Научная статья на тему 'Ingliz adabiyotida naturalizm oqimi'

Ingliz adabiyotida naturalizm oqimi Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
305
39
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
naturalizm / tabiat / evolyutsiya nazariyasi / sotsiologiya

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Alisher Sharafiddinovich Yusupov

Bu maqolada dunyo adabiyotida o’ziga xos bir o’rin egallagan naturalizm oqimi ingliz adabiyoti prizmasida yoritilgan bo’lib, uning boshqa xalq adabiyotlaridan farqi va o’xshashlik tomonlari ko’rsatib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Ingliz adabiyotida naturalizm oqimi»

Ingliz adabiyotida naturalizm oqimi

Alisher Sharafiddinovich Yusupov Samarqand davlat chet tillar instituti

Annotatsiya: Bu maqolada dunyo adabiyotida o'ziga xos bir o'rin egallagan naturalizm oqimi ingliz adabiyoti prizmasida yoritilgan bo'lib, uning boshqa xalq adabiyotlaridan farqi va o'xshashlik tomonlari ko'rsatib berilgan.

Kalit so'zlar: naturalizm, tabiat, evolyutsiya nazariyasi, sotsiologiya

The trend of naturalism in English literature

Alisher Sharafiddinovich Yusupov Samarkand State Institute of Foreign Languages

Abstract: In this article, the current of naturalism, which occupies a unique place in world literature, is highlighted in the prism of English literature, and its differences and similarities from other folk literatures are shown.

Keywords: naturalism, nature, theory of evolution, sociology

Ingliz naturalizmi o'zbek adabiyotshunosligida kam o'rganilgan. Butun o'zbek adabiyotshunosligi tarixida ingliz adabiyoti tarixidagi naturalistik tendensiyalar haqida juda kam yozilgan, naturalistik oqimga oid darsliklar va umumiy kurslardagi qisqacha tavsiflar bundan mustasno. Shu bilan birga, Angliyada naturalizm hech qachon adabiyotda hali qiluvchi ahamiyatga ega bo'lmagan bo'lsada, bu fakt ushbu janrni o'rganishga ehtiyoj yo'q degani emas.

Ehtimol, uning Angliyada shakllanishida asosiy rolni Jorj Mur o'ynagan. Ushbu ilmiy ishning asosiy qismi uning naturalistik asarlarini ko'rib chiqishga bag'ishlangan. Ammo naturalizm Murning yozuvchi sifatida rivojlanishida faqat bir bosqich bo'lganligi sababli, asarda yozuvchi faoliyatining keyingi rivoji ham kuzatilgan, asr boshida yaratilgan yetuk asarlari ham tavsiflangan. Murning naturalistik romanlarini tahlil qilishdan avval, umuman naturalizm tabiati haqida, uning XIX asr oxiridagi G'arbiy Yevropa adabiyoti tarixidagi o'rni haqida bir fikr yuritsak.

Ingliz naturalistlari uchun chet el namunalarining ahamiyati haqidagi tadqiqotchilar fikrlaridagi tavofutlar qaramay, bir narsa shubhasiz: ingliz naturalizmini uning boshqa xalqlardagi variantlari: nemis, rus tillari bilan solishtirmasdan o'rganib bo'lmaydi, lekin birinchi navbatda fransuz adabiyotiga

e'tibor qaratish lozim. Chunki Fransiyada naturalizm nafaqat alohida yozuvchilarning ijodida namoyon bo'ldi, balki Emil Zola manifestlarida eng batafsil nazariy asoslarga ham ega bo'ldi. Bizningcha, bunday taqqoslash ingliz naturalizmida, bir tomondan, uni adabiyotdagi ushbu yo'nalishning boshqa milliy xillari bilan yaqinlashtiradigan xususiyatlarni ajratib ko'rsatishga harakat qilsa, ikkinchi tomondan, ushbu xususiyatlarni ta'kidlashga yordam beradi.

Shuni ta'kidlab o'tish darkorki, "naturalizm" atamasi ortidagi ma'noni keng qo'llaniladigan "naturalistik tendensiyalar" tushunchasi bilan aralashtirib yubormaslik kerak. Aytib o'tilgan ikkinchi tushuncha jahon adabiyotining antik davrdan tortib to zamonaviy davrigacha bo'lgan eng xilma-xil asarlarida namoyon bo'ladi. Ushbu trendlarni aniqlash va ko'rib chiqish ushbu tadqiqotimiz doirasidan tashqarida.

Naturalizm Yevropa adabiyoti va san'atida XIX asrning 70-yillarida alohida bir yo'nalish sifatida vujudga keldi va 80-90-yillarda o'zining yuksak cho'qqisiga chiqdi. Bu yo'nalishning xususiyatlari dastlab nazariy jihatdan asoslab berildi va fransuz yozuvchisi Emil Zola (1840-1902) o'z asarida bu uslubdan faol tarzda foydalandi. Asar poetikasi va uslubida ro'yobga chiqadigan, muayyan dunyoqarashga asoslangan voqelikni badiiy idrok etishning ijodiy usuli va tamoyillari tizimi sifatida tom ma'noda naturalizm asoschisi bo'ldi.

Naturalizmni falsafiy, tarixiy va ijtimoiy asoslarini badiiy yo'nalish sifatida o'rganish shuni ko'rsatadiki, Zola va uning uslubiga ergashgan fransuz yozuvchilari ijodidagi naturalizmning g'oyaviy asosini fransuz va ingliz pozitivizmi va Charlz Darvin (1809-1882) asos slogan biologiklashtirilgan sotsiologiya falsafasi tashkil etgan.

Fransuz pozitivizmining asoschisi Ogyust Kont (1798-1857) ijtimoiy taraqqiyotni fanlar rivoji bilan bog'lagan. Kont go'yasi asosan uning bevosita ustozi Klod Anri Sen-Simon (1760-1825) qarashlariga asoslangan bo'lib, u idealizmga qarshi bo'lib, unda fanlarning jadal rivojlanishi bilan bog'liq falsafiy muammolarni hal qila olmaydigan g'oyalar tizimini ko'rgan. Uning qonunlari, Sen-Simonning fikricha, olamning butun rivojlanishini belgilaydi. Shuning uchun Sen-Simon falsafasining asoslaridan biri determinizm bo'lib, u tarixiy qonuniyat g'oyasini asoslashga alohida ahamiyat berib, insoniyat jamiyatiga taalluqli deb bilgan. Kont o'z g'oyasini tarixning pozitiv, ya'ni "ijobiy" falsafa va sotsiologiyaning asosi sifatida naturalizm kabi pozitiv fanga aylanishi kerak degan g'oyani ilgari surdi.

Kontning Fransiyada ikkita ko'zga ko'ringan izdoshlari bor edi - asosan san'at va estetikaga qiziqqan Gippolit Teyn (1828-1893) va pozitivistik dunyoqarashni din tarixiga chuqur qiziqish bilan uyg'unlashtirgan Ernest Renan (1823-1892) va biri Angliyada - Gerbert Spenser (1820-1903). Kont, Teyn, Renan va Spenserlarga xos bo'lgan fanlarning, xususan, tabiiy fanlarning muhim roli to'g'risidagi g'oya 1870-

1890 yillarda G'arbiy Yevropa va butun jahon adabiyotida juda katta ahamiyatga kasb etgan.

Jamiyat hayoti va rivojlanishida fanning hal qiluvchi roli g'oyasi bilan bog'liq holda, Kont "ijobiy" falsafa alohida fanlarning eksperimental tasdiqlangan ma'lumotlarini to'plashi va umumlashtirishi kerak deb hisoblagan. U falsafani boshqa fanlarning o'ziga xos ma'lumotlarini sintez qiluvchi va umumlashtiruvchi mustaqil fan sifatida tan olmagan, chunki u ushbu fanning atrofdagi voqelik va hodisalarini tushuntirish imkoniyatiga ishonmagan va ularni tasvirlashning o'zi kifoya, deb hisoblagan,. Bunday fikrlar agnostisizm tamoyilidan, ya'ni dunyoni bilishning mumkin emasligi g'oyasidan kelib chiqadi.

Agnostisizm Kont, Teyn, Renan va Spenserning qarashlarida o'zini namoyon bo'lgan ajralmas g'oya sifatida, naturalizm yozuvchilarning har qanday umumlashtirish va xulosalarni ataylab rad etgan faktik, hujjatli, sof tavsifli hikoyasida aniq ifodalangan. Pozitivizmning hodisalarning yakuniy sabablarini bilishning iloji yo'qligi haqidagi g'oyalariga muvofiq, pozitivistlarning shogirdi Zola, asosiy sababni emas, balki ma'lum bir hodisaning paydo bo'lishi shartlarini o'rganishga chaqiradi: ijtimoy falsafaning chalkashliklarida adashib, idealistik farazlarni noma'lumni asta-sekin zabt etish bilan almashtirish uchun u yoki bu hodisa nima uchun sodir bo'lishini o'rganish kerak.

Kont ta'sirida G. Spenserning biologiklashtirilgan inson konsepsiyasi rivojlandi, u birinchi bo'lib naturalizm estetikasi ijtimoiyni biologikning oddiy davomi sifatida talqin qilgan. Ushbu estetikaga Charlz Darvin tomonidan ilgari surilgan hayot uchun kurash tamoyili va irsiyat nazariyasi ham sezilarli ta'sir ko'rsatdi, uni yuzaki tushunish Darvin g'oyalarining paydo bo'lishiga olib keldi, u insoniyat jamiyatida amalda bo'lgan qonunlarni mexanik ravishda qo'llaydi. O'sha davrlarda Klod Bernardning (1813-1878) fiziologiyasi, uning determinizm konsepsiyasi, shuningdek, Sharl Leturnoning insondagi jismoniy va aqliy munosabatlarni soddalashtirilgan tushunishi haqidagi g'oyalari kam ahamiyatga ega bo'lgan. Uning fikricha, odamning har bir oliy psixologik harakati oddiy refleksga tushadi. U ham estetik, ham aqliy imkoniyatlar sohasida inson hayvonlardan mohiyatan farq qilmaydi, deb ta'kidlagan.

Naturalizmning metodologik tamoyillarini san'at sohasiga mexanik ravishda o'tkazish, bundan tashqari, pozitivistik jihatdan aniqlangan, inson xatti-harakatlarining naturalistik motivatsiyasiga, shaxsning ma'naviy tuzilmalarini fiziologik jarayonlarning oddiy hosilalari sifatida talqin qilish istagiga olib keldi.

Kont ijobiy falsafasining asosiy xususiyatlari Vladimir Solovyovga ko'ra "obyektivlik, ishonchlilik, reallik, aniqlik, organiklik, nisbiylik" (chunki barcha hodisalar mutlaq mohiyatida ma'lum, inson ongi uchun mavjud emas, balki ularning bizning tanamizga haqiqiy munosabati va bir-biri bilan munosabatlarida ma'lum). Bu xususiyatlarning barchasi, ko'p yoki kamroq darajada naturalistlar tomonidan

o'zlashtirilgan. Zola naturalistik metodning mohiyatiga oid nazariy ishlarda voqelikni tasvirlashda obyektivlik, ishonchlilik va aniqlik tamoyillarini talab qiladi, bu tamoyillarga rioya qilish yozuvchilarning foydali bo'lishiga, ya'ni "odamlarga odob-axloq va vatanparvarlikka o'rgatish" ga imkon beradi, deb hisoblagan. Kontning fanlar tizimida murakkabroq fanlar soddaroq fanlar asosiga qurilganligi uchun, masalan, psixologiya va sotsiologiya biologiyaga asoslangani tufayli naturalistlar insonga "biologik" yondashuvni o'zlari tasdiqlagan san'atning asosiy tamoyillaridan biriga aylantirdilar.

Naturalizm estetikasiga xos bo'lgan inson va jamiyatni tushuntirishga yondashishdagi biologizm qisman naturalist yozuvchilarning sotsiologiyaning pozitivistik ta'limotini birmuncha buzib tushunganliklaridan, qisman esa darvinist sotsiologlarning g'oyalari bilan bog'liq. G.V.Plexanov juda aniq izohlangan: "Darvinistlar insoniyat jamiyati haqidagi mulohazalarida Darvin usulidan umuman foydalanmaydilar, balki faqat hayvonlarning (asosan yirtqich) instinktlarini asosiy go'ya sifatida ko'tardilar. Darvin esa, o'z navbatida, ijtimoiy fanlarda chuqur bilimga ega bo'lmagan" Darvin ta'limotining hayot uchun kurash, tabiiy tanlanish, eng kuchlilarning omon qolishi va asosan irsiyat kabi qoidalari naturalist yozuvchilar tomonidan biologiya va sotsiologiya fanidan san'at sohasiga deyarli o'zgarmagan holda ko'chirildi.

Yuqoridagilarni umumlashtirgan holda shuni aytishimiz mumkinki, naturalist yozuvchilar tomonidan inson va jamiyatning haddan tashqari biologik izohlanishi pozitivizm va darvinizmning o'ziga xos buzilgan g'oyalari sintezi natijasidir. Darvin "Turlarning kelib chiqishi" asarining muqaddimasida o'zidan oldingilar qatorida tilga olgan Spenser o'zining butun falsafiy tizimi asosida yotgan rivojlanish g'oyasiga ishora qilib, Kont va Darvin singari ijtimoiy hodisalarni faqat ijtimoiy omillar bilan izohlash g'oyasidan yiroqdir. Ayni paytda darvinizmning sotsiologiyaga tatbiq etilishi haqidagi sayoz nazariyalar mualliflari aynan shunday qilishgan.

Naturalist yozuvchilar ham o'zlarining eksperimental, "ilmiy" adabiyotlar jamiyatda axloqiy me'yorlarni qaror toptirishga hissa qo'shishi mumkinligi haqidagi ilk g'oyalar Kont tomonidan bildirilgan. Ma'lumki, "sotsiologiya" atamasi o'ziga-o'zi ijtimoy fan yaratuvchisi deb baho bergan Kontga tegishli. Sotsiologiya, uning qarashlariga ko'ra, siyosiy iqtisod, axloq, huquqiy ta'limot va tarix falsafasini o'z ichiga olishi kerak edi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Bate J. Soul of the age. - P: Wisdom, 2008, 87 p.

2. Bate J. The genius of Moore. - P: Solusbery, 1999, 3 p.

3. Bryson B. George Moore. - P: Lobby, 1969, 41 p.

4. G'ofurov I. Nasr bazmida. - N: Yangi asr avlodi, 2002, 54-b.

5. Greenblat S. Will in the world. - P: Poetry house, 1990, 2 p.

6. Hamdam U. Yangilanish ehtiyoji. - N: Sharq, 2011, 34-b.

7. Hojiahmedov A. Adabiyot va janrlar. - N: Yangi asr avlodi, 1995, 13-b.

8. Karimov B. Ruhiyat alifbosi. - N: World press, 2005, 13-b.

9. Kermode F. Moore's language. - P: ABC, 1977, 37 p.

10. Mamajonov S. Mur prozasi. - N: Tasvir, 1979, 41-b.

11. Mamajonov S. Uslub jilolalari. - N: Sharq, 1996, 33-b.

12. Mirvaliyev S. O'zbek adiblari. - N: Tasvir, 1999, 18-b

13. Mirvaliyev S. Qirollik yozuvi. - N: O'zbekiston, 2002, 16-b.

14. Nurmatov U. XX asr ingliz adabiyoti. - N: O'zbekiston, 1995, 55-b.

15. Nurmatov U. Yangi o'zbek adabiyoti tarixi. - N: Adakemnashr, 1993, 13-b.

16. Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari. - N: Davr press, 2009, 43-b.

17. Sharafiddinov O. Adabiyot - hayot darsligi. - N: Sharq, 1998, 42-b.

18. Sharafiddinov O. E'tiqodimni nega o'zgartirdim? - N: Sharq, 1994. 62-b.

19. Vendler H. Moore's stories. - P: ABC, 2011, 14 p.

20. Топоров А. Джордж Мур и русская литература. - И: Москва, 1987, 44

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.