Научная статья на тему 'INFORMATIKA O‘QITISH METODIKASI YO‘NALISHI BO‘YICHA BAKALAVR-O‘QITUVCHILARNI TAYYORLASHDA MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL ETISH SHAKLLARI'

INFORMATIKA O‘QITISH METODIKASI YO‘NALISHI BO‘YICHA BAKALAVR-O‘QITUVCHILARNI TAYYORLASHDA MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL ETISH SHAKLLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
101
31
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
informatika o’qitush metodikasi / bakalavr / mustaqil ta’lim

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Alisher Kamolov

Ushbu maqolada informatika o‘qitish metodikasi yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr-o‘qituvchilarni tayyorlashda mustaqil ta’limni tashkil etish shakllari to’g’risida batafsil ma’lumot keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INFORMATIKA O‘QITISH METODIKASI YO‘NALISHI BO‘YICHA BAKALAVR-O‘QITUVCHILARNI TAYYORLASHDA MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL ETISH SHAKLLARI»

INFORMATIKA O'QITISH METODIKASI YO'NALISHI BO'YICHA

BAKALAVR-O'QITUVCHILARNI TAYYORLASHDA MUSTAQIL TA'LIMNI TASHKIL ETISH SHAKLLARI

Alisher Kamolov

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada informatika o'qitish metodikasi yo'nalishi bo'yicha bakalavr-o'qituvchilarni tayyorlashda mustaqil ta'limni tashkil etish shakllari to'g'risida batafsil ma'lumot keltirilgan.

Kalit so'zlar: informatika o'qitush metodikasi, bakalavr, mustaqil ta'lim

ORGANIZING FORMS OF INDEPENDENT EDUCATION IN THE

TRAINING OF BACHELOR TEACHERS IN THE DIRECTION OF INFORMATICS TEACHING METHODOLOGY

Alisher Kamolov

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: This article provides detailed information on the forms of independent education in the training of bachelor teachers in the field of computer science teaching methodology.

Keywords: computer science teaching methodology, bachelor's degree, independent education

Mustaqil ta'limning ikki asosiy shakli, ya'ni auditoriyada va auditoriyadan tashqaridagi mustaqil ta'limni tashkil etuvchilari aniqlandi.

a) Auditoriyada mustaqil ta'lim tashkil etuvchilari:

- hamkorlikdagi mustaqil ta 'lim: mustaqil ta'limning bu turi bevosita o'qituvchi va talabaning o'zaro hamkorligida tashkil etiladi, o'qituvchi talabalarga mustaqil ishlarni bajarishlari uchun amaliy yordam beradi, ma'lum yo'l-yo'riqlar, ko'rsatmalar, maslahatlar berib boradi, talabalar ular asosida mustaqil ta'lim oladilar;

- o'qituvchi: o'z pedagogik faoliyati davomida talabalarni mustaqil o'zlashtirishlari uchun qo'shimcha o'quv materiallari va ular mazmuniga doir mustaqil ish va topshiriqlar tayyorlaydi hamda talabalarga ularni bajarishlari uchun tegishli ko'rsatmalar beradi;

- talaba: o'qituvchining ko'rsatmalari asosida mustaqil ijodiy ish bilan shug'ullanadi. O'qituvchidan maslahat olgan holda amaliy ishlarni bajarish metodlari, vositalari va shakllarini tanlaydi, amaliy ishlar hamda ijodiy topshiriqlarni bajaradi;

I icclT^^^^H 755 http://oac.dsmi-qf.uz

- metodlar, shakllar, vositalar: o'qituvchi tamonidan tavsiya qilingan mustaqil ishlash metodlari, vositalari va shakllarini qo'llash asosida talabalar texnologik jarayonlar va texnik ob'ektlarga oid topshiriqlarni mustaqil tanlaydilar hamda ijodiy bajaradilar;

- o'qituvchi nazorati: o'qituvchi talaba bajargan texnologik amallarni tahlil qiladi. Talaba mustaqil ishlarni bajarish jarayonida yo'l qo'yilgan xatolarni aniqlaydi, amaliy faoliyat usullarini ko'rsatib beradi.

- tuzatish kiritish: o'qituvchi aniqlagan xatoliklar bartaraf etiladi hamda amaliy ishlarni bajarishning eng maqbul usullari ko'rsatiladi;

- natija: bitiruvchilar yo'riqnomalar asosida mustaqil ish bajara oladigan, ijodiy tafakkurga ega, texnologik jarayon va texnik ob'ektlarni tanlab, samarali faoliyat olib boradigan mutaxassis bo'ladi.

b) Auditoriyadan tashqarida mustaqil ta'lim tashkil etuvchilari:

- individual mustaqil ta 'lim: talaba egallagan bilimi, ko'nikma va malakalaridan amaliy faoliyatida foydalanib, individual mustaqil ta'lim oladi;

- talaba: egallagan bilimi, ko'nikma va malakalari asosida mustaqil ijodiy shug'ullanadi. O'z amaliy faoliyatiga mos holda mustaqil ta'lim olish shakl, metod, vositalarini o'zi tanlaydi;

- psixologik motivlar: talaba o'z xohish-istagi, ma'naviy ehtiyoji va qiziqishlaridan kelib chiqqan holda mustaqil ishlaydi. Texnologik jarayon va texnik ob'ektlarni o'z qobiliyatiga tayangan holda tanlaydi va ular bilan bog'liq masalalarga yechim topadi;

- o 'z-o Zini nazorat qilish: talaba texnologik jarayonga oid o'zi bajargan mustaqil ishga tanqidiy qaraydi va xatolardan xulosalar chiqaradi. Mustaqil faoliyat samaradorligini oshirish uchun maqbul usullar qo'llaydi;

- yangilikyaratish: talaba o'z xulosalari asosida mustaqil ishlash usuliga muhim o'zgartirishlar kiritadi;

- natija: talaba o'zining intellektual qobiliyatiga mos holda mustaqil ish bajara oladigan, ijodiy tafakkurga ega, texnologik jarayon va texnik ob'ektlarni mustaqil tanlay oladigan va mustaqil ijodiy faoliyat olib boradigan yetuk mutaxassis sifatida namoyon bo'ladi.

Mustaqil ta'limni tashkil etish metodikasi bevosita B. Blumning bilim olish sohasidagi o'quv maqsadlari taksonomiyasi asosida quyidagi olti toifadagi asosiy o'quv maqsadlaridan iborat holda qarab chiqildi:

O'quv maqsadlaming ushbu olti asosiy kategoriyalarini texnologik jarayonlarda va texnik ob'ektlarni qo'llashda, mustaqil ta'lim jarayonidagi ko'rmishlarini ochib berishga harakat qilindi.

1. Texnologik jarayon va texnik ob'ektlar haqidagi bilimlarni mustaqil bilish -ushbu kategoriya kasb ta'limi yo'nalishi talabalarining mustaqil ta'lim olish jarayonida egallangan texnik hamda texnologik ma'lumotlarni xotirada saqlab qolish, mustaqil tafakkurlash natijasida qayta esga tushirish, ijodiy erkin fikrlash, mustaqillik xususiyatlarini namoyon etish kabi o'quv maqsadlarini ishlab chiqishni nazarda tutadi(1-rasm).

Bilish

Mu s t a qil t a' limning texnik xususiyatlarini bilish

Texnik ata malar Texnik iboralar Texnik sanalar Texnik faktlar Texnik sonlar Texnik muddatlar Texnik dalillar va boshqalar

Mustaqil ta'lim olishiimg t exink usullarini bilish

Texnik ktrrinishlar Texnik mezonlar Texnik sinflar Texnik yo:llar Texnik yo'nalishlar Texnik toifalar va boshqalar

Umumiy tu s hunch a

sifatida texnik nazarivalarini bilish

Texnik qoidalar Texnik hodisalar Texnik asoslar Texnik qonunlar Texnik nazariyalar Texnik t a mo villa r

1-rasm. Informatikani o'rganishda Texnologik jarayon haqidagi bilimlarni mustaqil

bilish

2. Texnologik jarayon va texnik ob'ektlarning amaliyotga joriy etilishini tushunish - mustaqil ta'lim olish turlarining bir turdan ikkinchisiga o'zgarishi, kasb ta'limi yo'nalishi talabalarining mustaqil ishlarni tushuntirishi, natijalariga ta'sir qiluvchi takliflar kiritish, texnik vaziyatlarning o'zgarishini nazarda tutadi(2-rasm).

2-rasm. Texnologik jarayon va texnik ob 'ektlarning amaliyotda joriy etilishini

tushunish

3. Texnologik jarayon va texnik ob'ektlarni amaliyotda qo'llash - mustaqil ta'lim jarayonida amaliy faoliyat bilan shug'ullanish, texnologik jarayon hamda texnik

ob'ektlarni amaliyotda qo'llash ko'nikma va malakalarini shakllantirish. Ushbu faoliyat davomida texnologik jarayon va texnik ob'ektlarni qo'llash qoidalari, usullari, shakllari nazariyalari sinab ko'riladi (3-rasm).

Qo'llash

-4-= Mustaqil ta'lim nazariyalarini amaliyotda qo'llash Mustaqil ta'lim usullarini amaliyotda qo'llash =-*- Mustaqil ta'lim ketma-ketligini amaliyotda qo'llash

Mustaqil ta'limning hozirgacha bo'lgan umumiy tushunchalarini bevosita texnologik jarayonlarda qonun-qoidalarini qo'llash

Mustaqil ta'lim shakllarini, yo' llarini, asosiy ko' rinishlari va turlarini texnologik jarayon va texnik ob'ektlarni o 'rganishda qo' 11a sh

Mustaqil ishlarning o'zaro algoritmini ularni bajarishda mustaqil fikrlashning rivojlanishi

3-rasm. Texnologik jarayon va texnik ob 'ektlarni amaliyotda qo 'llash 4. Texnologik jarayon va texnik ob'ektlarning tahlili -texnologik jarayon hamda texnik ob'ektlar unsurlarini tahlil etib ular orasidagi munosabatni o'rganish. Mustaqil ta'limni tashkil etish asoslarini bilish. Mustaqil ta'lim natijalari, tushunish va qo'llashga qaraganda, yuqori intellektual darajali tavsiflanganligi sababli mustaqil bilim olish mazmunini hamda uning tarkibiy tuzilmasini bilishni talab qiladi (4-rasm).

Texnologik jarayon va

texnik ob'ektlarni o'rganishda mustaqil ta'lim unsurlari tahlili

Tahlil

Texnologik jarayon va texnik ob'ektlarni o'rganishda mustaqil ta'lim usullari o'rtasidagi munosabat

Texnologik j arayon va texnik ob'ekt larni o'rganishda mustaqil ta'lim tamoyillari tahlili

Texnologik jarayon va

texnik ob'ektlarni o 'rganishda mustaqil ta'lim jarayonini unsurlarga bo'lish, ularni ma Tum turlarga ajratish

Texnologik jarayon va

texnik ob'ektlarni o'rganishda mustaqil

ta'lim unsurlari o'rtasidagi uyg'un -likni ishlab chiqish, o'zaro bog'liqlik

Texnologik j arayon va texnik ob'ektlarni o'rganishda mustaqil ta'lim asoslarini tashkil qiluvchi unsurlar tahlili

4-rasm. Texnologik jarayon va texnik ob 'ektlarning tahlili 5. Texnologik jarayon va texnik ob'ektlarning sintezi - mustaqil ta'lim natijalari talaba o'quv faoliyatida mustaqillikka erishishni, ijodiy xususiyatga ega bo'lishini,

mustaqil ta'lim olishning adekvat usullarini, shakllarini ko'rinishlarini va tizimlarini vujudga keltirishni nazarda tutadi(5-rasm).

5-rasm. Texnologik jarayon va texnik ob 'ektlarning sintezi 6. Texnologik jarayon va texnik ob'ektlarni mustaqil ta'lim jarayonida baholash - talabalar tomonidan mustaqil ta'lim olish jarayonida egallangan bilimlar, metodlarni qabul qilingan maqsadni hisobga olgan holda baholash(6-rasm).

6-rasm. Texnologik jarayon va texnik ob 'ektlarni mustaqil ta 'lim jarayonida

baholash

Ushbu informatika o'qitish metodikasi yo'nalishi bo'yicha bakalavr-o'qituvchilarini tayyorlashda mustaqil ta'limni tashkil etishning metodlari va vositalariga to'xtalib o'tdik. informatika o'qitish metodikasi yo'nalishi bo'yicha ta'lim olayotgan bo'lajak bakalavr o'qituvchilarning mustaqil ta'lim olish ko'nikma va malakalarini shakllantirishda mustaqil ta'lim olishning auditoriyada va auditoriyadan tashqaridagi shakllar, mustaqil ta'lim olishning adekvat metodlari, o'quv maqsadiga ko'ra texnologik jarayonlarda va texnik ob'ektlarni qo'llashda, mustaqil ta'lim jarayonidagi ko'rinishlarini ilmiy asoslandi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Yuldasheva, S., & Madumarova, M. Section 5. Theory and History of Culture. European Journal of Arts, 148.

2. Yuldasheva, S. (2022). Level of Studying the Psychology of Reading in Foreign Countries. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 2(4), 28-36.

3. Yuldasheva, S. N. (2022). INNOVATIVE WAYS TO IMPROVE THE EFFICIENCY OF TRADE POLICY IN UZBEKISTAN. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(5), 505-508.

4. O'G'Li, I. T. L. (2022). SOVET ITTIFOQINING SOLIQ-BOJXONA TIZIMIGA BO'LGAN MUNOSABATI. Oriental Art and Culture, 3(3), 125-128.

5. oglu Habibjonov, I. T. (2022). The Notion of Secondary Designation in Customs Terminology. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 1(5), 257-260.

6. Habibjonov, I. (2021). PO 'LAT MO 'MIN IJODIDA ODOB-AXLOQ MASALALARI. Oriental Art and Culture, 2(4), 401-409.

7. Омоновна, С. (2022). ПРОФИЛАКТИКА КОНСЕРВАТСИЯСИ: КИТОБ ВА КУЛЁЗМА ХУЖЖАТЛАР, ЖАМИЯТДАГИ ТАРИХИЙ ЁДГОРЛИККА ЕТАЁТГАН ЗАРАРЛАРНИ ТУХТАТИШ ОМИЛИ СИФАТИДА. Oriental Art and Culture, 3(1), 527-535.

8. Аскарова, М. (2020). УЗБЕК АДАБИЙ ТАЩИДИ ТАРА^^ИЁТИ. Oriental Art and Culture, (V), 207-219.

9. To'Ychiyeva, S. N. M. (2022). OILADA BOLANI KITOBGA QIZIQTIRISHNING YO 'LIARI VA VOSITALARI. Oriental Art and Culture, 3(2), 367-372.

10. To'Ychiyeva, S. N. M. (2022). BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHDA AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZLARINING ROLI. Oriental Art and Culture, 3(2), 683-689.

11. Xolmatov, R. (2021). TURKISTONDA JADIDCHILAR JAMIYATLARINING PAYDO BO'LISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI. Oriental Art and Culture, 2(4), 433-439.

12. Matyakubova, T. R. (2015). POETIC CHARACTER AND ITS SPECIFIC FEATURES. ISI.

13. Матёкубова, Т. (2006). Еафур Гулом бадиияти. Т.: Фан ва технология.

14. Matyakubova, T. R. (2022). Lyric Experience in Gafur Gulam's Poetry. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 2(1), 15-18.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.