyatlarga yetakchi fe'llar bilan birikishi

2 Tugallangan ma'noga ega frazeologik Tugallangan ma'no kasb etuvchi frazeologik

birikmalar bring to end, run out birikmalar: nihoyasiga yetkazmoq, yakun yasamoq

3 Posleloglar yordamida eat up, run over

4 Temporal xususiyatli predlogli Temporal birikmalar, bir soat ichida, soat 5

birikmalar: in two hours, up to the school gacha va hokazo

Fe'lning mazmun-ma'nosi ko'p jihatli murakkab xodisa bo'lib, turli komponentlarni (leksik, grammatik, dinotativ, konnotativ) o'z ichiga oladi. Ular turli vazifalarni bajarib, har xil ko'rinishlarga ega nutq birligi sifatida o'zida ko'p ma'lumotlarni mujassamlashtirgan. Hozirgi zamon tilshunoslikda maydon modelining juda ko'p turlari mavjud. Bu modellar o'rganilayotgan til hodisasini to'liq va aniq ifodalab beradi. Xususan, aspektual semantikaning tahlilini ham bevosita maydon nazariyasi doirasida olib borilishi ko'zlangan maqsadga erishishda muhim o'rin tutadi. Fe'llar har qanday til ifoda mazmunida eng muhim o'rinda turadi.

REFERENCES

1. Bo'ronov J. Ingliz va o'zbek tillari qiyosiy grammatikasi. - Toshkent: O'qituvchi, 1973. -284 b

2. Hojiev A. O'zbek tilida ko'makchi fe'llar. -Toshkent: Fan, 1966. -220 b.

3. Ландер. Ю. А. Перфект и обстоятельства конкретного времени // Языки мира. Типология. Уралистика. Памяти Т. Ждановой. Сост. В. А. Плунгян, А. Ю. Урманчиева. М.: Индрик, 2002. -С. 300-312.

4. Насилов Д.М. Проблемы тюркской аспектологии: Акциональность. - Л.: Наука, 1989. -208 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.