YneHHH XXI BeKa • 2022 • № 2 (83)
CHET TIL O'QITISH METODIKASIDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK
TEXNOLOGIYALAR
S.A. Elmuradova1, F.G'.Tolibova2
doi: 10.15350/24103586.2022.2.16
Annotatsiya
Chet tillarini o'rganish va o'rgatish barcha rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar qatori Vatanimiz-O'zbekistonda ham zamon talabiga aylandi. Chet tillarini o'rganish uchun bugun yoshlarga, qolaversa, barcha yurtdoshlarimizga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar o'zining ijobiy natijasini isbotlab bormoqda, desak adashmagan bo'lamiz. Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar qatorida bugun chet tillariga, ayniqsa, ingliz tiliga e'tibor kuchaymoqda. Nafaqat chet tillari misolida, balki ilm dunyosining barcha sohalarida jiddiy o'zgarishlar, har jabhada yangilanishlar amalga oshirilmoqda. Albatta, bunday ulkan bunyodkorlik ishlarining boshida yurtboshimiz muhtaram Shavkat MIromonovich Mirziyoyevning ko'rsatgan jonbozliklari, yoshlarga bo'lgan e'tibor, kelajakka ishonch kabi tuyg'ular o'z aksini topadi.
Kalit so'zlar: metodika, malaka, mutaxassis, Chet til metodikasi, innovatsiya, talab va taklif, samaradorlik, munozara va muhokama.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 9-sessiyasi (1997-yil, 29-avgustda) qabul qilingan hamda bugungi kunda g'oyalari amaliyotga keng ko'lamda, muvaffaqiyatli tatbiq etilayotgan O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida" gi qonuni va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" va O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimovning 2012-yil 10-dekabrda "Chet tillar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida " gi 1875-sonli PQ qarori mazmunida barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga yetkazish jarayonining mohiyati to'laqonli ochib berilgan.
Mamlakatimizda ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar tufayli navqiron avlodning zamonaviy bilim olishi, komil inson bo'lib voyaga yetishi uchun beqiyos imkoniyat va shart-sharoitlar yaratilgan. Bugungi zamon sharoitida, yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda,,o'qitishning hozirgi zamon tizimlari va zamonaviy pedagogik texnologiyalari asosida amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir. Ilg'or va zamonaviy pedagogik texnologiyalar maqsadga erishishda kafolatli vosita sifatida xizmat qiladi va o'z ijobiy natijasini ko'rsatadi. Darhaqiqat, har bir dars mashg'ulotlarining muvaffaqiyatli tashkil etishning 80% i ta'lim jarayonini to'gri rivojlantirish, tashkil etish va uni amalga oshrishga bog'liqdir.
Chet tili va pedagogik texnologiyalarning uzviy bogliqligi.
Bugungi kunda chet tilini o'rganish zamonaviy talim-tarbiya tizimi va milliy meros asosida har bir darsni o'ziga xos, takrorlanmas darajada tashkil etish ma'naviy-ma'rifiy jihatdan yondoshish zarurligini talab qiladi. Talim jarayonini zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan ta'minlash zarurati "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"ni ro'yobga chiqarish shartlaridan biridir. Respublikamizning barcha ilm maskanlari: maktabgacha ta'lim muassasalari, umumiy o'rta ta'lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litsey va oliy ta'lim dargohlarida tahsil olayotgan yoshlarni zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari bilan ta'minlash, yangi bilimlar tizimi bilan qurollantirishni uzluksiz tashkil etish davr talabidir. O'quvchi o'z fikrini erkin bayon etishi, mavzuni guruh yoki jamoa ichida yoritib berishida esa ilg'or texnologiyalarning o'rni katta ahamiyatga egadir. Binobarin, chet tili va uning metodikasini o'qitishning maqsad va vazifalari jamiyatimiz va davlat manfaatlari talablariga, unib-o'sayotgan yosh avlod talablariga mos kelishi va javob berishi lozim.
1Elmuradova Surayyo Abdijalilovna - Samarqand davlat chet tillar instituti gumanitar fanlar va axborot texnologiyalari kafedrasi stajyor o'qituvchisi.
2Tolibova Feruzabonu G'olibbek qizi - Samarqand davlat chet tillar instituti Xorijiy til va adabiyoti fakulteti talabasi.
YneHbiH XXI BeKa • 2022 • № 2 (83)
Til o'rganish kishilik jamiyatida bag'oyatda muhim sohalardan biri hisoblanadi. Chet tili - bu xorijiy mamlakat tilidir. Tabiiyki, bunda o'zga davlat tilini o'rganish ko'plab qiyinchiliklar kasb etadi. Ammo, ularga qaramasdan bugungi kunda O'zbekiston yoshlari chet tiliga ulkan qiziqish va ishtiyoq bilan qaramoqda. Shu o'rinda bir savol tug'iladi. Xo'sh, 21-asr yoshlari qaysi xorijiy tillarni o'rganishga ko'proq e'tibor qaratishi lozim va nima maqsadda?
Davr va Chet tillari
Shubhasiz, davr taraqqiyoti, globallashuv jarayoni yoshlardan bir necha xorijiy tillarni bilishni talab qilmoqda. Uzluksiz ta'lim tizimining bosh va asosiy maqsadi yuksak ma'naviyatli, raqobatbardosh, intellektual salohiyatga ega mutaxassislarni tayyorlashdir. Bugungi kunda ilmiy texnik taraqqiyot har sohada, jumladan, ta'lim-tarbiya sohasida ham yangi-yangi zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni taqozo etmoqda. Xorijiy tillarni o'rganishga bo'lgan talab ayni paytda ehtiyojga aylandi., til o'qitishning zamonaviy metodlarini izlab topish va ta'lim jarayoniga tatbiq qilishga talab kuchaydi. Bugungi kunda oliy ta'lim muassasalari talabalari o'zlariga berilgan bilimni yodlab olib aytishga emas, balki ta'lim va tarbiya jarayoniga amaliy ishlarni bajarish orqali yo'naltirilgan.
Ta'lim jarayoni murakkab jarayondir. O'quvchi yoshlar ongida yangi o'quv materiallarini singdirish, berilgan mavzuni mustahkamlash, yodda saqlashga ko'maklashish uchun har bir o'qituvchi, bugungi kunda pedagogik va axborot texnologiyalardan samarali foydalana olishi zarur.
Zamonaviy mashg'ulotlardagifoydalanilayotgan metodlar.
Innovatsion texnologiyalar ta'lim samaradorligini oshiruvchi omillardan hisoblanadi. Masalan, "Aqliy hujum" va "Pinboard" kabi metodlar orqali talaba-yoshlar saviyasi va chet tilini o'rganishga bo'lgan qiziqishning ortib borayotganini ko'rishimiz mumkin. "Aqliy hujum" metodi o'rganuvchilarning bilim saviyalarini sinab ko'rishga mo'ljallangan metod hisoblanadi. Bu usul bilan talabalarning diqqatini mashg'ulot mavzusiga qaratish uchun o'qituvchi tomonidan savol-javob tashkil qilinadi. Bu jarayonda savollar turlicha, mantiqan, qiziqarli yoki ilmiy-siyosiy jihatdan mavzuga aloqador bo'lishi lozim. Ushbu savol-javob talaba - yoshlar faolligidan kelib chiqqan holda 5-10 daqiqani tashkil etishi mumkin. "Aqliy hujum" metodidan foydalanib, mashg'ulotlar tashkil qilinganda o'rganuvchilar turli savollarga javob izlaydilar, muammoli vaziyatlardan chiqib ketish uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladilar, vaziyatdan qay tarzda chiqib ketish yo'llarini qidiradilar. Bu esa ularning darsga va yangi mavzuga qiziqishning ortishiga, faollashuviga olib keladi. Bu metoddan foydalanilgan paytda har bir talabaning bergan javobi inobatga olinadi. Asosiysi, har bir talabadan o'z javobini asoslashi va himoya qilishi so'raladi.
Dars samaradorligini oshirish maqsadida keying tavsiya etiladigan metod bu "Pinboard" deb nomlanuvchi usuldir. "Pinboard" so'zi inglizchadan olingan bo'lib, "pin-mustahkamlash", "board-doska" ma'nosini anglatadi. Bu o'qitish metodining asosiy mohiyati va maqsadi shundan iboratki, unda talabalar ishtirokidagi munozara va o'quv suhbati amaliy usul bilan bevosita bog'lanib ketadi.
Har bir o'quvchida muloqot yuritish va munozara olib borish madaniyati shakllanadi. O'z fikrini ravon va erkin bayon eta olish qobiliyati paydo bo'ladi, mantiqiy fikr yuritish ko'nikmalari rivojlanadi. Doskaga chiqqan paytda yoki ko'pchilik omma oldida o'z shaxsiy va dunyoviy fikrlarini ko'rsata olish qobiliyati shakllanadi. Tengdoshini eshita olish, fikrini inobatga olish, o'z fikrida qolish, boshqaning noto'g'ri javobini isbotlab berish kabi ko'nikmalar paydo bo'ladi.
Bugungi kunda ta'lim tizimiga ko'plab zamonaviy texnologiyalar va metodlar kirib kelmoqda. Ammo, ulardan qay tarzda, qaysi paytda, qanday mavzuda foydalanish bu o'rgatuvchining zukkoligi, izlanuvchanligiga, dars - mashg'ulotlarni ham qiziqarli, ham ilmiy ma'lumotga boy tarzda tashkil etishiga bog'liq deb o'ylayman.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Yo'ldoshev J. Yangi pedagogik texnologiyalar yo'nalishlari muammolari- Xalq ta'limi, 1999-yil.
2. Abdinazarov Sh. Ta'lim-tarbiyaning aktual masalalari, Qarshi, 1991-yil
3. Zaripov F. Chet tillar o'qitish metodikasidan qo'llanma, Toshkent, 2002-yil.
4. Hoshimov O', Yokubov I. INgliz tili o'qitish metodikasi, Toshkent, 2003-yil
Ученый XXI века • 2022 • № 2 (83]
5. Qodirova F. Pedagogik ta'lim, Toshkent, 2OO2-yil
6. Chet tillarni o'qitish zamonaviy texnologiyasi masalalari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari, Toshkent, 2OO7-yil.
У. Xorijiy tillarni o'rganish tarixi, bugun va istiqboli. Hududiy ilmiy-amaliy anjumanlari, Andijon, 2O16-yil.
© S.A. Elmuradova, F.G'.Tolibova, 2O22.
Информация для авторов
Журнал «Ученый XXI века» выходит ежемесячно.
К публикации принимаются статьи студентов и магистрантов, которые желают опубликовать результаты своего исследования и представить их своим коллегам.
В редакцию журнала предоставляются в отдельных файлах по электронной почте следующие материалы:
1. Авторский оригинал статьи (на русском языке) в формате Word (версия 1997-2007).
Текст набирается шрифтом Times New Roman Cyr, кеглем 14 pt, с полуторным междустрочным интервалом. Отступы в начале абзаца - 0, 7 см, абзацы четко обозначены. Поля (в см): слева и сверху - 2, справа и снизу - 1, 5.
Структура текста:
• Сведения об авторе/авторах: имя, отчество, фамилия.
• Название статьи.
• Аннотация статьи (3-5 строчек).
• Ключевые слова по содержанию статьи (6-8 слов) размещаются после аннотации.
• Основной текст статьи.
Страницы не нумеруются!
Объем статьи - не ограничивается.
В названии файла необходимо указать фамилию, инициалы автора (первого соавтора). Например, Иванов И.В. статья.
Статья может содержать любое количество иллюстративного материала. Рисунки предоставляются в тексте статьи и обязательно в отдельном файле в формате TIFF/JPG разрешением не менее 300 dpi.
Под каждым рисунком обязательно должно быть название.
Весь иллюстративный материал выполняется оттенками черного и серого цветов.
Формулы выполняются во встроенном редакторе формул Microsoft
Word.
2. Сведения об авторе (авторах) (заполняются на каждого из авторов и высылаются в одном файле):
• имя, отчество, фамилия (полностью),
• место работы (учебы), занимаемая должность,
• сфера научных интересов,
• адрес (с почтовым индексом), на который можно выслать авторский экземпляр журнала,
• адрес электронной почты,
• контактный телефон,
• название рубрики, в которую необходимо включить публикацию,
• необходимое количество экземпляров журнала.
В названии файла необходимо указать фамилию, инициалы автора (первого соавтора). Например, Иванов И.В. сведения.
Адрес для направления статей и сведений об авторе: [email protected] Мы ждем Ваших статей! Удачи!