Научная статья на тему 'ILM VA ZIYO UYLARI VAQT VA MAKON TANLAMAYDI'

ILM VA ZIYO UYLARI VAQT VA MAKON TANLAMAYDI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
47
197
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
O‘zbekiston / SSSR / prefiks / malakali kutubxonachi / xonlik / madrasa / kutubxona / ruhiyat / texnika

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Yoqutxon Umidjon Qizi Nazirova, H.Soliyeva

Mazkur maqolada kutubxonalar qachon, qaysi davrda, qanday rivojlanganligi haqida so‘z boradi. Kutubxonalarning inson hayotidagi o‘rni, uning tarbiyaviy ahamiyatlari batafsil yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ILM VA ZIYO UYLARI VAQT VA MAKON TANLAMAYDI»

ILM VA ZIYO UYLARI VAQT VA MAKON TANLAMAYDI

Yoqutxon Umidjon qizi Nazirova Ilmiy rahbar: H.Soliyeva O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy

filialili

Annotatsiya: Mazkur maqolada kutubxonalar qachon, qaysi davrda, qanday rivojlanganligi haqida so'z boradi. Kutubxonalarning inson hayotidagi o'rni, uning tarbiyaviy ahamiyatlari batafsil yoritilgan.

Kalit so'zlar: O'zbekiston, SSSR, prefiks, malakali kutubxonachi, xonlik, madrasa, kutubxona, ruhiyat, texnika.

HOUSES OF SCIENCE AND INTELLECT DO NOT CHOOSE TIME AND

SPACE

Yakutkhan Umidjon kizi Nazirova Scientific supervisor: H.Soliyeva Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: This article talks about when, in what period, and how libraries developed. The role of libraries in human life and their educational importance are explained in detail.

Keywords: Uzbekistan, USSR, prefix, qualified librarian, khanate, madrasa, library, psychology, technology.

Kutubxona - har bir xalqning, jamiyki borliqning o'tmishi va hozirgi madaniyati saqlanadigan buyuk maskan. Negaki, xalqning tarixi, yashash tarzi, buyuk allomalari, fan yutug'lari, turli hil kashfiyotlari uning madaniyati hisoblanadi. Kutubxonadagi kitoblarni o'qib o'sha xalqning o'tmishi haqida bilib olish mumkin. Hattoki, kitoblarning mazmuniga qarab o'sha xaqlning kelajagini tasavvur qilish mumkin. Shuning uchun, kutubxonaga shunday ta'rif bersak hech ham mubolag'a bo'lmaydi. Kutubxona so'zi prefiks tomonidan yunonchadan olingan bo'lib biblio- bu "kitob" va qo'shimchani anglatadigan "uy"ga tegishli degan ma'nolarni anglatadi. Kutubxonaning gavhari kitob bo'lsa, uning poydevori kutubxonachi hisoblanadi. Kitobxonga xizmat ko'rsatish kutubxonaning asosiy faoliyati hisoblanadi. Kitobxonlarga xizmat ko'rsatishdagi kutubxonachining asosiy maqsadi, ularni adabiyotga bo'lgan talablarini imkon boricha to'liq qondirish va adabiyot tanlashlariga yordam berishdan iborat. Malakali kutubxonachining yana bir asosiy maqsadi va

I icclT^^^^H 326 http://oac.dsmi-qf.uz

vazifasi kitobxon talabini to'liq, tezkorlik va topqirlik bilan qonqirish hisoblanadi. Hech bir narsa o'z-o'zidan mukammal bo'lib qolmagan kutubxonalar ham shular jumlasidan, albatta. Kutubxonalar juda qadim-qadimdan rivojlanib, takomillashib kelmoqda. Kutubxonalar rivojlanishini biz 3 davrga bo'lishimiz mumkin. 1-davr milloddan avvalgi, 2-davr milodiy, 3-davr hozirgi zamon kabi davrlarga bo'lishimiz mumkin.

1-davr. Ushbu davrda yer yuzida, xususan O'zbekistonda ilk kutubxonalar paydo bo'la boshlagan. Ilk kutubxonalar miloddan avvalgi, ya'ni yozuv paydo bo'lishi, yozma va keyinchalik bosma qo'lyozma va kitoblarning ko'payishi orqali II-ming yillikda paydo bo'la boshlagan. O'zbekiston hududida esa milloddan avvalgi I-ming yillikda paydo bo'lgan. G'arbiy Yevropada kutubxonalar ibodatxonalar qoshida tashkil topgan. Osiyoda esa kutubxonalar masjid qoshida barpo bo'lganligi haqida aniq manbalar mavjud. Shundan ko'rinib turibdiki, kutubxonalarning vujudga kelib, asta rivojlana boshlashi milloddan avvalgi davrlarga to'g'ri keladi.

2-davr. II-davr I-davrdan butkul farq qiladi. Ya'ni, milodiy davrda quyi rivojlangan kutubxonalar vujudga kela boshlagan. Fanlar turli sohalarga ajratilgan, kerakli loy tablichkalar maxsus sandiqlarda saqlangan. XVIII-XIX asrlarga qadar ya'ni qog'oz kashf qilingungacha, insonlar yozish uchun bambuk, ipak, shoyi va shunga o'xshagan ko'pgina narsalardan foydalanganlar. Hammamizga ma'lumki, qurulish ishlari ya'ni ustachilik asosan erkaklarga xos ish hisoblanadi. Hozirgi kunda ham qisman shunday. Milodiy asrda me'morchilik unchalik rivojlanganligiga qaramasdan, ayol quruvchilar ham bo'lgan. Aynan mana shu ayol me'mor Fotima Al-Fihriy edi. Musulmon diniga mansub bo'lgan bu ayol kutubxona qurgan edi. Kutubxona Milodiy 854-yilda barpo etilgan. Kutubxonada bugungi kunga kelib 4000 dan ortiq kitob saqlanadi. Milodiy asrda juda ko'p kutubxonalar barpo etilgan bular biri aynan mana shu edi.

3-davr. Mening fikrimcha bu inson hayotida o'chmas iz qoldiradigan davr bo'lgan va bo'ladi. Negaki, bu davr o'z ichiga bir necha bosqichlarni olgan:

1. Xonliklar davridagi kutubxonalar

2. Sovet davridagi kutubxonalar

3. XI asrdagi kutubxonalar

"Kutubxona - inson ichki olami ruhiyatining eng katta xazinasidir" - faylasuf Leybnis. Kutubxona haqida ko'pgina olim, faylasuf, allomalarning mashhur so'zlari bor. Menga shularning ichidan Leybnisning ushbu so'zlari juda ham yoqadi. Boylik, mashina, mol-dunyo bu o'tkinchi havas. U narsalar bir kuni bor, bir kuni yo'q. Bilim esa insonning bitmas-tuganmas boyligi hisoblanadi. Uni hech kim ololmaydi. Shuning uchun o'tkinchi narsalarni havas qilmaslik, ularga ko'ngil qo'ymaslik kerak. Ilmli insonlarga havas qilish kerak va ularga o'xshash hattoki, ulardanda bilimli bo'lishga

327

http://oac.dsmi-qf.uz

harakat qilish kerak. Bunday bitmas-tuganmas boyliklarning zamini esa kutubxona hisoblanadi.

O'zbeklar tarixida 3 ta xonliklar bo'lgan. Bular: Buxoro amirligi (1500-1920), Xiva xonligi (1511-1920) va Qo'qon xonligi (1709-1876). Ushbu xonliklarning har biri o'z ulkan tarixiga ega. Shu bilan birgalikda ushbu xonliklar davrida juda ko'p katta kutubxonalar bo'lgan. Bu kutubxonalar xon saroylarida joylashgan. Negaki, xonliklar davrida kutubxonalar juda ulug'langan. Bunga isbot, kutubxonalar saroydagi namozxonalar oldida joylashgan. Kutubxonalar mana shu davrlarda ham ko'klarga ko'tarilgan, ulug'langan. IX-X asrlarda arab xalifaligi tarqoqlashib, XI asrning oxiriga kelib O'rta Osiyo hududida Somoniylar davlati barpo etiladi. Somoniylar poytaxti bo'lgan Buxoro amirligida juda ko'p kutubxonalar va kitob bozorlari tashkil etiladi. Xiva xonligi eng katta xonlik hisoblanadi. Xiva xonligida madrasalar ko'p bo'lgan. Shu bilan birgalikda madrasalar qoshida joylashgan kutubxonalar ham bo'lgan. Xivada Allaqulixon davrida ulkan madrasa qurilgan va madrasa ichida juda katta va kitob fondi ko'p bo'lgan kutubxona ham joylashgan. Xonning buyrug'i bilan kutubxona fondi xonning shaxsiy kitoblari bilan boyitilgan. Qo'qon xoni Xudoyorxon davrida qo'lyozma manbalarni yig'ish juda avj olgan. Kitoblarning ko'p qismi oddiy xalqdan yig'ib olingan. Shahrisabzlik mulla Muhammad-Rahim tomonidan Qo'qon kutubxonasiga bir necha muhum va mashhur qo'lyozmalar so'vg'a qilingan. Ushbu mashxur shaxs noyob kitoblarni yig'ishga juda qiziqgan va 27 yil u Hindiston, Afg'oniston va boshqa ko'pgina davlatlarda bo'lib, noyob kitoblarni qidirib topgan va ularni Qo'qon xonligiga sovg'a qilgan. Qo'qon xoni Xudoyorxonning kutubxonasidan hattoki saroy xodimlari va xizmatchilar ham foydalanganlar. Qo'qon xonligi davridan bizgacha ko'pgina tarixiy manbalar yetib kelgan. Bulardan biri "Qo'qon xonligi tarixi"asari saqlanib qolgan va u kitobdan biz hozirgi kungacha Qo'qon xonligi tarixini bilish uchun foydalanib kelamiz.

Sovet sotsialistik respublikalari ittifoqi, SSSR, Sovet Ittifoqi - sobiq Rossiya hududining qismi 1922-1991-yillarda mavjud bo'lgan mustabid davlat hisoblanar edi. Barcha davlatlar singari o'zbek xalqi ham boshqa xalqlar singari ko'plab aziyatlar kechgan. O'z tiliga, o'z erkiga, o'z mustaqilligiga ega bo'lmagan oddiy qaram davlat bo'lgan. Kutubxonalarda o'zbek xalqining taniqli, iqtidorli yozuvchi, shoirlarining asarlari, kitoblari saqlanishi butkul qoralangan. Yosh avlod Alisher Navoiy, Amir Temur, Bobur, Beruniy kabi buyuk allomalarimiz Abdulla Qodiriy, Behbudiy, Abdulla Qahhor kabi iqtidorli yozuvchi insonlarning avlodi ekanliklarini bilmas edilar. Chunki, ular haqidagi barcha ma'lumotlar kutubxonalardan butunlay yo'q qilib yuborilgan. Shunday bo'lishiga qaramasdan bizning dono xalqimiz ushbu bobokalonlarimizning kitoblarini yashirincha bo'lsa ham o'qib, o'rganganlar. Har qanday tazyiq va zug'umlarni yengib o'tishga harakat qilganlar. Oktabr to'ntarilishidan so'ng sovet ittifoqi davlatida kitob bosish birmuncha rivojlanib, ommaviy kutubxonalar ko'paya

I icclT^^^^H 328 http://oac.dsmi-qf.uz

boshladi. Lekin kutubxonalarda hali-hamon SSSR kitoblarining qudrati o'z kuchuni ko'rsatayotgan edi. SSSR davlatini yanada ko'klarga ko'tarish maqsadida marksizm-leninizm, ijtimoiy-siyosiy kitoblar kutubxonalarda qalashib yotar edi. Ayni o'sha davrda, ya'ni 20-30-yillarda, O'zbekistonda asrlar mobaynida saqlanib kelingan qo'lyozma kitoblar, ayniqsa diniy, tarixiy mazmundagi kitoblar, keyinroq qatag'onga uchragan o'zbek yozuvchilarining asarlari yo'q qilina boshlandi: o'tda kuydirildi, suvga tashlandi. Shuncha zug'um, xo'rlashlarga, nohaq ayblovlarga bardosh bera olgan bizning buyuk xalqimiz 1991-yil 31-avgust kuni o'z mustaqilligiga erishdi. Nafaqat o'z mustaqilligiga, o'z tilida, o'z konstitutsiyasiga, o'z davlat bayrog'i, gerbi, madhiyasiga erishdi. Eng quvonarlisi shundaki xaqlimiz buyuk bobokalonlarimizning hech qanday kalla kesar, xaql dushmani, xaql hoyini emasligiga amin bo'ldi. Ularning asarlari insonlarni yomonlikka emas faqat va faqatgina yaxshilikka chorlashini bilib, tushunib oldilar. Buyuk allomalarimizning asarlarining ko'p qismi SSSR hukumati tomonidan yo'q qilib yuborilgan bo'lsada biz ularni faqatgina yaxshi hotira bilan eslaymiz. Hozirgi kunda juda ko'p allomalarimizning nodir kitoblari kutubxonalarimizni to'ldirib ko'rkiga yanada ko'rk qo'shib turibdi.

XXI-asr ilm-fan, texnika asri. Barcha narsalar takomillashib borayotgan bir davrda, kutubxonalar ham kundan-kunga zamonaviylashmoqda. Oldinlari kitob olish uchun qancha masofani bosib bo'lsa ham kutubxonaga borilar edi. Endi esa ko'z ochib yumguncha o'sha kitoblarni ijtimoiy tarmoqlar orqali topib olish mumkin. Bejizga XXI-asr texnika asri emas. Hozirgi kunda barcha davlatlardagi kutubxonalar aftomatlashtirilmoqda bunga misol qilib biz Germaniya, Fransiya, AQSH, Rossiya, Italiya kabi ko'pgina rivojlangan davlatlarni aytishimiz mumkin. Ushbu sanab o'tilgan kutubxonalar ichida biz hech ikkilanmasdan O'zbekistonni ham qo'sha olamiz. O'zbekistonda ham bir nechta zamonaviy kutubxonalar bor. Bularga misol qilib biz Alisher Navoiy nomidagi milliy kutubxonani aytishimiz mumkin. Biz yoshlarga shunday qulay sharoitlar yaratilayotgan ekan biz ulardan oqilova foydalana olishni bilishimiz kerak. Hech bir narsa kitobchalik bilim, odob, tarbiya bera olmaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Tohirov. Z. "O'zbekiston tarixi"-Toshkent:Universitet nashriyoti,1997.-305 b.

2. To'ychiyeva. S. "Madaniyat va san'at muassasalarida targ'ibot-tashviqot ishlari".-Toshkent:Fan ziyosi nashriyoti,2021.-54 b.

3. Kalonov.K "Madaniyat sotsiologiyasi"-Toshkent: Innovatsiya-Ziyo nashriyoti. 2020.-38 b.

4. Qamariddin. U. "O'zbekiston tarixi".-Toshkent: O'qituvchi nashriyoti.2009.-5

b.

329

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.