National University of Uzbekistan Quality education — the foundation of ^^bM^an's^evelopmen^^^^^^^^
Volume 4 j NUU Conference 3 j 2G23 Sifatli ta'lim — O'zbekiston ^^^^^^^araqgiyotimng^oydevor^
INGLIZ TILINI TEXNIK YO'NALISHLARDA O'RGATISH UCHUN SIFATNI TAMINLASHDAGI MUAMMOLAR
Y. B. Axunova
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti 3-kurs talabasi
ANNOTATSIYA
Zamonaviy axborot almashinuvi jarayonining tezkor kengayishi va axborot texnologiyalagiyaning jadal rivojlanishi sharoitida ma'lum bir mamlakatlar ilmiy potentsialini oshirish, hamda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan keng qamrovli ishlarni olib borish har qanday davlatni stabil rivojlanishini tahminlab qolmaygina, uning dunyo hamjamiyatidagi mavqeini oshiradi. Davlat rivojlanishini ta'minlashda muhandis mutaxassislarni xorijiy tillarni bilish darajasi asosiy rol o'ynaydi. Chunki xar bir muhandis xorijiy ilm-fan yutuqlari, sanoat namunalari, ishlab chiqarish texnologiyalari bilan bevosita tanishish imkoniyatiga ega bo'lishi zarur.
Kalit so'zlar: malaka, mutaxassislik, ingliz-tili, metod, metodika, talim-tarbiya, texnik yo'nalishlar
АННОТАЦИЯ
В условиях стремительного расширения современного процесса обмена информацией и бурного развития информационных технологий повышение научного потенциала отдельных стран, а также проведение комплексной работы, направленной на подготовку высококвалифицированных специалистов, не только прогнозирует стабильную развития любой страны, но и повышает ее положение в мировом сообществе. Уровень владения иностранными языками инженерных специалистов играет ключевую роль в обеспечении развития государства. Потому что каждый инженер должен иметь возможность знакомиться непосредственно с зарубежными научными достижениями, промышленными образцами, технологиями производства.
Ключевые слова: квалификация, специальность, английский язык, метод, методика, образование, технические направления.
ABSTRACT
In the conditions of the rapid expansion of the modern information exchange process and the rapid development of
May 6, 2023
5G9
National University of Uzbekistan Quality education — the foundation of Uzbekistan's development
Volume 4 | NUU Conference 3 | 2023 Sifatli ta'lim — O'zbekiston taraqqiyotining poydevori
information technology, increasing the scientific potential of certain countries, as well as carrying out comprehensive work aimed at training highly qualified specialists, not only predicts the stable development of any country, but also increases its position in the world community. The level of knowledge of foreign languages of engineering specialists plays a key role in ensuring the development of the state. Because every engineer should have the opportunity to get acquainted directly with foreign scientific achievements, industrial examples, and production technologies.
Keywords: qualification, specialty, English language, method, methodology, education, technical directions
Mamlakatimizda xorijiy tillarni o'rgatishga bo'lgan e'tibor kundan-kunga ortib bormoqda. Xususan magistratura va doktorantura bosqichlariga qabul jarayonlarida xorijiy til sertifakatlari talab qilinishi ham bejiz emas. Shuningdek bugungi kunda ilmiy hamjamiyatda va texnika sohasida ingliz tilida muloqot olib borish boshqa xorijiy tillarga nisbatan kengroq foydalanilmoqda. Ingliz tilini texnik yo'nalishlarda o'rgatish masalasida ma'lum bir muammolar mavjud bo'lib, ta'lim sifatini ta'minlashda asosiy e'tibor berish dolzarb muammolardan biridir.
Mamlakatimiz rahbari Shavkat Miromonovich Mirziyoyev o'zining O'zbekiston xalqi va Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasida "Ta'lim sifatini oshirish - Yangi O'zbekiston taraqqiyotining yakkayu-yagona to'g'ri yo'lidir" deya tahkidlab o'tdilar, ushbu shior biz yoshlarni jamiyat taraqqiyotini sifatli ta'lim orqali yuksak darajalarga olib chiqish imkoniyati borligini isbotlamoqda. Shuningdek 2023 yilni "Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili" deb e'lon qilinishi sifatli ta'lim berish va sifatli ta'lim olish imkoniyatlarini yanada mustahkamlash boyicha tizimli yondashuv zarur ekanligini bildirmoqda. Ta'lim va fan asosiy ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy rivojlanish omili ekanligini saqlab qolgan holda, halqaro aloqalar vositasida iqtisodiy va siyosiy rivojlanishning eng asosiy shartlaridan biri bo'lib qolmoqda. Mutaxassislar tomonidan yuksak darajagi muhim ma'lumotlarni almashinishi ko'plab mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishi garantiga aylanmoqda.
Zamonaviy axborot almashinuvi jarayonining tezkor kengayishi va axborot texnologiyalagiyaning jadal rivojlanishi sharoitida ma'lum bir mamlakatlar ilmiy potentsialini oshirish, hamda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan keng qamrovli ishlarni olib borish har qanday davlatni stabil rivojlanishini tahminlab qolmaygina, uning dunyo
hamjamiyatidagi mavqeini oshiradi.
May 6, 2023
National University of Uzbekistan Quality education — the foundation of Uzbekistan's development
Volume 4 | NUU Conference 3 | 2023 Sifatli ta'lim — O'zbekiston taraqqivotining povdevori
Davlat rivojlanishini ta'minlashda muhandis mutaxassislarni xorijiy tillarni bilish darajasi asosiy rol o'ynaydi. Chunki xar bir muhandis xorijiy ilm-fan yutuqlari, sanoat namunalari, ishlab chiqarish texnologiyalari bilan bevosita tanishish imkoniyatiga ega bo'lishi zarur. Bugungi kundagi globallashuv sharoitida jahon xorijiy tillaridan biri bo'lgan ingliz tili fan-texnika sohasidagi yangi, innovatsion yutuqlarni izhor qilinadigan ilmiy jurnallar aksariyatining rasmiy tili sifatida foydalaniladi. Tarjimon orqali ilm-texnika va sanoat yutuqlaridan foydalanilganda, asosiy ma'no bir tomonda qolib ketib, ma'nodosh yoki umuman boshqa ma'no beruvchi so'zlar qo'llanilish holatlari uchrab turadi.
Ammo bugungi kundagi xorijiy tillarni o'qitish jarayonida bir qator kamchiliklar mavjud. Ya'ni xorijiy tillarni o'qitishda asos qilib, rus tilidan tarjima qilingan adabiyotlar hali-hanuzgacha ishlatib kelinmoqda, shuningdek xorijiy tilni o'qitishda adabiy tilni o'qitishga katta e'tibor qaratilmoqda, xorijiy tillardagi lingvistik, orfografik, stilistik va boshqa tilshunoslikka oid bo'lgan qonun-qoidalarni o'rgatish asos qilib olinib, xorijiy tilni o'rganish uchun sarflanadigan vaqt ko'p ortib ketmoqda. Lekin bugungi kunda texnika yo'nalishida faoliyat olib borayotgan, yoki tahsil olayotgan talabalar uchun birinchi navbatda muloqot darajasidagi, ya'ni o'z fikrini yetkaza oladigan darajadagi xorijiy til ko'nikmalari yetarli bo'ladi deb hisoblaymiz. Chunki muloqot qilishda lingvistik, orfografik, fonetik yoki boshqa til qoidalari asosiy rol o'ynamaydi. Davlatimizda "Uchinchi Renessans"ni qurishda xorijiy ilm-fan yutuqlari, sanoat namunalarini o'rganib, yangi muhandislik yechimlari orqaligina oldimizga qo'yilgan vazifalarni bajara olamiz. Mavjud ilm-fan yutuqlarini, sanoat namunalari bilan tanishish uchun til qoidalari bo'yicha tarjima qilib o'rganish shart emas, buning uchun malakali muhandis-texnik xodimlar internet tarmoqlaridagi mavjud minglab tarjimon dasturlaridan foydalanishlari mumkin, ammo yuzma-yuz muloqot texnikadagi muammolarni yechishda, yangi innovatsion yechimlar orqali yangi turdagi mahsulotlarni yaratish imkoniyatlarini beradi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, texnik yo'nalishlarda tahsil olayotgan talabalar va ushbu yo'nalishda faoliyat olib borayotgan mutaxassislarni muloqot darajasidagi xorijiy tillarni o'rganish imkoniyatlarini yaratishimiz zarurdir, bunda xorijiy tillardagi til qoidalarini o'rgatishdan ma'lum darajada voz kechishimiz kerak.
Xorijiy tillarni o'rgatish jarayonidagi yana bir muammolardan bir - bu til o'rgatish faqatgina adabiy so'zlar, jumlalarni o'rgatishga yo'naltirilganligidir.
Misol uchun ingliz tilini o'rgatish jarayonida "tolerance" so'zi "bag'rikenglik, tolerantlik" deb tarjima qilinadi, ammo
texnik adabiyotlarda "tolerance" so'zi "ruxsat berilganlik" yoki
May 6, 2023
National University of Uzbekistan Quality education — the foundation of Uzbekistan's development
p
Volume 4 | NUU Conference 3 | 2023 Sifatli ta'lim — O'zbekiston taraqqiyotining poydevori
"qo'yim-qo'nim (bahzi texnik adabiyotlarda)" yoki ruscha "dopusk" so'zini ma'nosini beradi. Ya'ni bu so'z bilan mahsulot o'lchamidagi ruxsat berilgan chetga chiqish qiymatlari izohlanadi.
Yana bir misol sifatida «The breath level for a 'articular row is the average of two outboard breath tem'erature sensors of that row» jumlasini olsak «Muayyan qator uchun nafas olish darajasi ushbu qatordagi ikkita havo harorati sensorining o'rtacha ko'rsatkichidir» deb tarjima qilishimiz mumkin, bu yerda «breath level - nafas olish darajasi» deb tarjima qilingan, ammo ma'no jihatidan muhandislar «havo purkash darajasi» deb tushunadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holatda, texnika yo'nalishlar va muhandislar uchun xorijiy tillarni o'rgatish tizimini tubdan takomillashtirish kerak ekanligi ayon bo'lmoqda. Shuningdek xorijiy tillarni o'rgatishda texnik tarjimonlar kursini yaratish, o'zga tillardagi so'zlarning texnika yo'nalishida ma'nodoshlari lug'atlarini tuzishni taklif qilaman.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil uchun Oliy Majlisga yo'llagan Murojaatnomasi/20.12.2022. https://president.uz/uz/lists/view/5774
2. Абдуллаева, Ш. А. (2019). Педагогик диагностика. Тошкент: Университет,
3. Jumaevich, K. K., & Abdullajonovna, A. G. (2021). Technology of Cooperation in the Formation of Spiritual and Moral Education of Young People in Society and Its Qualimetry. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 7062-7068.
4. Qayumov B.A. Ilg'or xorijiy davlatlardagi ilmiy daraja tizimlari tahlili. //"Ilm-fan va innovatsion rivojlanish". 2020. - №.3. - 136-147 b.
5. Qayumov B. A., Abdullajonova Yu. Oliy ta'limni transformatsiya jarayonida kredit-modul o'qitish tizimini tatbiq etish pedogog va talaba nigohida //Academic research in educational sciences. - 2021. - T. 2. - №. NUU Conference 1. - S. 118120.
6. Sadikova, S. (2020). UNIVERSITY STUDENTS TRAINING SYSTEM FOR PEDAGOGICAL ACTIVITIES. InterConf.
7. CagHKOBa, m. O. (2021). nE^ATOrHK OAOTH^TrA TAHEP-TAffl^A mAXCrA HYHATTHPHTrAH TEXHOTOrH^TAPHHHr YPHH. Academic research in educational sciences, 2(NUU Conference 1), 377-380.
310.
May 6, 2023