Научная статья на тему 'JAHON ADABIYOTIDA POSTMODERNIZMNING KELIB CHIQISHI, TARIXI VA HOZIRGI HOLATI'

JAHON ADABIYOTIDA POSTMODERNIZMNING KELIB CHIQISHI, TARIXI VA HOZIRGI HOLATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

721
92
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
jahon adabiyoti / postmodernizm / modernism / oqimlar / adabiy yondashuvlar. / world literature / postmodernism / modernism / trends / literary approaches.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Muxlisa Vaxobovna Tursunova

Ushbu maqolada jahon adabiyotida postmodernizm oqimining paydo bo‟lishi, rivojlanish bosqichlari, modernizmdan ayri holatdagi oqim sifatida shakllanishi va hozirgi holati turli adabiy yondashuvlar asosida yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article describes the emergence of postmodernism in world literature, its stages of development, its formation as a separate trend from modernism, and its current state on the basis of various literary approaches.

Текст научной работы на тему «JAHON ADABIYOTIDA POSTMODERNIZMNING KELIB CHIQISHI, TARIXI VA HOZIRGI HOLATI»

JAHON ADABIYOTIDA POSTMODERNIZMNING KELIB CHIQISHI,

TARIXI VA HOZIRGI HOLATI

Muxlisa Vaxobovna Tursunova

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti o'qituvchisi mukhlisa_vakhobovna@mail .ru

Ushbu maqolada jahon adabiyotida postmodernizm oqimining paydo bo'lishi, rivojlanish bosqichlari, modernizmdan ayri holatdagi oqim sifatida shakllanishi va hozirgi holati turli adabiy yondashuvlar asosida yoritib berilgan. Kalit so'zlar: jahon adabiyoti, postmodernizm, modernism, oqimlar, adabiy yondashuvlar.

This article describes the emergence of postmodernism in world literature, its stages of development, its formation as a separate trend from modernism, and its current state on the basis of various literary approaches.

Keywords: world literature, postmodernism, modernism, trends, literary approaches.

XX asr insoniyat tarixidagi eng qudratli asr sifatida ularga nafaqat ikkita jahon urushini, ilm-fan yutuqlarining cho'qqisini, inson psixologiyasidagi mutlaq o'zgarishlami, balki modernizm va postmodernizm kabi ikkita global tendentsiyalarni ham taqdim etdi. Adabiyotda keskin burilish yasagan modernizm oqimi badiiy adabiyotning an'anaviy shakllari va uslublarini rad etibgina qolmasdan insondagi chuqur psixologik jarayonlarni asar xarakterining ongiga kirib borish orqali tushunishga undadi. Postmodernizm esa hozirgachon shakllanib turli davrlarda turlicha talqin qilingan adabiyotning badiiy to'qima xususiyatlarini tasavvur qilib bo'lmas darajadagi inqilob sahnasiga olib chiqishga muvaffaq bo'ldi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Birinchi o'rinda shuni ta'kidlab o'tishimiz kerakki, postmodern adabiyoti, umuman postmodernizm to'laqonli oqim

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

sifatida aniq bir so'zlar bilan izohlash qiyin bo'lgan

March, 2022

tushunchalardir. Adabiyot olamining yetuk ulamolari postmodernizmning aniq xususiyatlari, ko'lami va ahamiyati haqida hali-hanuz bir to'xtamga kela olishgani yo'q. Ushbu ishimizda dunyo olimlarining turli xil yondashuvlar asosida postmodernizmga bergan xulosalari bu oqimni talqin qilishdagi eng ahamiyatli manbalar bo'lib xizmat qiladi. Ularning xulosalaridan kelib chiqib shuni ta'kidlashimiz kerakki, postmodernizmni falsafiy va adabiy oqim sifatida ta'riflashdan oldin biz uni avvalo o'zining paydo bo'lish negizida - postmodern zamon holatida chuqurroq tahlil qilishimiz kerak bo'ladi. Postmodernizm bu asl holatida na falsafiy va na adabiy oqimdir. Taniqli fransuz olimi Jan Fransua Lyotard o'zining "Postmodern holat: Ilmlar sarhisobi" asarida rivojlanish cho'qqisiga erishgan jamiyatlarda ilmning holatini postmodern holat [23, 3] deya ta'riflaydi. Barcha oqimlar singari, postmodernizmning ham paydo bo'lishi, yuksaklik pog'onasiga chiqishi va tushishi aniq sanalar bilan belgilab ko'rsatib berilgan emas. Ayrim tanqidchilar, 1941 yil Irland yozuvchisi Jeyms Joys va Ingliz yozuvchisi Virjiniya Vulflarning vafot etib adabiyot sahnasini bo'shatib berishlari bilan, ba'zan postmodernizmning boshlanishini "qo'pol chegara" sifatida ko'rsatishadi. Boshqa bir guruh adabiyotshunos olimlar esa postmodern adabiyotining boshlanish nuqtasini muhim nashrlar yoki adabiy voqealarning kuchayishi bilan belgilash mumkinligini ta'kidlaydilar. Va biz 1949-yilda Jon Xoksning "Kannibal" va Alan Ginzbergning "Nido" kitoblarining birinchi marta nashr etilishi, 1953 yilda "Godotni kutib" va "Yalang'och tushlik" dramalarining ilk marotaba sahnalashtirilishi, 1966 yilda Jak Derridaning "Tuzilish, belgi va o'yin" tanqidiy nazariyaviy ma'ruzasining ilm ahliga taqdim etilishi yoki keyinroq 1971 yilda, asl kelib chiqishi Misrlik bo'lgan Amerikalik adabiy tanqidchi va yozuvchi Ihab Hasanning "Orfeyning parchalanishi" asarida postmodernizmni modernizmdan yanada chuqurroq farqlash imkonini beradigan ikki ustundan iborat sxemasini taqdim etganligini misol qilib olish orqali postmodernizm oqimining adabiy oqim sifatida jahon adabiyoti sahnasiga kirib kelishini so'zimizning isboti sifatida ko'rsatishimiz mumkin.

Postmodernizm atamasining tarixiga nazar solsak uning asosi bo'lgan postmodern atamasining birinchi marta 1926 yilda qo'llanilganligi haqidagi ma'lumotlarga duch kelamiz. Debora Medsn o'zining "Postmodernizm bibliografiyasi: 1926-1994 yillar negizida" bibliografik ishida postmodernizm atamasining Oksford Ingliz Tili Lug'atida qayd etilishidan 20 yildan oshiqroq vaqt oldin qo'llanilganiga urg'u beradi. Ba'zi manbalarda uning hattoki 1870 yillarda Britaniyalik rassom Jon Uotkins Chepmen

va 1917 yilda Rudolf Penvitz tomonidan qo'llanilganini ham

March, 2022

ko'rishimiz mumkin. Chepmen fransuz impressionizmidan chekinish maqsadida "san'atda postmodern uslubi"ni taklif qiladi. J.M. Tompson esa 1914 yilda Gibbert falsafiy sharhlar jurnalida chop etilgan maqolasida dinni tanqid qilishdagi munosabatlar va qarashlardagi o'zgarishlarni tasvirlashda "Post-Modernizm" iborasidan foydalanadi. Postmodernizmning asosiy qismi bo'lgan "post" birikmasi "Postlashuv" jarayonining boshlang'ich nuqtasi sifatida ilk marotaba 1880-yillarda "Post-Impressionizm" va 1914-1922 yillar oralig'ida "post-industrial" atamalari tarkibida qo'llanilib, 1960 yillar adabiyoti, ijtimoiy g'oyalari, iqtisodiyoti va hattoki dinning ham (masalan Postxristianlik) "post" shaklda ravnaq topishiga olib keldi. Turli sohalarning "post" shaklda rivojlanishiga va taraqqiyotning "Postlashuv" jarayoniga o'tishiga sabab bo'lgan omillarga bir necha qarashlar bilan oydinlik kiritishimiz mumkin. Olimlar "o'ta kuchli va salmoqli ijodiy oqim (Modernizm) dan keyingi salbiy kayfiyat" yoki shu salbiy kayfiyat sabab paydo bo'lgan salbiy mafkuraviy muhitdan chiqish usuli sifatida rivojlangan oqim bu postmodernizm oqimidir degan fikrlarni olg'a suradilar.

Juda ko'pchilik postmodernizmni tushunish va uning mohiyatini to'liq anglab yetish uchun avvalo modernizmni yetarlicha tahlil qilish, uning adabiy oqim sifatidagi rivojlanish tarixini chuqurroq o'rganish lozimligini ta'kidlashadi. Bir qarashda postmodernizm atamasi modernizmning o'zgacha bir davomidek tuyulsa ham, ular o'rtasida o'xshashlikdan ko'ra farqli tomonlar ko'pligini inobatga olib postmodernizmni yakka va teran mustaqil oqim sifatida talqin qilish maqsadga muvofiqdir. Shu o'rinda postmodernizmning modernizmdan farqli tomonlarini sanab o'tish orqali uning badiiy xususiyatlariga chuqurroq kirib borishimiz mumkin bo'ladi. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida keskin siyosiy ijtimoiy va iqtisodiy o'zgarishlar zamon insonlarini gangitib qo'ydi desak yanglishmaymiz. Natijada insonlarga hayotdan faqat bir necha yashash usullarnigina taklif qilindi. Amerikalik modernist yozuvchi Uilyam Folknerning "Shovqin va g'azab" asari bizning yuqoridagi fikrimizga ulkan dalil bo'la oladi. Modern zamonning qahramonlari xuddi shu zamonning uch toifasini gavdalantiradilar: Kuentinga o'xshab o'z jonlariga qasd qilib hayot savdolaridan qutuladilar, Yakovga o'xshab faqat mol-dunyo ortidan quvib pulgagina sig'inadilar yoki Benjamindek o'zlarini axmoqlikka solib shu yo'l bilan hayotni yengadilar. Postmodern qahramon esa yuqoridagilarning birortasiga ham o'xshamaydi. U anchagina mukammal, uning komilligi uning barcha tashqi va ichki kuchlarga nisbatan immunitet hosil qilganligidir. Biz bu so'zlarimizning isboti sifatida Ingliz yozuvchisi Julian Barnsning "Dunyo tarixi 10 ^ bobda" asarida Noaning Xudoning yerdagi

March, 2022

1012

vakili etib tayinlanish voqeasini hikoya qilib bergan badiiy obraz, chiptasiz yo'lovchi - Yog'och Qurtini misol keltirishimiz mumkin.

Boston universiteti professori Devid W. Skot o'zining 2011 yildagi "Postmodernlik haqida" ma'ruzasida postmodernlikning "post" ya'ni "modernlikdan keyingi holat" sifatida rivojlanishiga sabab uning "modernlik" g'oyalari va jihatlarini tanqid qilish va rad etishda o'z aksini topganligini ta'kidlaydi [2, 3]. Olim postmodernizmni tushunish uchun postmodernizm oqimining modernizm adabiy jihatlarini qay tariqa rad etishi, dunyoni qaysi usulda tushunishga undashi va nimalarni ko'proq qamrab olishiga diqqat qaratishimiz kerakliligini uqtiradi. Uning fikricha, postmodernizm tarixiy taraqqiyotni rad etadi va tarix taraqqiyotga erishmoqda degan fikrning modernizm uchun muhimligiga urg'u beradi. Postmodernizm bu g'oyani, asosan, "metanerrativ" ya'ni boshqa birovning hikoyasiga asoslanganligi uchun rad etadi. Bizning fikrimizcha bu yerda muallif postmodern yozuvchilarning odamlarning hikoyalariga asoslangan tarixda hech qanday haqiqat yo'q degan tushunchaga asoslanishganligini ta'kidlaydi. Shuningdek, postmodernistlar modernistlarning insonlarga bo'lgan optimizmini rad etadi. Albatta postmodernistlar odamlarning hammasi yomon degan keskin g'oyani ilgari surishmaydi balki odamzotning hukmronlikka va boshqa xoxishlarini qondirishga urinishlarini ularning nomukammallik xususiyatlari sifatida ko'rsatib buni rad etib bo'lmaydigan haqiqat deya ta'riflaydilar. Va yana ular modernistlarning insonlar mukammallikka erisha oladilar degan da'volarining o'rinsiz ekanligini va ularni mukammal sifatda tasvirlash o'ta xavfli ekanligiga urg'u beradilar. Modernistlar qadriyatlarning mohiyatini to'laroq anglab yetish uchun simvolizmdan ramziy assotsiatsiya sifatida foydalanishga moyil bo'lsalar, postmodernistlar "ma'nosiz dunyoda mazmunli yo'qlik"ni omma oldida namoyish qilish orqali dadaizmdan o'zlariga panoh izlaydilar [1, 32]. Modernistlar san'at va adabiyot kuchidan foydalanib o'zlarining ierarxik maqsadlarini olg'a suradilar, postmodernistlar jamiyki ilmlar jamlanmasiga erishganlari sabab o'zlariga berilgan imkoniyatdan foydalanib ancha kuchli anarxiyaga moyil hisoblanadilar. Ular uchun nimanidir tan olishdan va unga ishonib yashashdan ko'ra o'zini oqlamagan juda ko'p qarashlar va oqimlarni rad etib o'zini erkin his qilib yashash muhimroq.

XULOSA

Xulosa o'rnida shuni aytishimiz mumkinki, postmodernizmning paydo bo'lish sabablari va rivojlanish

bosqichlari uning alohida oqim sifatida qaralishi kerakliligiga

March, 2022

urg'u beradi. Modernistlar o'z asarlarida inson psixologiyasidagi buzilishlar hayotning barcha jabhalarida, hoh u ijobiy bo'lsin hoh salbiy, ommaviy va tezkor o'zgarishlar sabab kelib chiqqanligini va insonlar o'zlarining shu xususiyatlarini taraqqiy ettirish orqali bu o'zgarishlarni yengib o'ta olishlarini ta'kidlagan bo'lsalar, postmodern yozuvchilar o'zlarining postmodern qahramonlari haqiqat va uydirma o'rtasidagi farqni anglab yetgan endi ularni tarix kitoblarida yoki "umumhaqiqatlarni" ko'rsatish uchun mo'ljallangan boshqa kitoblarda o'zlari haqiqat deb qabul qilgan yoki haqiqat deb ishongan narsalariga ishontira olmaydilar. So'ng so'z o'rnida shuni qayd qilishimiz kerakki, postmodernizmning, natijasi o'ta ayanchli tugagan ikkita jahon urushiga sabab bo'lgan va "birlashish" g'oyasi ostida harakat qilgan modernizmdan o'zining mantiqiy qarashlari bilan farqlanishini va uning ahamiyati hamda ko'lamini inobatga oladigan bo'lsak postmodernizm oqimini yanada chuqurroq o'rganish talab etiladi.

REFERENCES

1. Appignanesi R., Garratt Ch. Postmodernizmga kirish. - BQ.: 1999. - B. 193.

2. Butler Ch. Postmodernizm. Qisqacha kirish. - AQSH.: 2002.

3. Lyotard J.F. Postmodern holat: Ilmlar sarhisobi. - BQ.: 2010. - B. 23

4. Malpas S. Postmodern. - BQ.: 1999.

5. https://blogs.bu.edu/dscott/files/2011/05/Lecture-on-postmodernity-David-Wm-Scott.pdf

March, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.