Научная статья на тему 'XOTIN-QIZLАRNING OILA VA JAMIYATDAGI ROLI'

XOTIN-QIZLАRNING OILA VA JAMIYATDAGI ROLI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
2
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Kаdirovа Yаkitjаn Buvаbаyevnа

Mamlakatimizda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga ustuvor ahamiyat qaratilayotgani natijasida oilaga, ayol zotiga bo‘lgan munosabat tobora yuksalib, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish hayotimizning ma’no-mazmuniga, asosiy maqsadiga aylanganiga e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir. Bugun O‘zbekiston ayollari turli jabhalarda o‘z o‘rni va munosib mavqeiga ega bo‘lib bormoqda. Mаmlаkаtimizdа xotin-qizlаrning ijtimoiy-siyosiy fаolligini oshirish, ulаrning huquq vа mаnfааtlаrini tа’minlаsh, munosib mehnаt vа turmush shаroitini yаrаtish, intellektuаl sаlohiyаtini ro‘yobgа chiqаrish, jаmiyаtning ijtimoiy hаyoti vа dаvlаt qurilishidаgi ishtirokini yuksаltirish, liderlik, tаshkilotchilik, tаdbirkorlik qobiliyаtini qo‘llаb-quvvаtlаsh borаsidа keng ko‘lаmli ishlаr аmаlgа oshirilmoqdа. Jаmiyаt hаyotining turli jаbhаlаridа gender tenglikni tа’minlаshgа e’tibor qаrаtilmoqdа.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XOTIN-QIZLАRNING OILA VA JAMIYATDAGI ROLI»

XOTIN-QIZLARNING OILA VA JAMIYATDAGI ROLI Kadirova Yakitjan Buvabayevna

Nizomiy nomidagi TDPU v.b.dotsenti, (PhD) https://doi.org/10.5281/zenodo.10659194

Mamlakatimizda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlashga ustuvor ahamiyat qaratilayotgani natijasida oilaga, ayol zotiga bo'lgan munosabat tobora yuksalib, ularga hurmat-ehtirom ko'rsatish hayotimizning ma'no-mazmuniga, asosiy maqsadiga aylanganiga e'tibor qaratish maqsadga muvofiqdir. Bugun O'zbekiston ayollari turli jabhalarda o'z o'rni va munosib mavqeiga ega bo'lib bormoqda. Mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning huquq va manfaatlarini ta'minlash, munosib mehnat va turmush sharoitini yaratish, intellektual salohiyatini ro'yobga chiqarish, jamiyatning ijtimoiy hayoti va davlat qurilishidagi ishtirokini yuksaltirish, liderlik, tashkilotchilik, tadbirkorlik qobiliyatini qo'llab-quvvatlash borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jamiyat hayotining turli jabhalarida gender tenglikni ta'minlashga e'tibor qaratilmoqda.

Ma'lumki, har qanday madaniyat gender neytral emas. Gender tushunchasi madaniyatga singib ketgan, boshqacha qilib aytganda, madaniyat - bu qadriyatlar va me'yorlar, munosabat va stereotiplar to'plami, ijtimoiy tarkibga kiritilgan, jinsga qarab belgilanadigan xatti-harakatlar va ijtimoiy o'zaro ta'sirlar majmui.

Tamaddun evolyutsiyasi kontekstida muayyan etnik-ijtimoiy tafakkur ko'p asrlar mobaynida shakllanadi. Tarixda turli davrlarda ayollarga nisbatan zulm ko'rinishlari mavjud bo'lgan. Arabiston yarim orolida qiz bolalarni tiriklayin ko'mish kabi johiliyat davrining shafqatsiz odatlari hukm surgan. Hindistonda eridan mahrum bo'lgan ayol ham tiriklayin gulxanda yoqilishga mahkum bo'lgan. Qadimgi Xitoyda qiz bolaning tug'ilishiga falokat sifatida qaralgan.

Rim davlat arbobi va huquqshunosi Emiliy Papinian ayollarning jamiyatdagi mavqei to'g'risida quyidagicha yozgan: "Qonunchiligimizning umumiy qoidalariga ko'ra, ayollarning mavqei erkaklarnikidan yomonroqdir" (Digestlar). Erkin bo'lsa ham, ayol hali ham fuqarolik "erkinliklari" ga ega emas edi. Masalan, u armiyada xizmat qila olmaydi, yig'ilishlarda ovoz berolmaydi, davlat lavozimiga saylana olmaydi, sudya yoki prokuror bo'la olmaydi, har qanday uchinchi tomonning advokati sifatida sud jarayonini o'tkazish huquqiga ega emas.

"Amerikada demokratiya" asarining muallifi, XIX asr fransuz gumanisti va faylasufi Aleksis de Tokvil bu xususda shunday fikr yuritadi: "Ba'zilar erkak va ayolni nafaqat tengligi, balki yaxlit ekanini ta'kidlaydilar. Ular erkak va ayolga bir xil huquqlarni beribgina qolmay, bir xil majburiyatlarni ham ularning zimmasiga yuklaydilar. Ular erkak va ayolni bir xil fikrlashi, mehnat qilishini istaydilar. Bu yaxshilikka olib kelmaydi, erkak va ayolning jins sifatida inqirozini keltirib chiqaradi, zaif erkaklarni va kuchli ayollarni paydo qiladi".

Sharq qadriyatlarida ayol doimo erkak kishiga do'st, yor, oqila, mehribon, oilaviy tinchlikning rahnamosi sifatida ulug'langan.

Ayollarning oila va jamiyatdagi roli, xususan, farzand tarbiyasi va ijtimoiylashuvidagi ahamiyati mutafakkirlar tomonidan e'tirof etilgan. [4]

Abu Rayhon Beruniy o'z qarashlarida oila tinchligi bevosita oqila, aqlli, farosatli, tarbiyali ayollar qo'lida ekanligiga alohida ahamiyat qaratgan. Ma'rifatparvar adib Abdulla Avloniy: "Qizlar bilim olishga hammadan ko'proq intilishlari lozim, zero, bu bilimlar bilan ular kelajak avlodni tarbiyalaydilar", deya ta'kidlaydi.

Butun dunyoda xotin-qizlarning fan, texnika va innovatsion yutuqlardan teng va to'laqonli foydalanishlariga imkoniyatlar yaratish, mazkur sohada gender tenglikni ta'minlash BMT Bosh

Assambleyasi tomonidan 2015 yil 22 dekabrda qabul qilingan "Taraqqiyot maqsadlaridagi fan, texnika va innovatsiyalar" to'g'risidagi A/RES/70/212 - sonli rezolyutsiyada o'z aksini topgan. Mazkur rezolyutsiyaga ko'ra, 2016 yildan boshlab har yili 11 fevral "Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni" (International Day of Women and Girls in Science) sifatida nishonlanadi. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad, ayollarning ilm-fandagi ishtirokiga e'tibor qaratish va qo'llab-quvvatlashdan iborat.[3]

Yangi O'zbekistonda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini, gender tenglikni ta'minlash, mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash bo'yicha ishlar yangi bosqichga ko'tarildi. Xalqaro mehnat tashkilotining "Bir xil qiymatga ega bo'lgan mehnat uchun erkaklar va xotin-qizlarni teng rag'batlantirish to'g'risida"gi, "Onalikni muhofaza qilish to'g'risida"gi, "Mehnat va mashg'ulotlar sohasidagi kamsitishlar to'g'risida"gi konvensiyalarning ratifikatsiya qilinishi milliy darajada ayollar huquqlarini himoya qilishning zarur xalqaro-huquqiy asosi bo'lib xizmat qiladi. Bu borada oliy ta'lim muassasalarida 2020-2021 o'quv yilida xotin-qizlarga 4 foiz qo'shimcha davlat grantlarining ajratilishi ularga berilgan yana bir imtiyozdir.

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o'zining "Yangi O'zbekiston strategiyasi" nomli asarida "Bugun O'zbekistonda olib borilayotgan davlat siyosatining asosiy maqsadi ayollarimizga e'tibor va amaliy g'amxo'rlik ko'rsatishni yangi, yuksak bosqichga olib chiqish, xotin-qizlarning jamiyatdagi o'rni va maqomini mustahkamlash ularning huquq va manfaatlarini ta'minlashdir. Bu o'z navbatida, Ayollarga ilm berish - jamiyatni ilmli, ma'rifatli va salohiyatli qilish degan aqidani hayotga izchil tatbiq etish"[2] kerakligini alohida ta'kidlab o'tganlar.

Bugun jamiyatimizning ilmiy-texnikaviy faoliyatida xotin-qizlar faol ishtirok etmoqda. Olima ayollar tomonidan ilm-fan sohasidagi izlanishlar ishlab chiqarish, sanoat, qishloq xo'jaligi, ijtimoiy-madaniy sohalarning rivojiga salmoqli hissa bo'lmoqda. 2018 yildan beri o'tkazib kelinayotgan "O'zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi" tanlovida ratsionalizatorlik takliflari, innovatsion g'oyalarni amaliyotga joriy etish maqsadida talaba va o'quvchi qizlar, dasturchi va tadbirkor ayollar ishtirok etib keladi. "Olima ayollar grantlari" tanlovi xotin-qizlarni ilm-fan sohasida qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirishga xizmat qiladi. Xususan, 2020 yilda tanlov doirasida Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy - amaliy akusherlik va ginekologiya tibbiyot markazining homilador ayolda endotelial tizimining ko'rsatkichlarini hisobga olgan holda homila yo'qotish sindromini rivojlanish xavfini erta tashxislashni ishlab chiqishga qaratilgan innovatsion loyihasiga yillik 899,9 million so'm miqdorida mablag' ajratilishi tasdiqlangan.

Mamlakatimiz ilm-fani va ma'naviyati rivojiga ulkan hissa qo'shgan, milliy tarixda o'zining noyob iqtidori bilan nom qoldirgan, yuksak intellektual salohiyat va keng dunyoqarashga ega yuzlab ayollar nomini keltirish mumkin.

Oqqan daryo oqaveradi. Ilm-fan va tafakkur karvoni o'z yo'lida davom etadi, ustoz-shogird an'analari, avlodlar uzviyligi ta'minlanadi.

Xulosa ornida shuni aytish mumkinki, oilada farzandlarga zamonaviy tarbiya berishda ota-onalarning o'rni beqiyos. Oilada bolalarni to'g'ri tarbiyalash, ota-onalarning va katta yoshdagi barcha kishilarning namunasi bola shaxsini shakllantiruvchi, uning dunyoqarashiga, xulq-atvoriga, jamoa orasida o'zini tuta bilishiga tayyorlovchi omildir. Aynan, oila bolani qadam qo'yishiga, uning o'ziga xos xususiyati va ma'naviy qiyofasining shakllanishiga asos soladi. Yosh avlodning qiziqish va tirishqoqligi, mehnatsevarligi birinchi navbatda ota-onaga va oiladagi tarbiyaviy holatlarga bog'liqdir. Demak, oilada gender tengligining ta'minlanishi ota-onalarning

dunyoqarashi bilan o'lchanar ekan. Ota-onalarga oilaviy tarbiya bo'yicha tajriba almashishi, ota-

onalarni tarbiyalash ishlariga qizg'in jalb qilish uchun ularni ta'lim-tarbiya muassasalariga va shu

kabi obyektlarga taklif etish orqali maqsadli ishlarni amalga oshirish mumkin.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi- Toshkent: "Yuridik adabiyotlar publish" nashriyoti, 2023. - 33 B

2. Shavkat Mirziyoyev. YaNGI O'ZBEKISTON STRATEGIYaSI. - Toshkent: "O'zbekiston" nashriyoti, 2021. - 250 B

3. "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni.

4. Kadirova H. Role of women in scientific life of Uzbekistan //Europaische Fachhochschule. -2015. - №. 1. - C. 74-76

5. Kadirova, X. B. (2023). YOSHLARNINI MILLIY QADRIYATLAR RUHIDA TARBIYALASHDA OILALA VA MAHALLALARNING RO'LI. Innovations in Technology and Science Education, 2(10), 549-554.

6. Buvabayevna, K. X. (2023). YOSHLARNING HUQUQIY MADANIYATNI SHAKILLANTIRISHDA IJTIMOIY-MA'NAVIY MUXITNING TA'SIRI. O'ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI, 2(19), 879-884.

7. Y Kadirova.ENSURING NATIONAL SPIRITUAL SECURITY UNDER GLOBALIZATION//Science and innovation. - 2022. - T. 1. - №. B7. - Pp. 1373-1377.

8. Y Kadirova, K Kadirova SOCIAL ACTIVITY OF PEDAGOGUE IN SOCIO-POLITICAL LIFE OF SOCIETY//Science and innovation. - 2023. - T. 2. - №. B3. - Pp. 417-421

9. KagbipoBa, E. YOSHLARDA FUKAROLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH ORQALI VATANPARVARLIK VA BAYNALMINALLIK TUYG'ULARINI, RIVOJLANTIRISH/JOURNAL OF INNOVATIONS IN SCIENTIFIC AND EDUCATIONAL RESEARCH. 2023/2/25.B-197-202

10. Kadirova, Y. B. (2023). TA'LIM JARAYONIDA O'QITISHNING INTEGRATIV TEXNOLOGIYALARINI ISHLAB CHIQISH VA AMALIYOTIDA QO'LLASH. Innovations in Technology and Science Education, 2(10), 541-548.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.