Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
^hjrchiqdavlat^edagGgika^niversiteti^^^^^^^Za
IKKINCHI JAHON URUSHI O'ZBEKISTON VA O'ZBEKISTON XALQI
KO'RSATGAN JASORATI
Yu. A. Erdonova
RTR 21/1 guruhi talabasi Chirchiq davlat pedagogika universiteti
Ilmiy rahbar: K.A Shokarimova Chirchiq davlat pedagogika universiteti katta o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Maqolada ikkinchi jahon urushi O'zbekiston va o'zbekiston xalqi ko'rsatgan jasorati haqida gap borgan
Kalit so'zlar: O'zbekiston SSR, Evokuatsiya, oziq-ovqat ta'minoti, aholi, yetim bolalar, muammolar yechimi, chora-tadbir, oziq-ovqat taqsimoti.
МУЖЕСТВО, ПРОЯВЛЕННОЕ НАРОДОМ УЗБЕКИСТАНА ВО ВТОРОЙ
МИРОВОЙ ВОЙНЕ
АННОТАЦИЯ
В статье говорится о подвиге, проявленном народом Узбекистана во время Второй мировой войны.
Ключевые слова: Узбекская ССР, эвакуация, продовольственное обеспечение, население, дети-сироты, решение проблем, меры, распределение продовольствия.
Dunyoda chuqur o'zgarishlar sodir bo'layotgan hozirgi davrda Yer yuzi - ping turli nuqtalarida millatlararo nizolarni keltirib chiqaruvchi ziddiyatlar saqlanib qolmoqda. Ushbu ziddiyatlarni bartaraf qilish, ularning oldini olish kishilik jamiyati tarixiy-tadrijiy rivojla- pishini ta'minlashning muhim sharti bo'lib qolmoqda. Bu amaldagi milliy siyosat modellarining mohiyati, ularning mafkuraviy asoslarpni ilmiy-qiyosiy o'rganishni dolzarb qilib qo'ymoqda.
Millatlararo munosabatlarning ijtimoiy barqarorlik va rivojlanishga keng ta'sir o'tkaza boshlashi global, mintaqaviy va hududiy geosiyosatda etnik omil rolining oshishiga olib keldi. —Bu hol, davlatning va mintaqaning xavfsizligiga taxdid solishi mumkin bo'lgan etnik va millatlararo mojarolar kelib chiqqudek bo'lsa, ularning oldini olish maqsadida mazkur jarayonlarni muntazam ravishda ijtimoiy taxdil etib
April 23-24, 2024
145
Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
^hirchiq^avlat^edagogika^niVBBiitiH
borishni zarur qilib qo'yadi". O'zbekiston aholisi ko'pmillatliligining o'sishi uzoq tarixga ega bo'lib, bu jarayonni asosan to'rt davrga bo'lish mumkin.
Birinchi davr chorizm istilosigacha bo'lgan asrlarni o'z ichiga qamrab oladi. Ko'pmillatlilik u asrdlarda sekinasta tashkil topgan.
Ma'lumki, O'rta Osiyoni zabt etgan Iskandar Zulqarnaynning safdan chiqqan minglab jangchilari O'rta Osiyoning qulay iqlimi va sharoitlarini ko'rib, shu yerda o'troq bo'lib qolib ketgan. Yurtimizning ko'pmillatliligi ayniqsa Buyuk ipak yo'lining ahamiyati oshishi bilan yanada o'sdi. Sharq bilan g'arbning muntazam aloqalarini ta'min etishga minglab kishilar o'z hayotlarini bag'ishladilar.
O'zbekiston aholisining ko'pmillatliligi o'sishining ikkinchi tarixiy pallasi O'rta Osiyoning Rossiya tomonidan bosib olinishi jarayoni va mustamlakachilik yillari bilan bog'liqdir. Istilo natijasida yurtimiz dunyoda hududi eng katta va aholisi eng ko'p millatli davlatning bir qismiga aylandi. Elimizga boyish, yengil hayot kechi-rish, yangi yerlarda o'ziga hususiy mulk orttirish tarafdorlari ming-minglab kela boshladilar. Natijada O'zbekistonning ko'pmillatlilik darajasi keskin o'zgara boshladi. 1897 yilda Rossiya Imperiyasi bo'yicha birinchi marta aholi ro'yxati o'tkazildi. Uning yiqqan ma'lumotlarini sinchiklab o'rganish shuni ko'rsatadiki, 1897 yilda Uzbekiston hududida yetmish turli millatlar va elatlar vakillari istiqomat qilgan ekanlar, Yurtimiz aholisi tarkibida turli millatlar va elatlar vakillari sonining o'sib borishi jarayonining uchinchi pallasi 1917 yil Oktyabr to'ntarishi va hokimiyatni bol-sheviklar bosib olgandan keyin boshlanadi. Navbatdagi aholi ro'yxati 1959 yidda o'tkazildi. O'tgan o'ttiz uch yil (1926-1959) nihoyatda hayajonli voqealarga to'la bo'ddi. Ularning orasida eng dahshatlisi 1941-1945 yillardagi urush edi. Insoniyat tarixida hech bir urushda hech bir davlat 1418 kun davom etgan janglarda 27 million 343 ming jangchi, zobit va fuqarosidan judo bo'lgan emas. Bu urushga O'zbekistondan 1.433.230 kishi safarbar qilingan. Respublika aholisining umumiy soni 6,5 million bo'lgan, shulardan bolalar va keksalarni chiqarib tashlasak, bu raqam ikki baravar qisqaradi. Demak,3,25 million yaroqpilardan yarmi ayollar - onalar ekanligini inobatga olsak, 1,6-1,7 million harbiy xizmat yoshidagi erkaklar qoladi. Xulosa shundan iboratki, O'zbekiston aholisining deyarli 22 foizi, harbiy xizmatga yaroqlilarining deyarli 90 foizi urushga yoki ishchi batalonlariga ketgan. Shulardan 263005 kishi halok bo'lgan, 32.670 kishi bedarak yo'qolgan, 60452 kishi nogiron bo'lib qaytgan4 . Bu urush ana shunday ayovsiz qirg'in bo'ddi
O'zbekistonning o'zida 1959 yilda yerli bo'lmagan 104 millat va elat vakil-lari,shu jumladan, 1926 yilgacha O'zbekistonda birontasi ham bo'lmagan chechinlar, abazinlar, tuvalilar, buryatlar, chukchalar va boshqalar aholi tarkibida paydo bo'ldilar.
April 23-24, 2024
146
Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
içhirchiaâavlat£sdâgogika-anivsrsitst^—^^^^aï^i^^ioiai^ïs^ak^iâisâ^^iâmsss^^
Ko'pmillatlilikning o'sishida 1926-1959 yillar O'zbekiston tarixida asosiy o'rinni egallaydi, desak ortiqcha bo'lmaydi. Shu davr ichida O'zbekistonda istiqomat qiluvchi xalqlar soni 91 dan 113 gacha yetdi, o'zbeklar O'zbekistonda 1959 yilda aholining 62,1 foizini, o'zbek emaslar esa 37,9 foizini tashkil qilar edilar O'zbek mil-latining ochiq ko'ngilliligi, mehmondo'stligi, bag'ri kengligi, har bir kishiga millati-dan qatiy nozar, —u ham xudo yaratgan insonll deb yaxshi ko'z bilan qarashi nagi-jasida O'zbekistonda barcha yerli emas xalqlarning, shu jumladan ruslarning soni va salmog'i oshib bordi.
1959 yildan boshlab O'zbekistonda yerli aholining, shu jumladan, o'zbeklarning aholi tarkibidagi salmog'i astasekin o'sib bormoqda. Vuning sababi yerli bo'lmagan aholining soni kamayishida emas. Ularning soni yil sayin, ozgina bo'lsa-da, oshib bormoqpa. Yerli aholi salmog'i ortib borishining sababi bu aholi so-nining Yevropaliklarga nisbatan tezroq o'sishidadir. Yevropalik aholida, shu jumladan, ruslarda, har bir oilada o'rta hisob bilan 2,5 farzand bor, o'zbeklarda va boshqa yerli xalqlarda esa har bir oilada 4-5 ta farzand bor. Natijada, masalan, O'zbekistondagi ruslarning soni 1959 yildagi 1.090 mingdan 1989 yilda 1.652 ming-gacha o'sdi, ya'ni 66 foizga ko'paydi. Xuddi shu davr ichida o'zbeklarning soni 6.015 mingdan 16.650 minggacha, ya'ni 275 foizga ko'paydi. Demak, o'zbeklarning soni ruslarnikiga nisbatan besh barobar ko'proq sur'at bilan o'sgan. Yuqorida sanab o'tilgan omillar ta'sirida 1989 yilga kelib O'zbekistonla ruslarning salmog'i 8,3 foizga, 2000 yilda 6,5 foizga tushib qoldi. 1991 yilda O'zbekiston mustaqil davlat deb e'lon qilingandan so'ng barcha sobiq respublikalarda jiddiy demofafik jarayonlar yuz berdi, shu jumladan rus aholinipg ma'lum qismi o'z ilk atani Rossiya federatsiya-siga qaytib ketishini lozim ko'rdi. O'zbekistondan ko'chib ketgan ruslarning soni va salmog'i boshqa sobiq respublikalarga nisbatan ancha oz bo'ldi; sababi shundaki, O'zbekiston rahbariyati va yerli aholi ruslarga qupollik, chiqishtirmaslik, g'araz ko'z bilan qarash hodisalariga yo'l qo'ymaydi. chunki ruslar asosan yaxshi mutaxassislar, O'zbekistonning sanoati, aloqasi, naqliyoti va boshqa sohalari uchun chin yurakdan mehnat qilishga tayyor kishilardir. Hatto shunday sharoitda ruslarning ma'lum qismi o'z ilk Vatanini qumsab, ona yurtiga qaytdi. Bu borada hozirgi aniq raqamlar chop etilgan emas. Shu soha bilan shug'ullanayotgan mugaxassislarning bildirishlaricha, 1991-1996 yillarda ko'chib ketganlarning ma'lum qismi qaytib kelgan. «Bizning -tojik, turkman,qirg'iz, qozoq va o'zbeklarning-tarixiy birligimiz, madaniy birligimiz, ma'naviy birligimiz, diniy birligimiz, bir so'z bilan aytganda chinakkam insoniy birligimiz haqida ko'a gapirishning xojati yo'q, -deb yozadi I.A.Karimov. -xalqlarimizning azaliy birligi va bi-biriga intilishi har bir uyda, har bir oilada, har bir qishloqda va har bir shaharda yaqqol seziladi»
April 23-24, 2024
147
Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
Chirchiq davlat pedagogika universiteti Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari
Sayyoramizda o'zining betakror madaniy va ma'naviy qadriyatlarga ega bo'lgan 1600 dan ortiq etnik guruhlar yashaydi.
Ularning har biri o'ziga xos tarixga ega. Har biriga milliy g'urur xos. Bu tabiiy, albatta. Milliy o'zlikni anglash odamlarning o'ziga xos xususiyatlari va an'analarini saqlab qolish yo'lidagi tabiiy intilish, millatni saqlab qolishga qaratilgan ob'ektiv ehtiyojidir. Har qanday millat, miqdoridan qat'i nazar, insoniyatning boyligi hisobla-nadi.
Ko'p millatlilik sharoitida millatlararo munosabatlarni takomillashtirmay, turli millat va elat vakillarining ijtimoiy jarayonlardagi to'laqonli ishtirokini ta'minlamay turib, jamiyat hayotining har tomonlama yangilanishini tasavvur qilib bo'lmaydi. Uzoq yillar davomida kishilar ongida shakllangan stereotiplar qayta ko'rib chiqila-yotgan hozirgi davrda bu ayniqsa muhimdir. Qayd etilgan holat mustaqillikka erish-gan O'zbekiston milliy siyosatining mazmun-mohiyatini har tomon- lama va chuqur yoritib berishning zarurligini ko'rsatadi
Ta'lim tizimi va ommaviy axborot vositalarining sifatiy holati millatlararo munosabatlarning xarakterini ko'rsatuvchi muhim indikator va fuqarolarda mafku-raviy immunitetni shakllantirishning asosiy bo'g'ini hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, milliy istiqlol g'oyasini ijtimoiy ongga singdirish, xalqlar o'rtasidagi do'sglik ni mustahkamlashda ta'lim tizimi va ommaviy axborot vositalarinish o'rni va rolini kuchaytirish bilan bog'liq masalalarni tadqiq etish mham nazariy, ham ama-liy ahamiyat kasb etadi.
REFERENCES:
1. Karimov I.A. O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. // Karimov I.A. Xaifsizlik va barqaror taraqqiyot yo'lidan. 6-jild. — T.: «O'zbekiston», 1998. — 88 b.
2. Xonazarov Q. Mustaqillik va milliy munosabatlarning rivojlanishi. -T.: "FAJBNT" Markazi, 2001. 33-bet
3. Karimov I.A. Turkiston umumiy uyimiz. -T.: O'zbskiston, 1995. 11 -bet.
4. XoHa3apoB MycTaKunnHK Ba mh.MHH MyHOcaöaraapHHHr pHBO^naHHmn. -T.: -YA^EHTII MapKasH, 2001. 33- 6eT.
5. KapHMOB H. A. Y3ÖeKHCTOH XXI acp öycaracHga: xaB^cronHKKa Taxgng: öapKapopnHK mapraapn Ba TapaKKHeT Ka^onaraapn. -T.: Y3ÖeKHCTOH, 1998. 77-6eT.
148
April 23-24, 2024