RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-
PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun
INGLIZ TILIDAGI "MAKER" KOMPONENTLI BAHUVRIHILAR Rahimova Shodiya Shux^t qizi
10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog'ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik yo'nalishi
2-bosqich tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7998730
Annotatsiya. Ushbu maqolada ingliz tilidagi "maker" komponentli attributiv qo'shma so'zlar yoxud bahuvrihilar tahlil ostiga olingan va ommaviy axborot vositalari va jonli nutqimizdanyig'ilgan misollar orqali kengoqyoritilgan.
Keywords: "maker, made ", komponent, bahuvrihi, o'zlashma, attributiv qo'shma so'zlar
Tadqiqotimiz mobaynida e'tiborimizni tortgan bahuvrihilardan biri inglizcha -"maker"-komponentli aniqlovchili qo'shma so'zlar bo'ldi. Uning bilan ingliz tilida 60 dan oshiq, o' zbek tilida esa 10 ga yaqin "meyker" komponentli o'zlashma uchradi. "Maker" so'zi ingliz tilining maxsuli bo'lib, uning ingliz xalqining nufuzli qomuslaridan biri "Merriam-Webster" lug'atida quyidagi ma'nolari qayd qilingan: 1. One that makes- (biror narsani qiluvchi)
a. God- (Yaratuvchi)
"Tastemakers shunned Hartshorne because he violated modernist taboo by arguing that God actually exists. Faith establishments shunned him because he maintained that the Maker must be imperfect." (Gregg Easterbrook)
b. archaic : poet- (shoir)
c. a person who borrows money on a promissory note- (tilxatli qarzdor)
"The party that agrees to repay the money is the maker of the note, and the party that receives money in the future is the payee." (Gary A. Porter and Curtis L. Norton)
d. manufacturer- (ishlab chiqaruvchi)
"For six months, starting in September 1972, Satoshi Kamata, a journalist, worked incognito as a temporary employee at Toyota, Japan's largest car maker." (Steve Lohr)
e. a person who experiments with creating, constructing, modifying, or repairing objects especially as a hobby- ( yaratish, qurish, modifikatsiyalash, ta'mirlash kabilarni hobbi sifatida bajaruvchi) tajriba o'tkazuvchi
"With 3D printers and sewing machines, laser cutters and hand tools, makers are innovating and revolutionizing the creative process of turning ideas into tangible objects.' (Record Observer (Centreville, Maryland))
"Maker culture is about ... learning by doing, taking an idea from paper to reality." (Peg Mawby)
"As he tinkered, [inventor Saul] Griffith became a prime exemplar of "maker culture"—a community of sophisticated do-it-yourselfers who view hardware in the same provisional way that computer hackers view software, and who believe that making, modifying, and repairing things can be an antidote to throwaway consumerism." (David Owen)
Kingmaker- prezident saylovi raisi, toolmaker- intrumentchi, sailmaker- yelkan tikuvchisi, lawmaker- qonun chiqaruvchi, diemaker- slesar, hatmaker- shlyapachi, capmaker-kepka(do'ppi)chi, teammaker- komanda yaratuvchisi, wigmaker- parik(ulama)yasovchi, warmaker- urush olovini yoquvchi, shoemaker- etikdo'z, pacemaker- lider, peshqadam, homemaker- uy xo'jayini, oddsmaker- bashorat (shans)chi, mythmaker- afsonachi, mapmaker-xarita tuzuvchi, lockmaker-qufsoz, haymaker- somon tayyorlovchi, drugmaker- giyohchi,
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-
PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun
bedmaker- karavot yasovchi, yotish uchun joy qiluvchi, carmaker- avtomobilsoz, tentmaker-chodir yasovchi, rainmaker- yomg'ir yog'diruvchi, holidaymaker- hordiq chiqaruvchi, cabinetmaker- duradgor, phrasemaker- frazyor, balandparvoz gapiruvchi, peacemaker-tinchlikparvar, papermaker- qog'oz maxsuloti ishlab chiqaruvchi, platemaker- tarelka ishlab chiqaruvchi, shirtmaker- ko'ylakdo'z, merrymaker- kayf-safochi, moneymaker- sudxo'r, moviemaker- kinochi, noisemaker- shovqin qiluvchi, dressmaker- tikuvchi, glassmaker-shishachi, playmaker- o'yin tashkilotchisi, printmaker- bosmaxona ishlari xodimi, newsmaker-yangilik yaratuvchi, lovemaker- qo'shmachi, filmmaker- film yaratuvchi, rejissor, bookmaker-kitob noshiri, steelmaker- metalsoz, winemaker- vinosoz, automaker- avtomobilsoz, matchmaker-sovchi, troublemaker- fitnachi, muammochi, watchmaker- soatsoz.
Bu bahuvrihilarning milliy tilimizga kirib kelishi masalalari bilan bog'liq fikr, mulohazalar bildiramiz va uning o'zbek tilidagi imlosi, talaffuzi va ma'no jihatlarini tahlil qilishga harakat qilamiz. Tahlilni amalga oshirish uchun O'zbekistondagi elektron internet nashrlari va ommaviy matbuot vositalarining eng ommaviy turi, gazetalardan foydalandik. Ishimizda -meyk-, -meyker-, va -meyd- so'zlari asosida yasalgan so'zlarning o'zbek tiliga kirib kelgan misollari bilan tanishib chiqamiz va ularni ma'no, talaffuz va imlo jihatlaridan tahlil qilamiz. Ushbu so'zlar yuqorida ta'kidlaganimizdek OAV lar tomonidan qo'llanilib kelinmoqda va shu sababdan aytishimiz mumkinki, ular bugungi kunda o'zbek tilida muomalaga kiritilgan. Birinchi navbatda -meyk- so'zining kelib chiqish tarixi haqida qisqacha ma'lumot beradigan bo'lsak, ushbu so'z Indoyevropa tillari (sanskrit)ga mansub bo'lgan *mag- so'zidan o'zak olgan bo'lib "yasamoq, qilmoq, bajarmoq" ma'nolarini anglatadi. Avvaliga qadimgi g'arbiy german tilida bo'lgan bu so'z, keyinchalik qadimgi ingliz tiliga o'zlashgan „macian" shaklini olgan va hozirgi kundagi "to make" so'zi darajasigacha yetib kelgan. Keyinchalik, "make" so'zi ot yasovchi qo'shimcha -"er" ni qabul qilib va "nimanidir qiladigan odam, qiluvchi, yaratuvchi" ma'nosini olgan. Bu so'z yordamida tuzilgan birinchi bahuvrihilarni ingliz tilida ilk marotaba IV-asr manbalarida ko'rishimiz mumkin: clock-maker- soat yasovchi usta, money-maker- pul zarb qiluvchi yoki pul topuvchi, book-maker yoki bookmaker- kitob qiluvchi, nashrchi va boshqalar. E'tiborimizni tortgan jihatlardan biri bu -make- ya'ni "qilmoq, bajarmoq" fe'li muloqotda ishlatilishi jihatdan o'ziga xos xususiyatlarga ega ekanligidir. Binobarin, uning yana "maker" so'ziga qo'shimcha sifatida-meyk, -meyd, -meyker so'zlari bilan yasalgan shakllari ham bor. Ma'lumki, tilshunoslikda so'z yasalish holatlari muayyan qo'shimchalar (affikslar), qo'shma so'zlar, juft yoki takror so'zlar hamda so'z birliklarida fe'llarning noaniq shakli yordamida so'z yasash holatlari juda kam uchraydi. Bu noyob so'z yasalish hodisasini biron bir milliy tilda chet so'zlar hisobiga yuz berishi kishi diqqatini tortmay qo'ymaydi. Shu ma'noda inglizcha -meyk- so'zining (to make-"qilmoq" fe'lining noaniq shakli) o'zbek tiliga kirib kelishi e'tiborlidir. "Meyk" infinitivli o'zlashmalar imlosi farqli, balki bu o'zbek tili yozuvining isloh qilinish bilan bog'liqdir, ammo ma'nosi va talaffuzi manba tilga xosligi ko'rinib turadi. Bu o'zlashmalarning kirib kelishi o'zbek xalqi hayotidagi ijtimoiy-siyosiy o'zgarishlar bilan bog'liq bo'lib, "meykap" parfyumeriyada, "remeyk" esa kino sanoati bilan bog'liq mavzularda uchraydi.
Yuqorida ta'kidlaganimizdek bu o'zlashmalar asosan transkripsion usulda qabul qilingan va qo'llanilgan. Ayrim o'zlashmalarning yasalishi va ularning manba tildan milliy tilimizga kirib kelishida o'z shakllarini zamon (fe'l) nuqtai nazaridan o'quvchiga ma'lumot anglatish hollari ham ish jarayonida uchradi. Yuqorida nomlangan "to make" fe'lining "made in Japan" yoki "made in Uzbekistan" kabi muayyan Tovar haqidagi eslatmalarda uchrashi odatiy hol. Biroq,
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-
PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun
Daryo.uz saytida shunday bir so'z uchradiki, bunda matohning qayerda ishlab chiqarilganligini emas, balki u muayyan shaxsni sifatlab kelganini ko'ramiz:
self-meyd [self-made]
"2012-yili u eng yosh self-meyd (mustaqil ravishda shu darajaga erishgan) milliarder ayol sifatida Forbes jurnali ro'yxatiga kiritilgan."
Mazkur o'zlashma orqali berilayotgan ma'lumot lo'nda va aniq aytilishiga erishilgan, yohud u orqali ko'zda tutilgan "topilgan muayyan boyliklarni faqat o'zining mehnati bilan erishgan" deyilmoqchi gap bir so'z bilan ifodalangan. Fikrimizni yana oydinlashtirmoqchi bo'lsak, mashhur milliarder ega bo'lgan boyliklar na otasidan meros, va na qarindoshlaridan hadya ekanligi tushuniladi, balki uning shaxsiy mehnati ulug'lanadi. Bu bilan, mazkur shaxsga jamiyat tomonidan berilgan yuksak baho e'tirof ham qilinadi.
Qizig'i shundaki, "make" so'zi asosida o'zlashgan so'zlarning ko'pchiligi transkripsiya orqali, ya'ni "meyk" shaklida o'zbek tiliga o'zlashgan va biz tahlil jarayonida qiziq hodisaga duch keldik. "Maker" so'zi bilan yasalgan so'zlar o'zbek tiliga ikki xil imlo bilan ko'chgan. Misol uchun bukmeker [bookmaker], pleymeyker [playmaker] so'zlarini ko'rsatishimiz mumkin. Faqatgina bir holatda "maker" so'zi "meker" shaklida o'zlashgan misolni ko'rishimiz mumkin. Qolgan barcha holatlarda "meyker" imlo shakliga duch keldik.
"bukmeker [bookmaker]"
"Bukmekerlar FIFA prezidentligiga saylovlarda shayx Salmonning g"alabasini bashorat
qildi."
Ushbu misoldagi o'zlashma so'zning asl ma'nosi "book"-(kitob) va (maker)- (yasovchi) so'zlari qo'shilishidan yuzaga kelgan. Ammo hozirgi kunda biz bu so'zni umuman boshqa ma'noda, ya'ni "biror bir sport o'yini jarayonida pul tikishni ro'yxatga oluvchi tashkilot yoki shaxs" ma'nosida ishlatiladi.
Quyidagi misolda biz "pleymeyker" so'zini ko'rishimiz mumkin. Bu so'z "to play"-(o'ynamoq) va "maker"- (hosil qiluvchi, yaratuvchi) so'zlaridan yasalgan bo'lib, futbol, basketbol yoki xokkey kabi sport turlarida "o'yinni tashkil qiluvchi" ya'ni o'yin taqdirini hal qiluvchi mahoratli o'yinchilarga nisbatan qo'llaniladi.
"pleymeyker [playmaker]"
"Eslatib o'tamiz, avvalroq Zinedin Zidan 2018-yil yakunlariga ko'ra, eng yaxshi klub murabbiyi, Luka Modrich eng yaxshi pleymeyker, Tibo Kurtua esa eng yaxshi darvozabon deb topilgandi."
Keyingi misolimiz "news"-(yangilik) va "maker"- so'zlari qo'shilishidan hosil bo'lgan va "ko'plab yangiliklarga sababchi bo'lgan shaxs, narsa yoki hodisa" ga nisbatan qo'llaniladi. Ushbu o'zlashmadagi ikkita qism (news va maker) ham transkripsiya orqali o'zlashgan va talaffuz jihatidan o'zbek tilida muammo tug'dirmasligi mumkin. Ushbu yangi o'zlashma ilgari muomalada bo'lgan novator ya'ni "innovatsiyaga aloqador shaxs" so'zi o'rnida keng qo'llanila boshlandi.
"nyusmeyker [newsmaker]"
"Seminar tashabbuskori (nyusmeykeri) - O'zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasi (Davyergeodezkadastr)."
Keyingi o'rinda tahlil qilmoqchi bo'lgan so'zimiz e'tiborni yanada jalb qilishi shubhasiz. Chunki hozirgi kunda ko'pchilik tomonidan keng qo'llanilib kelanayotgan "klipmeyker" so'zi "clip"- "qisqa film" va "maker"- so'zlaridan yasalgan ushbu so'z, manba tilda mavjud emas.
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-
PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun
Ushbu o'zlashma rus tili foydalanuvchilari tomonidan yasalgan va o'zbek tiliga aynan o'sha tildan kirib kelgan. Mazkur o'zlashma media sohasida keng qo'llaniladi. "klipmeyker [clipmaker]"
"Qisqa klip syujetida klipmeyker Muhammadali Iskandarov O 'zbek xonadonining qo'l-oyog'i chaqqon kelini hayotini ko'rsatib bera olgan."
Navbatdagi tahlil qilinadigan o'zlashma so'zimiz bugungi kunda o'zbek tilida faol tarzda qo'llanilmoqda. "Imijmeyker"- so'zi inglizcha image (ko'rinish, sur'at) va maker (hosil qiluvchi, yaratuvchi) so'zlaridan yasalgan bo'lib, "ko'rinish hosil qiluvchi" ma'nosida insonlar uchun turli xil dizaynda imij, yangi ko'rinish yaratib beruvchi kasb egalariga nisbatan qo'llaniladi. "imijmeyker [imagemaker]"
"Nilufarning soch turmagi va pardozini imijmeyker Artyom Drobishev yaratgan." "Bukmeker" o'zlashmasiga o'xshash tarzda o'z ma'nosini vaqt o'tishi bilan o'zgartirgan so'zlardan biri bu "money maker" so'zi hisoblanadi. Dastlab, bu so'z o'z ma'nosi, ya'ni money -"pul" va maker - "yasovchi"dan kelib chiqqan holda pul birliklarini yaratuvchi, tanga zarb qiluvchi kasb egasini ifodalash uchun ishlatilgan. Ammo, quyidagi misolda "money maker" so'z birikmasi ko'p pul ishlab topgan, daromadi ko'p bo'lgan insonlarga nisbatan qo'llanilgan. Shuningdek, so'z transliteratsiya orqali o'zlashgani tufayli talaffuzda muammolar yuzaga kelishi ehtimoli mavjud.
"money maker"
"Billboard's Top 50 Money Makers of 2016 reytingida amerikalik qo'shiqchi Beyonse 62,1 million dollarlik daromadi bilan yetakchilik qildi."
Endilikda tahlil qilmoqchi bo'lgan so'zimiz ingliz tilidagi "peace"- (tinchlik) va "maker"-(hosil qiluvchi, yaratuvchi) so'zlarining birlashishidan yasalgan bo'lib, "tinchlik olib keluvchi, tinchlik elchisi" ma'nolarida o'zbek tiliga tarjima qilinishi mumkin. Biz keltirgan misolda "peacemaker" so'zi "bombardimonchi samalyot" ga nisbatan qo'llanilgan. "peacemaker"
"Yangi strategik bombardimonchi samalyoti eski B-36 Peacemaker va B-47 Stratojet ning o'rnini egallashi lozim edi."3
Qizig'i shundaki, ingliz tili bilan qardosh, bir oila tillari hisoblanmish nemis tilining teskari so'zlar lug'atida, "maker" (nemischa-macher) komponentli 112 ta so'z qayd qilingan. Bu til birliklarini to'liq nomlaymiz: nemischa misollar
Inventardagi misollarning ingliz va o'zbek tillarida qo'llanilishi, milliy tilimizga o'girilishi borasida shuni aytish mumkinki, "maker" so'zi aynan "qiluvchi" ma'nosini o'zining qo'llanilish sohasi, kasb egalarining ixtisoslik jabhalari va kontektstga qarab mushtaraklashib borgan. Uning "qiluvchi" tushunchasi "yaratuvchi, shug'ullanuvchi, muayyan ishlarni amalga oshiruvchi" ma'nolarini olish bilan bir qatorda, fors-tojik tilidan kirib kelgan "-soz, -do'z, -kash," affiksoidlari orqali ham izohlangan. Ayrim hollarda rus tilidan kirib kelgan "slesar, instrumentalshik" kabi ikkinchi bir chet so'z orqali anglashilgan. Bu holatlarni samimiy tushunish lozim, zero bu bahuvrihilarning har biri manba til egalarining dunyoni anglashda, unda mavjud bo'lgan narsa va hodisalarni farqlashda qilgan kashfiyotlari hisoblanib, ular haqida berilayotgan biz uchun yangi ma'lumotlardir. Bu esa, tillarning biri ikkinchisiz yashay olmasligi, birining lug'at tarkibi ikkinchisining hisobiga boyib borishi kabi omillar hisobiga yuz beradi, xalqimiz idrokini oshirishda, tilimiz ifoda qudratini kuchaytirishda katta rol o'ynaydi.
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-
PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun
REFERENCES
1. Suhrob Sitanov, "Inglizcha "meyk" [make] fe'lining o'zbek tiliga o'zlashish variantlari"ilmiy maqolasi.
2. Merriam Webster dictionary, Springfield, Massachusetts, USA, 1828.
3. Большой Англо-Русский Словар, "Советкая энциклопедия" Москва-1972, 637-638 стр.
4. McGraw-Hill's Dictionary of American Slang and Colloquial Expressions Copyright.
5. Webster's Dictionary of English Usage, 1989.
6. The Oxford Advanced Learner's Dictionary, 7th edition 2005, Oxford University Press, 1780 bet.
7. https://languages.oup.com/google-dictionary-en/; Longman English Dictionary, Pearson Education; 6th New edition, 2014.
8. Cambridge Advanced Learner's Dictionary, 4th Edition, 2015, Cambridge University Press.
9. https ://sentence.yourdi cti onary.com/