Volume 4 j NUU Conference 3 j 2G23 Sifatli ta'lim — O'zbekiston taraqqiyotining poydevori
YOSHLARDA NEMIS TILINI O'RGATISHNING AYRIM JIHATLARI
Nodira Abdulla qizi Djumaniyazova
O'zMU Xorijiy filologiya fakulteti 3-kurs talabasi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada o'smirlarning nemis tilini o'rganishdagi muammosi va yechimi haqida bayon qilinadi. Nemis tilining O'zbekistondagi chet tili sifatida ahamiyati ko'rib chiqiladi. Nemis tili roman-german til oilalariga kiradi va g'arbiy yevropaning bir qator davlatlarida (Germaniya, ) rasmiy til hisoblanadi. Shuningdek nemis tili yangilikka intiluvchilar tili deb ham ataladi.
Kalit so'zlar: nemis tili, lug'at, metodika, ta'lim, pedtexnologiyalar, imkoniyatlar va texnologiya.
АННОТАЦИЯ
В данной статье описаны проблемы и пути их решения при изучении немецкого языка подростками. Рассмотрено значение немецкого языка как иностранного в Узбекистане. Немецкий язык относится к романо-германской языковой семье и является официальным языком в ряде западноевропейских стран (Германия, Бельгия, Австрия, Швейцария, Лихтенштейн, Люксембург, Южный Тироль, Италия). Немецкий язык также называют языком новаторов.
Ключевые слова: Немецкий язык, лексика, методика, образование, педтехнологии, возможности и технологии.
ABSTRACT
This article describes the problems and ways to solve them in the study of the German language by teenagers. The importance of the German language as a foreign language in Uzbekistan is considered. German belongs to the Romano-Germanic language family and is the official language in a number of Western European countries (Germany, Belgium, Austria, Switzerland, Liechtenstein, Luxembourg, South Tyrol, Italy). German is also called the language of innovators.
Keywords: German language, vocabulary, methodology, education, pedtechnologies, possibilities and technology.
Til o'rganish metodikasi fani yosh fanlardan biri hisoblanadi.
May 6, 2023
564
Volume 4 | NUU Conference 3 | 2023 Sifatli ta'lim — O'zbekiston taraqqiyotining poydevori
Chet tili o'quv predmeti sifatida yoshlami maktabda tarbiyalashda muhim o'rin tutadi. Ta'lim asosida tuzilma va qoidalarni tushunish va qo'llash kabi aqliy faoliyat konsepsiyasi yotadi. Tillarni egallash bu aqliy mashg'ulot bo'lib, tartibli fikrlashni o'rgatish, tarbiyalash hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda jamiyatni kompyuterlashtirish va axborotlashtirishga katta o'rin berilgan, bu ham bilimni, ya'ni xorijiy tillarni talab qiladi.
Chet tili dunyoqarashni tarix, geografiya, adabiyot, san'at, musiqaga oid ma'lumotlar bilan boyitadi, o'rganilayotgan til mamlakatlari hayoti bilan tanishtiradi. Nemis - dunyodagi eng mashhur tillardan biri bo'lib, Yevropa Ittifoqida eng keng tarqalgan ona tildir. Rasmiylarning taxminiga ko'ra 95 millionga yaqin kishi nemis tilini birinchi til deb biladi. Nemis tili chet tili sifatida II jahon urushi davridan keyin o'rganilishi boshlangan chet tillaridan biridir. O'zbekiston mustaqil deb e'lon qilinib, 2012-yil 10-dekabrda imzo chekilgan 1875-sonli PF gacha bir maromda umumiy o'rta ta'lim maktablarida chet tili sifatida o'rganilgan chet tillaridan biridir. O'zbekiston Respublikasi umumiy o'rta ta'lim maktablarida asosan 3 ta chet tili o'rgatiladi. Bular ingliz, nemis va fransuz tillaridir.
O'smirlarning chet tilini o'rganishdagi muammosi.
Cheklangan o'quv muhiti. Ko'p hollarda, o'quvchilar faqat o'qituvchi nazorati ostida bo'lsagina, nemis tilida so'zlash uchun harakat qiladilar. Bundan tashqari, o'quvchilarning atrofida nemis tilida doimiy ravishda muloqot qiluvchilar yetishmovchiligi ham mavjud. Natijada chet tilini o'rganish va ushbu tilda muloqot qilish qiyinlashadi.
Jiddiy yondashmaslik. Ta'kidlash joizki, o'quvchilar ko'p hollarda til o'rganishga jiddiy yondashmaydilar. Grammatik qoidalarga bog'lanib qolish, til bilan bog'liq to'siqlar kabi muammolar o'quvchilarning til o'zlashtirishiga bo'lgan qiziqishini so'ndirib, jiddiy yondashmaslikka sabab bo'ladi. O'quvchilar har doim ham mashg'ulotda o'rgangan qoidalariga rioya qilmaydilar va rioya qila olmaydilar. Eng katta kamchiliklardan biri shuki, xatolar tuzatilganda ko'pincha "bu axir mening tilim emas", degan fikr o'quvchilar miyasidan joy egallagani sir emas.
O'quvchilarning o'qituvchiga qaramligi. O'z ustida mustaqil ishlash, muammolarni mustaqil hal qilish va izlanish har qanday fanni yaxshi o'zlashtirishga xizmat qiladi. O'quvchi har bir kichik muammo yuzasidan o'qituvchiga murojaat qilaverishi o'quvchining qaramligidan dalolat beradi. Bu esa o'quvchining o'z ustida ishlash imkoniyatini kamaytiradi. Chet tillarini o'rgatish metodikasi bo'yicha dunyo olimlari ko'p tadqiqotlar olib
borishgan, ya'ni bular Francois Gouin, M.Berlis,
May 6, 2023
p
Volume 4 | NUU Conference 3 | 2023 Sifatli ta'lim — O'zbekiston taraqqiyotining poydevori
M.V.Lyaxovitskiy, G.Rogova, V.Setlin kabi olimlar. Ilmiy tadqiqotlarda chet til grammatikasini (V. S. Setlin) va leksikasini o'rgatish (V. A. Buxbinder), chet tilda o'qishni
o'rgatish (S. K. Folomkina), chet til o'rgatishda tovush yozuvidan foydalanish (M. V. Lyaxovitskiy) bo'yicha maxsus prinsiplar mukammal ishlab berilgan.
Har bir qiziquvchi shaxs nemis tilini o'ziga xos tarzda o'rganadi. Bu borada quyidagilar muhim rol o'ynaydi, ya'ni
O'rganuvchining yoshi Predmetga qiziqishi O'quv materialining tuzilishi Shart-sharoiti Ilmiy poydevor O'qituvchining bilmi
Shuningdek, har bir shaxsning o'ziga yarasha qobiliyati bor, bu ham albatta chet tili o'rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Nemis tilini o'rgatishda albatta bolaning qiziqishidan va fikridan kelib chiqqan holda material tanlash kerak. O'rganuvchiga ona tilisidan nemis tiliga tarjima uchun mo'ljallangan qiziqarli va kichik hajmli matnlar berish, rasmlar orqali vizual(ya'ni ko'rib tasavvur qilish) orqali, eshtish va gapirish orqali oson o'rgatish, yana lug'atlar yodlash va u orqali gaplar tuzib eslab qolish mumkin. Bilamizki nemi tilini 4 ta bo'lim orqali o'rganamiz, ya'ni
1. O'qish
2. Eshtish
3. Yozish
4. Gapirish
Bularning qaysi birida nechi foiz eslab qolamiz
> O'qib tushunish 10%
> Eshtib tushunish 20%
> Ko'rish 30%
> Ko'rish va eshtish 50%
> Gapirish 70%
> Gapirish va qo'llash 90% ni tashkil etadi.
Bolalar qisqa metrajli multfilmlar ko'rishi, undan yangi so'zlar o'rganib uni qo'llay olishi va shu bilan birga gapirishi ham kerak. Hato bo'lsada bolani to'xtatmaslik va shashtidan qaytarmasllik kerak. Bolaga o'rgatuvchi u bilan birgalikda bolani tushungan holda bolalarcha
o'rgatishi, faqatgina grammatika bilan zeriktiribgma qo'ymay
May 6, 2023
p
Volume 4 | NUU Conference 3 | 2023 Sifatli ta'lim — O'zbekiston taraqqiyotining poydevori
birgalikda so'zlarni eslab qoluvchi va gap tuzuvchi o'yinlar o'ynashi darkor. Shundagina bolaning qiziqishi ortishi mumkin.
Hozirgi rivojlanib borayotgan davrda har bir shaxs kamida ikkita chet tilini o'rganishi va bilishi zarur. Chunki hozirgi innovatsiyalashayotgan davrda chet tilini bilmay hech narsaga erishib bo'lmaydi. Chet tilini o'rganish siz qanchalik katta bo'lsangiz, shunchalik qiyin bo'lishi mumkin. Shuning uchun chet tillarini maktab paytidayoq egallash lozim vas hu 'rinda aytish joizki til o'qituvchilari chet tilini o'rgatishda adbiyot o'qish va grammatik qoidalarni batafsil tahlil qilishga emas, balki ko'proq suhbatlashish ko'nikma va malakalariga ko'proq e'tibor berishlari kerak. Albatta chet tilini bilgan holda O'zbekistonimizni ham chet davlatlarga tanitamiz. Chet tilini bilish orqali sayohat qilish, o'rganish, muloqot qilish, kasalliklardan saqlanish, muammolarni hal qilish ko'nikmalari, miya tuzilishini o'zgartirish va diqqatni nazorat qilish kabi imkoniyatlarga ega bo'lasiz. Ta'lim shunday jarayonki, uning natijasi 1-2 yilda emas, balki bir necha yillarda, 10-12 yilda ko'rinadi. Ota-bobolarimizning "Til bilgan - el biladi", "Yoshlikda olgan bilim-toshga o'yilgan naqsh" degan gaplari bejizga emas.
REFERENCES:
1. Абдуллаева, Ш. А. (2019). Педагогик диагностика. Тошкент: Университет,
2. Gerhard Neuner, Hans Hunfeld. "Chet tili o'qitish metodlari". Namangan 2005.
3. Jamol Jalolov. "Chet til o'qitish metodikasi". O'qituvchi, Toshkent 2012.
4. Jumaevich, K. K., & Abdullajonovna, A. G. (2021). Technology of Cooperation in the Formation of Spiritual and Moral Education of Young People in Society and Its Qualimetry. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 7062-7068.
5. Sadikova, S. (2020). UNIVERSITY STUDENTS TRAINING SYSTEM FOR PEDAGOGICAL ACTIVITIES. InterConf.
6. https://uz.eferrit.com/qaysi-davlatlar-nemis-tilida-gaplashadi/
7. http://marifat.uz/marifat/ruknlar/umumii-urta-talim/5141.htm
8. http://kompy.info/chet-tillarining-inson-hayotidagi-orni-til-bilimining-inson-ha.html?page=2
310.
May 6, 2023