Научная статья на тему 'ILM FAN TARAQQIYOTIDA RAHBAR AYOLLARNING O‘RNI'

ILM FAN TARAQQIYOTIDA RAHBAR AYOLLARNING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ilm fan / taraqqiyot / rahbarlik / ayollar / o‘rni / mavzu / ilmiy maqola / inkluzivlik / jinsiy barqarorlik / qonuniy barqarorlik / o‘rganish / bilimlar / rivojlantirish / hamkorlik / insonparvarlik / o‘zgarishlar / ilmiy tajriba / ilmiy mentorlik / o‘qituvchilik / jinsiy tengsizlik / ilmiy jamiyat / ko‘nikmalar / tajribalar / inkluzivlik tamoyillari / jamiyat / erkaklar / qo‘llab-quvvatlash / hamkorlik / o‘rni / o‘zlashtirish / genetikaham rivojlanish / ilmiy taraqqiyot / ilmiy ishlar / o‘rni / o‘zlashtirishlar / rag'batla

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Abdulhayeva Xusnidaxon To‘Xtasinovna

Bu maqola, ilm fanining taraqqiyoti kontekstida ilmiy jamiyatda rahbarlik vazifasini o‘rnini ayollar o‘zlashtirish bo‘yicha yoritadi. Maqola, ayollarning ilmiy sohada rahbarlikning muhimligini, ularning o‘zlarini o‘rganish, bilimlarni rivojlantirish, hamkorlik qilish va ilmiy mentorlik bilan bog'liq afzalliklarini tushuntiradi. Ayollar rivojlanayotgan ilmiy jamiyatda inkluzivlik, jinsiy barqarorlik va qonuniy barqarorlik prinsiplarini amalga oshirishning muhimligini ham ta'kidlaydi. Maqola, ayollar rahbarlarning ilmiy sohadagi o‘rni va o‘zlashtirishi uchun jamiyatning hamkorlik va qo‘llab-quvvatlashuvchanligiga muhim talablar qo‘yishni tavsiya qiladi. Ushbu maqola, ilmiy sohada ayollarning muhimligini va ularning qo‘llab-quvvatlashuvchanligini o‘z ichiga olgan ilmiy jamiyatning rivojlanishiga qaratilgan ta'sirini yoritadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ILM FAN TARAQQIYOTIDA RAHBAR AYOLLARNING O‘RNI»

PROFESSIONAL TA'LIM RIVOJIDA AYOLLARNING O'RNI

1Shukurova Shaxzoda Qamaritdinovna, 2Tashmuhamedova Dilfuza Utkurovna

^Professional ta'limni rivojlantirish instituti, bosh mutaxassis https://doi.org/10.5281/zenodo.10663668

Annotatsiya. Maqoladajamiyat, ijtimoiy va ta'limdaxususanprofessional ta'limda xotin qizlarning tutgan o'rni, ularning davlat ravnaqidagi roli, erishgan muvaffaqiyatlari hamda oiladagi ahamiyati haqida izlanishlar natijasi berilgan.

Kalit so'zlar: Ta'lim, ayollar, xotin-qizlar, professional ta'lim, mehnat bozori, kasb, o'quv muassasa, malaka, innovatsiya

Ayollar va qizlarning ilm-fan bilan to'laqonli foydalanishlariga teng imkoniyatlar yaratilishi, shuningdek xotin-qizlarning huquqlarini kengaytirish maqsadida BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan "Taraqqiyot maqsadlaridagi fan, texnika va innovasiyalar" to'g'risida rezolyutsiyada 11- fevral "Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni" deb e'lon qilingan. Yurtimizda ham ayollarning o'rni va mavqeyini oshirish, yangi avlod olima xotin-qizlarni tarbiyalash hamda istiqbolli loyihalarni rag'batlantirish bo'yicha muhim tashabbuslar ilgari surilmoqda. Jamiyat hayotining turli jabhalarida gender tenglikni ta'minlash, jumladan, ta'lim va ilm-fan sohasida O'zbekiston ichki siyosiy konsepsiyasining ustuvor yo'nalishlari qatoriga kiradi[1].

Bu borada 2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi 69-maqsadida: xotin-qizlarning ta'lim va kasbiy ko'nikmalar olishlari, munosib ish topishlariga har tomonlama ko'maklashish, tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash, iqtidorli yosh xotin-qizlarni aniqlash va ularning qobiliyatlarini to'g'ri yo'naltirish vazifasi belgilab qo'yilgan [2].

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o'zining "Yangi O'zbekiston strategiyasi" nomli asarida "Bugun O'zbekistonda olib borilayotgan davlat siyosatining asosiy maqsadi ayollarimizga e 'tibor va amaliy g'amxo'rlik ko'rsatishni yangi, yuksak bosqichga olib chiqish, xotin-qizlarningjamiyatdagi o'rni va maqomini mustahkamlash ularning huquq va manfaatlarini ta'minlashdir. Bu o'z navbatida, Ayollarga ilm berish -jamiyatni ilmli, ma'rifatli va salohiyatli qilish degan aqidani hayotga izchil tatbiq etish" kerakligini alohida ta'kidlab o'tganlar [3].

Xotin-qizlarning ta'lim olishlariga ham alohida e'tibor qaratilmoqda. So'nggi yillarda bu boradagi sharoitlar izchil kengaytirildi. Agar bundan 6 yil avval oliygohlarda 110 ming nafar xotin-qiz tahsil olgan bo'lsa, hozirgi kunda bu raqam qariyb 500 ming nafarni tashkil etmoqda. Yangi tartibga muvofiq, magistraturada o'qiyotgan 10 mingdan ortiq talaba qizlarning kontrakt pullari davlat tomonidan to'lab berildi. 65 mingdan ko'proq talaba xotin-qizlarga foizsiz ta'lim krediti ajratildi.

Davlatimiz rahbarining shaxsiy tashabbuslari bilan mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlashga qaratilgan bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Ushbu hujjatlarga muvofiq ayollarning jamiyatdagi o'rni ortib bormoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 - sentyabrdagi PF-5812

"Professional ta'lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi farmoniga asosan professional ta'lim tizimida kadrlar tayyorlash tizimi tubdan isloh qilinib, sohada tub o'zgarishlar bo'lmoqda. O'rta-bo'g'in kadrlar tayyorlashda xorijiy tajribalar

o'rganilib amaliyotga joriy qilinmoqda. Yurtimizda To'maris, Bibixonim, Nodirabegim izdoshlari bo'lgan xotin - qizlarimizni ham professional ta'lim olishlariga va mehnat bozoriga talab yuqori bo'lgan kasb ko'nikmalarini o'zlashtirishlariga alohida e'tibor qaratilmoqda. 2022/2023 yilgi o'quv yili ma'lumotlariga ko'ra mamlakatizda 82 719 nafar xotin - qizlar o'rta-bo'g'in kasb ko'nikmalarini egallash uchun tahsil olishmoqda. Tibbiyot, pedagogika, oziq-ovqat, turizm, xizmat ko'rsatish sohalariga xotin-qizlarning ulushi hatto o'g'il bollardan ham yuqori ekanligini ko'rishimiz mumkin. Ularning hududlar kesimidagi ulushi quyidagi ko'rinishda;

Statistik ma'lumotlar shuni ko'rsatmoqdaki hududlar bo'yicha olganda Farg'ona, Andijon viloyatlari va Qoraqalpog'iston Respublikasida professional ta'limda tahsil olayotgan xotin-qizlarni ulushi yuqori bo'lgan.

Qishloq joylaridagi professional ta'lim muassasalarida esa 2022/2023 yilgi o'quv yilida 714 nafar ayol o'qituvchilar faoliyat ko'rsatgan. Hududlar bo'yicha esa quyidagicha [4];

lj Ko e_" ardao'qituvch" arsoni/ 2022/2023

Qizlarning ta'lim darajasini oshirish ularning o'z salomatligi va iqtisodiy kelajagiga ijobiy ta'sir ko'rsatishi, bu esa o'z navbatida ular yashayotgan jamiyat istiqbollarini yaxshilashi isbotlangan. Onalari ma'lumotga ega bo'lgan chaqaloqlarning o'lim darajasi

onalari savodsiz bo'lgan bolalar o'lim darajasining yarmini tashkil qiladi. Tadqiqot shuni ko'rsatadiki, qizlarning qo'shimcha ta'limi ularning shaxsiy daromadini 15 foizga oshiradi. Ayollar ta'limini yaxshilash va shu bilan birga ayollarning daromad olish salohiyatini yaxshilash o'z farzandlarining turmush darajasini yaxshilaydi, chunki ayollar o'z daromadlarini erkaklarnikiga qaraganda ko'proq o'z oilalariga sarflaydilar [5].

Ta'lim ayolning o'z salomatligi, shuningdek, uning hamrohi va oilasining sog'lig'i haqida xabardorligini oshiradi. Bundan tashqari, erta turmush qurush, erta tug'ish yoki umuman turmush qurmaslik, farzand ko'rmaslik, rasmiy nikohga ega bo'lmaslik kabi holatlarni kamaytiradi, oilaviy munosabatlarni esa mustahkamlaydi.Shuningdek, ta'lim ayollarning hamkorlar va ish beruvchilar bilan muloqotini va fuqarolik ishtiroki darajasini yaxshilaydi [6].

REFERENCES

1. "2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni.

2. Shavkat Mirziyoyev. YANGI O'ZBEKISTON STRATEGIYASI. - Toshkent: "O'zbekiston" nashriyoti, 2021. - 250 b

3. Egamberdiyeva N.M., Xonto'rayev B. "Ta'lim va ilm-fan sohalarida xotin-qizlar rolini yanada oshirish bo'yicha ilg'or xorijiy tajriba" Ijtimoiy boshqaruv jurnali, 2021 y

4. https://www.stat.uz/uz/rasmiy-statistika/social-protection-2

5. Farzaneh Roudi-Fahimi. „Empowering Women, Developing Society: Female Education in the Middle East and North Africa". Population Reference Bureau. 2011

6. Population, Education and Development. United Nations, 2003. ISBN 978-92-1-151382-0. 2011

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.