Научная статья на тему 'INGLIZ BOLALAR O‘YIN FOLKLORINING LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATLARI IFODALANISHI'

INGLIZ BOLALAR O‘YIN FOLKLORINING LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATLARI IFODALANISHI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
bolalar o’yin folklori / lingvokulterema / badiiy-estetik / o’yin qo’shiqlar / lingvokulturologiya / antroponim / sujet.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Eshkobilova Feruza Urazovna

Har bir xalqning og‘zaki ijodida bolalar folklori va uning tarkibida esa o‘yin folklori namunalari o‘ziga xos badiiy-estetik hodisa sifatida muayyan o‘ringa ega. Ular xalq ijtimoiymadaniy hayotida alohida mavqe kasb etadi va uning turli qirralarini lingvomadaniy aspektda o‘zida ifodalab keladi. Mana shunisi bilan bolalar o‘yin folklori ham xalq madaniyati asoslarini yoritishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ularda qo‘llangan lingvokulteramalar orqali bolalar o‘yin folklorining madaniy hayotdagi o‘rni va badiiy-estetik ahamiyatini to‘la ochish mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INGLIZ BOLALAR O‘YIN FOLKLORINING LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATLARI IFODALANISHI»

INGLIZ BOLALAR O'YIN FOLKLORINING LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYA TLARIIFODALANISHI

Eshkobilova Feruza Urazovna

Qarshi davlat universiteti o'qituvchisi feruzaferuza506@,gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.11482368 Annotatsiya

Har bir xalqning og'zaki ijodida bolalar folklori va uning tarkibida esa o'yin folklori namunalari o'ziga xos badiiy-estetik hodisa sifatida muayyan o'ringa ega. Ular xalq ijtimoiy-madaniy hayotida alohida mavqe kasb etadi va uning turli qirralarini lingvomadaniy aspektda o'zida ifodalab keladi. Mana shunisi bilan bolalar o'yin folklori ham xalq madaniyati asoslarini yoritishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ularda qo'llangan lingvokulteramalar orqali bolalar o'yin folklorining madaniy hayotdagi o'rni va badiiy-estetik ahamiyatini to'la ochish mumkin.

Kalit so'zlar: bolalar o'yin folklori, lingvokulterema, badiiy-estetik, o'yin qo'shiqlar, lingvokulturologiya, antroponim,sujet.

Аннотация

Детский фольклор и образцы игрового фольклора занимают особое место в устном творчестве каждого народа как уникальное художественно-эстетическое явление. Они занимают особое положение в социокультурной жизни народа и выражают различные ее стороны в лингвокультурном аспекте. Таким образом, детский игровой фольклор имеет важное значение и в освещении основ народной культуры. Роль детского игрового фольклора в культурной жизни и художественно-эстетическое значение в полной мере раскрываются через используемые в нем лингвокультурные выражения.

Ключевые слова: фольклор детской игры, лингвокултерема, художественно-эстетический, игровые песни, лингвокультурология, антропоним, сюжет.

Barcha xalqlarda o'yinlar o'sha millatning bebaho madaniy boyligi sifatida uning milliy-madaniy turmush tarzi, urf-odatlari, ruhiy olami, dunyoqarashi, axloqiy-estetik qarashlarini o'zida aks ettirishi tufayli uning milliy qiyofasi, o'tmishi, buguni va ertasini namoyon etib turadi. Shu bilan xalq tarixi va madaniyatining ajralmas qismi hisoblanadi.

Bolalar o'yin folklorida lingvokulturemalarning alohida o'rni borki, ularni tadqiq qilish tilshunoslik ilmi bilan chambarchas bog'liqdir. Chunki folklor xalq tilida yaratilishi bois ularda tilning milliy-madaniy o'ziga xosligi aks etadi. Madaniyatni esa inson yaratadi. V.A. Maslova bu borada "bu soha tilni ham sinxron, ham diaxron jihatdan o'rganadi. Muayyan xalq yoki qardosh xalqlar tilining lingvokulturologik xususiyatlari alohida o'rganilishi kerak" degan fikrni ta'kidlaydi.1

Iona Opi (1923-2017) va Piter Opi (1918-1982) bolalar folklori hamda an'anaviy o'yinlari bo'yicha o'z tadqiqotlari bilan mashhur bo'lgan folklorshunos er-xotinlardir. Opilar o'zlarining tadqiqotlaridan tashqari, bir nechta bolalar kitoblarini, jumladan, "Men Esovni ko'rdim" (1947) va "Oksford bolalar bog'chasining qo'shiqlar kitobi" (1955)ni yaratishda ishtirok etishgan. Ular folklorni o'rganishga qo'shgan hissalari uchun ko'plab mukofot va faxriy unvonlarga sazovor bo'lgan, jumladan, 1974-yilda Britaniya Akademiyasi medali bilan taqdirlangan. Bugungi kunda

1 Маслова В.А Лингвокультурология: учеб. пособие для студ. высш. учеб, заведений / В.А. Маслова. - М.: Издательский центр Академия, 2001. - С.35-36.

ularning merosi Oksforddagi Bodleian kutubxonasidagi Iona va Piter Opi bolalar adabiyoti arxivi orqali saqlanib kelmoqda.

Opilar kitobidagi bolalar folklor qo'shiqlari va o'yin-qo'shiqlaridan ba'zi namunalar quyidagilardir:

"Apelsinlar va limonlar, Sent-Klementning qo'ng'iroqlarini ayting" ("Oksford bolalar bog'chasi qo'shiq kitobi"dan).

"London ko'prigi qulab tushmoqda". ("Ko'cha va o'yin maydonchasidagi bolalar o'yinlari"dan).

"Atirgul uzuklarini qo'ng'iroq qiling, cho'ntak to'la bo'lsin" ("Klassik ertaklar"dan).

"Eeny, meeny, miny, moe". ("Maktab o'quvchilarining bilimi va tili"dan).

"Changli ko'k qo'ng'iroqlar ichida va tashqarisida". ("Oksford bolalar bog'chasi qo'shiqlar kitobidan").

"Mana biz tut butasini aylanib chiqamiz". ("Ko'cha va o'yin maydonchasidagi bolalar o'yinlari"dan).

"Jek va Jill tepalikka chiqishdi". ("Klassik ertaklar"dan).

Bu qo'shiq va o'yin-qo'shiqlar Opilar hujjatlashtirib, tahlil qilgan katta bolalar folklor to'plamining kichik bir namunasidir.

G.G. Slishkinga ko'ra, "Lingvokulturologiya inson omiliga, aniqrog'i, insondagi madaniyat omiliga yo'naltirilgan. Lingvokulturologiyaning markazi madaniyat fenomenidan iborat bo'lishi inson haqidagi fanning antropologik paradigmaga tegishli hodisa ekanligidan dalolat beradi".2

Ingliz bolalar folklori ko'plab bolalar qo'shiqlari, o'yin qo'shiqlarini o'z ichiga oladi. Eng mashhur bolalar qo'shiqlaridan biri to'rtlik shaklidagi "Humpty Dumpty" qo'shig'i bo'lib, u dastlab topishmoq ko'rinishida bo'lgan bo'lsa, keyinchalik qo'shiq shaklida aytilgan. XVII asrda "humpty dumpty" - "qaynatilgan konyak" ma'nosida ham ishlatilgan, XVIII asrda bu atama qo'pol odam jargonidan foydalanilib, kelib chiqishi yiqilib tushgan qo'pol odam tuzalmas darajada shikastlanmasligi mumkin, lekin tuxum esa tuzatib bo'lmas darajada zarar ko'radi degan ma'no bilan bog'liq:

Humpty Dumpty, sat on a wall.

Humpty Dumpty, had a great fall

All the king's horses and all the king's men,

Couldn't put Humpty Dumpty together again. (An egg)

Tarjimasi:

Humpty Dumpty devorga o'tirdi,

Humpty Dumpty ajoyib yiqildi.

Qirolning barcha otlari va qirolning barcha odamlari,

Humpty Dumptyni qayta birlashtira olmadilar. (Tuxum).3

Ingliz bolalar folklor o'yin folklorining turli janrlardagi namunalari ingliz madaniyatining asosiy qismi bo'lib kelgan. Ular har xil janrlarda bo'lib, bolalar o'yin qo'shiqlaridan tortib, sanash

2 Слишкин Г.Г. От текста к символу. Лингвокультурные концепты преседентных текстов в сознании дискурса. - М.: Издательский центр "Академия", 2000.

3 Mother Goose's Nursery Rhymes. A collection of Alphabets, Rhymes, Tales and Jingles. London. George Routledge and sons. - New York: Broome street, 1877. - P. 48.

qo'shiqlarigacha namoyon bo'ladi. Har bir janr turli maqsadlarga xizmat qiladi va o'ziga xos xususiyatlarga egaligi bilan ajralib turadi.

Inglizlar oshxonasida loviya eng ko'p iste'mol qilanadigan dukkakli ekin mahsulotlaridan biridir. Shundan kelib chiqib, ingliz bolalari qo'shiqlarida loviyani yeyishga o'rgagish undov motivi uchrashi kuzatiladi:

Ingliz bolalar o'yin qo'shig'i Tarjimasi:

Beans, beans, they 're good for your heart, The more you eat, the more you... start! The more you start, the better you feel, So eat your beans with every meal! Loviya, loviya, ular yuragingizga yaxshi, Qancha ko 'p ovqatlansangiz, shuncha ko'p ... boshlaysiz! Qanchalik ko'p boshlasangiz, shunchalik o'zingizni yaxshi his qilasiz, Shunday ekan, har ovqat bilan loviya yeng!

Ingliz xalqiga xos bo'lgan va shu xalq orasida yaratilgan o'yinlar va ularning qo'shiqlaridan biri "London Bridge Is Falling Down" ("London ko'prigi qulab tushyapti" o'yin-qo'shig'i ijosida o'yin ishtirokchilari bir-biriga qaragan ikkita chiziq bo'ylab qo'llari bilan kamar hosil qilib, uni yuqoirga baland ko'tarib tuaradilar. Bir yoki bir nechta o'yinchilar "ko'prik" ostidan o'tayotganda ushbu o'yin qo'shiq kuylanadi. Qo'shiqning har bir bandi so'ngida takrorlanib kelayotgan "Mening go'zal xonimim" birikmasidan so'ng kamar ostidan o'tayotgan o'yinchini ushlab olish uchun "ko'prik" tushiriladi va o'sha bola o'yindan chiqib turadi. "Britaniya buldogi" ("British bulldog") o'yinida o'rtada kutib turgan "buldoglar" tomonidan ushlanmasdan, o'yin maydonining bir chetidan ikkinchi chetiga yugurib kelish sharti belgilangan. Oxirgi qolgan o'yinchi g'olib hisoblanadi.

Xullas, har bir xalqning milliy jonli tilida yaratilgan bolalar o'yin folklori namunalarida lingvokulturemalar turli ko'rinishda ko'p uchraydi. Ularda bolalar hayoti bilan bog'liq milliy-madaniy tushunchalar lingvokulturema bo'lib keladi. Ingliz va o'zbek xalqlarining bolalar o'yinlari ba'zan mavzusi, g'oyaviy-badiiy xususiyatlari jihatidan o'zaro yaqinlik kasb etsa ham, ularda ikkala xalqning til imkoniyatlari, areal belgilari, o'ziga xos urf-odat, an'ana va marosimlarining mohiyati aks etishi jihatidan bir qator tafovutlarga ham ega.

Adabiyotlar

1. Галиев Ш. Узбек болалар уйин фольклори. - Т.: Фан, 1998. - 96 б.

2. Iona Opie and Peter Opie. The Singing Game. - Oxford university press, 1985. - 544 p.

3. Iona Opie and Peter Opie. The Oxford Dictionary of Nursery Rhymes. - Oxford University Press, 1997. - 592 p.

4. James William Elliot. National nursery rhymes and nursery songs. - London: George Routledge and sons, 1873. - 110 p.

5. Маслова В.А. Лингвокультурология: учеб. пособие для студ. высш. учеб, заведений / В.А. Маслова. - М.: Издателский центр Академия, 2001. - 208 с.

6. Mother Goose's Nursery Rhymes. A collection of Alphabets, Rhymes, Tales and Jingles. London. George Routledge and sons. - New York: Broome street, 1877. - 320 p.

7. Сафаров О. Узбек болалар поэтик фольклори. - Т.: Укитувчи, 1985.-250 б.

8. Сафарова Н. Узбек болалар уйин фолклори табиати. - Т.: Фан, 2008. - 120 б.

9. Слишкин Г.Г. От текста к символу. Лингвокультурние концепти прецедентних текстов в сознании дискурса. - М.: Издателский центр "Академия", 2000.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.