Научная статья на тему 'KITOBNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI'

KITOBNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
311
46
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
kitob tarixi / papirus / pergament / Avesto / iyeroglif / bosma uskuna / bibliografiya / elektron kitob

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Sohiba Yo’Ldasheva

Ushbu maqolada kitobni jamiyatda komil shaxsni shakllantirishdagi axamiyati, barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu donishning asosi, hayotni yaratuvchi murabbiy ekanligi haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, kitobning ijtimoiy-psixologik xususiyatlariga to’xtalib o’tiladi. Kitob va kitobat ishining tarixiy jarayonlari va hozirgi kunda kutubxonachilik ishida erishilgan yutuqlar, elektron kitoblar to’g’risida ma’lumot beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KITOBNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI»

KITOBNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Sohiba Yo'ldasheva

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada kitobni jamiyatda komil shaxsni shakllantirishdagi axamiyati, barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu donishning asosi, hayotni yaratuvchi murabbiy ekanligi haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, kitobning ijtimoiy-psixologik xususiyatlariga to'xtalib o'tiladi. Kitob va kitobat ishining tarixiy jarayonlari va hozirgi kunda kutubxonachilik ishida erishilgan yutuqlar, elektron kitoblar to'g'risida ma'lumot beriladi.

Kalit so'zlar: kitob tarixi, papirus, pergament, Avesto, iyeroglif, bosma uskuna, bibliografiya, elektron kitob.

SOCIAL-PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF THE BOOK

Sohiba Yoldasheva

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: This article discusses the importance of the book in the formation of a perfect person in society, the basis of all creativity, creativity and intelligence, knowledge, and the teacher who creates life. The socio-psychological features of the book are also discussed. Information about the historical processes of book and library work and the achievements of librarianship and electronic books will be provided.

Keywords: book history, papyrus, parchment, Avesta, hieroglyphs, printing equipment, bibliography, e-book.

Kitob - axborotlarni, g'oya, obraz va bilimlarni saqlash hamda tarqatish vositasi, bilimlar targ'iboti va tarbiya qurolidir. Xalqaro statistikada YUNESKO tavsiyasiga ko'ra, hajmi 48 sahifadan kam bo'lmagan, taboqlab tikilgan nodavriy nashrlarni, shartli ravishda kitob deyish qadul qilingan.

Qog'ozning kashf qilinishi kitob tarixida yangi davrni ochib berdi. Qog'oz tayyorlashni Xitoylik Say Lun o'zidan oldingi izlanishlarni hisobga olib, 105 yilda ixtiro qilgan. Bu ixtiro bir necha asr sir saqlangan. Say Lun qog'oz tayyorlash uchun o'simliklarning bo'tqasidan foydalangan.

Bugungi kunda kitoblarning zamonaviy ko'rinishlari barchamizni ko'zlarimizni quvnontiradi. Bu kitoblardan bilim olish hamda ularni avaylab-asrash har birimizning insoniy burchimizdir.

Insoniyatning ijtimoiy, madaniy va tarixiy rivojlanishida buyuk ahamiyat kasb etgan kashfiyotlardan biri - shubhasiz bu kitobning yaratilishidir. Aynan ushbu kashfiyoti bilan insoniyat makon va zamon kabi o'lchamlarni yengib o'ta oldi. Kitob tufayli biz qadim ajdodlarimizning turmush tarzi, fikrlari, dunyoqarashi, turli davrlarda va hududlarda bo'lib o'tgan voqea- hodisalar haqida ma'lumotga ega bo'lamiz.

Kitoblar hozirgi shakliga kelguncha o'zoq yo'lni bosib o'tgan.

Bundan bir necha ming yillar ilgari qadimgi bobilliklar, ossuriyaliklar va boshqa qadimgi dunyo xalqlari kitob sifatida sopoldan foydalanganlar.

Xitoyda esa, dastlabki kitoblar bambuk daraxtidan qilingan plastinkalarda yozilgan. Keyinchalik xitoylar shoyiga yozishni, eramizning I asrida esa, qog'ozga yozishni ixtiro qilishdi.

Qadim madaniyat beshiklaridan biri Misrda dastlabki kitob matnlari tosh bo'lakchalariga o'yib yozilgan. Keyinchalik papirus ixtiro qilindi. Papirus jahon madaniyati rivojining yuksak namunalaridan biri sifatida insoniyatga uzoq vaqt mobaynida xizmat qildi.

Eramizdan avvalgi ikkinchi asrda Pergam (hozirgi Turkiyaning Bergam shahrida)da hayvonlarning terisidan yozuv uchun yangi mahsulot - pergam (pergameng)ni ixtiro qilganlar. Miloddan avvalgi II asrga kelib kitob materiali sifatida hayvonlar terisidan (pergament) faoydalanish keng rasm bo'ldi. Bu papirus po'stlog'idan kuchliroq edi va uni har ikki tomoniga ham yozish mumkin edi.

Sharq xalqlari yuksak madaniyatining namunalaridan biri "Avesto" kitobi ham, dastlab 12 ming buzoq terisidan ishlangan pergamentga yozilgan.

"Avesto" kitobi.

O'rta asrlarda pergament yoki papirus varaqlarini to'rt buklab, daftar (tetrad, yunoncha"turtlik") shakliga keltirshni o'rganib oldilar. Mana shunday daftarlarning bir nechtasini birlashtirib yaratilgan kitoblar "Kodeks" deb atalgan. Kitobning hozirgi shaklga kelishida kodekslar dastlabki qadam bo'lgan.

O'rta Osiyoda ham kitob ishlab chiqarishniig qadimgi san'ati- kitobat va xattotlik keng rivojlangan edi. Ayniqsa madaniy yuksalish davri bo'lgan - temuriylar davrida Samarqandda dunyoga mashhur qog'oz ishlab chiqarish yo'lga qo'yilgan hamda xattotlikning butun bir maktablari yuzaga kelgan edi. Amir Temurning nabirasi Boysunqur Mirzoning Nafis san'at akademiyasida ko'chirilgan kitoblar xattotlik san'atining yuksak namunalari bo'lgan.

Ma'lumki, qo'lda ko'chirib yozilgan, turli surat va miniatyuralar bilan bezatilgan kitoblar qimmatbaho hisoblangan, hatto bir kitobning bahosiga hovli-joy sotib olish mumkin bo'lgan.

Xalqning madaniy ehtiyojlari o'sishi bilan, arzon kitoblarga bo'lgan talablar ham ortib bordi va kitobni ommaviy nashr etish kashf etildi.

Turli matnlarni avval yog'ochga o'yib, keyin uni qog'ozga tushirish dastlab eramizning V-VII asrlarida Xitoyda, X asrga kelib esa, Evropada qo'llangan. Madaniy rivojlanish natijasida alohida harflardan (belgilardan) foydalangan holda kitob chop etish ixtiro qilindi. Mana Shunaqa usulda dastlab XI asrda xitoylik temirchi usta Bi Shen kitob nashr eta boshlagan. U loydan iyerogliflar tasvirini yasab, pishirib, keyin ular yordamida turli yozuvlarni yozgan va kitob nashr etgan.

Yevropada esa, kitob nashr etishni Ioagann Guttenberg ixtiro qilgan. U 1444 yilda o'zi yaratgan bosma stanokda kitoblar nashr eta boshladi. Kitob nashr etishning ushbu arzon usuli tez orada butun Evropaga tarqaldi va kitob bosish sanoati to'xtovsiz rivojlanib kelmokda.

Zamonaviy kitoblar kitobxon xususiyati, nashrdan ko'zatilgan maqsad hamda mavzusiga ko'ra farqlanadi. Birinchisiga ko'ra kitoblarni ommaviy kitobxonlarga, mutaxassislarga hamda O'quvchiga mo'ljallangan kitoblarga ajratishimiz mumkin.

Nashrdan ko'zlangan maqsadga ko'ra esa, rasmiy, ilmiy, ilmiy-ommabop, electron, o'quv, adabiy-badiiy, ma'lumotnoma, reklama va hokazo kitoblarga ajratiladi.

Ilmiy adabiyotlarning keng tarqalgan turilari, o'quv adabiyotlari darsliklar, electron kitoblar, o'quv- metodik qo'llanmalar va boshqa adabiyotlar kiradi. Elektron kitoblar - bu intellektual faoliyat mahsuli hisoblanadi. Bilim va axborotlarni aholiga an'anaviy bosma shaklida taqdim qilishdan farqli ravishda, ularni ixcham va qulay elektron shaklda taqdim etish - hozirgi davrda jamiyatning rivojlantirishning xarakterli jabhasi hisoblanadi. Oqibatda turli xil axborot va ma'lumotlarga ega axborot makoni yuzaga keladi. Elektron kitoblar va axborot tizimining yaxlitliligi, bir birini toldirishi elektron makonni yuzaga keltiradi, Bu esa o'z navbatida elektron

kutubxonalar rolini kuchaytirishni, ularning vazifalarini qayta ko'rib chiqishni taqozo etadi.

Elektron kutubxona - elektron kitoblarni alohida kriteriyalar va talablarga muvofiq tartibli to'playdigan, ularni uzoq saqlanishini ta'minlaydigan va jamoatchilik uchun foydalanishga etkazib beradigan o'ziga xos jamgarma hisoblanadi.

Hozirgi davrda elektron kitoblar kutubxona faoliyatining ajralmas obyekti deb tan olinmoqda. Shuning uchun kutubxonlar jamgarmasi tizimida sohasi va yo'nalishiga qarab ajratib olingan maxsus to'plamlar yaratilmoqda.

Elektron kutubxona asosan to'rt muhim elementdan (qismdan), ya'ni foydalanuvchi, kutubxona jamg'armasi, kutubxona xodimi va moddiy texnik bazadan tashkil topgan.

Elektron kitobning yana bir ustunligi uni tashkil etuvchi so'zlari darajasida oson bo'linib ketish imkoniyatiga egaligidir. Shuning uchun zamonaviy dasturiy vositalar kitobning tarkibini to'liq proindeksasiya qilishlari mumkin.

Elektron kitobdan zarur kalit so'zlarni ajratib olish va so'rov uchun shakllantirish imkoniyati axborotni mutlaqo yangi texnologik asosda differension bibliografik axborot etkazish tizimini yaratadi. Shunday qilib, elektron kitobdan foydalanuvchilarda juda katta hajmdagi axborotlarni zudlik bilan ko'rib chiqish, izlanayotgan mavzu bo'yicha yangi manbaalarni topish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Elektron kitobdan foydalanishning yana bir afzalligi shuki, undan bir necha marotaba nusxa olish mumkin, bunda uning sifati kamayib qolmaydi, balki ayrim holatlarda qo'shimcha kompyuter ishlovidan so'ng uning sifati ortadi. Elektron kitoblarni aloqa kanallari orqali tez uzatilishi foydalanuvchilarga dunyoning bir necha mamlakatlarida va kutubxonalarida suralgan ma'lumotlarni to'liq matn shaklida olish imkoniyatini yaratadi. Shunday qilib, kutubxonalarda va axborot markazlarida elektron kitoblardan foydalanish axborot bibliografiya xizmati ko'rsatish sifatini oshiradi, tezkorligini ta'minlaydi va samaradorligini oshiradi.

Elektron kutubxonalar elektron kitoblarni saqlash, ularni topish va ulardan foydalanishda muhim rol o'ynaydi. Mavzusiga ko'ra esa, kitoblar kutubxona bibliografiyasi asosida tavsiflashtiriladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, jamiyatda komil shaxsni shakllantirish albatta kitobga borib taqaladi.

Inson kitob o'qib aqlini charxlar ekan, u o'zini o'zi faollashtirishga intilishi mavjud bo'ladi va aynan mana shu aql shaxsni rivojlantiruvchi kuchdir. Inson kitb mutolaa qilar ekan asosiy e'tiborni insonning o'zini o'zi yaratishga qaratadi. hayotdagi barcha hodisalar: gunoh, qo'rquv, tushkunlik, ishonch, erkinlik, mas'uliyat va sevgi ham mutolaa faoliyati natijasidir.

Ya'ni, inson ruhida yaxshilikka yoki yomonlikka intilish oldindan mavjud bo'lishi mumkin emas, balki inson hayot davomida tanlanadigan yo'llardan faqat

hayot davomida o'zini yaxshi ishlarga, o'zini o'zi tarbiyalash, kitoblar o'qish natijasida inson oqil yoki johil bo'lishi mumkin. Shu boisdan, jamiyat komil insonni tarbiyalashdan manfaatdor ekan, mazkur ishni faol olib borishi, xususan komil inson tarbiyasida muhim ahamiyatga ega bo'lgan inson o'zini o'zi faollashtirishi uchun doimiy ravishda yangidan yangi ma'lumotlarga ega bo'lib bormog'i lozim. Bugungi kunda shaxs mutolaasi jarayonida ma'lumot olish manbalari asosan kitob, radio-televideniya, gazeta-jurnallar hamda zamonaviy axborot tarqatish vositalaridan iboratdir.

Bularning ichida eng qadimiysi va keng tarqalgani kitoblardir. O'zbekiston Milliy ensiklopediyasi ta'rifiga ko'ra "Kitob - axborotlarni, g'oya, obraz va bilimlarni saqlash hamda tarqatish, ijtimoiy-siyosiy, ilmiy, estetik qarashlarni shakllantirish vositasi; bilimlar targ'iboti va tarbiya quroli; badiiy ilmiy asar, ijtimoiy adabiyot" ekanligi hech kimga sir emas.

Zero, kitob - qalb chirog'i, tafakkur qanoti. Ayniqsa, bosma kitobdan taralayotgan va elektron nashrdan topib bo'lmaydigan o'ziga xos yoqimli hidni tuyib, varaqlash asnosida mo'jizaviy sahifalarning sirli shitirlashidan ko'ngil cheksiz zavqqa to'lgan holda, kitob mutolaa qilish, uning mazmuni haqida tengdoshlar bilan fikrlashishning huzur-halovati tamoman o'zgachadir.

Sohibqiron Amir Temur ta'biri bilan aytganda, «Kitob (bitig) barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu donishning asosidir, hayotni yaratuvchi murabbiydir». Shu ma'noda, shaklidan qat'iy nazar, barcha kitoblar milliy o'zligimiz hamda umuminsoniy qadriyatlarni targ'ib etishga xizmat qilishi ayni muddao.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Roziyev E. Umarov A. Mutolaa madaniyati : shaxs, jamiyat, taraqqiyot /A.Navoiy nomidagi O'zbekistan MK; A.Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat madaniyat in-ti; Mas.muharrir M.Bekmurodov.-Toshkent: Fan, 2004.- 194 6.

2. I.I.Tixomirova. Psixologiya chteniya shkolnikov. V pomo^ pedagogu-bibliotekaryu. 2018.

3. I.I.Tixomirova. Ot chteniya - k tvorchestvu jizni. V pomo^t pedagogu-bibliotekaryu. 2018.

4. Keith Rayner, Alexander Pollatsek. The Psychology of Reading. Routledge,

2013

5. Insup Taylor, M. Martin Taylor. The Psychology of Reading. Academic Press, 2013

6. Yo'ldasheva S. O'qish psixologiyasi. Qo'on: ART PRESS.-2022.-141b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.