Научная статья на тему 'CHET TILLARINI O'QITISHNING INNOVATSION USULLARI TARJIMASHUNOSLIK VA FILOLOGIK, TADQIQOTLARDA ZAMONAVIY YONDASHUV'

CHET TILLARINI O'QITISHNING INNOVATSION USULLARI TARJIMASHUNOSLIK VA FILOLOGIK, TADQIQOTLARDA ZAMONAVIY YONDASHUV Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

108
22
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
innovatsiya / texnologiya / qaror / maktab / ilim-fan / xorijiy til / sertifikat.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Nozik Mirzo Qizi Yuldosheva, Madina Otkirbek Qizi Xasanova

Ushbu maqolada chet tillarini o'qitishda innovatsion usullardan foydalanishning ta'lim imkoniyatlarini keltirilgan, chunki bugungi kunda chet tillariga qaratilgan imkoniyatlar judda katta. Zamon shiddat bilan rivojlanib bormoqda. Har bir inson uchun xorijiy tillarni bilish juda muhimdir. Dunyo tobora globallashib bormoqda, yangi inovatsiya va texnologiyalar kirib kelmoqda

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «CHET TILLARINI O'QITISHNING INNOVATSION USULLARI TARJIMASHUNOSLIK VA FILOLOGIK, TADQIQOTLARDA ZAMONAVIY YONDASHUV»

CHET TILLARINI O'QITISHNING INNOVATSION USULLARI TARJIMASHUNOSLIK VA FILOLOGIK, TADQIQOTLARDA ZAMONAVIY YONDASHUV

Nozik Mirzo qizi Yuldosheva

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi

Madina O'tkirbek qizi Xasanova

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Farg'ona filiali talabasi

Ushbu maqolada chet tillarini o'qitishda innovatsion usullardan foydalanishning ta'lim imkoniyatlarini keltirilgan, chunki bugungi kunda chet tillariga qaratilgan imkoniyatlar judda katta. Zamon shiddat bilan rivojlanib bormoqda. Har bir inson uchun xorijiy tillarni bilish juda muhimdir. Dunyo tobora globallashib bormoqda, yangi inovatsiya va texnologiyalar kirib kelmoqda.

Kalit so'zlar: innovatsiya, texnologiya, qaror, maktab, ilim-fan, xorijiy til, sertifikat.

Bugungi tezkor rivojlanayotgan zamonda ilm-fan, texnika ham shiddat bilan o'sib bormoqda. Har bir sohanning taraqqiyotida ilgari qadamlar tashlanmoqda. Ha, albatta, o'tgan yillarga qaraganda bu yil ingliz tilini o'rganishga bo'lgan ishtiyoq ortdi. O'zbekistonimizda ham bu borada ko'p ishlar olib borildi.Bu imkoniyatdan o'quvchi, talabalar oqilona foydalansa maqsadga muvofiq bo'lardi. Yoshlarimizga bugungi kunda chet tilini o'rganishga bo'lgan maqsad ustun chunki o'quvchilarimiz maqsad sari intilishadi. Qiziqish bilan o'rganayotgan yoshlar maqsadi bo'lmasa qiziqishi so'nishi mumkin. Inson o'z maqsadi sari olg'a intilishi kerak. Maqsadi ustun bo'lgani uchun o'ylagan rejasiga qarab boradi. Albatta, xorijiy tilni o'rganmasdan qanday qilib ilm olish mumkin.

Yoshlarimizning bilim darajasi yuqori bo'lishi uchun kelajakda O'zbekistonimizda yetuk kadrlarni tayyorlab berish uchun hozirdan maktab o'quvchilarimizni tilga qiziqtirish kerak. Ularni zamonaviy texnologiyalardan foydalanib bilim darajasini oshirib borshimiz

ANNOTASIYA

KIRISH

kerak.

May, 2022

Shu munosabat bilan keyingi yillarda universitetda nafaqat zamonaviy texnik vositalar, balki o'quv jarayoniga yangicha yondashuvlar bo'lgan axborot texnologiyalaridan foydalanish ko'lami tobora kengaymoqda. Bu chet tillarini o'qitishning asosiy maqsadi: talabalarning kommunikativ madaniyatini shakllashtirish va rivojlantirish, ularning chet tilini amaliy o'zlashtirishi bilan bog'liq. Universitet o'qituvchisining vazifasi har bir talabaning tilni amaliy o'zlashtirishi uchun barcha sharoitlarni yaratishdan iborat. Bu uning faolligi va ijodkorligini ko'rsatishga imkon beradigan o'qitish usullarini tanlashni o'z ichiga oladi. Bu turli axborot texnologiyalari va internet resurslaridan foydalanish bilan bog'liq zamonaviy innovatsion texnologiyalarning maqsadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimovning 2012-yil 13- dekabrdagi PQ 1875 -sonli qarori qabul qilingandan so'ng mamlakatimizda chet tillarni o'qitishga, o'rganishga bo'lgan e'tibor yanada kuchaydi. Chet tillarni o'rganish, boshqalar bilan qanday qilib chinakam muloqot qilish va ular bilan bog'lanishni o'rganishga qaratilgan hayotiy ko'nikmadir.

Bugungi kunda mamlakatimizda oliy ta'limdan keyingi bosqichlarda o'qishni davom ettirish uchun ham nomzodlardan xalqaro sertifikat talab qilinmoqda. Aslida bu ham bejiz emas bu islohotlarning tag zamirida shaxsning kamoloti yotganligini ko'rishimiz mumkin. Lekin mazkur islohotlarga xalqimiz qay darajada tayyor? Chet tilini o'rganish yoshlarda qiziqish bo'lib ularni yanada oldingda harakat qilishga undaydi. "Innovatsiya" atamasi lotincha "novatio" so'zidan olingan bo'lib, "yangilanish" (yoki "o'zgarish"), "in" qo'shimchasi esa lotinchadan "yo'nalishida" deb tarjima qilinadi, agar buni yaxlit "Innovatio" ko'rinishida tarjima qilsak -"o'zgarishlar yo'nalishida" deb izohlanadi. Innovation tushunchasi birinchi bo'lib XIX-asrning ilmiy tadqiqotlarida paydo bo'ldi. Hozirgi kunda chet tillarni o'rganishda inovatsiyalardan foydalanilmoqda. Zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda yuqori natijalarga erishilmoqda. "Innovatsiya" tushunchasi o'zining yangi hayotini "innovatsion kombinatsiyalar"ni tahlil qilish, iqtisodiy tizimlarning rivojlanishidagi o'zgarishlar natijasida XX-asrning boshida avstriyalik va amerikalik iqtisodchi Y. Shumpeterning ilmiy ishlarida boshlagan. Shumpeter 1900-yillarda iqtisodda ushbu terminni ilmiy qo'llashga kiritgan dastlabki olimlardan edi.Haqiqatdan ham ilgari "innovatsiya" so'zini unchalik ko'p eshitmas edik. Nazarimizda bu so'z xuddi o'zlashgan so'zdek

tuyular edi. Bugungi kunda esa bu so'zga tez-tez duch kelamiz va

May, 2022

hatto o'zimiz ham ahyon-ahyonda ishlatib qolamiz. Chunki bugun barcha sohalarni innovatsiya tushunchasisiz aslo tushinib bo'lmaydi. Bularning ichida yaqqol ko'zga tashlangani fan ta'lim bo'lsa ajab emas. Haqiqatdan ham, bugungi kunda fan ta'limda katta-katta o'zgarishlar kiritildi. Bunga yaqqol misol qilib chet tillariga qaratilgan imkoniyatlarni misol qilib olshimiz munkin. Hozirgi kunda barcha oliy ta'lim muassasalarida chet tillari zamonaviy tarzda olib borilmoqda.

XULOSA

Xulosa qilib aytishimiz mumkin-ki, zamonaviy voqelik chet tilini amaliy bilish darajasiga yanada yuqori talablarni qo'yadi. Bu borada innovatsion ta'lim texnologiyalaridan foydalanish o'quv jarayoni samaradorligini oshirish uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Maqolada ko'rib chiqilgan innovatsion usullar va amaliyot shuni ko'rsatadi-ki, an'anaviy o'qitish usullariga nisbatan afzalliklarga ega, chunki ular nafaqat nutq faoliyatining ma'lum turlarini o'rgatish, ularni turli kombinatsiyalarda birlashtirish, balki individual yondashuvni amalga oshirish va talabalarni ko'paytirishga yordam beradi. Bunga qo'shimcha qilamizki, chet tilini o'qitish jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanish ham yoshlarning umumiy madaniy rivojlanishini sifat jihatidan yaxshilash imkonini beradi, ularning kompyuterda ishlash ko'nikmalarini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi. Bu til kompetensiyalarini shakllantirishga, chet tilini o'rganish motivatsiyasini oshirishga yordam beradi. Demak, chet tillarini o'qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish katta pedagogik salohiyatga ega bo'lib, bu chet tilini o'zlashtirishni jonli ijodiy jarayonga aylantirish imkonini beradi.

REFERENCES

1. Chet tilidagi ta'lim nazariyasi va texnologiyalari kabi usullar. - Kn.1. - Elets: Mup "Tipografiya" Mup "Tipografiya" G. Eltsa, 2010 yil.

2. Chahalaeva I.I. Chet tilidagi nutqni o'rganish nazariyasini o'rganish nazariyasini o'rganish asoslari (Tarjimbonlar tayyorlash). - m.: Oliy maktab, 1989 yil.

3. O'.Hoshimov, I. Yoqubov. "INGLIZ TILI O'QITISH METODIKASI" (o'quv qo'llanma) Toshkent: "Sharq" nashriyoti, 2003

4. Chet tili o'qitish metodikasi, Muhammadjon Hodjaev, Mavluda Qahhorova, 2012yil, ISBN raqami: 978-9943-10-716-8

5. Муминова, Ф. М. Ingliz tilini o'qitishda zamonaviy innovatsion texnologiyalaridan foydalanish / Ф. М. Муминова. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2020. —

May, 2022

1049

№ 18 (308). — С. 590-592. — URL: https://moluch.ru/archive/308/69404/ (дата обращения: 28.05.2022).

6. Саломов F. Тил ва таржима. -Тошкент., "Фан", 1966.

7. Weinreich U. Languages in Contact. - New York, 2007.

8. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. Mirziyoevning «Oliy Ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qaroriToshkent sh.,2017 yil 20 aprel,PQ-2909-son

9. O'zbekiston Respublikasi birinch Prezidentining I. Karimovning «Chet tillarni o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori, 10.12.2012 yildagi PQ-1875-son

May, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.