Научная статья на тему 'IKKINCHI JAHON URUSHIDAN KEYIN O’ZBEKISTON BOSHQARUV TIZIMIDAGI MAMURIY BUYRUQBOZLIK TIZIMINING SALBIY OQIBATLARI'

IKKINCHI JAHON URUSHIDAN KEYIN O’ZBEKISTON BOSHQARUV TIZIMIDAGI MAMURIY BUYRUQBOZLIK TIZIMINING SALBIY OQIBATLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
aholining turmush darajasi / ijtimoiy-munosabat / ma’muriybuyruqbozlik / ijtimoiy tanglik inqirozli vaziyat / «rivojlangan sotsializm» / moddiy boylik. / social relations / administrative command / crisis situation / «developed socialism» / material wealth.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Toshpo’Latov N.B.

Ushbu maqolada 1946-1990-yillarda, ya’ni II jahon urushidan keyingi davrda Respublika aholisining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, sobiq SSSR Markaziy huumati tomonidan o‘tkazilgan tazyiqlar, ma’muriy-buyruqbozlik davrida og‘ir ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning mohiyati yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE NEGATIVE EFFECTS OF THE ADMINISTRATIVE COMMAND SYSTEM IN THE UZBEKISTAN AFTER WORLD WAR II

In this article, the socio-economic life of the population of Samarkand region in the period from 1946 to 1990, that is, from the Second World War until independence, the repressions by the Central Government of the USSR, the severe social policy during the administrative-command period. explained.

Текст научной работы на тему «IKKINCHI JAHON URUSHIDAN KEYIN O’ZBEKISTON BOSHQARUV TIZIMIDAGI MAMURIY BUYRUQBOZLIK TIZIMINING SALBIY OQIBATLARI»

Toshpo'latov N.B.

Ijtimoiy fanlar kafedrasi o'qituvchisi

SamISI

IKKINCHI JAHON URUSHIDAN KEYIN O'ZBEKISTON BOSHQARUV TIZIMIDAGI MAMURIY BUYRUQBOZLIK TIZIMINING SALBIY OQIBATLARI

Annotatsiya. Ushbu maqolada 1946-1990-yillarda, ya'ni II jahon urushidan keyingi davrda Respublika aholisining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, sobiq SSSR Markaziy huumati tomonidan o 'tkazilgan tazyiqlar, ma 'muriy-buyruqbozlik davrida og'ir ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning mohiyati yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: aholining turmush darajasi, ijtimoiy-munosabat, ma 'muriy-buyruqbozlik, ijtimoiy tanglik inqirozli vaziyat, «rivojlangan sotsializm», moddiy boylik.

Toshpulatov N.B.

teacher

Department of Social Sciences

SamIES

THE NEGATIVE EFFECTS OF THE ADMINISTRATIVE COMMAND SYSTEM IN THE UZBEKISTAN AFTER WORLD WAR II

Abstract. In this article, the socio-economic life of the population of Samarkand region in the period from 1946 to 1990, that is, from the Second World War until independence, the repressions by the Central Government of the USSR, the severe social policy during the administrative-command period. explained.

Key words: social relations, administrative command, crisis situation, «developedsocialism», material wealth.

Ma'lumki, 50—80-yillarning birinchi yarmi Vatanimiz tarixidagi eng murakkab davrlardan biridir. Bir tomondan, mehnatkashlarning fidokorona mehnati tufayli respublika iqtisodiyoti rivojlandi. Ikkinchi tomondan, ijtimoiy, iqtisodiy, ma'naviy hayotda muammolar, noxush holatlar to'planib borib, pirovardida inqirozli vaziyatni keltirib chiqardi. Respublikaning iqtisodiy rivojlanish yo'lida to'xtab qolishlar yuz bermasa-da, olg'a tomon siljish sur'atlari tobora sekinlashib, pasayib bordi. 20-yillar oxiri — 30-yillarda shakllangan xo'jalik yuritish tizimi boshqaruvning ma'muriy-buyruqbozlik usuli 30-yillarda, urush davrida, tiklash yillarida muayyan samara bergan bo'lsa-da, 50-yillardan e'tiboran ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga to'siq bo'la boshladi. 1956-yilda ijtimoiy hayotda iqtisodiyotni qayta qurishlar, boshqaruvni demokratiyalashtirishga urinishlar bo'ldi. Avvallari Markazda hal etilgan ayrim mahalliy masalalarni

respublikalar ixtiyoriga berish, ijtimoiy hayotni demokratlashtirish, boshqaruvni joylarga yaqinlashtirish, boshqaruv apparatini qisqartirish, korxonalarning xo'jalik mustaqilligini kengaytirish, xo'jalik tomorqalarini boshqarishning hududiy tartibiga o'tish tadbirlari ko'rildi. Biroq bu tadbirlar yarimyorti o'zgarishlar bo'lib, iqtisodiy aloqalar va munosabatlarning chuqur qatlamlariga borib yetmadi. Uning ustiga bu o'zgarishlar, demokratlashtirish jarayonlari konservativ kuchlarning qarshiligiga duch keldi va to'xtab qoldi.

60-yillarning o'rtalarida iqtisodiy islohotlar qilishga kirishildi. 1965-yilgi islohotda sanoat, qurilish va qishloq xo'jalik korxonalarini xo'jalik hisobiga o'tkazish, rag'batlantirish tizimini takomillashtirishni ko'zda tutgan tadbirlar mo'ljallandi. Korxonalar uchun yuqoridan rejalashtiriladigan ko'rsatkichlar qisqardi, korxonalar faoliyatiga baho berishda ishlab chiqilgan yalpi mahsulot emas, realizatsiya qilingan mahsulot asosiy ko'rsatkich deb belgilandi. Biroq siyosiy vaziyat o'zgarmadi, u iqtisodiy islohotga zid bo'lib qolaverdi. Markaziy siyosiy hokimiyatning iqtisodiyotni nazorat qilishi, buyruqbozlik yanada kuchaydi, rejadagi tadbirlarga tez-tez tuzatishlar kiritila boshladi, korxonalar huquqlari cheklana bordi. Iqtisodiy metodlar yana ma'muriyatchilik bilan almashtirildi. Islohot boshqaruvning o'rta qismiga, korxonalargagina daxldor bo'lib, u boshqaruvning yuqori eshelonlarini o'zgartira olmadi. Qarorlar qog'ozda qolib ketdi. Ularni amalga oshirishni ta'minlovchi jiddiy o'zgarishlar bo'lmadi, rahbariyatda siyosiy iroda yetishmadi. Islohotlar 60- yillarning ikkinchi yarmida biroz samara bergan bo'lsa-da, biroq umuman ko'zlangan natijani bermadi. 60-yillarning iqtisodiy islohoti jamiyatning siyosiy, ijtimoiy va ma'naviy rivojlanishiga, ishlab chiqarish munosabatlarining tub mohiyatiga daxl qilmadi. Shu sababli muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Boshqaruvning ma'muriy-buyruqbozlik tizimi yaratgan to'g'onoqli mexanizm keyingi yillarda ham ijtimoiy-iqtisodiy hayotda progressiv qayta o'zgarishlarni, 1979-yilgi iqtisodiyotni isloh qilish yo'lidagi urinishlarni barbod qildi. 70-80-yillarda bo'lib o'tgan KPSSning barcha syezdlarida rivojlanishning intensiv shakliga o'tish zarurligi qayta-qayta ta'kidlangan edi. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, rahbarlikda iqtisodiy usullarga o'tish vazifalari qo'yilar edi. Ammo bu vazifalar amalda direktivaligicha qolardi. So'z bilan ish o'rtasida uzilish ro'y berdi. Taraqqiyotda depsinish, inqirozli holatlar yuz berdi.

Jamiyatning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotida yuzaga kelgan inqirozli holatning sabablari va ildizi fikrlashning orqada qolganligida, muayyan tarixiy sharoitga yetarli siyosiy baho bera olmaganlikda edi. 60-yillarning oxirida ilmiy va siyosiy hayotga kirib kelgan «rivojlangan sotsializm»tushunchasi ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyot darajasini aniqlashda jiddiy nazariy xatoga yo'l qo'yilganligining oqibati bo'ldi. Sovet jamiyatining holati qay darajada ekanligiga obyektiv baho bermaslik real hayotga to'g'ri kelmaydigan strategik va taktik yo'1-yo'riqlarni belgilashga olib keldi. Qo'lga kiritilgan yutuqlarni ulug'lash, miqdor ketidan quvish, kamchiliklarni payqamaslik singari yaramas illatlar borgan sari hayotda mustahkam o'rnasha bordi. Natijada respublika

iqtisodiyotida, butun SSSRda bo'lganidek, inqirozli vaziyat belgilari vujudga kela boshladi. Rasmiy ma'lumotlarga binoan, milliy daromadning o'rtacha yillik o'sishi pasayib, 1960—1965- yillardagi 7,8 foizdan 1981—1985-yillarda 3,3 foizga tushib qoldi. Aholi jon boshiga to'g'ri keladigan sof daromadning o'sish sur'ati 1965—1985-yillarda yetti marotabaga kamaydi.

Iqtisodiyotda ishlab chiqarishning intensiv usullariga o'tish, moddiy xomashyo va energetika boyliklaridan foydalanish sohasida juda katta xatoliklarga yo'l qo'yildi. Moddiy boyliklarni saqlash o'rniga ulardan ayovsiz foydalanishga yo'l tutildi, mehnat unumdorligi pasayib ketdi. Iqtisodiyotdagi inqiroziy holatlar ijtimoiy sohaga ham o'z ta'sirini o'tkazmay qolmadi. Ijtimoiy ehtiyojlar uchun mablag'lar taqsimlashning qoldiq prinsipi va taqsimotda tekischilik qonun qoidasining ustun bo'lishi ijtimoiy adolatsizlikning avj olishiga olib keldi. Ijtimoiy tanglik, millatlararo munosabatlarning keskinlashuvi ichkilikbozlik, giyohvandlik, chayqovchilik, poraxo'rlik va boshqa shu kabi illatlarning keng yoyilishida o'z ifodasini topdi.

Ijtimoiy munosabatlarda mehnatni rag'batlantirish tizimining buzilishi oqibatida murakkab vaziyat vujudga keldi. Ko'p holatda yuqori malakali mehnat haq to'lashda kamsitildi. Injener va ishchi, vrach va sanitariya xodimi deyarli bir xil maosh olardi. Natijada aholining mehnatga qiziqishi va faolligi susaydi. Bu esa o'z navbatida mehnat unumining pasayishiga olib keldi. Yillar mobaynida ana shunday holatning takrorlanishi mamlakat miqyosida mahsulot tanqisligini yuzaga keltirdi.

Noxush holatlar sog'liqni saqlash hamda xalq maorifi sohalarini ham qamrab oldi. Davlat budjetidan ajratilayotgan mablag' tobora kamayib bordi. Bu esa ana shu sohalar moddiy-texnik bazasining eskirishiga, ta'limning va aholiga tibbiy xizmat ko'rsatish sifatining yomonlashuviga olib keldi. Mamlakatda bolalar bog'chalari, maktablar, teatr va kino uchun binolar yetishmasligi ham odatdagi holga aylandi. Jumladan, 1985-yilda maktab binolarining yetishmasligi natijasida o'quvchilarning to'rtdan uch qismi ikkinchi yoki uchinchi smenada o'qirdi. Umumta'lim maktablarining 32 foizi vodoprovod suvi bilan, 60 foizi markaziy isitish tarmog'i bilan ta'minlanmagan edi. Respublika ijtimoiy hayotida imzosiz xat, tuhmat, tanqid uchun o'ch olish singari illatlar ham avj oldi. Bu esa odamlar ijtimoiy ruhiyatining salbiy tomonga o'zgarishiga olib keldi. Tayyoriga ayyorlik, boqimandalik kayfiyatini keltirib chiqardi.

Sovetlar obro'sining pasayishi qonunlarning bajarilishiga o'zining salbiy ta'sirini o'tkazdi. Qonunlar turli xildagi hujjatlar bilan almashtirildi. 70-yillarning oxiri — 80-yillarning boshiga kelib xalq xo'jaligini boshqarishda 200 mingga yaqin har xil buyruqlar va ko'rsatmalar to'planib qolib, xo'jaliklar faoliyatini o'rgimchak singari o'rab, chalkasntirib tashlagan edi. Mavjud imkoniyatlarni hisobga olmasdan ishlab chiqilgan oziq-ovqat, agrar, ijtimoiy va boshqa sohalardagi dasturlar iqtisodiy qarama-qarshiliklarni chuqurlashtirib yubordi.

O'zbekiston Kompartiyasi MQning 1984-yil iyun oyida bo'lib o'tgan XVI plenumida partiya, sovet va davlat xo'jalik organlari faoliyatidagi jiddiy xatoliklar

va qonunbuzarlik to'g'risida ochiq-oydin gapirildi. Biroq plenum tobora chuqurlashib borayotgan noxushliklarning ildizini, keltirib chiqargan tub sabablarni to'liq ochib bera olmadi. Shu boisdan keyinchalik ham noxush jarayonlar davom etaverdi. Mahalliy ahamiyatga molik ishlarni amalga oshirishda O'zbekiston partiya tashkilotlarining ishiga Markazning aralashuvi kuchaydi. Bu esa respublikadagi nosog'lom vaziyatni yana ham murakkablashtirdi. Iqtisodiy va ijtimoiy hayotning tobora yaqqolroq namoyon bo'layotgan inqiroziy holatlarini bartaraf etish, O'zbekistonni yuqori taraqqiyot darajasiga olib chiqish uchun yangicha yo'l tutish zaruriyati to'liq yetilgan edi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Q.Usmonov, M.Sodiqov, O'zbekiston tarixi (1917—1991-yillar), Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari 1-bosqich o'quvchilari uchun darslik, «Sharq»nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati Toshkent — 2010

2. www.ziyouz.com kutubxonasi

3. https://uz.wikipedia.org/wiki/O'zbekiston_Kommunistik_partiyasi

4. https://uz.wikipedia.org/wiki/BBzbekiston_Sovet_Sotsialistik_Respublika

5. https: //kun.uz/news/2021/12/10/sssrdan-keyingi-30-yil-sobiq-ittifoq-respublikalarining-iqtisodiyoti-qanday-rivojlandi?q=/news/2021/12/10/sssrdan-keyingi-30-yil-sobiq-ittifoq-respublikalarining-iqtisodiyoti-qanday-rivojlandi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.