Научная статья на тему 'INGLIZ VA O’ZBEK TILLARIDA GAP TARKIBIDA KVANTITATIV SINTAKSEMALARNING QIYOSIY-TIPOLOGIK TADQIQI'

INGLIZ VA O’ZBEK TILLARIDA GAP TARKIBIDA KVANTITATIV SINTAKSEMALARNING QIYOSIY-TIPOLOGIK TADQIQI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kvantitativ / kvalitativ / tipologik / morfologiya / kesim. / quantitative / qualitative / typology / morphology / predicate.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Nishanova S.A.

Ingliz va o’zbek tillari misolida kvantitativ sintaksema asosan kategorial differensial sintaktik-semantik belgilardan qiyosiy tipologiya doirasida tahlil qilish mumkin. Mazkur maqoloda kategorial belgilardan sintaksemalar doirasida paradigmatik qatorini aniqlashga to‘xtalib o‘tamiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

COMPARATIVE-TYPOLOGICAL STUDY OF QUANTITATIVE SYNTAXES IN SENTENCE COMPOSITION IN ENGLISH AND UZBEK

On the example of English and Uzbek, the quantitative syntax can be analyzed mainly from categorical differential syntactic-semantic characters in the framework of comparative typology. This article explains that dwell on the definition of a paradigmatic series from categorical characters in the framework of syntax.

Текст научной работы на тему «INGLIZ VA O’ZBEK TILLARIDA GAP TARKIBIDA KVANTITATIV SINTAKSEMALARNING QIYOSIY-TIPOLOGIK TADQIQI»

Nishanova S.A.

Samarkand davlat chet tillar instituti Ikkinchi chet tillar kafedrasi o'qituvchisi

INGLIZ VA O'ZBEK TILLARIDA GAP TARKIBIDA KVANTITATIV

SINTAKSEMALARNING QIYOSIY-TIPOLOGIK TADQIQI

Annotatsiya. Ingliz va o 'zbek tillari misolida kvantitativ sintaksema asosan kategorial differensial sintaktik-semantik belgilardan qiyosiy tipologiya doirasida tahlil qilish mumkin. Mazkur maqoloda kategorial belgilardan sintaksemalar doirasidaparadigmatik qatorini aniqlashga to'xtalib o'tamiz.

Kalit so 'zlar: kvantitativ, kvalitativ, tipologik, morfologiya, kesim.

Nishanova S.A. teacher

second department of foreign languages Samarkand State Institute of Foreign Languages

COMPARATIVE-TYPOLOGICAL STUDY OF QUANTITATIVE SYNTAXES IN SENTENCE COMPOSITION IN ENGLISH AND UZBEK

Annotation. On the example of English and Uzbek, the quantitative syntax can be analyzed mainly from categorical differential syntactic-semantic characters in the framework of comparative typology. This article explains that dwell on the definition of a paradigmatic series from categorical characters in the framework of syntax.

Key words: quantitative, qualitative, typology, morphology, predicate.

Tipologiya fani tillar sistemalarining turli iyerarxik birliklarini qiyosan umumlashtirib o'rganadi va mazmun rejaga muvofiq, formal tipologiya, semantik tipologiyaga bo'linadi.

Formal tipologiya ifoda rejasi birliklarining tipologik xususiyatlarini o'rganib, fonologik, morfologik va sintaktik tipologiyadan tashkil topadi.44

Formal tipologiya asosan tilning morfologik va sintaktik yaruslarining formal tomonlariga ko'proq ahamiyat berib, ularning ma'lum struktur belgilariniturlitillartizimidao'rganadi.

Semantik tipologiya mazmun rejasi birliklarini tipologik tadqiq qiladi. Mazmun rejasi deganda tilning semantik strukturasi tushuniladi. Tipologik qiyoslash semantik qiyoslashni ham o'z ichiga oladi. Semantik qiyoslash semantiktipologiya asosidayuzagakeladi. Semantik tipologiya semantik kategoriyalarning ifodalanishidagi mushtaraklikni mavhumlashtiradi va ma'lum

44 Б.Ю.Городецкий. К проблеме семантической типологии. Из-во МГУ. 1969, стр. 125-126.

tushunchalarning turli tillar tizimi ifoda rejasi birliklari vositasida talqin etilishini o'rganadi. Turli tillar lug'atlarini tuzishda, bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilishda semantik tipologiya qonunlarining amaliy ahamiyati katta.

Tillar har xil bo'lsa ham ularning tizimidagi ma'lum semantik kategoriyalarni ifodalovchi so'zlar muayyan guruhlarni tashkil qiladi. Semantik tipologiyada ba'zi kategoriyalar umumiy, ba'zilari esa faqat ayrim tillargagina xos bo'ladi. Semantik tipologiya semantik maydonni aniqlashda katta rol o'ynaydi.

Ushbu maqoladan kutilayotgan maqsad kesim o'rnida kelgan elementlarning differensial sintaktik va semantik belgilarini aniqlash, ularning tipologiyasini hamda har ikkala tilda kesim o'rnida kelgan sintaktik elementlardagi izomorflik va allomorflik ko'rinishlarini topish, ularning ifoda variantlarini aniqlash, hamda u yoki bu sintaktik aloqalar yordamida qanday differensial sintaktik va semantik belgilar bilan birika olishini aniqlashdan iboratdir. Ma'lumki, gapda har qanday sintaktik o'rin sintaksemalarga ajratishda asos qilib olinishi mumkin. Lekin, mazkur ishda ingliz va o'zbek tilidagi gaplarda kesim o'rnida kelgan sintaktik birlik asos qilinib olinadi.

Umuman, gapdagi komponentlarni sintaksemalarga ajratib tahlil qilish har bir elementni u yoki bu o'rinda sintaktik qatlamda semantik maydonini topishdir. Masalan, bir element har ikkala tillarda ham turlicha komponentli gaplarda turli o'rinlarda kelib, har xil semantik maydonga ega bo'lishi mumkin. Ingliz tilidagi a ren va o'zbek tilidagi ruchka so'zini olsak, quyidagi gaplarda yuqorida aytilgan fikrning guvohi bo'lishimiz mumkin:

1.1 buy a pen.1. Men ruchka sotib olaman.

2. A pen writes. 2. Ruchka yozadi.

3.1 write with a pen. 3. Men ruchka bilan yozaman.

Agarda pen, ruchka so'zlarining leksik ma'nosidan kelib chiqadigan bo'lsak, bu so'zlar predmetni ifoda etadi, ammo sintaktik qatlamda har xil semantik maydonga ega bo'ladi. Birinchi gapda a pen, ruchka so'zlari kategorial belgilardan substansiallikka ega bo'lib, nokategorial belgilardan esa obyektlik, ikkinchi gapda agenslik (harakat ijrochisi) belgisini oladi. Uchinchi gapda esa substansiallik belgisidan tashqari with a pen, ruchka bilan so'zlari instrumentallik belgisiga ega bo'ladi. Bu gaplarning sintaksem modellari quyidagichadir:

Ingliz tilida: O'zbek tilida:

(1) Sb Ag. Pr Ac. SbOb; (1) Sb Ag. Sb Ob. Pr Ac;

(2) Sb Ag. Pr Ac;(2) Sb Ag. Pr Ac;

(3) Sb Ag. Pr Ac. Sb Ins; (3) Sb Ag. Sb Ins. Pr Ac;

Ko'rinib turibdiki, pen, ruchka so'zlari sintaktik qatlamda har ikkala tillardagi gaplarda kategorial belgilardan substansialikka ega bo'lsa, nokategorial, differensial sintaktik-semantik belgilardan turli o'rinlarda turlicha, ya'ni obyektlik, agenslik, instrumentlik belgilariga egadir.

Ammo, bu ishimizda faqat kesim o'rnida kelgan sintaktik birliklar har ikkala tillardagi gaplar misolida tadqiq etiladi. Sintaksemalarga ajratib tahlil

qilishda asosan uchta kategorial belgilar aniqlanadi. Bular prosessuallik, substansiallik va kvalifikativlikdir.45 Ular asosida esa bir qancha nokategorial belgilar aniqlanadi. Bu kategorial belgilardan kesim o'rnida kelgan kvalifikativ sintaksemalarni ingliz va o'zbek tillari misolida ko'rib chiqamiz.

Kvantitativlik differensial sintaktik semantik belgi bo'lib, kvalifikativlikning nokategorial belgilaridan biri hisoblanadi. U gapdagi NP1 o'rnida kelgan elementga son vazifasini yuklaydi: 1) He was eleven and Cheese-Face was thirteen (JLM,145) - Upaytda Martin o 'n birda, Moy Qovoq esa o 'n uchda edi (JLM, 141); 2) She was nearly fourty (SMP,50); Davlat narxi esa bor-yo 'g 'i o 'n ming (TMD, 432); 3) Ettore was twenty three (EHF,90); Bir jo 'ra atlas ikki yuz so'm ekan (TMD, 95).

Gaplarda NP2 o'rnida kelgan elementlar, ya'ni 1) was eleven, was thirteen, o 'n birda, o 'n uchda edi; 2) was fourty, o 'n ming; 3) was twenty three, ikki yuz so'm ekan so'zlari NP1 o'rnida kelgan He, Cheese-Face, U, Moy Qovoq, She, narxi, Ettore, atlas kabi sintaktik birliklarni son jihatdan izohlab, ifodalangan kvantitativlik belgisini ularga yuklaydi.

Faktik materiallarga qaraganimizda gapda NP2 o'rnida kelgan element kvantitativlikdan tashqari elektivlik (tanlov) belgisini ham o'z ichiga olishi mumkin: 4) She was one of them (JLM,25)- U o'shalardan biri

5) She is one in a shadow (SMP,214) - Umingdan biri

Ma'lumki, ingliz tilida kvantitativlik differensial sintaktik - semantik belgisi to be fe'lining shaxsli shakli va sonning birikishi bilan ifodalansa, o'zbek tilida esa hozirgi zamonda yaxlit son bilan, o'tgan yoki kelasi zamonlarda son + ko 'makchi yoki to 'liqsiz fe 'l yordamida ifodalanadi.

Ma'lumki aktiv so'zi lotincha "activ" so'zidan olingan bo'lib, «harakat»ma'nosini ifodalaydi. Bu sintaksema ingliz tilida NP2 o'rnida quyidagicha beriladi:

1) I went out to meet her (EHF, 102);

2) A bat flew into the room (EHF, 73).

Gaplardagi went out, flew elementlari fe'llar bilan ifodalangan bo'lib, ular prosessual-aktivlik ma'nosini ifoda etadi. Aktivlik belgisi ushbu sintaktik birliklarning NP2 o'rnida kelib, yadro predikativ aloqa asosida agentiv (harakat bajaruvchi) sintaksema bilan birikib kelishi orqali aniqlanadi va isbotlanadi. Bu sintaksemalar gaplarda o'timli va o'timsiz fe'llar bilan ifodalanib, fe'lning aniq nisbatida beriladi va harakatni ifodalaydi. Bu harakat subyekt tomonidan bajariladi. NP1 (yadro predikativlik I) o'rnida kelgan elementlar, ya'ni I, a bat so'zlari

45 Процессуаллик-иш ^аракатни ёки ^олатни ифодаловчи синтактик бирликдир; Субстанциаллик-шахсни, предметни от, олмош кабилар ёрдамида ифодаланишидир; Квалификативлик-предмет ёки шахснинг белгиси,сони, иш-^аракат бажарилиш тарзини ифодалайди. Каранг: Мухин А.М. Синтаксемный анализ и проблемы уровней языка. - Ленинград: Наука. Ленинград. отделения, 1980. -304 с.

Xulosa

Хи^а o'rnida shuni ta'kidlash кегаШ, ingliz va o'zbek tillaridagi kesim o'rnida kelgan elementlarning differensial sintaktik-semantik Ье^^т в1п1ак11к qatlamda tahlil qilishga bag'isЫanadi. Sintaksemalarga ajгatiЬ tah1i1 qi1ishdan asosiy maqsad, har ikkala tildagi gaplarda kesim o'rnida kelgan е^тен^т^ gapdagi tutgan o'rniga ko'ra semantik maydonini aniqlashdan iborat.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Каримов И.А. Баркамол авлод - Узбекистан тараккиётининг пойдевори. -Тошкент: Узбекистон, 1998. - 64 б.

2. Адмони В.Г. Структурно-смысловая ядро предложения // Члены предложения в языках различных типов. - Л.: Наука, 1972. - С. 3-17.

3. Акрамов Т. Именные сказуемые в современном узбекском языке: Автореф. дис. ... канд. филол. наук. - Ташкент: ТГУ, 1967. - 26 с.

4. Аракин В.Д. Сравнительная типология английского и русского языков. -Л.: Просвещение, 1979. - 259 с.

5. Ахманова О.С. Словарь лингвистических терминов. - М.: СЭ, 1969. - 608 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.