Научная статья на тему 'ILM-FAN TARAQQIYOTIDA OLIMA AYOLLARNING O‘RNI'

ILM-FAN TARAQQIYOTIDA OLIMA AYOLLARNING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Xayrullayeva M.O‘.

Mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash, munosib mehnat va turmush sharoitini yaratish, intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, jamiyatning ijtimoiy hayoti va davlat qurilishidagi ishtirokini yuksaltirish, liderlik, tashkilotchilik, tadbirkorlik qobiliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jamiyat hayotining turli jabhalarida gender tenglikni ta’minlashga e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev “Biz uchun muqaddas bo‘lgan oila asoslarini yanada mustahkamlash, xonadonlarda tinchlik-xotirjamlik, ahillik va o‘zaro hurmat muhitini yaratish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni aniq mazmun bilan to‘ldirishdan iborat bo‘lmog‘i zarur”, deb alohida ta’kidlagan [1]. Buyuk ma’rifatparvar Abdurauf Fitrat: “Farzandlarimizni yaxshi xulq egalari qilib tarbiyalashimiz uchun avvalo, millat onalari tarbiya va ilm olishlari lozim”, deb yozgan edi. Biz Uchinchi Renessans poydevorini qurish, jamiyatda yangi ma’naviy makon yaratish haqida gapirar ekanmiz, bu ishlarni otalar, onalar, ustozlar ma’naviyati bilan uzviy amalga oshirishimiz zarur. Bugun biz ochiq jamiyatda yashayapmiz. Bu imkoniyatdan to‘g‘ri foydalanib, ilg‘or g‘oyalarni o‘zlashtirishimiz kerak. Lekin, milliy qiyofamizga putur yetkazadigan illatlardan ehtiyot bo‘lishimiz, o‘zligimizni yo‘qotmasligimiz shart” [2]. Yurtboshimiz Sh. M. Mirziyoyev tomonidan ijtimoiy jihatdan yordamga muhtoj xotin – qizlarimizni bugun faol qilib, qiyin vaziyatida ularni o‘qitib, kasb – hunarli qilib, muammolarini o‘zlari yengishga asosiy e’tibor qaratilmoqda, va ijtimoiy xodim sifatida bu bizning ustuvor maqsadimiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ILM-FAN TARAQQIYOTIDA OLIMA AYOLLARNING O‘RNI»

ILM-FAN TARAQQIYOTIDA OLIMA AYOLLARNING O'RNI

Xayrullayeva M.O'.

tayanch doktorant,

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti. https://doi.org/10.5281/zenodo.11175383 Mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning huquq va manfaatlarini ta'minlash, munosib mehnat va turmush sharoitini yaratish, intellektual salohiyatini ro'yobga chiqarish, jamiyatning ijtimoiy hayoti va davlat qurilishidagi ishtirokini yuksaltirish, liderlik, tashkilotchilik, tadbirkorlik qobiliyatini qo'llab-quvvatlash borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jamiyat hayotining turli jabhalarida gender tenglikni ta'minlashga e'tibor qaratilmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev "Biz uchun muqaddas bo'lgan oila asoslarini yanada mustahkamlash, xonadonlarda tinchlik-xotirjamlik, ahillik va o'zaro hurmat muhitini yaratish, ma'naviy-ma'rifiy ishlarni aniq mazmun bilan to'ldirishdan iborat bo'lmog'i zarur", deb alohida ta'kidlagan [1]. Buyuk ma'rifatparvar Abdurauf Fitrat: "Farzandlarimizni yaxshi xulq egalari qilib tarbiyalashimiz uchun avvalo, millat onalari tarbiya va ilm olishlari lozim", deb yozgan edi. Biz Uchinchi Renessans poydevorini qurish, jamiyatda yangi ma'naviy makon yaratish haqida gapirar ekanmiz, bu ishlarni otalar, onalar, ustozlar ma'naviyati bilan uzviy amalga oshirishimiz zarur. Bugun biz ochiq jamiyatda yashayapmiz. Bu imkoniyatdan to'g'ri foydalanib, ilg'or g'oyalarni o'zlashtirishimiz kerak. Lekin, milliy qiyofamizga putur yetkazadigan illatlardan ehtiyot bo'lishimiz, o'zligimizni yo'qotmasligimiz shart" [2]. Yurtboshimiz Sh. M. Mirziyoyev tomonidan ijtimoiy jihatdan yordamga muhtoj xotin - qizlarimizni bugun faol qilib, qiyin vaziyatida ularni o'qitib, kasb - hunarli qilib, muammolarini o'zlari yengishga asosiy e'tibor qaratilmoqda, va ijtimoiy xodim sifatida bu bizning ustuvor maqsadimiz.

Olima ayollarning jahon ilm-fani rivojidagi o'rni muhim va ahamiyatlidir. Tarixdagi bo'lgan to'siqlar va jamiyatdagi gender notengliklarga qaramasdan ko'pgina ayollar bir necha sohalarda misli ko'rilmagan yutuqlarga erisha olganlar. Ularning ilmiy izlanishlari va innovatsion g'oyalari ilm-fan rivojiga sezilarli ta'sir ko'rsata olgan. Bir qancha olimalar, jumladan, Mariya Sklodovskaya_Kyuri radioaktiv yo'nalishda inqilobiy yangiliklarni yaratib, hattoki ikki karra Nobel mukofotiga ham sazovor bo'lgan. Uning radiatsiya sohasidagi ilmiy ishlari ilm-fan taraqqiyotiga hissa qo'shish bilan bir qatorda, onkologik kasalliklarning yangicha davolash usullarini yaralishiga ham olib keldi. Rozalind Franklin kimyogar va rentgenolog, DNK tuzilishidagi ixtirolarda asosiy o'rinni egallaydi. Uning ilmiy

ishlari genetik mexanizmlar va genetika sohasidagi tushunchalarning asosiga aylangan. Shuningdek, Janna Guttman-Mendeleyeva, biolog va genetik. Uning genetika sohasidagi izlanishlari nasliylik va evolyutsiya tushunchalarining yaralishiga asos bo'lgan.

Biz bu ro'yhatni o'zbek olima ayollari ilm-fandagi hissalari bilan ham davom ettirish mumkin. Nozimaxonim (1870-1924) birinchi ayol publitsist, jadidchilik davri jurnalisti. Nozimaxonim jurnalistlik faoliyati bilan bir qatorda otin (qizlarga dars bergan muallimlar, Qur'on qoriyalari deb ataladiganlar ) ham edi. Shoira va publitsist bor-yo'g'i 54 yil umr kechirgan. Sobira Xoldorova ham jurnalist ma'lumotiga ega ilk ayol. Sobira Xoldorova Nozimaxonimdan farqli o'laroq, professional jurnalistik ta'lim oldi. O'zbek milliy matbuotiga asos solgan jadidchilarning aksariyati publitsistika fanidan chuqur bilimga ega emas edilar, biroq shogirdlari, jumladan, Xoldorova haqida bunday deb bo'lmaydi [3]. Zulfiya Umidova (1897-1980) birinchi ayol shifokor, tibbiyot fanlari doktori. Zulfiya Umidovaning shogirdlari va izdoshlari shifokor 1946-1969-yillarda rahbarlik qilgan Gospital terapevtik poliklinikasida namunali tartib, intizom va ozodalik hukm surganini eslaydilar. Ilmiy faoliyati davomida doktor 80 ta maqola yozgan, 32 ta nomzodlik va 3 ta doktorlik dissertatsiyalariga ilmiy rahbarlik qilgan. Dilbar Abdurahmonova nafaqat O'zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi ayol-dirijyor sanaladi. Uning repertuarida 60 dan ziyod opera va balet spektakllari bor. Zarifa Saidnosirova kimyogar olima, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi (1968), professor (1970). Kimyo fanlari nomzodi (1945). Birinchi o'zbek ayol rassomi. Taniqli ma'rifatparvar S. Mirjalilovning qizi, yozuvchi Oybekning rafiqasi.

O'zlarining ilmiy faoliyati bilan yoshlarga o'rnak bo'layotgan akademiklar Tamara O'ktamovna (shifokor), Flora Ilyasovna (shifokor-pediatr), Mashxura Egamovna (mikrobiologiya), Sayyora Sharafovna (yuqori molekulali birikmalar kimyosi), Dilorom Yunusovna (filolog-sharqshunos-pushtushunos)lar haqiqiy ma'nodagi O'zbekistonimizning faxri bo'lgan ilm-fan yulduzlaridir.

Dilfuza Egamberdiyeva, Barno Sultonova, Nilufar Mamadaliyeva, Muhayyo Rasulova YUNESKOning "Lo real" - fandagi ayollar uchun stipendiyasi g'oliblari bo'lganligi, Dilnoza Duturayeva, Aziza Shonazarova kabi yosh olimalarimiz nufuzli xorijiy universitetlarda faoliyat olib borayotganligi bizlarga iftixor tuyg'ularini beradi.

Dilnoza Duturayeva tarixchi-sharqshunos, ilmiy izlanuvchi, turli madaniyat hamda tillarga chanqoq sayohatchi. Mediyevistika va sinologiya sohasida, jumladan, Xitoy va Markaziy Osiyo xalqlari o'rtasidagi munosabatlar, Buyuk Ipak yo'li bo'ylab xalqaro savdo, diplomatiya, migratsiya va madaniy aloqalar tarixi mavzusida ilmiy tadqiqotlar olib boradi. Toshkent davlat sharqshunoslik

universitetini tamomlagan va O'zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti aspiranturasida tahsil olib, 2011-yili nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan va 2020-yilga qadar mazkur institutning o'rta asrlar davri tarixi bo'limida katta ilmiy xodim lavozimida ishlab kelgan. Germaniyaning Halle-Vittenberg universiteti va AQShning Viskonsin-Medison universitetida xalqaro stipendiya dasturlari asosida ta'lim olgan va Xalqaro ilmiy-tadqiqot grant dasturlari bo'yicha 2012—2013-yillari Xitoyning Nankin universitetida va 2015—2018-yillari Germaniyaning Bonn universitetida post-doktorant sifatida ilmiy tadqiqot olib brogan. Hozirgi kunda Parijdagi Fransiya ijtimoiy fanlar oliy maktabida ilmiy faoliyatini davom ettirmoqda.

Aziza Shonazarova O'rta asrlarda Markaziy Osiyoda genderlik tarixi va ayollar dindorligi mavzusida AQShning Indiana - Blumington universitetida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. Ikki yo'nalishda — dinshunoslik va Markaziy Osiyo tarixi bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini ham olgan. Okean ortida yashab faoliyat yuritayotgan Aziza Shonazarova 2020 yil Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami arafasida O'zbekiston Prezidenti farmoniga ko'ra "Do'stlik" ordeni bilan taqdirlangan.

Ushbu yutuqlarning barchasi O'zbekiston ayollarining azaldan oqilalik, fozilalik fazilatlari sohibasi ekanidan va donishmandlarni dunyoga keltirish bilan birga o'zi ham ayol zotining asl salohiyati nechog'lik yuksak ekanini ko'rsatib bera olishidan, shuningdek, taraqqiyot bilan hamnafas yashayotganidan dalolat beradi.

Zamonamizni o'tmish tarix bilan taqqoslasak, xotin - qizlarimizning bugungidek erkinligi, huquq va imkoniyat jihatidan tengligi tahsinga sazovordir.

Aytishimiz joizki, 2019-yil 2-sentabrda "Xotin qizlar va erkaklar uchun teng huquq va hamda imkoniyatlar kafolatlari" to'g'risidagi qonun mavjud bo'lib, 5-moddasida jins bo'yicha kamsitishga yo'l qo'ymaslik, ya'ni har bir faoliyat turida ayollarimiz erkaklar kabi istgan kasbida ishlashi va o'z karyerasini tashkil qilishi mumkin. Hozirda yangilangan bosh qomusimiz hisoblangan Konstitutsiyamizning yangi tahririning 58-moddasida xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar. Davlat xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, shuningdek jamiyat va davlat hayotining boshqa sohalarida teng huquq va imkoniyatlarni ta'minlaydi [4]. Bugun jamiyatimizning ilmiy-texnikaviy faoliyatida xotin-qizlar faol ishtirok etmoqda. Olima ayollar tomonidan ilm-fan sohasidagi izlanishlar ishlab chiqarish, sanoat, qishloq xo'jaligi, ijtimoiy-madaniy sohalarning rivojiga salmoqli hissa bo'lmoqda. 2018 yildan beri o'tkazib kelinayotgan "O'zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi" tanlovida ratsionalizatorlik takliflari, innovatsion g'oyalarni amaliyotga joriy etish maqsadida talaba va o'quvchi qizlar, dasturchi va tadbirkor ayollar ishtirok etib keladi. "Olima ayollar grantlari" tanlovi

xotin-qizlarni ilm-fan sohasida qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirishga xizmat qiladi. Xususan, 2020 yilda tanlov doirasida Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy -amaliy akusherlik va ginekologiya tibbiyot markazining homilador ayolda endotelial tizimining ko'rsatkichlarini hisobga olgan holda homila yo'qotish sindromini rivojlanish xavfini erta tashxislashni ishlab chiqishga qaratilgan innovatsion loyihasiga yillik 899,9 million so'm miqdorida mablag' ajratilishi tasdiqlangan. 2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasida xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ro'yobga chiqarishga doir qator maqsad va vazifalar nazarda tutildi. Jumladan, Taraqqiyot strategiyasining 5 ta maqsadida xotin-qizlar masalasiga oid vazifalar belgilangan. "Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta'minlash" deb nomlangan 69-maqsadida, jumladan, jamiyatda xotin-qizlarga tazyiq va zo'ravonlikka nisbatan murosasizlik muhitini yaratish, xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash ko'zda tutilgan.

Mamlakatimiz ilm-fani va ma'naviyati rivojiga ulkan hissa qo'shgan, milliy tarixda o'zining noyob iqtidori bilan nom qoldirgan, yuksak intellektual salohiyat va keng dunyoqarashga ega yuzlab ayollar nomini keltirish mumkinIlm-fan va tafakkur karvoni o'z yo'lida davom etadi, ustoz-shogird an'analari, avlodlar uzviyligi ta'minlanadi. Ayni paytda ayollarning ilmiy faoliyatda nufuzi va o'rnini yanada oshirishga daxldor masalalar - olimalarga ijtimoiy muammolarni o'z vaqtida hal etishga ko'maklashish, tadqiqotlarni amalga oshirishning tashkiliy imkoniyatlarini yaratish, ilmiy faoliyatda gender diskriminatsiya muammosiga barham berish, olima ayollar uchun ilmiy nufuzli mukofotlar ta'sis etish, tadqiqot grantlari, xorijiy stajirovka dasturlarini kengaytirish, olimalarning akademik mobilligini oshirish, innovatsion g'oyalarni tijoratlashtirish, ijtimoiy qo'llab-quvvatlash loyihalarini yo'lga qo'yish, ilmfanni ijtimoiy taraqqiyotning drayveri va generatoriga aylantirish sohaning bundan keyingi rivojida samarali yechimdir.

Xulosa o'rnida aytishimiz mumkinki, bugun davlat va jamiyat qurilishida ayollarning faolligini oshirish, mavqeini yuksaltirish, ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, mehnatini munosib rag'batlantirishga qaratilayotgan ishlar amaliy tasdig'ini topib bormoqda. Davlatimiz rahbarining rahnamoligida ayollarning, qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini yuksaltirish, huquq va manfaatlarini ta'minlash, salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Ilm-fan sohasida izlanayotgan olima ayollar, qizlar har tomonlama qo'llab-quvvatlanib, ayollarni ilmiy-tadqiqot va izlanishlar olib borishi uchun sharoit yaratish, innovatsion ishlanmalarini hayotga tatbiq etish va ilmiy to'plamlarini nashr qilishga ko'maklashish borasida zarur chora-tadbirlar ko'rilmoqda.

Adabiyotlar:

1. Sh.M.Mirziyoyev raisligida o'tkazilgan Vazirlar Mahkamasining mamlakatimizni 2016 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini har tomonlama tahlil qilish hamda respublika hukumatining 2017 yil uchun iqtisodiy va ijtimoiy dasturi eng muhim yo'nalishlari va ustuvor vazifalarini belgilashga bag'ishlangan kengaytirilgan yig'ilishidagi asosiy ma'lumotlar. 2017 yil 14 yanvar.

2. Sh.M.Mirziyoyev raisligida o'tkazilgan videoselektor yig'ilishidagi asosiy ma'lumotlar. 2022yil 2 mart.

3. https://ziyouz.com/portal-haqida/xarita/uzbek-sheriyati/o-zbek-mumtoz-adabiyoti/nozimaxonim-1870-1924. Мафтуна КАРИМОВА „XaraFOHra учраган биринчи узбек аёл журналисти - рухий касалликлар шифохонасидан сургун тарихигача". uza.uz.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-sentabrda "Xotin qizlar va erkaklar uchun teng huquq va hamda imkoniyatlar kafolatlari" to'g'risidagi O'RQ-562-sonli Qonuni.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.