Научная статья на тему 'INGLIZ VA O’ZBEK GASTRONOMIK DISKURSLARINING SEMIOTIK XUSUSIYATLARI'

INGLIZ VA O’ZBEK GASTRONOMIK DISKURSLARINING SEMIOTIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
85
30
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
gastronomik diskurslar / lingvo-semiotik xususiyatlar / Glyuttonik diskurs / leksik tizim / qiyosiy-tipologik aspect / leksema / lingvokulturologik. / gastronomic discourses / linguo-semiotic features / Gluttonic discourse / lexical system / comparative-typological aspect / lexeme / linguocultural.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Sanakulova, Maftuna Qaxramon Qizi

Ushbu maqolaning asosiy maqsadi ingliz va o'zbek tillaridagi gastronomik diskurslarni qiyoslab tahlil qilgan holda ularning lingvo-semiotik xususiyatlarini ochib berish. Ushbu maqolada Dunyo tilshunosligining dolzarb muammolaridan biri tilning muayyan qatlamlarida uchraydigan xususiy diskurslarning lisoniy, ijtimoiy, madaniy, antropologik, semiotik xususiyatlarini o‘rganishdan iborat. Shuningdek, adabiyot hamda ijtimoiy-maishiy sohalarda uchraydigan diskursning qo‘llanish doirasini tadqiq qilish keng o‘rganilayotgan muammolardandir. Glyuttonik diskurs maʼlum xalq madaniyati, adabiyoti, yashash tarzi va ijtimoiy hayotida muhim o‘rin tutadi. O‘zbek tilshunosligida diskurs muammosi bilan bog‘liq til faktlarini o‘rganish masalasi tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, bugungi kunda diskurs va uni o‘rganish ko‘pchilik tilshunoslarning diqqatini tortmoqda. Shuning uchun diskurs bilan bog‘liq bir qator izlanishlar olib borilgan bo‘lib, bu ilmiy tadqiqotlarda diplomatik diskur va uning leksik-frazeologik tarkibi, dialogik diskursdagi nopredikativ birliklarning sotsiopragmatik jihatlari, siyosiy diskursda qo‘llanuvchi bog‘lovchi feʼllarning funksional-semantik xususiyatlari, antroponimlarning diskurs relevanti sifatidagi vazifasi monografik planda atroflicha o‘rganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SEMIOTIC CHARACTERISTICS OF ENGLISH AND UZBEK GASTRONOMY DISCOURSES

The main goal of this article is to reveal their linguo-semiotic features by comparing and analyzing gastronomic discourses in English and Uzbek. In this article, one of the urgent problems of world linguistics is to study the linguistic, social, cultural, anthropological, semiotic features of private discourses found in certain layers of the language. Also, the research of the scope of the discourse found in literature and social and household spheres is one of the widely studied problems. Gluttony discourse occupies an important place in the culture, literature, lifestyle and social life of certain peoples. In Uzbek linguistics, the issue of studying language facts related to the problem of discourse is becoming more and more important. From this point of view, today discourse and its study attract the attention of many linguists. Therefore, a number of researches related to discourse have been carried out, in these scientific studies, diplomatic discourse and its lexical-phraseological composition, sociopragmatic aspects of non-predicative units in dialogic discourse, functional-semantic features of connecting verbs used in political discourse, anthroponyms its function as discourse relevance is studied in detail in a monographic plan.

Текст научной работы на тему «INGLIZ VA O’ZBEK GASTRONOMIK DISKURSLARINING SEMIOTIK XUSUSIYATLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

INGLIZ VA O'ZBEK GASTRONOMIK DISKURSLARINING SEMIOTIK

XUSUSIYATLARI

Sanakulova Maftuna Qaxramon qizi

Navoiy davlat pedagogika instituti magistranti e-mail: mizrobovamaftuna@mail .ru

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolaning asosiy maqsadi ingliz va o'zbek tillaridagi gastronomik diskurslarni qiyoslab tahlil qilgan holda ularning lingvo-semiotik xususiyatlarini ochib berish. Ushbu maqolada Dunyo tilshunosligining dolzarb muammolaridan biri tilning muayyan qatlamlarida uchraydigan xususiy diskurslarning lisoniy, ijtimoiy, madaniy, antropologik, semiotik xususiyatlarini o'rganishdan iborat. Shuningdek, adabiyot hamda ijtimoiy-maishiy sohalarda uchraydigan diskursning qo'llanish doirasini tadqiq qilish keng o 'rganilayotgan muammolardandir. Glyuttonik diskurs ma 'lum xalq madaniyati, adabiyoti, yashash tarzi va ijtimoiy hayotida muhim o 'rin tutadi.

O'zbek tilshunosligida diskurs muammosi bilan bog'liq til faktlarini o'rganish masalasi tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, bugungi kunda diskurs va uni o'rganish ko'pchilik tilshunoslarning diqqatini tortmoqda. Shuning uchun diskurs bilan bog'liq bir qator izlanishlar olib borilgan bo 'lib, bu ilmiy tadqiqotlarda diplomatik diskur va uning leksik-frazeologik tarkibi, dialogik diskursdagi nopredikativ birliklarning sotsiopragmatik jihatlari, siyosiy diskursda qo'llanuvchi bog'lovchi fe'llarning funksional-semantik xususiyatlari, antroponimlarning diskurs relevanti sifatidagi vazifasi monografik planda atroflicha o'rganilgan.

Kalit so'zlar: gastronomik diskurslar, lingvo-semiotik xususiyatlar, Glyuttonik diskurs, leksik tizim, qiyosiy-tipologik aspect, leksema, lingvokulturologik.

ABSTRACT

The main goal of this article is to reveal their linguo-semiotic features by comparing and analyzing gastronomic discourses in English and Uzbek.

In this article, one of the urgent problems of world linguistics is to study the linguistic, social, cultural, anthropological, semiotic features of private discourses found in certain layers of the language. Also, the research of the scope of the discourse found in literature and social and household spheres is one of the widely studied problems. Gluttony discourse occupies an important place in the culture, literature, lifestyle and social life of certain peoples.

In Uzbek linguistics, the issue of studying language facts related to the problem of discourse is becoming more and more important. From this point of view, today

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

discourse and its study attract the attention of many linguists. Therefore, a number of researches related to discourse have been carried out, in these scientific studies, diplomatic discourse and its lexical-phraseological composition, sociopragmatic aspects of non-predicative units in dialogic discourse, functional-semantic features of connecting verbs used in political discourse, anthroponyms its function as discourse relevance is studied in detail in a monographic plan.

Keywords: gastronomic discourses, linguo-semiotic features, Gluttonic discourse, lexical system, comparative-typological aspect, lexeme, linguocultural.

KIRISH

Mamlakatimizda ilm-fanni rivojlantirish maqsadida tadqiqotchilar oldiga qator vazifalar qo'yilmoqda. «Ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyatni rag'batlantirish, ilmiy va innovatsion yutuqlarni amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy o'quv yurtlari va ilmiy tadqiqot institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etish juda zarur"1. Ayniqsa, xorijiy tillarni nazariy va amaliy egallash, xalqlararo munosabatlarni mustahkamlash, ingliz va o'zbek tillarida nutqiy tuzilmalar axborot-diskursiv mazmuni shakllanishi jarayoni xususiyatlari yorituvchi tadqiqotlarni chuqurlashtirish zarurati mavjud.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Dunyo tilshunosligida nutqiy tuzilmalar, ya'ni diskurslarning tilda shakllanish tarixi va voqelanishiga doir muhim xulosalar chiqarilgan (Oxford University Language Centre, Buyuk Britaniya; Harvard University, USA); nutqiy tuzilmalar axborot-diskursiv mazmuni shakllanishi, diskursdagi vazifalari ochib berilgan.

Dunyo tilshunosligining dolzarb muammolaridan biri tilning muayyan qatlamlarida uchraydigan xususiy diskurslarning lisoniy, ijtimoiy, madaniy, antropologik, semiotik xususiyatlarini o'rganishdan iborat. Shuningdek, adabiyot hamda ijtimoiy-maishiy sohalarda uchraydigan diskursning qo'llanish doirasini tadqiq qilish keng o'rganilayotgan muammolardandir. Glyuttonik diskurs ma'lum xalq madaniyati, adabiyoti, yashash tarzi va ijtimoiy hayotida muhim o'rin tutadi.

NATIJALAR

Gastronomik diskurs shaxsga yo'naltirilgan va lingvistik-semiotik makon milliy madaniyatning o'ziga xos belgilari va etnik guruhning o'zini o'zi identifikatsiyasi, ijtimoiy va gender xususiyatlari, shuningdek iste'molchiga ta'sir qiluvchi boshqa omillar kabi parametrlarga muvofiq tashkil etilgan imo-ishora tizimidir. Ushbu

1 .O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasining yanada Rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni // «Xalq so'zi" Gazetasi. 2017 yil 8 fevral, 28(6722)- son.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

turdagi diskursning konstitutsiyaviy xususiyatlari o'ziga xos kommunikativ muhitni; motivlar, maqsadlar, strategiyalar, aloqani joylashtirishning maxsus mexanizmini; kanal, rejim, kalit, aloqa uslubi va janrlarini; og'zaki bo'lmagan qo'shimchalar bilan maxsus matnlarni o'z ichiga oladi.

Turli xalqlarning gastronomik o'ziga xosliklari asrlar davomida shakllangan bo'lib ularga ta'sir qiluvchi omillar (iqlim, din, turg'unlashgan an'analar, qoidalar va iqtisodiy omillar) bu xususiyatlarga o'z ta'sirini o'tkazmasdan qolmagan. Insonning oziq-ovqatiga bir nigoh tashlashning o'ziyoq u nimani tanavvul qilishi, qaysi dinga taaluqligi, qanday hayot tarzi olib borishligi haqida aniq tasavvur xosil qilishga imkoniyat beradi.

Xalqlarning Yer sayyorasi bo'yicha joylashishi ularnining oziq-ovqat borasidagi tanlovlarini aniqlashtirgan. Har bir mamlakat o'zining gastronomik sohasi haqida faxr bilan gapiradi. Qadim zamonlardan boshlab insonlar o'zlari yashab kelayotgan zaminda nimani yetishtirish oson bo'lsa, yoki ovlash oson bo'lsa shu mahsulotlarni iste'mol qilgan. Dengiz bo'yida yashovchi xalqlar dengiz mahsulotlari bilan maqtansanlar, tog'li hududda yashovchi xalqlar o'zlari yetishtirgan go'sht va sut mahsulotlari bilan faxrlaganlar, o'rmon atrofida yashovchi xalqlar o'rmon mahsulotlar, ov orqali qo'lga kiritgan mahsulotlardan baham ko'rganlar va h.k. Ovqatlanishning bu kabi tartibi har bir millatning o'ziga xos oziq-ovqat ratsionining shakllanishiga olib kelgan va oxir oqibat ushbu maxsulotlar muayyan millat oshxonasining asosiy taom mahsulotlari hisoblana boshlangan. Shu bois ma'lum bir millatni ko'z oldimizga keltirganimizda uning oshxonasida ustunlik qiladigan oziq-ovqat mahsulotlari ko'z o'ngimizga keladi, masalan: ingliz xalqida - pudding, roast beef, beefsteaks, italyanlarda - pasta va makaronlar, pitssa, fransuzlarda - dengiz taomlari, rus xalqida -борщ, щи, o'zbeklarda -palov, somsa, sho 'rva va h.k.

Xalqlarning gastronomik diskursining shakllanishiga din ham o'z o'rnida yetarlicha ta'sir ko'rsatgan, chunki din u yoki bu oziq-ovqat mahsulotlariga cheklovlar qo'ygan, yoki aksincha ba'zi mahsulotlarni iste'moliga da'vat qilgan. Bu esa o'z navbatida millatning gastronomik leksikasining shakllanishiga katta ta'sir o'tkazgan. Misol tariqasida, musulmonlarning cho'chqa go'shtini iste'mol qilmasligi, yoki buddistlarning mol go'shtini yemasliklari, rus xalqining Масленица bayramida esa quymoqni (блины) yeyishga da'vat qilishi kabi odatlarni shakllantirgan.2

O'zbek tili nuqtai nazardan esa gastronomik sohaga nisbatan — «pazandalik» termini analog sifatida qo'llanadi. Pazandalik - xom o'simlik va hayvon mahsulotlaridan xilma-xil taomlar va oziq-ovqat mahsulotlari tayyorash mahoratidir.

2 Karasik V. I. O tipax diskursa // Yazbikovaya lichnost: institutsionalnbiy i personalnbiy diskurs: sb. Nauch. St. -Volgograd, 2000. - S. 5-20.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

Ovqatlanishni tartibga solish, taomlar xilma-xilligini ta'minlash, lazzatli taomlar tayyorlash va did bilan dasturxonga tortish pazandachilikning asosini tashkil qiladi. Turli xalqlarning milliy pazandachiligida shu millat xalqiga xos muayyan milliy pazandachilik taom turi bo'ladi. Masalan, o'zbeklarda palov, rus pazandaligida щи, блины; ukrainlarda борщ, вареники; qozoqlarda beshbarmoq shunday taomlardir. O'zbek pazandachiligida ko'proq qo'y, mol go'shtlari ishlatiladi; ot, tovuq, o'rdak go'shtlari o'rtacha me'yorda; ilvasin va baliq go'shtlaridan kamroq foydalaniladi; xamir taomlar ham ko'p tayyorlanadi (har xil tandir nonlar, somsalar, suyuq-quyuq xamir ovqatlar).

Sh.Raxmatullayevaning "O'zbek tilining izohli frazeologik lug'ati" hamda Collin'sning "Ingliz tili idiomalari lug'ati" tahlili shuni ko'rsatmoqdaki ikkala tilda xam gastronomik diskurslar tarkibiga oziq-ovqat maxsulotlarning quyidagi nomlari kiritiladi: "non" / "bread", "bo'tqa" / "porridge", "sut" / "milk", "yog'" / "butter", "qaymoq" / "cream", "tuz" / "salt", "qalampir" / "pepper", "shakar" / "sugar", "suv" / "water", "sho'rva" / "soup", "asal" / "honey", "olma" / "apple" va boshqalar.

Yuqorida keltirilgan gastronomik komponentli frazeologik birliklarning (FB) aksariyati ikkala tilda ekvivalent xisoblanib, bu o'z navbatida ular asosida yotuvchi jahon tarixi va madaniyati voqea-hodisalarining mushtarakligi belgisidir. Misol tariqasida, "to rub salt in somebody's wound" - yaraga tuz sepmoq gastronomik frazeologik birligining kelib chiqish tarixiga doir bir necha taxminiy fikrlar mavjud. Birinchi fikrga ko'ra, Yevropada gunohkor dengizchilarning orqasiga savalashib yaralariga tuz surtishgan, bu albatta unga qattiq og'riq bergan bo'lsa ham tuz antiseptik vosita sifatida yaraning tez bitishiga yordam bergan. Ikkinchi taxminiy fikrga ko'ra Rim imperiyasi soldatlariga qisman ish haq o'rniga tuz bilan to'lashgan, bu tuzni ular jangdan so'ng yaralariga surtib ularni tez tuzalishiga sababchi bo'lgan.

Shu bilan bir qatorda ikki lingvomadaniyatda xam oziq-ovqat maxsulotlari obrazli tarzda qayta mazmun hosil qiladi, misol tariqasida "reza meva" / "berry" leksemasi ishtirokidagi frazeologik birligini keltirish mumkin. Ingliz tilidagi "as brown as a berry" turg'un birikmasi quyoshda qoraygan odamga nisbatan qo'llaniladi va neytral konnatatsiyaga ega, biroq o'zbek tilidagi ushbu turg'un birikmaga ekvivalent bo'lgan "Olmani tagiga olma tushar" birikmasi salbiy ma'noga ega.

Shu bilan bir qatorda FBlar tarkibida uchraydigan gastronomik komponentlar o'rtasida ham o'xshashlik, ham farqli tomonlarini kuzatishimiz mumkin. Xususan, o'zbek tili frazeologiyasida quyidagi gastronomik nomlar bilan uchraydigan birliklarni kuzatamiz: "sut", "osh", "do'lana", "qozon", "non", "o'tin", "qazi",

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

"qarta", "quyruq", "o'pka", "shirmoy kulcha", "mag'iz", "jo'ja", "bol", "tovuq", "yemak", "xamir", "patir", "yog'", "yong'oq", "mosh" va x.k.

Ingliz tili frazeologiyasida quyidagi gastronomik nomlar bilan uchraydigan birliklarni kuzatamiz: "loaf", "toast", "bun", "cake", "dough", "cookie", "biscuit", "omelet", "mustard", "sauce", "sweet", "candy", "jam", "pudding", "banana", "peach", "cherry", "strawberry", "grape", "carrot", "lettuce", "beet", "bacon", "goose", "mincemeat", "sardines", "ale", "beer", "juice".

Ingliz tili Cambridge lug'atida gastronomiyaning «yaxshi ovqat iste'mol qilish va tayyorlashni o'z ichiga oladigan san'at va bilim» ma'nosi mavjud (the art and knowledge involved in preparing and eating good food). Educlinguo lug'at manbasida esa zamonaviyoshxonasiga alohida e'tibor bergan holatda, oziq-ovqatva madaniyatni o'rganish deya ta'riflanadi. Gastronomiyani yaxshi biladigan inson gastronom deyiladi va gastronom esa gastronomiyani o'rganishda nazariya va amaliyotni birlashtirgan isnon hisoblanadi.3

Demak, ingliz tilidagi manbalardan gastronomiya bu ovqat pishirish, ovqatlanish madaniyati hisoblanadi. Bu termin o'zbek tiliga pazandalikka muqobil sifatida qo'llanishi mumkin. Chunki, gastronomiya ham ovqatlarni tayyorlash madaniyati bilan bevosita shug'ullanadi. Pazandachilik leksikasini o'z ichiga olgan gastronomik diskurs dunyoning madaniy, lingvistik, diniy-etnik va ma'anaviy manzarasining muhim jihatlarini aks ettiradi. Bu nafaqat murakkab hodisa, balki ayni paytda ham muhimdir, chunki ulkan sayyoramizning istalgan burchagidagi har bir inson uchun ovqatlanish jarayoni juda ahamiyatlidir.4

Zamonaviy tilshunoslikda turli ko'rinishdagi diskurslar va ularning tahlil qilish metodlari jiddiy o'rganilmoqda. Bunday tadqiqotlar asosan tilning dinamik rivojlanishiga, diskursning har bir turi tizimida doimiy sodir bo'ladigan leksik-semantik o'zgarishlarga bog'liq bo'lib kelmoqda. Biz bu borada bizning tadqiqot ishimizda ingliz va o'zbek gastronomiya diskurslarning semiotik shakllanishi, leksik-semantik ma'nolari, taqdimot xususiyatlarikabilarni tadqiq qilish asosiy maqsadlardan biridir.

Zamonaviy tilshunoslikda ularni tahlil qilishning har xil turlari va usullarining jihatlari o'rganilmoqda. Bu asosan tilning dinamik rivojlanishi va nutqning har qanday tizimida doimo yuz beradigan leksik-semantik o'zgarishlar bilan bog'liq.

Ingliz va o'zbek tillaridagi gastronomiya terminologiyasi matnlari kichik formatdagi matnlarga tegishli bo'lib, ularning asosiy xususiyati aniqlik (qisqalik) hisoblanadi. Ushbu matnlarning axborot berish hajmi cheklangan miqdordagi

3 Ammer Christine. Dictionary of idioms. New York, Houghton Mifflin Harcourt, 2013, p. 325

4 Arutyunova, N. D. Diskurs // Lingvistik entsiklopedik lug'at matni. / N. D. Arutyunova. M.: Sovet Entsiklopediyasi, 1990. -a.-S. 136-137.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

ma'lumotni qamrab oladi, natijada til vositalaridan minimal darajada foydalaniladi. Kichik formatdagi matnlarni umumiy lingvistik xususiyati - bu nominatsiyadan keng foydalanish. Shunday qilib, kichik formatdagi matnlarni yaratish uchun til vositalarini tanlash katta ahamiyatga ega.5

O'zbek tilida oshpazga nisbatan qo'llanadigan pazanda, ustazoda, qo'li shirin kabi sifatlar o'zbek glyuttonik kommunikatsiya ishtirokchilari -adresant (oshpaz) va retsepiyent (xo'randa) ga bo'lgan ijobiy munosabatni anglatadi. Shuningdek, ingliz va rus tillarida glyuttonik faoliyat nominantlaridan slinger (barmen), servant (xizmatkor), ya'ni ofitsiant kabilar borki, ular o'zbek gastronomik diskursida turli davrda o'z ijobiy va salbiy bo'yoqdorligiga ega bo'lgan.

O'zbek tilida glyuttonik diskursga oid matnlarda uchrovchi realiyalar o'zida milliy kolorit va an'analarni mujassam etganligi bois tarjimada mazkur muqobili yo'q leksik birliklar hosil qiluvchi pragmatik ta'sirchanlikning tushib qolishi ehtimoli nihoyatda katta. Masalan, «varaqi» realiyasini olaylik. Varaqi - tayyorlanishi jihatidan qiyin pishiriq hisoblanadi. Pishirish usulida hamirga bir necha bor ishlov berish, go'shtni qiymalash va qovurish, varaqini bukish va yana qovurish jarayonlari borligi uchun bu taom quda-andalar yoki nozik mehmonlar uchun tayyorlangan. Abdulla Qodiriyning «O'tgan kunlar" asarida «varaqi" yozuvchi tomonidan asar qahramoni Mirzakarim Qutidorning Otabekka iliq munosabatini ifodalash uchun xizmat qilgan6:

Cho'ringni chiqarib mehmonxonani tozalat. Anovi yangi qoplag'an ko'rpalaringni ber, tanchaga o'shani yopsin. Katta gilamni ham chiqar, uyingda mevalaring bor edimi?

— Bor.

— Bor bo'Isa yaxshi. Bir ozdan so'ng et olib kirguzarman, varaqi pishirib qo 'yingiz.

Oftob oyim varaqi pishirishdan u kungi mehmonning uncha-muncha kishi bo 'lmag 'anlig 'ini bildi.

— Qanaqa mehmon edi?

— Sen tanimassan, toshkandlik bir yigit, tag'i shu yerda-gi uch-to'rtta og 'aynilar. Tuzikmi, aytkanlarimni uqdingmi?

— Uqdim-uqdim. («O'tgan kunlar")

5 Aleksandrova O. V. Diskursdagi matn maydonining turlari Matn. / O. V. Aleksandrova, E. S. Kubryakova // Dunyo toifalari: makon va vaqt. Ilmiy konferentsiya materiallari / Ed. prof. E.S.

6 Qodiriy A. "O'tgan kunlar" roman. T. : Sharq, 2009. 400 b.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

XULOSA

Har bir millat ongi, tafakkuri va mentaliteti, iqlimi va madaniyatidan kelib chiqib, turli tillarga xos bo'lgan glyuttonik diskurs bir-biridan farq qiladi. Modomiki, bir millatga xos diskurs tahlil qilinar ekan, bu tasvirning to'liq shakllanishida glyuttonik diskursning o'z o'rni bor. Zero, bir millatning gastronomik olam manzarasiga oid tasavvurlarni o'rganish, o'sha millatga xos diskurslarni teranroq tushunishga xizmat qiladi. Ikki til va madaniyatlar to'qnashuvida glyuttonik diskursni anglash, bir qator lisoniy va nolisoniy omillardan xabardorlikni taqazo etadi. Ikki xil madaniyat kishilarining olam haqidagi tasavvurlari tilda turlicha ifodalanganidek, taom va u bilan bog'liq jarayonlarning inson ongidagi sintezi turlicha bo'ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasining yanada Rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni // «Xalq so'zi" Gazetasi. 2017 yil 8 fevral, 28(6722)- son.

2. Карасик В. И. О типаксе дискурса // Языковая личность: институциональный и персональный дискурс: сб. Науч. Ст. - Волгоград, 2000. - С. 5-20.

3. Ammer Christine. Dictionary of idioms. New York, Houghton Mifflin Harcourt, 2013, р. 325

4. Arutyunova, N. D. Diskurs // Lingvistik entsiklopedik lug'at matni. / N. D. Arutyunova. M.: Sovet Entsiklopediyasi, 1990. -a.-S. 136-137.

5. Aleksandrova O. V. Diskursdagi matn maydonining turlari Matn. / O. V. Aleksandrova, E. S. Kubryakova // Dunyo toifalari: makon va vaqt. Ilmiy konferentsiya materiallari / Ed. prof. E.S.

6. Qodiriy A. "O'tgan kunlar" roman. T. : Sharq, 2009. 400 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.