Научная статья на тему 'ILDIZ MEVALI SABZAVOT VA KARTOSHKA EKINLARIDA TUPROQ OSTI ZARARKUNANDALARINING POPULYATSIYASI ZICHLIGINI BAHOLASH'

ILDIZ MEVALI SABZAVOT VA KARTOSHKA EKINLARIDA TUPROQ OSTI ZARARKUNANDALARINING POPULYATSIYASI ZICHLIGINI BAHOLASH Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — Xudoyqulov A’Zamjon Mirzoqulovich, Shukurov Abdumalik Axtam O‘G‘Li, Anorbaev Azimjon Raimqulovich

Ushbu maqolada ildiz mevali sabzavot va kartoshka ekinlarida tuproq osti zararkunandalarining tuproq osti zararkunandalarining qishlov oldi populyatsiyasi zichligini aniqlash maqsadida tadqiqotlar oli borilgan. Unga ko’ra tajriba uchun tanlab olingan dalalar, ildiz mevali savzavot va g‘alladan keyingi takroriy ekilgan kartoshka maydonlari tanlab olingan. Dastlab kartoshkadan bo‘shagan maydonda, tuproqdan namunalar 25 x 25 sm qilib diagonal (shaxmat) usulida 5,10,15,20 va 25 sm qatlamda kovlanib, tuproqlar simli elakdan o‘tkazilgan. Olingan natijalar asosida ishlab chiqarishga amaliy xulosalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ILDIZ MEVALI SABZAVOT VA KARTOSHKA EKINLARIDA TUPROQ OSTI ZARARKUNANDALARINING POPULYATSIYASI ZICHLIGINI BAHOLASH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" _25-26 SEPTEMBER, 2024_

ILDIZ MEVALI SABZAVOT VA KARTOSHKA EKINLARIDA TUPROQ OSTI ZARARKUNANDALARINING POPULYATSIYASI ZICHLIGINI BAHOLASH

1Xudoyqulov A'zamjon Mirzoqulovich, 2Shukurov Abdumalik Axtam o'g'li, 3Anorbaev

Azimjon Raimqulovich

1Q.x.f.f.d., dotsent, Toshkent davlat agrar universiteti 2Assistent, Samarqand agroinnovatsiya va tadqiqotlar instituti 3Q.x.f.d., professor, O'simliklar karantini va himoyasi ilmiy tadqiqot instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.13842510

Annotatsiya. Ushbu maqolada ildiz mevali sabzavot va kartoshka ekinlarida tuproq osti zararkunandalarining tuproq osti zararkunandalarining qishlov oldi populyatsiyasi zichligini aniqlash maqsadida tadqiqotlar oli borilgan. Unga ko'ra tajriba uchun tanlab olingan dalalar, ildiz mevali savzavot va g'alladan keyingi takroriy ekilgan kartoshka maydonlari tanlab olingan. Dastlab kartoshkadan bo'shagan maydonda, tuproqdan namunalar 25 x 25 sm qilib diagonal (shaxmat) usulida 5,10,15,20 va 25 sm qatlamda kovlanib, tuproqlar simli elakdan o'tkazilgan. Olingan natijalar asosida ishlab chiqarishga amaliy xulosalar berilgan.

Boshoqli don va takroriy ekilgan sabzavot va kartoshka ekinlarining tuproq osti zararkunandalarini zararli ta'siri tufayli 15-20% hosildorlik yo'qotilmoqda. Ushbu zararkunandalardan kuzgi tunlam (Agrotis segetum Den. et Shiff), undov tunlami (Agrotis exclamationis Den. et Shiff), simqurtlar va soxta simqurtlar (Elateridae), bo'zoqboshi qo'ng'izlardan, mart buzoq boshisi (Melonotha afflicta Ball), zararli bo'zoq boshi (Polyphilla adspersa Motsch), may xrushlari (Melolontha melolontha, M. hypocastani) asosiy va takroriy ekilgan qishloq xo'jalik ekinlarining ildizi, poyasi va barglarini kemirib, hosildorlikka sezilarli darajada zarar keltirmoqda. Ushbu tuproq osti zararkunandalarining aksariyatining vegetatsiya davri bir-necha yilgacha davom etganligi sababli, tuproqqa mustahkam o'rnashib olayotganligi, bu esa almashlab ekilgan ekinlarning nihollarini 25-30% gacha, zararlashiga asosiy omil bo'lmoqda [4;82-83 b.].

Ituzumdoshlar oilasiga mansub ekinlarda 15 oilaga ta'luqli 51 turdagi zararkunandalar uchrashini qayd etilgan. Ulardan 40 turdagi zararkunandalar pomidor va baqlajonda, kartoshkada esa 48 turi zarar yetkazishi aniqlangan [3;47-b.].

Daladagi tunlamlarning qishlab chiqishi uchun kuzdagi tayyorgarlik jarayoni katta ahamiyatli ekanligi, qulay ob-havo bo'lgan yillarda zararkunandalar qishlovdan ko'proq va erta chiqib, zarari katta bo'lishi qayd etilgan. Tunlamlarning jumladan, nazoratga olingan turlarning kuz oylarida qishlovga ketishi avgust oyining ikkinchi o'n kunligidan boshlab to'plangan foydali harorat miqdori ahamiyatli ekanligi aniqlangan [7;47-b.].

Shu maqsadda g'alla va takroriy ekilgan kartoshkani, tuproq osti zararkunandalari, uchrash darajasi, qishlash bosqichlari, biologik ko'rsatkichlarini aniqlash va zichligini baholash maqsadida tadqiqotlar olib borildi. Tadqiqotlar Samarqand viloyati Jomboy tumani "Fayozjon Agro hosil" 1,0 gektarlik fermer xo'jaligida olib borildi.

Tajriba uchun tanlab olingan dalalar, ya'ni g'alla va g'alladan keyingi takroriy ekilgan kartoshka maydonlari tanlab olindi. Dastlab kartoshkadan bo'shagan maydonda, tuproqdan

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" 25-26 SEPTEMBER, 2024

namunalar 25 x 25 sm qilib diagonal (shaxmat) usulida 5,10,15,20 va 25 sm qatlamda kovlanib, tuproqlar simli elakdan o'tkazildi (Polyakov, 1984).

Tuproq osti zararkunandalarining 1 m2 o'rtacha miqdorlari (dala ichida va atroflarida alohida hisob qilindi) hisoblanib, turlarning turli o'tmishdosh ekinlardan so'ng ekilgan, kartoshka maydonidagi hamda kuzgi g'alladan keyingi maydondagi zichligi aniqlandi. Olingan natijalar esa umum qabul qilingan uslublar asosida tahlil qilindi [1;198-b.,5; 78-81-b.].

Olib borilgan tadqiqotlar davomida kuzgi bug'doydan keyingi ekilgan 5 gektarlik kartoshka maydonida 1 m2 dagi tuproq qatlami (shaxmat usulida) 5 sm kovlanganda, zararkunandalar kuzatilmadi. Tajribadagi tuproq qatlami 5 - 10 sm kovlanganda, kuzgi tunlam lichinkasi 1,7 dona, simqurt lichinkasi esa 1,3 dona topildi. Xuddi shu tartibda 10 - 15 sm kovlab, olingan tuproq elaklardan o'tkazildi. Unga ko'ra kuzgi tunlam lichinkalari soni 4,7 dona topilgan bo'lsa, simqurtning lichinkalari esa 3,7 dona borligi aniqlandi

Diagramma -1

Ildiz meva hamda takroriy ekilgan kartoshka maydonlaridagi tuproq osti zararkunandalarining populyatsiyasi zichligini baholash.

(Samarqand viloyati Jomboy tumani "Fayozjon Agro hosil"fermer xo'jaligi. 2022-2023y.y.)

I I I I

7,1 5,5 2,1 1,7

/ , of

t- v

V*" * Тажрибада тупроедан ани(у1анган зараркунандалар сони, жами

■ Кузги буедой экилган майдондаги зараркунанда сони/м2

" Кузги буедойдан кейинги/гакрорий экилган картошка майдондаги зараркунанда сони,дона/м2

Ushbu maydondagi 15 - 20 va 20-25 sm, tuproq qatlami tekshirilganda, faqat may qo'ng'izining 1,3 va 1,2 dona qurtlik holatidagi fazalari topildi.

Kuzgi bug'doy ekilgan 1,0 gektarlik maydonidagi tuproq qatlami yuqoridagi kabi 5 sm kovlangan maydonda ham zararkunandalar kuzatilmadi.Tuproqqatlami 5 - 10 va 10 - 15 smkovlangandategishlichakuzgitunlamlichinkasi 1,2 - 2,6 dona topildi. Simqurt lichinkasi esa 1,4 - 1,8 ta aniqlandi. Shuningdek tajribadagi maydonda 15 - 20 va 20 - 25 sm kovlanib, elakdan o'tkazilganda esa may qo'ng'izining qurtlik holatidagi fazasi tegishlicha 0,8 - 0,5 dona topildi. Ushbu tadqiqot natijalari quyidagi 1-diagrammada keltirilgan.

Tadqiqot natijalari asosida g'alla va kartoshka dalasidagi har bir tuproq qatlamidagi topilgan zararkunandalarni bir-biriga taqqoslanib,variatsiya koeffitsenti (Rokiskiy. 1973), foiz hisobida tahlil qilindi. Natijalar quyidagi jadvalda keltirilgan (Jadval-1.).

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" 25-26 SEPTEMBER, 2024

1-jadval

Ildiz mevali va takroriy ekilgan kartoshka maydonlaridagi tuproq osti zararkunandalarining

populyatsiyasi zichligini baholash (Samarqand viloyati Jomboy tumani "Fayozjon Agro hosil"fermer xo'jaligi. 2022-2023y.y.)

Tajriba maydoni Limit M±m a Cv,% t (I-II)

I Kuzgi bug'doydan keyingi takroriy ekilgan kartoshka maydonidagi zararkunandalar soni 0,5-1,6 1,08±0,15 0,42 39,45 7,32

II Kuzgi bug'doy ekilgan maydonidagi zararkunandalar soni 1,2-2,1 1,66±0,12 0,35 21,55

Izoh:Limit-sonining tebranishi; M±m - o 'rtacha ko 'rsatkich va uning xatoligi; a-standart cheklanish (o 'rtacha kvadratik cheklanish); Cv-varriatsiya koeffitsenti, foiz hisobida; Styudent koeffitsenti.

Unga ko'ra I tajriba maydonida II tajriba maydoniga nisbatan zararkunandalar sonining

ko'pligi bilan farqlanishining ishonchlilik darajasi isbotlandi. t=7,32 (P>0,05).

Xulosalar. Olib borilgan tadqiqot natijalaridan xulosa shuki, tuproq osti zararkunandalari

kuzgi bug'doyda qishlab qoladi va erta bahorda hamda takroriy muddatda ekilgan ildiz mevali

sabzavot va kartoshka ekinlariga jiddiy zarar keltiradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Азимов Б, Расулов А, Холдоров М. Уз^ХЖ. 2012 й. 5 сон. Такрорий сабзавот ва картошка экинларини экиш ва парваришлаш. 15-16 бетлар.

2. Ах,маджонова С. Уз^ХЖ. 2011 йил. 3 сон. 23 бет.

3. Х,асанов Б ва б. Гузани зараркунанда касаллик ва бегона утлардан х,имоя килиш. 2002 й. 46-47 б.

4. Хужаев Ш.Т. Энтомология, кишлок хужалик экинларини х,имоя килиш ва агротоксикология асослари. - Тошкент: «ФАН», 2010. - Б.90-98.

5. Хужаев Ш, Пулатов З. Уз^ХЖ. 2010 йил. 5 сон. Гузани зараркунандалардан х,имоя килиш.

6. Пулатов З.А., Худойкулов А.М. Илдиз кемирувчи кузги ва ундов тунламларига кулланилган кимёвий препаратларнинг самарадорлиги. Агроилим. 2015 й. 1 - сон. 32 б.

7. Пулатов З.А., Худойкулов А.М. Бугдой ва картошка алмашлаб экиш тизимида илдиз кемирувчи тунламларига карши кимёвий препаратларнинг самарадорлиги. Усимликлар х,имояси ва карантини. 2016 й. 1 - сон. 12 б.

8. Пулатов З, Худойкулов Б, Бекчанов Э, Уразбоев А Уз^ХЖ. 2012 й. 5 сон. Галла х,имоясидаги масъулиятли давр. 8-9 бетлар.

9. Ларченко К.И., Запевалова С.Б. /Методика прогнозирования численности вредителейхлопчатника и других сельскохозяйственных культур. -Ташкент,1973. -С.5-27.

10. Поспелов С.М. Совки вредители сельскохозяйственных культур. - М.: Колос, 1969. -126 с.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS"

_25-26 SEPTEMBER, 2024_

11. Орлов В.Н., Зеленская О.М. Жуки-щелкуны в агроценозах юго-запада европейской части России. Вестник защиты растений 3(93) - 2017, с. 60-62.

12. Орманова Г.Ж. Закономерности биологии и распространения жуков-щелкунов (Coleoptera, Elateridae) казахстана 03.02.04 - зоология автореферат диссертации на соискание ученой степени кандидата биологических наук бишкек - 2016. С. 31-37.

13. Ортитов У.Д. Иссикхона сабзавот экинлари зараркунандалари ва уларга карши биологик кураш усуллари. Дисс. автореф.-Тошкент, 2007. -22 б.

14. Очилов Р. Галла парваришида мух,им тадбирлар. Уз^ХЖ. Тошкент, 2012. 7-8 б.

15. Пулатов З, Худойкулов Б, Бекчанов Э, Уразбоев А Уз^ХЖ. 2012 й. 5 сон. Галла х,имоясидаги масъулиятли давр. 8-9 бетлар.

16. Поляков И.Я., Пресов М.С., Смирнов В.П. Прогноз развития вредителей и болезней сельскохозяйственных культур (с практикумом) Л. «Колос». 1984. 47-59 с.

17. Рашидов М., Кимсанбаев Х., Сулайманов Б. и др. Требования к биологическим средствам борьбы с вредителями, сельскохозяйственных культур и методы их контроля. -Ташкент, 2007. -19 с.

18. Рашидов М.И. Биологические основы интегрированной защиты посленовых культурот вредителей: Автореф. дисс. док. биол. наук.-Ташкент, 2000. - 47 с.

19. Khudoikulov A., Muminova R., Ubaydullaev S. Type structure, meeting rate and interaction of Entomophages of underground pests in vegetable and potato agrobiotsenosis. Solid State Technology Volume: 63 Issue: 4 Publication Year: 2020. P. 297-302.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.