IMOM FAHRIDDIN ROZIYNING IBRATLI HAYOT YO'LI VA ILMIY
FAOLIYATI
Sohibjon Soyibjon o'g'li Umarjonov
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tayanch doktoranti [email protected]
Shonli tariximizda o'chmas iz qoldirgan ajdodlarimizning boy ilmiy merosi necha yillar, asrlar o'tsa ham avlodlar ta'lim-tarbiyasida muhim o'rin tutib kelmoqda. Ana shunday zodlardan biri Imom Fahriddin Roziy nomi bilan mashhur bo'lgan Abu Abdulla Muhammad ibn Umar al-Xusayn, hijriy 544 yilning 25 ramazonida milodiy 1149 yili Ray shahrida dunyoga kelgan1. Fahriddin Roziy otasining ismi Umar ibn Xusayn ibn Xasan ibn Ali bo'lib, uni Abulqosim deyishgan, Ziyovuddin esa uning taxallusi bo'lgan. Ziyovuddin Umar yorqin olim-ma'rifatparvar bo'lgan. U arab va fors tillarini, tabiiy fanlarni, tibbiyotni falsafani yaxshi bilgan. Ziyovuddin Umar juda ham ilm-ma'rifatli inson bo'lgan. Shuning uchun ham u o'z o'g'li Fahriddin Roziyning tarbiyasi va ta'limi bilan astoydil o'zi shug'ullangan. Fahriddin Roziy o'zining ilk ta'limini otasidan olgan va kalom va fiqhda Ziyovuddin Umar uning birinchi ustozi hisoblanadi. Keyinchalik ilohiyotga, kalom ilmiga doir "Nihayat al-uqul fi ilm al-usul", "Munazarat fi bilad ma vara al-nahr", "Muhassal afkar al-mutaqadimin val-muta'akhirin", "Al-Arbain fi usul al-din", "Ma'alim usul al-din", "Asrar al-tanzil va-anvar al-tavil", "Al-matalib al-aliya min al-ilm al-ilahi", "Al-Tafsir al-kabir" yoki "Mafatih al-gayb"3 kabi asarlar yozib islom dini va islom ilohiyoti rivojlanishiga katta hissa qo'shgan. Shu boisdan allomaga "Fahriddin" ya'ni "dinning fahri" yuksak unvoni berildi. Keyinchalik Fahriddin Roziyning Islom diniga doir xizmatlarini qadrlagan holda butunlay Imom darajasi ko'targan va ismiga ham ushbu nom - "Imom Fahriddin Roziy" sifatida qo'shib aytilgan.
Ziyovuddin Umarning vafotini Roziyning qaydnomalariga asoslanib yevropalik olim Ayman Shihadeh hijriy 559, milodiy 1164-yil ekanligini o'z tadqiqotlarida berib o'tadi.4 Otasining o'limidan so'ng Fahriddin Roziy o'z ta'limini davom ettirdi. Ana shu maqsadda Fahriddin Roziy Simnon shahriga (Shimoliy
Ayman Shihadeh. "The Teleological ethics of Fahr al-Din al-Razi". Brill Leiden Boston, 2006. - 4 p.
2 Yacin Ceylan. "Theological and Tafsir in the major works of Fakhr al-Din al-Razi". Thesis presented for the degree of Ph.D. in the Faculty of Arts, University of Edinburg.1980. - p 8
3 Ayman Shihadeh. "The Teleological ethics of Fahr al-Din al-Razi". Brill Leiden Boston, 2006. - 8-10 p
4 Ayman Shihadeh. "The Teleological ethics of Fahr al-Din al-Razi". Brill Leiden Boston, 2006. - 4 p
April 21-22
717
Eronda) boradi va bu yerda Kamol Simnoniydan falsafa va mantiqni o'rganadi va bu yerda Majduddin Jiliy bilan ilm fandan turli savol-javob, bahs-munozaralarni olib boradi. Bu vaqtda Majduddin Jiliy Ozarbayjonning Marog'a shahriga ketadi. Majduddin Jiliy izidan bir qancha vaqtdan keyin Fahriddin Roziy ham o'sha yerga boradi va al-Jiliydan ilohiyot (ilm al-kalom) va falsafa (hikma) ni o'rganadi.5 U yerda Fahriddin Roziy turli fan sohalarini o'zlashtirishga kirishadi. Yuksak qobiliyati orqali Fahriddin Roziy tabiatshunoslik, mantiq, falsafa, tibbiyot, tarix, adabiyot va boshqa fan sohalarida tez orada katta muvafaqqiyatlarni qo'lga kiritadi Bu vaqtd a u endigina 17 yoshda edi. Bu yoshda Fahriddin Roziy Xorazmga sayohat qilib, Xirot va Balx shaxarlarida ham bir necha kun to'xtadi. Xorazmda Fahriddin Roziy mutaziliylar bilan ilohiyot va falsafadan baxslar qilgan. Fahriddin Roziy O'rta Osiyolik mutafakkirlarning, ayniqsa Forobiy va Ibn Sinolarning falsafaga oid me'roslarini o'rganish maqsadida uzoq vaqt O'rta Osiyo va Buxoroda yashadi. Roziy hijriy 580-yilda Benu Maza bilan ko'rishmoq uchun Xorazmdan Buhoroga yo'lga chiqadi. Buhoroda Benu Mazani topolmagan Roziy ko'p kasallikga chalingan va juda muhtojlikda yashagan. David at-Taybiy ismli savdogar moddiy jihatdan yordam beradi va uning tashabbusi bilan arab savdogarlaridan yeg'ilgan zakotni Roziyga beradi. Buhoroda ortiq qolmagan Roziy milodiy 583-yilda Rayga qaytadi.6 Shuningdek bu haqida uning zamondoshi tarixchi Ibn al-Qiftiy shunday guvohlik beradi: "David Taybiy ismli bir savdogar bor bo'lib, u Najib nomi bilan mashhur edi. U mehribon va sahiy odam edi. U doimo qiyinchilikga uchragan olimlarni moddiy va ma'naviy rag'batlantirib turardi. U Fahriddin Roziy haqida shunday dedi: "Men Fahriddin Roziyni unitilgan Buxoroning bir chetida uchratdim, u juda og'ir ahvolda edi, uning yuzlari siniqqan holda edi. U menga haqiqiy do'st sifatida, o'zining kasalligi va moddiy ahvoli og'irligi haqida aytdi. Men juda unga achindim va kasbdoshlarimdan pul yig'ib, unga yo'l harajatlarini berdik va u Xuroson tomonga ketdi."7
Fahriddin Roziyning Buxorodan Ray (Xuroson)ga sayohati haqida bizda aniq ma'lumot mavjud emas. Lekin, uning Ray shahrida ma'lum muddat yashab, ilm-fan bilan shug'illanib, kitoblar yozgani ma'lumdir. Ibn Hallikanning "Vafayat al-Ayan" asarida keltirilishicha bu yillarda Fahriddin Roziyning ikki o'g'li Raylik boy, tajribali
Tariq Jaffer. "Razi Master of Qur'anic Interpretation and Theological Reasoning". Oxford University Press, 2015. - p 14.
6 Harun KuQuk. Fahreddin er-Razi ve uluhiyyet anlayi§i; Yuksek lisans tezi. KONYO, 2008. -s 5
7 Моил Херавий. Шархи хол, зиндаги ва мунозироти Фахриддин Рози, Тегеран, 1363 г. хиджры. - С 32
April 21-22
718
^^pecialistsjn^heFeldofTgnpgr^
tabibning ikki qiziga uylanadi. Tez orada tabib vafot etib, undan qimmatli meros
Q
qolgan edi. Endilikda Fahriddin Roziy moddiy qiyinchiliklardan qutiladi.
Ziyovuddin Umar (Fahriddin Roziyning otasi), Kamol Simnoniy, Majduddin Jiliy va Abdul Karim Saraxsiylar Fahriddin Roziyning haqiqiy olim ustozlaridir. Ular Fahriddin Roziydan o'z bilimlarni ayashmaganlar. Fahriddin Roziy O'rta Osiyo va Eron shaxarlariga ko'p sayohatlar qilgan. U Samarqand, Xo'jand va Hindistonda bo'lgan. U o'z sayohatlari davomida o'z davrining ko'plab taniqli odamlar, olimlar, shoirlar, faylasuflar, ilohiyotchilar va hukmron tabaqalar bilan uchrashdi.
Fahriddin Roziy, prof. Boltaev M.N. aytganidek, uquvli, idrokli sezgir noyob mutafakkir edi. U o'z raqiblarini kuchli va kuchsiz jihatlarini fosh qila olardi. Fahriddin Roziy O'rta Osiyo va Eronda uchrashgan taniqli olim va jamoat arboblari bilan falsafa, ilohiyot sohalaridagi turli muammolar ustidan bahslashardi. Tarixiy ma'lumotlarning guvohlik berishicha, u Buxoroga borganida Arziddin Nishopuriy, Nuriddin Sabuniy, Rukniddin Qazviniy, G'aznada esa shu shaxarning qozisi bilan Samarqanda esa Fahriddin G'iloniy bilan, Hirotda G'iyosiddinlar bilan ilmiy bahslar olib borgan. Bunday baxslarning birida u mutaziliylar foydasiga bir qancha dalil va asoslar keltirdi. Baxs qatnashchilari unga qarshi biron-bir fikr bildira olishmadi. Yana shunday anjumanlarning birida u mutaziliy olimlarni qattiq tanqid qilib chiqadi. Baxs qatnashchilari Fahriddin Roziyning bu fikrlaridan norozi bo'lishdi va olimlar o'rtasida fitna o'yg'ondi. Ularning orasidan hech biri Fahriddin Roziy kabi ilm va mantiqni sehrli bayon qilib bera olish qudratiga ega bo'lmagan. Lekin Fahriddin Roziyning niyati yuqoridagi olimlar aql zakovatini sindirish mahv etish emasdi9.
Milodiy 583-yilda Buhorodan o'z shahriga qaytgan Roziy bir muddat Rayda yashaydi so'ngra yana Buhoroga borish uchun yo'lga chiqadi. Sarahsdaligida Abdurahmon Abdulkarim as-Sarahsiy ismli bir doktor bilan tanishadi. Doktor o'zida mavjud bo'lgan Ibn Sinoning "al-Qonun" asari ustida fikr almashadi. Shundan so'ng Roziy Smarqandga yo'l oladi. 1186-yilda Samarqandga yetib kelganida uning asarlari bu shaharda allaqachon mashhur bolgan edi. Farid al-G'aylani ismli bir muallim Roziyning "al-Mabahis ul-Mashriqiyya", "Sharx ul-Isharat vat-Tanbehot" va "al-Mulahhas" kabi asarlarini o'z tolibi ilmlariga o'rgatayotgan edi. Roziy bu yerda Fahriddin G'iloniy bilan munozaraga kirishadi. Bu haqida u "Munozara" ri solasida quyidagilarni qayd etgan: "Men Samarqandda bo'lgan chog'imda bu yerda Fahriddin G'iloniy ismli odam yashashini eshitdim. U mustahkam xotiraga ega bo'lsa ham,
M. Saghir Hasan Masumi, "Imam Razi's Ilm al-akhlaq". Kitab Bhavat.: New Delhi, 1992. - p 2.
9 Болтаев М.Н. Вопросы гносеологии и логики в произведениях Ибн Сины и его школы, Душанбе, 1965. - С 188
https://tstu.uz/
April 21-22
International Scientific and Practical Conference
yetarli bilimga ega emas ekan, shuning uchun u amaliy va nazariy muammolarni bir-biridan chuqur ajrata olmas ekan. Uning aytishicha, o'zi yozgan kitobi Ibn Sinoning falsafiy qarashlarini rad etishdan, uning fikrlarini noaniq va tushunarsiz ekanligini isbotlashdan iborat edi. Va men unga shunday javob berdim: "Ibn Sinoning dunyoning abadiyligi to'g'risidagi, harakat va osudalik haqidagi fikrlari mutlaqo haqiqatdir."10 Roziy o'zining sayohatlari to'g'risida shunday yozadi: "Movorounnahrga sayohatim davomida birinchi bo'lib Buhoroga, so'ngra Samaqandga, keyin esa Hirot, Banokat, G'azna va Hindistonga boraman. Bu shaharlarning har birida fozil kishilar va olimlar bilan munoza va baxslar qildim."11 Fahriddin Roziy bu shaharlarda ko'plab olimlar bilan uchrashadi va ular bilan mantiqning ba'zi muammolari ustida baxs olib boradi. Fahriddin Roziy bu haqida "Munozarat" risolasida shunday deb yozadi: "Men Buxoroga borganimda Ziyovuddinning shogirdi bo'lgan Rukniddin Qazviniy (vaf.1236 y.) meni yonimga tashrif buyurdi. U men bilan xukm, xulosa va taxlillar borasidagi savollar bilan
1 9
baxsga kirishdi." Roziy Samarqand sayohatidan so'ng Xorazmga Sulton Alouddin Takash bilan uchrashish uchun yo'lga chiqadi. Xorazmda Sultonning o'g'li Muhammadga bir muddat ta'lim beradi.
O'rta Osiyo shaxarlariga sayohatidan so'ng Fahriddin Roziy Rayda o'zining ilmiy maktabiga asos soldi va unda o'zi dars berdi. Yana shuni ta'kidlash kerakki, Fahriddin Roziy faqat Ray shahrida emas, Hirot, Xorazm, Bomiyon, G'azna va yana shuningdek O'rta Osiyo va Eron shaxarlarida dars bergan va ma'ruzalar o'qigan.
Fahriddin Roziydan avval Forobiy va Ibn Sinolar Aristotel mantiqiy tizimini shakllantirdi va o'z mantiqiy fikrlari bilan ba'zi kamchiliklarini to'griladi.
Ibn Sinoning mantig'i, ayniqsa, sillogistik xulosa chiqarish to'g'risidagi ta'limotiga keyingi mutafakkirlar katta qiziqish bilan qaraganlar. Xususan Faxriddin Roziy mantiqiy ta'limotini rivojlantirishda o'zidan oldingi o'tgan Ibn Sino ta'limotlariga tayanadi, ba'zan esa undan ham o'tib ketadi. "O'zining mantiqiy
ta'limotida, Fahriddin Roziy o'tmishdoshi Abu Ali Ibn Sinoning mantiqiy
1
nazariyasidan kelib chiqqan va qaysidir darajada uning ta'limotini rivojlantirgan" deb ta'kidlaydi professor M. N. Boltaev. Fahriddin Roziy Ibn Sinoning "At-Tanbehot v-al-Ishorot" va "Mulaxxas" kabi asarlarini o'qib-o'rgangan. U "Sharh-at-Tanbehot
Моил Херавий. Шархи хол, зиндаги ва мунозироти Фахриддин Рози, Тегеран, 1363 г. хиджры. - С 212-213
11 Нагип Кидик. Fahreddin ег-Н^ ve uluhlyyet anlayi§i; Yuksek lisans tezl. KONYO, 2008. -s 5.
12 Болтаев М.Н. Вопросы гносеологии и логики в произведениях Ибн Сины его школы, Душанбе, 1965. // Моил Херавий. Шархи хол, зиндаги ва мунозироти Фахриддин Рози, Тегеран, 1363 г. хиджры. - С 193
13 Болтаев М.Н., Вопросы гносеологии и логики в произведениях Ибн Сины и его школы. - Душанбе: Ирфон, 1965. - С213
April 21-22
720
v-al-Ishorot Ibn Sino" va "Sharhi mulaxxasi Abu Ali" asarlarida ularni ilmiy nuqtai nazardan sharhlagan. O'z faoliyati davomida Fahriddin Roziy ko'plab sohalarda asarlar yaratgan. Eronlik olimlardan biri Said Muhammad Boqar Sabzavoriy mutafakkirning 70 ga yaqin asari mavjudligini ta'kidlab o'tgan. Yana boshqa bir olim Moil Xeraviy esa Fahriddin Roziyni 46 ga yaqin asari borligini ta'kidlaydi. U "Sharxi xol zindagi va munozorat Fahriddin Roziy" asarida Roziyning quyidagi mantiqqa doir asarlarini sanab o'tgan: "Sharxi Qonuni Abu Ali" ("Ibn Sinoning Qonuniga Sharx"), "Uyun ul-Hikma" ("Falsafaning mohiyati"), "Lubob ul-Ishorat" ("Ko'rsatmalarning o'zagi"), "Mulaxxas" ("Mantiqdan kichik kitob"), "Tafsiri kabir" ("Katta tafsir"),"Mantiq ul-kabir" ("Mantiqdan katta kitob"), "Nomudadi ul-ulum" ("Bilimlarning asosi"), "Abtol ul-qiyos" ("Yashirin sillogizm haqida"), "Hadoiq ul-haqiqat" ("Haqiqat bog'i"), "Risolat fil maoni mushoxabat" ("O'xshashlikning ahamiyati haqida risola"). Ammo bugungi kunda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharq qo'lyozmalar markazida Fahriddin Roziyning ilm ahliga ma'lum bo'lmagan "Latoif ul-g'iyosiyot"14 (Haqiqatning nozik jihatlari) asarining arab, fors va tojik tillaridagi ikki xil qo'lyozma nusxasi 10873, 2255 inventar raqamlari ostida saqlanayotgani haqida ma'lumot bermoqchiman va ushbu qo'lyozma asar ilmiy tadqiqotlarimizning asosiy manbasi hisoblanadi. Avvalgi ilmiy tadqiqotlarimiz davomida ushbu qo'yozmalar haqida bir nechta ilmiy izlanishlarimizda ma'lumotlar berib o'tgan edik.15 Maqsadimiz falsafiy doirada noma'lum ushbu asarni keng qamrovli o'rganib, falsafiy-germenevtik tahlil qilish orqali ilm ahliga tanitish hisoblanadi.
Buyuk ajdodlarimiz qoldirgan boy ma'naviy merosning naqadar muhim ahamiyatga ega ekanligini his etib, ularni to'g'ri yo'naltirish davr talabidir. Bugun unib-o'sayotgan yosh avlod allomalarimiz ma'naviy merosidan bahramand bo'lishi, ularnining tarbiyasida muhim ma'rifiy yo'l sanaladi.
REFERANCES
1. Ayman Shihadeh. "The Teleological ethics of Fahr al-Din al-Razi". Brill Leiden Boston, 2006. - bet 275
14 Ma'l. uchun. ï ^ * ^.^jujè Jl ul jlj jj^ll jLi O'zRFA Sharqshunoslik institutida saqlanadi (inv №10873)
15 Umarjonov, S. Fahriddin Muhammad ar-Roziyning (1149-1209) "Latoif ul-g'iyosiyot" asarining falsafiy-germenevtik tahlili. Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. T.:2020. -bet 121. // Umarjonov, S.S., Safarov, M.K. (2021). Fahriddin Roziyning "Latoif ul-g'iyosiyot" qo'lyozma asarida aql va e'tiqod masalasining qo'yilishi va uning diniy-falsafiy germenevtik tahlili. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(5), 1058-1068.
April 21-22
721
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-717-722
p
ort
2. Yacin Ceylan. "Theological and Tafsir in the major works of Fakhr al-Din al-Razi." Thesis presented for the degree of Ph.D. in the Faculty of Arts, University of Edinburg.1980. - p 264.
3. Tariq Jaffer. "Razi Master of Qur'anic Interpretation and Theological Reasoning". Oxford University Press, 2015. - p 244.
4. M. Saghir Hasan Masumi, "Imam Razi's Ilm al-akhlaq" Kitab Bhavat.: New Delhi, 1992. - p 333
5. Harun Ku?uk. Fahreddin er-Razi ve uluhiyyet anlayi§i; Yuksek lisans tezi. KONYO, 2008. -s 92.
6. Моил Херавий. Шархи хол, зиндаги ва мунозироти Фахриддин Рози, Тегеран, 1363 г. хиджры. - С 32
7. Болтаев М.Н. Вопросы гносеологии и логики в произведениях Ибн Сины и его школы, Душанбе, 1965. - С 188
8. Ma'l. uchun. ^ ^ '^Уи"/- Jl ^ .jlj j^l j^i O'zRFA Sharqshunoslik institutida saqlanadi (inv №10873)
9. Umarjonov, S. Fahriddin Muhammad ar-Roziyning (1149-1209) "Latoif ul-g'iyosiyot" asarining falsafiy-germenevtik tahlili. Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. T.:2020. -bet 121.
10. Umarjonov, S.S., Safarov, M.K. (2021). Fahriddin Roziyning "Latoif ul-g'iyosiyot" qo'lyozma asarida aql va e'tiqod masalasining qo'yilishi va uning diniy-falsafiy germenevtik tahlili. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(5), 1058-1068.
11. Umarjonov, S.S. (2021). Ijtimoiy - gumanitar fanlarni o'qitishda Fahriddin Roziyning ontologik qarashlarining o'rni va ahamiyat. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(9), 1029-1038.
12. Умаржонов, С. С. (2022). Онтологияда субстансия ва аксиденсияга доир таълимотнинг Фахриддин Розий томонидан ривожлантирилиши. Academic Research in Educational Sciences, 3(3), 961-968. https://doi.org/10.24412/2181-1385-2022-3-961-968
April 21-22