Научная статья на тему 'URDU TILI INGLIZ O‘ZLASHMALARIDA KO‘PLIK SONI GRAMMEMALARINING IFODALANISH VOSITALARI'

URDU TILI INGLIZ O‘ZLASHMALARIDA KO‘PLIK SONI GRAMMEMALARINING IFODALANISH VOSITALARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
66
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
so‘z o‘zlashish jarayoni / o‘zlashma so‘zlar / fonetik va grammatik tizim / assimilyatsiya / ekzotizm / grammema. / The process of loaning / loan words / phonetic and grammatical system / assimilation / exoticism / plural form.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Zakirova, Umida Ismatovna

Maqolada urdu tiliga ingliz o’zlashmalarining kirib kelish tarixi, ularning ta’sir ko’lami va bu borada tilshunos olimlarning fikrlari haqida gap boradi. Mazkur ingliz o‘zlashmalirining urdu tilida fonologik, orfografik va qisman semantik xususiyatlarining o’zgarishlari tahlilga tortilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MEANS OF EXPRESSION OF PLURAL GRAMMAR IN URDU ENGLISH SUBJECTS

This article analyzes the meaning of loan words in the language, the opinions of linguists on this issue, as well as the history of the penetration of English into Urdu, the extent of influence and changes in phonological, spelling and partly semantic characteristics of English borrowing in Urdu.

Текст научной работы на тему «URDU TILI INGLIZ O‘ZLASHMALARIDA KO‘PLIK SONI GRAMMEMALARINING IFODALANISH VOSITALARI»

URDU TILI INGLIZ O'ZLASHMALARIDA KO'PLIK SONI GRAMMEMALARINING IFODALANISH VOSITALARI

d https://doi.org/10.5281/zenodo.7388959

Zakirova Umida Ismatovna

Urdu tili o'qituvchisi Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti «Urdu tili va adabiyoti, Pokiston tarixi va madaniyati» kafedrasi [email protected] tel:+998909906305

ANNOTATSIYA

Maqolada urdu tiliga ingliz o'zlashmalarining kirib kelish tarixi, ularning ta 'sir ko 'lami va bu borada tilshunos olimlarningfikrlari haqida gap boradi. Mazkur ingliz o'zlashmalirining urdu tilida fonologik, orfografik va qisman semantik xususiyatlarining o'zgarishlari tahlilga tortilgan.

Kalit so'zlar: so 'z o 'zlashish jarayoni, o 'zlashma so'zlar, fonetik va grammatik tizim, assimilyatsiya, ekzotizm, grammema.

ANNOTATION

This article analyzes the meaning of loan words in the language, the opinions of linguists on this issue, as well as the history of the penetration of English into Urdu, the extent of influence and changes in phonological, spelling and partly semantic characteristics of English borrowing in Urdu.

Keywords: The process of loaning, loan words, phonetic and grammatical system, assimilation, exoticism, plural form.

Muayyan til lug'at boyligining boyishi, shu tilning tarixiy rivoji va o'zgarish manbalaridan biri - so'z o'zlashish hodisasi hisoblanadi.

So'z o'zlashish jarayoni - til aloqalari natijasida bir tildan boshqa tilga o'tgan so'z, ibora, morfema, fonema elementlari, shuningdek, bir til elementlarining boshqa tilga o'tish jarayonidir. Odatda bu jarayon boshqa tildan so'zlar yoki sintaktik iboralarning o'zlashishi orqali sodir bo'ladi. Tovushlar va so'z yasovchi elementlar so'zlarning tarkibida o'zlashib, ana shunday so'zlarning ko'payishi bilangina tilga singib ketadi va o'sha tilning ajralmas qismiga aylanadi.

O'zlashma so'zlar bir tildan ikkinchi tilga o'tishida o'zlashtirgan tilning fonetik va grammatik tizimi tomonidan assimilyatsiyaga uchraydi. Natijada tilda o'ziga xos iz qoldirib, sezilarli darajada o'zgaradi va asl o'ziga xos jihatini yo'qotadi.

So'z o'zlashish jarayoni asta-sekinlik bilan sodir bo'ladi: bunda chet tili uchun butunlay begona bo'lgan, qisman va sezilarli darajada assimilyatsiya qilingan, lekin hali ham xorijiy so'zlarning xususiyatlarini saqlab qolgan, hamda faqatgina etimologik tahlil bilangina xorijiy so'zligini aniqlash mumkin bo'lgan to'liq o'zlashgan so'zlar kabi so'z o'zlashish jarayoni bosqichlaridan o'tadi.

Dastavval tillarning o'zaro ta'siri muammosining nazariy asoslari I. A. Boduen de Kurtene tomonidan 1875 yilda ishlab chiqildi [7, 50]. Undan keyin XIX-XX asr boshlarida G.Shuchardt "tillarning chatishuvi" va biologiya fanidan o'zlashgan "tillarning kesishuvi" atamalarini ishlatgan. Bu davrda so'zlarning bir tildan ikkinchi tilga o'zlashish masalasi birinchi o'ringa chiqadi, shuning uchun XIX-XX asr boshlaridagi boshqa olimlarning tillarning o'zaro ta'siriga bag'ishlangan asarlarida bu til hodisasini ifodalovchi terminologiyani izlashga katta e'tibor beriladi. Ushbu davr tadqiqotlarida so'z o'zlashish jarayoni so'zlarni kalka qilish yoki so'zlar va alohida so'z elementlarining bir tildan ikkinchisiga ko'chishi sifatida qaraldi. Shu ma'noda "so'z o'zlashish jarayoni" atamasi ilmiy asarlarning aksariyatida qo'llangan [11, 89]. Bundan tashqari, XX asrda ushbu jarayonga "tillarning o'zaro ta'siri" atamasini qo'llash taklif qilindi [19, 235]. Shunday qilib, "so'z o'zlashish jarayoni" atamasini mavhum deb hisoblash mumkin. Bir tomondan, so'z o'zlashish jarayoni ijtimoiy hayot va turli madaniy hodisalar bilan chambarchas bog'liq holda yuzaga keladigan so'zlarning bir tildan ikkinchi tilga ko'chishi sifatida qaraldi [14, 73]. Shu bilan birga, ba'zi tilshunoslar so'z o'zlashishi va kalkalashni butunlay boshqa-boshqa jarayon sifatida ajratadilar [10, 178]. Boshqa tomondan, "so'z o'zlashish jarayoni" atamasi so'z o'zlashtirayotgan til tomonidan nafaqat ko'chirilgan, balki to'liq o'zlashgan xorijiy so'z sifatida ko'riladi [2, 7]. Yu. S. Sorokin ta'kidlaganidek, "chet tili so'zlarini o'zlashtirish jarayoni ikki tomonlama jarayondir. Bu tayyor elementlarni bir tildan boshqa tilga oddiy ko'chirishgina bo'lib qolmay, ularning ma'lum bir til tizimi tomonidan o'zlashishi, shu til qoidalariga moslashishi, boshqa tizim sharoitida shaklan va semantik jihatdan o'zgarish jarayonidir. Gap aynan so'z o'zlashish jarayoni haqida borar ekan, aytish mumkinki, agar bu haqiqatan ham ma'lum bir xorijiy so'zlarni boshqa nutq elementiga mexanik ravishda o'tkazish bo'lmay, o'zlashgan so'zlarni o'zlashtirish va moslashtirish jarayoni bo'lsa, bu jarayon asosan ijodiy, faol, assimilyatsiya qiluvchi tilning yuqori darajadagi o'ziga xosligini, uning rivojlanishining yuqori darajasini ko'rsatadi [14, 202]. L.P.Krysin so'z o'zlashish

jarayoni "turli elementlarni bir tildan ikkinchi tilga o'tish jarayoni" deb ataydi. "Лингвистический энциклопедический словарь" tuzuvchilari ham xuddi shu nuqtai nazarni ilgari suradilar [13, 355]. "Turli elementlar" deganda til darajalari birliklari, xususan, fonologiya, morfologiya, sintaksis, lug'at, semantika tushuniladi. L.P.Krysin fonema, morfema, leksema va boshqalarning o'zlashishini ajratib ko'rsatadi [11, 92]. E.Haugen so'z o'zlashish jarayonini ularning strukturasiga ko'ra tasniflaydi. O'zlashma so'zlarning yasalishini tasnif qilishda o'zlashtirgan tilda shu o'zlashmalarning morfemik o'zgarishi darajasining turlichaligi asos hisoblanadi. Shunday qilib, tadqiqotchi o'zlashgan so'zlarni haqiqiy o'zlashmalarga (so'zning ma'nosi ham, tovushi ham chet tilidan o'zlashganda) va gibrid o'zlashmalar - qisman ona tili va qisman xorijiy so'zdan o'zlashgan o'zlashmalarga bo'ladi (bunda o'zlashgan komponentning o'rniga qarab, bu tur asosiy komponent o'zlashganda, yadroviy va periferik yoki marginal turlarga bo'linadi). Bundan tashqari, E. Haugen gibrid o'zlashmalarni o'zlashma so'zlardan yasalgan so'zlar deb, bu hodisa so'z o'zlashish jarayoniga tegishli emasligini ta'kidlaydi [17, 344-382]. K. L. Yegorova E. Haugen tasnifidan foydalangan holda o'zlashma so'zlarning tuzilishi, semantik xususiyatlari va ularning xorijiy prototiplari o'rtasidagi turli farqlarga asoslangan lisoniy o'zlashuv turlarini aniqlab to'ldiradi [9, 139]. L. M. Bash kontseptsiyasi E. Haugen g'oyalarining o'ziga xos davomi, shuningdek rivojlanishi hisoblanadi. Ushbu kontseptsiyaga ko'ra "so'z o'zlashish jarayoni" atamasi ostida bir qator turli hodisalar tushuniladi, shuning uchun to'g'ridan-to'g'ri so'z o'zlashishi va kvaziso'z o'zlashishi(lot. quassi "kabi, go'yo")ga ajratiladi.

Tilshunoslikda xorijiy so'zlarni uch guruhga bo'lish qabul qilingan: 1) o'zlashma so'z; 2) ekzotizm; 3) xorijiy tilning unsurlarini kirib kelishi. O'z navbatida, o'zlashma so'zlar quyidagi so'z guruhlariga ajratiladi: a) tuzilishi jihatidan xorijiy prototiplarga mos keladigan so'zlar, ya'ni hech qanday strukturaviy "qo'shimchalar"siz o'zlashma tilning tegishli fonematik vositalari bilan ifodalangan va yozilishi o'zgargan so'zlar; b) o'zlashma til yordamida morfologik jihatdan yasalgan so'zlar; c) qisman morfologik o'zgargan so'zlar [11, 95]. Shunday qilib, o'zlashma so'zlar murakkab va tuzilishi jihatdan turli bo'lgan guruh hisoblanadi; biroq ushbu guruhga kiruvchi so'zlar tilining boshqa lug'atidan ajratib turadigan ba'zi umumiy xususiyatlarga ega.

Hindistonning ingliz mustamlakachilari tomonidan bosib olinishi bu mamlakat xalqlari hayotida sezilarli o'zgarishlarga sabab bo'ldi. 1835 yilda ingliz tili butun Hindistonning rasmiy tili sifatida tarqala boshladi. U nafaqat talim, balki matbuot, fan va texnika, ma'muriy xizmatlar, sudlar tiliga aylandi. Bu til shu qadar

mamlakatning ijtimoiy hayotida mustahkam o'rin egallab ulgurgan ediki, Hindiston mustaqillikka erishgandan keyin ham o'z mavqesini yo'qotmadi. Shuni ta'kidlash kerakki, birmuncha vaqt o'tgach, bosqinchilar tili degan salbiy ijtimoiy-lingvistik omil yo'qolgach, ingliz tilining yoyilishi kuchaydi. Hindlar o'z nutqlarida ingliz o'zlashmalaridan keng foydalana boshladi, ba'zan esa hozirgi hindiy tili leksik tizimining muhim birliklariga aylangan ingliz tilidagi butun iboralarni ham keng qo'llay boshladilar [8; 53].

Ingliz o'zlashmalari urdu tilining morfologik qoidalariga bo'ysunadi, garchand urdu tili grammatik qoidalari orqali to'la-to'kis o'z ifodasini topa olsa-da, ba'zan ingliz so'zlari urduda o'zining morfologik belgilarini saqlab qoladi. Masalan, ingliz tilidan kirgan so'zlarning oxirgi harfiga qarab, bu so'zlar urdu tilida ko'plik ko'rsatkichlari bilan ham ishlatilishi kuzatiladi, masalan, "i" va undoshga tugagan muannas jinsidagi so'zlar bosh kelishikda "ya:N" va "eN" qo'shimchalarini oladi:

avtobus u^" avtobuslar

flj tramvay o^lJ tramvaylar

agentlik ub"'^' agentliklar

partiya U-^Ji partiyalar

Ba'zi so'z birikmalari yaxlit ingliz tilidan olingan bo'lib, bularda ingliz tili ko'plik formasi saqlanib qoladi. Bu asosan nomenklatura belgilari, ya'ni tashkilot, idora, kompaniya, harakat va boshqalar nomlarini ifodalovchi iboralardir. Masalan:

j^jj5 ojjjj^

MI Ji

Jm^lm

J^jj^jjl jjjl

[forsiz] [sa:ynsizj

[inDasTriizl

Xavfsizlik kuchlari Butunhindiston tibbiyot instituti

Hindistonning biznes va sanoat palatalari

federatsiyasi

Yuqorida ajratilgan so'zlardagi ko'plik shakliga ko'ra ularning sof ingliz iboralari ekanini aniqlasa bo'ladi. Chunki bu iboralar urdu grammatikasi asosida tuzilmagan.

Lekin ilmiy izlanishlar shuni ko'rsatadiki, zamonaviy urdu tiliga o'zlashgan ot so'z turkumiga xos so'zlar ko'p hollarda ingliz tilining ko'plik shaklini ifodalovchi "s" qo'shimchasini saqlab qoladi, masalan:

^jJ^^I J^-j-j^ ^^ [enela:yzers] Shifoxona analiz

(jjj ^jS jJjj qiluvchi apparatlarni

sotib oldi.

"MARKAZIY VA JANUBIY OSIYO: VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 25

MADANIYATLARARO MULOQOT Q ISSN 2181-1784

CHORRAHASIDA" SJIF 2022: 5.947 | ASI Factor = 1.7

jj Jxl^ jjhl J

[li:Derz]

Konferensiyada boshqa partiyalar rahbarlari ham

qatnashdi.

[senTrz]

Yangi qo 'shimcha salomatlik markazlari barpo etildi.

Biz yuqorida keltirgan so'zlarda ko'plik shaklini berishning zaruriyati yo'q edi, chunki bularning ko'plikda ishlatilgani kesimning shaklidan ham ma'lum bo'lib turibdi, ya'ni uchchala misolda ham kesim muzakkar, ko'plikda qo'llangan bo'lib, birinchi gapda ingliz so'zi to'ldiruvchi, ikkinchi va uchinchi misolda esa ega sifatida kelgan.

Odatda urdu tili qoidasiga ko'ra to'g'ri kelishikdan boshqa vositali kelishikda kelgan otlarga ko'plikda poslelogdan oldin "oN, yoN" qo'shimchalari qo'shiladi. Bu qoidalarga ingliz so'zlari ham bo'ysunadi, masalan:

^ ujdj^ Kompaniyalarga nisbatan

Bu misolda so'zi ^ murakkab poslelogi bilan ko'plikda

qo'llangan.

^jj uj^ Bojxona xizmatchilari 200 bog'lamni

ushlab qoldi.

Urdu grammatik qoidasi asosida J^? ko'plik soni grammemasi uj va vositali kelishik grammemasi j^ bilan kelgan.

ùâîl^x uj^jiî Ù Bu partiyalar ham qarshilik ko 'rsatdi.

^ ujio^ - o'timli fe li o'tgan tugal zamonda qo'llangani bois

gapning sub'yekti ergative kelishik grammemasi bilan kelgan va ko'plikda qo'llangan.

Lekin mavjud misollardan shuni ko'rish mumkinki, bu qoida ba'zi paytlarda "buzilar" ekan. Ingliz so'zlari bunday holatda o'zining ko'plik shaklini ifodalovchi "s" qo'shimchasini saqlab qoladi, masalan:

^i^j J Telefon qo 'ng 'iroq qilishga beriladigan

imtiyoz

^ ^jJ ^jljl^ Ishlab chiqarish muassasalarini

rivojlantirish lozim

^ jJ^ u* J^f c^ Jinnah shifoxonasidagi vrachlarning ish

tashlashi

Ilmiy izlanish natijasida quyidagi xulosalarga kelindi:

Ingliz o'zlashmalari urdu tilining morfologik qoidalariga bo'ysunsa-da, ba'zan ingliz so'zlari urduda o'zining morfologik belgilarini saqlab qoladi;

Hozirda urdu tilida keng qo'llanilayotgan ingliz o'zlashmalaridagi ko'plik shakliga ko'ra ularning sof ingliz iboralari ekanini aniqlasa bo'ladi. Ular urdu grammatikasi asosida tuzilmagan va ko'p hollarda o'zlashgan ot so'z turkumiga xos so'zlar ingliz tilining ko'plik shaklini ifodalovchi "s" qo'shimchasini saqlab qoladi;

Yuqorida berilgan misollarda ingliz tili ko'plik qo'shimchasining ishlatilishi, albatta, urdu tili grammatikasiga xilofdir. Lekin bunday misollarning keng ko'lamda uchrashi - bu, tildagi asta-sekin tabiiy holga aylanib borayotganidan dalolat beradi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ingliz tili urdu tiliga o'zining sezilarli ta'sirini o'tkazgan. Buni urdu matbuoti sahifalarida yaqqol ko'rish mumkin. Chunki tilda bo'layotgan o'zgarishlar, avvalambor, ommaviy axborot vositalarida o'z aksini topadi. Bunday o'zlashmalar til imkoniyatlarini kengaytirib, uning rivojlanishiga ta'sir o'tkazmay qolmaydi. REFERENCES

1. Андронов М.С. Англоязычие в Индии. Тенденции и перспективы развития - Актуальные проблемы изучения языков Южной Азии, М., 1987

2. Аристова В. М. О лексических заимствованиях из английского языка в русский язык в ХУП-ХУШ вв. М., 1978.

3. Баранников П.А. Языковая ситуация в ареале языка хинди, Л-д., 1984

4. Баш Л. М. Дифференциация термина «заимствование»: хронологический и этимологический аспекты // Вестник Моск. Ун-та. Сер. 9. Филология. 1989.

5. Бегизова Х.Б. О соотношении английских заимствований и их эквивалентов в языке хинди - Актуальные проблемы изучения языков Южной Азии, М., 1987

6. Бегизова Х.Б. Об английских заимствованиях в хинди - Вопросы языкознания, М., 1976

7. Бодуэн де Куртенэ И. А. Избранные труды по общему языкознанию. Т. 1, 2. М., 1963.

8. Гришина А. «К вопросу об англицизмах в хинди. Произношение англицизмов». М, 2002.

9. Егорова К. Л. Типы лингвистических заимствований (на материале англицизмов и англо-американизмов в современном русском языке). Автореф. дис. ... канд. филол. наук. М., 1971.

10. Ефремов Л. П. Сущность лексического заимствования и основные признаки освоения заимствованных слов. Автореф. дис. ... канд. филол. наук. Алма-Ата, 1959.

11. Крысин Л. П. Иноязычные слова в современном русском языке. М., 1968.

12. Ларионова Е. В. Новейшие англицизмы в современном русском языке. Автореф. дис. ... канд. филол. наук. М., 1994.

13. Лингвистический энциклопедический словарь. М., 1990.

14. Лотте Д. С. Вопросы заимствования и упорядочения иноязычных терминов и терминоэлементов. М., 1982.

15. Сорокин Ю. С. Развитие словарного состава русского языка. 30-90-е гг. XIX в. М.-Л.: Наука, 1965.

16. Халмурзаев Т.Х. Статус урду в современной Индии и тенденции его развития, Т., 1979

17. Хауген Э. Процесс заимствования. В кн.: Новое в лингвистике. М., 1972. Вып. № 6.

18. Шаматов А.Н. Очерки исторической лексикологии хинди и урду 15 -начала 18 вв, Т., 1990

19. Щерба Л. В. О понятии смешения языков. В кн.: Избранные работы по языкознанию и фонетике. Т. 1. Л., 1958.

20. "Qaomi avaz" Dehli, India

21. "Axbare urdu" Islamabad, Pakistan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.