Научная статья на тему 'OZIQ-OVQAT TERMINOLOGIYASINING TARKIBIYMAZMUNIY TARJIMA QILISH MASALARI'

OZIQ-OVQAT TERMINOLOGIYASINING TARKIBIYMAZMUNIY TARJIMA QILISH MASALARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
287
36
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
oziq-ovqat terminologiyasi / diskurs / madaniyatlararo muloqot / adekvat tarjima / kognitiv tilshunoslik. / food terminology / discourse / intercultural communication / adequate translation / cognitive linguistics.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Mahmudova, Umida Ural Qizi, Qayumova, Nargiza Rahmatqul Qizi

Ushbu maqolada mualliflar oziq-ovqat mahsulotlari terminologiyasini tarkibiy va mazmuniy tarjimasini bir necha olimlar tadqiqotlari va statistik ma’lumotlarga tayanib o’rganishadi va bu sohada mavjud bo’lgan ba’zi muammolar haqida to’xtalishadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ISSUES OF COMPOSITION-CONTENT TRANSLATION OF FOOD TERMINOLOGY

This article examines the structural and substantive translation of the terminology of food products based on several scientific studies and statistical data, and discusses some of the problems that exist in this field.

Текст научной работы на тему «OZIQ-OVQAT TERMINOLOGIYASINING TARKIBIYMAZMUNIY TARJIMA QILISH MASALARI»

O

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(1), Jan., 2023

OZIQ-OVQAT TERMINOLOGIYASINING TARKIBIY- MAZMUNIY

TARJIMA QILISH MASALARI

Mahmudova Umida Ural qizi

QarDU PhD, katta o'qituvchisi umida921010@gmail .com Qayumova Nargiza Rahmatqul qizi

QarDU o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada mualliflar oziq-ovqat mahsulotlari terminologiyasini tarkibiy va mazmuniy tarjimasini bir necha olimlar tadqiqotlari va statistik ma 'lumotlarga tayanib o'rganishadi va bu sohada mavjud bo'lgan ba'zi muammolar haqida to 'xtalishadi.

Kalit so'zlar: oziq-ovqat terminologiyasi, diskurs, madaniyatlararo muloqot, adekvat tarjima, kognitiv tilshunoslik.

ABSTRACT

This article examines the structural and substantive translation of the terminology of food products based on several scientific studies and statistical data, and discusses some of the problems that exist in this field.

Key words: food terminology, discourse, intercultural communication, adequate translation, cognitive linguistics.

KIRISH

Ushbu maqola oziq-ovqat mahsulotlari terminologiyasini tilshunoslik va tarjimashunoslik tomonidan tadbiq etadi va quyidagilarni vazifa sifatida quyadi:

1) oziq-ovqat terminologiyasini va uning o'zbek va ingliz tillariga tarjimasini o'rganish, mavjud tarjima strategiyalarining samaradorligini baholash va kelgusida oziq-ovqat terminologiyasi bilan bog'liq tadqiqot va amaliyot uchun tavsiyalar berish uchun madaniy va kommunikativ nazariyadan foydalanish;

2) oziq-ovqat terminologiyasi va uning ingliz va o'zbek tillariga tarjimasiga taaluqli dolzarb muammolarini aniqlash, madaniy va kommunikativ jarayon sifatida oziq-ovqat bilan bog'liq terminologiyani tarjima qilish muhimligini aks ettirish;

3) oziq-ovqat mahsulotlari, chiqindilar, atrof-muhitga ta'siri, iqlim o'zgarishi va oziq-ovqat ishlab chiqarishni barqaror boshqarish va atamalarni shakllantirish, tarjima qilish jarayonlari orqali tabiiy resurslardan adolatli foydalanishni qanday ta'minlash haqida xabardorlikni oshirish.

Oziq-ovqat terminologiyasi va uning tarjimasini tahlil qilish uchun kommunikativ va madaniy yondashuv bilan o'rganiladi, chunki oziq-ovqat

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

terminologiyasining murakkabligi nazariy jihatdan izchil, amaliy yondashuvdir. Terminologiyaga madaniy va kommunikativ yondashuv oziq-ovqat tadqiqotlari bo'yicha maxsus bilimlarni o'rganib chiqishni taqozo etadi. Terminologiyaga madaniy yondashuv madaniy xilma-xillik jarayoni "turli madaniyatlarning o'ziga xos ehtiyojlarini o'zida saqlaydi1" Globallashuv jarayoni - butun dunyo bo'ylab iqtisod, jamiyatlar va madaniyatlar o'rtasidagi integratsiya va o'zaro ta'sirni kuchaytirish jarayoni bo'lib, yangi ish usullarini va yangi atamalar va iboralarni yaratilishiga muhim rol o'ynaydi. Oziq-ovqat terminologiyasiga oid tadqiqotlari murakkab madaniyatga xos tushunchani ifodalaydi. Bizning kengaytirilgan gastronomik didimizni belgilash uchun oziq-ovqat atamalarining neologiyasi ko'p qirrali ijtimoiy-madaniy, lingvistik va kommunikativ jarayonni tashkil qiladi. Kabrening fikriga ko'ra, atamalar mos ravishda "til birliklari va ijtimoiy tizim" sifatida o'rganadi. U kognitiv(konsepsiya), lisoniy(termin), kommunikativ (vaziyat) asosida terminologiyaga kommunikativ yondashuvning uch tomonlama ajralmas modelini ishlab chiqadi va shu bilan ixtisoslashgan muloqotning pragmatik shartlarini ifodalaydi2. Terminologiyaga kommunikativ yondashuv atamalarni ma'nosi vaqt o'tishi bilan o'zgarib turadigan tabiiy tilning bir qismi sifatida ko'rib chiqadi va har bir terminologik birlik "ixtisoslashgan aloqa doirasida terminologik birliklarning murakkabligini hisobga olishga yordam beradigan" kommunikativ maqsadga erishishda muhim sanaladi. Shu sababli, kommunikativ yondashuv - "terminologik o'zgarishlarni uyg'unlashtirish, haqiqiy terminologik foydalanish tavsifi, foydalanuvchilarga moslashtirilgan terminologik ilovalarni loyihalashda xilma-xillik" ga erishishning asosiy manbasidir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Bugungi rivojlanayotgan jahon miqyosida oziq-ovqat va gastronomiyaga qiziqish keng miqyosda ortib bormoqda va taomnomalar, pazandalik saboqlariga oid kitoblar, teledasturlar, internet tarmoqlaridagi pazandalik bilimlari, oziq-ovqat yorliqlari va oziq-ovqatga oid veb-saytlar kabi tarjima qilingan oziq-ovqat bilan bog'liq matnlar hajmi sezilarli darajada oshdi. Dunyo bo'ylab yirik kitob do'konlarida, gastronomik an'analarning milliy klassikalarini o'z ichiga olgan pazandachilik kitoblari yonida, ko'pincha taniqli oshpazlar yoki taniqli shaxslar mualliflik qilgan, boshqalarning oshxonalariga kirishni taklif qiluvchi ko'plab tarjima qilingan oshxona kitoblari mavjud. World Wide Web sahifasida oziq-ovqat bilan

1 GB/T 15091-1994, S. N. (2019) 'Terms of Food Science and Technology'. Available at:

http://openstd.samr.gov.cn/bzgk/gb/newGbInfo?hcno=8C59FB62F4A29EBlF9F02D42780F2DDB [Viewed 30 August 2020].

2 Cabré, M. T. (2003). Theories of terminology. Their description, prescription and explanation. Terminology, 9(2), 163-199. https://doi. org/10.1075/term.9.2.03cab.

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

bog'liq saytlar, bloglar, forumlar bilan to'lib-toshgan bo'lsa-da, eng muhimi, turli xil ijtimoiy tarmoqlar ushbu mavzu bo'yicha munozaralar va vizual namoyishlar uchun platforma bo'lib xizmat qiladi. Oshpazlik jurnallari muqovalarida ovqatni shu qadar yaqin sur'atga oladiki, o'zingizni go'shtli qalampirning ichida qolgandek his qilasiz. Har oy yangi oshpazlik kitobi paydo bo'ladi yoki yangi oziq-ovqat yulduzi bilan yangi teledastur chiqadi. Yoshlar o'zlarining sevimli aktyor yoki aktrisalarining qaysi dizaynerlar bilan ishlashini yoki qaysi musiqani tinglashini aniqlashga o'rinishgan bo'lsalar; bugun esa ular qaysi restoranga tez-tez borishadi, kimning retseptlarini sinab ko'rishadi shunga ko'p ahamiyat qaratmoqdalar. Shuningdek, xorijiy menyular, turistik varaqalar va yo'riqnomalar xorijiy tillardan tarjima qilingan bo'lib, ularda oziq-ovqat va ichimliklar bo'limi yangi sayohatchilar, sarguzashtli sayyohlar tomonidan eng ko'p murojaat qiladigan segment bo'lib kelmoqda. Alessandra De Marko Yangi Zelandiya bo'yicha uchta yaxshi tasdiqlangan qo'llanmaning sharob va oziq-ovqat bo'limlarining italyancha tarjimalarini ko'rib chiqar ekan, uning ta'kidlashicha, maori taomlari so'zlari "ekzotiklashtirilgan" ya'ni sayyohlarni jalb qilishga katta urg'u berilgan. "Oziq-ovqat" madaniyati, shuningdek, yangilik va vaqtinchalik ma'nolarini ham o'z ichiga oladi, bu qora taxtadagi menyular urfni aks etadi, bu yangilikni bildirish bilan birga, taomnomani vaqtinchalik ekanligini ta'kidlaydi. Aytish joizki, qora taxta menyulari yigirma birinchi asrdagi vinochilik va ovqatlanishning muhim sohasini kuzatishni istagan oziq-ovqat tarixchilari uchun to'siq bo'lishi mumkin.

MUHOKAMA

Oziq-ovqat va til o'rtasidagi bog'liqlik, oziq-ovqatga doir fanlarning o'zi tarjimani o'z ichiga olgan ko'plab sohalarni qamrab oladi. Oziq-ovqat sanoati dehqonchilik, qishloq xo'jaligi, iqtisodiyot fanlari va boshqa sohalarni ham o'z ichiga oladi. Bu o'tgan asrda juda rivojlangan sanoatlardan biri bo'lgan. Shunga qaramay, urushdan keyingi davrda uy bekalari konserva va qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlarini afzal ko'rishgan bo'lsalar, so'nggi o'n yilliklarida ko'plab xonadonlarda muzlatgichlar va mikroto'lqinli pechlar bo'lsa-da, bugungi kunda tabiiylik, haqiqiylik va yangilikka har qachongidan ko'proq e'tibor qaratilmoqda. Maykl Kronin oziq-ovqat va tarjima o'rtasidagi yana bir muhim o'xshashlikni topadi. Oziq-ovqat mahsulotlari tuz yoki quritish yo'li bilan konservatsiya qilishning dastlabki urinishlaridan zamonaviy oziq-ovqat sanoati tomonidan taklif qilingan ko'plab saqlash usullarigacha uzoq yo'lni bosib o'tdi; ammo, biz yana organik ekinlar modasiga qaytdik va bir vaqtning o'zida sanoat tomonidan tayyorlangan har qanday narsani iste'mol qilishda ikkilanish paydo bo'ladigan bo'ldi. "Tabiiy" "konservalangan", "quritilgan" yoki "muzlatilgan" dan afzalroq organik

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

mahsulotlarga talab kundan-kunga oshib bormoqda3. Sanoatda tabiiy mahsulot deganda, oziq-ovqat sanoatida tabiiy manbalardan olingan oziq-ovqat mahsulotlari tabiiy mahsulotlar deb ta'riflanadi. O'zbekistonning eng yirik qidiruv tizimlaridan biri bo'lgan google (google.com) da o'zbek tilida "tabiiy mahsulotlar" uchun asosiy qidiruv 2 090 000 dan ortiq ma'lumotlar topildi. Internetda turli atamalar ham topildi, masalan, "sport ichimliklari", "quvvatlantiruvchi ichimliklar", "energetik ichimliklar" kabilar. Ammo, masalaning yana bir tomoni borki, yuqoridagi ichimliklar aslida sog'lik uchun zararli deb topilgan bo'lib, xorijiy energetik ichimliklar tarjimasi o'zbek tiliga quvvat beruvchi sog'likka foydali tarzida tarjima qilinib kelinmoqda. Shular bilan bir qatorda bugunga kelib yoshlarimiz o'rtasida ommalashib borayotgan xorijiy fast-food (tez tayyor bo'luvchi ovqat) lar kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Ushbu nomuvofiq va noto'g'ri sog'liq va ozuqaviy yorliqlar ba'zan mahsulotning haqiqiy xususiyatlarini noto'g'ri ko'rsatadi. Bir qancha xalqaro fastfud va alkogolsiz ichimliklar kompaniyalari o'z mahsulotlari sog'liq uchun foyda borligini da'vo qilishadi. Ushbu mahsulotlarni iste'mol qilish sizni kuchliroq qiladi degan fikr odatda O'zbekistonda 2008-yillardan beri ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Ko'pgina bolalar ijtimoiy tarmoqlardagi burgerlar yoki nonushta uchun tortlar to'yimli ekanligi haqidagi noto'g'ri reklamalarga ishonishadi. Masalan, Toshkentdagi Burger King va KFCda ovqatlanish trend va hatto hashamatga aylandi. Misollar shuni ko'rsatadiki, yurtimizda tegishli oziq-ovqat va marketing qoidalari yo'qligi sababli, ko'plab yolg'on va noto'g'ri tarjima qilingan atamalar va da'volar jiddiy sog'liq muammolariga olib keldi. Shunday qilib, semizlik zamonaviy jamiyatimizga katta muammoga aylanib kelmoqda, bu ham qaysidir jihatdan noto'g'ri ovqatlanishga borib ta'qaladi.

Ushbu tadqiqotimizda oziq-ovqat mahsulotlari terminologiyasining ingliz tilidan o'zbek tiliga to'g'ri tarjima qilish masalalari nechog'lik zarur ekanligi va adekvat tarjimani berish muammolari hali hanuz dolzarb ekanligini qisman bo 'lsa-da sanab o'tishga o'rindik. Oxirgi paytlarda ommalashib borayotgan chet el mahsulotlari, qo'shtirnoq ichidagi sog'likka foydali ekanligi ta'kidlanayotgan hashamatli yorliqdagi mahsulotlar salomatligimiz uchun qanchalik foydali yoki zararligi undagi tarjimaga ham bog'liqligi bor.

3 Michael Cronin (2015) The moveable feast: translation, ecology and food, The Translator, 21:3, 244256, DOI: 10.1080/13556509.2015.1103094

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.