IJTIMOIY TARMOQLARNING YOSHLAR MANAVIY-AXLOQIY TARBIYASIGA TASIRI
1Qambarov Abdujabbor Boxroliyevich, 2Zakirjanov Nematjon Ziyoviddin o'gli
1dotsent v.b NamDPI, 2NamDPI magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11241417
Annotatsiya. Ushbu maqolada ta'lim va tarbiyaning qo'shib olib borilishida xozirgi kunda internet jumladan, ijtimoiy tarmoqlarning o'rni va uning jamiyat xayotida qanday o'rin tutishi to'g'risida so'z yuritiladi. Internet va undagi ijtimoiy tarmoqlar va ijtimoiy tarbiya barcha mamlakatlarda ham davlat va jamiyat ravnaqida muhim asos bo'lib hisoblanadi.
Kalit so'zlar. vatanparvarlik, ta'lim, tarbiya, ijtimoiy tarmoq, internet, jamiyat, davlat, yoshlar, millat, ma'naviyat, ommaviy madaniyat, yurtga muhabbat, sadoqat, fidoyilik.
Zamonaviy jamiyat axborot va bilimlarga tayanadi. Bugungi kunda media, turli axborot va kommunikatsion texnologiyalarining turli xil shakllarining tez ommalashishi, ularning shaxsiy, iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy xayotimizga o'tkazayotgan ta'sirini inkor etib bo'lmaydi. Ijtimoiy tarmoq — bu qiziqishlari o'xshash yoki oflayn-aloqaga ega bo'lgan odamlar o'rtasida muloqot qilish, tanishish, ijtimoiy munosabatlar yaratish uchun, shuningdek, ko'ngilochar (musiqa va filmlar) va ish maqsadlarida ishlatiladigan onlayn platformadir.Ijtimoiy tarmoqlar internetga 1995 yilda kirib kelib, 2003-2004 yillarda keskin ommalashdi. Jamiyatshunos
Sherri Terkl "Alone together" nomli kitobida "Ijtimoiy tarmoqlardagi suhbatlar insoniylikni barbod qilayotgan ahmoqlikning yangi shaklidir." Shu bois insonlarning axborot jamiyati xayotida faol va samarali ishtirok etishi uchun yangi bilim, ko'nikma va ko'rsatmalar zarur. Tez-tez qo'llaniluvchi «savodxonlik» atamasi bugunda «raqamli», «kompyuter», «vizual», «texnologik», «kommunikatsion» va, albatta, «media» va «axborot» kabi tushunchalar bilan birga qo'llanilmoqda. Bunday an'ana mazkur yo'nalishda izlanishlar olib borilishiga ortib borayotgan qiziqishdan va zamonaviy jamiyatning shiddat bilan o'zgarib borayotganidan dalolat beradi. Mamlakatimiz va dunyo miqyosida sodir bo'layotgan o'zgarishlar, voqea-hodisalar, yangiliklar to'g'risidagi ma'lumotlar barcha ijtimoiy tarmoqlarda aks etib boryapti. Bu yangiliklardan xabardor bo'lishda esa internet tizimi, mobil' telefonlar va kompyu'ter texnologiyalaridan foydalanish ancha qulay hisoblanadi.
"Bu haqda so'z yuritganda, eng tezkor axborot vositasi - Internet hayotimizga tabora chuqir kirib borayotganini alohida qayd etish lozim. Media va tengdoshlar bilan munosabatlarning axamiyati oshib bormokda, katta bulish jarayonining borgan sari ko'p qismi an'anaviy muxitdan tashqarida kechmokda. Yoshlarni qurshab turgan muxit axborot texnologiyalari bilan ta'minlangan doimiy onlayn bo'lish imkoniyati ta'siri ostida o'zgarmokda. Yoshlar mediadan faol foydalanmokdalar, o'zlari mustaqil kontent yaratmoqdalar, masalan, onlayn tarzda videoroliklar bilan almashmoqdalar. Kattalar ish vaqtni xordiqqa bag'ishlangan vaqtidan ajratishga majbur bo'lsalar, yoshlar tabiiy xolda xordiqni ish vakti ta'lim xam olib kiryaptilar. Yoshlar onlayn va oflayn tartiblardagi faoliyatlar o'rtasida chegara tortish zaruratini sezmayaptilar. Aksariyat yoshlar o'zlarining qimmatli vaqtlarini behuda sarflab, ijtimoiy tarmoqlardan kun bo'yi foydalanishadi. Shu tariqa, ular deyarli barcha axborotga ega bo'lishadi va o'z dunyoqarashidan kelib chiqib, u yoki bu masalaga munosabat bildirishadi. Biroq bildirilgan munosabatlarning barchasini saviyali, ya'ni ma'naviyatli kishilarning fikri, deb bo'lmaydi, albatta. Ayniqsa, bugungi kunda etarli bilim va ko'nikmalarga ega bo'lmagan kimsalar ham to'g'ri yo noto'g'riligini o'ylab o'tirmasdan,
ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan har qanday ma'lumot yuzasidan yoxud ba'zi masalalarga bilim va salohiyati etadimi, yo'qmi, bundan qat'i nazar, o'z fikrini bildirishadi. Yoki o'zlarining yozgan «asarlari» yo »maqola», «xabar», «she'r»larini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirib, bir-birlarini ko'klarga ko'tarib maqtashadi. Qizig'i shundaki, ba'zi odamlar aslida shu ishni qilish kerakmi, yo'qmi, degan ishtibohga ham bormaydi. Ijtimoiy tarmoqlarda havola etiladigan ma'lumotlarni «bezab turgan» g'aliz jumlalar hamda imloviy xatolar o'sha tarmoq foydalanuvchisining saviyasi qay darajada ekanligini ko'rsatib turadi.
Tajribasiz, hali oq-qorani ajrata olmaydigan o'quvchi kiber do'stlariga shaxsiy hayoti, o'y-keshinmalari, o'tmishi, kelajagi haqidagi barcha malimotlarni, sirlarini ishonib aytaveradi. Ularning daldasi, shirin aldovlari, soxta mulozamatlari kun sayin uni internet bilan mustahkamroq bog'layveradi. Borib - borib u internetsiz yashayo'lmay qoladi. Ijtimoiy tarmoqlar kishilar hayotining ajralmas qismiga aylanib borayotgani kunday ravshan. Internetga mukkasidan ketish yoshlarda bir qancha ma'naviy illatlarni urchimoqda. Ming afsus, hozir yoshlar orasida loqaydlik og'ir bir dard, huddi tuzalmas bir xastalikday ildiz otib borayo'tganga o'xshaydi. Bu esa ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarida ham afsuslanish, achinish holatlarini keltirib chiqaradi. Ba'zida esa ijtimoiy tarmoqlar orqali havola etilayotgan asossiz va saviyasiz ma'lumotlarning sanab adog'iga ham etib bo'lmaydi. Ayniqsa, tarmoqlarda shunday guruhlar ham paydo bo'lganki, foydalanuvchilar bir-birini maqtab ko'kka ko'tarishlari, shuningdek, kimlarningdir nomini loyga chaplashlari oddiy holga aylanib bormoqda.
G'iybat ular uchun oddiy holga aylangan. Ba'zi kimsalar esa ijtimoiy tarmoqdan o'zlariga yoqmagan odamlarning obro'sini to'kish, erga urish, buning uchun bor imkoniyatidan foydalanishga harakat qilishadi. Ijtimoiy tarmoqlarni nazoratga olish imkoniyati yo'qligi bois, unda har qanday ishni qilish mumkin, deb o'ylashadi. Erkin fikr aytish imkoniyatidan shunday yo'llar bilan foydalanish mumkin deganlar, saviyalari qay darajada ekanliklarini katta auditoriyaga shunday yo'llar bilan oshkor qilishadi. Olib borilgan axborot-tahliliy natijalar va statistik ma'lumotlarga ko'ra, Facebook hozirgi vaqtda dunyoda eng mashhur ijtimoiy tarmoq sifatida etakchi o'rinda bormoqda. Bugungi kunga kelib, Facebook tarmog'ida ro'yxatdan o'tganlar soni bir necha milliard kishidan ortganligi ma'lum qilingan. Undan keyingi o'rinlarni esa Twitter, Instagram, LinkedIn, Google, Pinterest, Snapchat, YouTube, Reddit, WhatsApp, Flickr, Weibo egallab kelmoqda. Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, davlatimiz qo'lga kiritayotgan olamshumul yutuqlarni jahon media makonida keng targ'ib qilish hamda inson ma'naviyatini har tomonlama yuksaltirishga xizmat qiladigan juda ko'plab ma'lumotlar yoritib borilmoqda. Shu bilan birga, milliy mentalitetimizga raxna soluvchi turli ig'volar, g'iybatlar, milliy madaniyatlarning kushandasi bo'lgan - «ommaviy madaniyat» niqobidagi tahdid va boshqa illatlar xavf solishi hamon davom etmoqda. Kishining ta'bini xira qiladigan jihati, ijtimoiy tarmoqlar orqali «ommaviy madaniyat» niqobi ostida yurtimizga buzuq g'oyalar, axloqsizlik, g'ayriinsoniy odatlar kirib kelmoqda. Millatning tarixi, o'tmishdagi qadriyatlarini rad etuvchi, «ommaviy madaniyat»ni targ'ib etishga undovchi mafkuraviy kurashlarning barchasi aynan ijtimoiy tarmoqlar orqali olib borilmoqda.
Zero, ijtimoiy tarmoqlar tubanlik girdobiga giriftor etuvchi mafkurachilarining asosiy dastaklaridan biri ekanligi hech kimga sir emas. Binobarin, bu holat har birimizdan tahdidlarga nisbatan muntazam ogohlikni talab etmoqda. Ijtimoiy tarmoqlar o'zlikni namoyon etishning qudratli vizual vositasi bo'lganligi tufayli mazkur saytlarning salbiy ta'siri odatda tashqi ko'rinish va jozibadorlikka oid tasavvurlarda namoyon bo'ladi. Yoshlar mediada xayoti yoritib boriladigan
pop-yulduzlarning xulq-atvoriga taqlid qiladilar. Bundan tashqari, media o'smirlarni jozibadorlik va uni namoyish qilishning turli usullari bilan tanishtirish orqali yoshlar xayotida jinsiy uyg'onish davrida muxim rol o'ynaydi. Bu yoshda aksariyat yoshlar internet orqali faol tarzda jinsiy yo'nalishdagi axborot va materiallarni izlaydilar. Inson ongi, qalbi va ruhiyatiga tazyiq o'tkazishga harakat qilayotgan g'arazli kuchlar axborot xurujlarini amalga oshirishda eng ta'sirchan vositalar sifatida internet tizimi va ijtimoiy tarmoqlardan samarali foydalanishmoqda. U jamiyatning madaniy va estetik qadriyatlariga raxna solish orqali ijtimoiy munosabatlarda insonparvarlik tamoyillarini buzadi. Zero, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda, albatta, barchamiz media xavfsizlik haqida, G'arb davlatlari olib borayotgan mafkuraviy kurash turlari haqida ma'lumotga ega bo'lishimiz va buni yoshlarga o'rgatishimiz lozim. Ijtimoiy tarmoqlar orqali inson ongi va dunyoqarashini o'zgartirish maqsadida g'oyaviy, mafkuraviy ta'sir o'tkazish, informatsion axborot tarqatish kabi holatlar, ayniqsa, hushyorlikni talab etmoqda. Axborot xurujida inson ongi, millat ruhiyati nishonga olinadi.
Aslini olganda, axborot xurujlarini amalga oshirishda, avvalo, inson ongi va qalbini zabt etish orqali mafkuraviy ta'sir o'tkazish g'oyasi yotadi. Mazkur holat davlatlarning barqarorligiga raxna solib, millatning tarixan shakllangan qadriyatlari, uning o'ziga xosligi, millat va xalq sifatida yashab qolishini xavf ostiga qo'yadi. Ijtimoiy tarmoqlar orqali g'oyaviy-mafkuraviy tahdid sifatida namoyon bo'layotgan yovuz va buzg'unchi g'oyalar ta'sirini o'z vaqtida anglash, ulardan doimo ogoh bo'lish bugungi kunning dolzarb vazifasi ekanini har bir yurtdoshimiz, birinchi navbatda, yosh avlod vakillari chuqur anglab etishlari lozim bo'ladi. Xulosa qilib aytganda, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev ta'kidlaganidek, «... biz farzandlarimizning ongi, dunyoqarashi asrlar davomida sinovdan o'tgan, yuksak ma'naviyat xazinasi bo'lgan jahon va milliy adabiyotimiz asosida emas, balki qandaydir shubhali, zararli axborotlar asosida shakllanishiga beparvo qarab turolmaymiz». Binobarin, bugungi davr bizdan dunyo miqyosida bo'hton va uydirmalarni tarqatish orqali yoshlarimizni aldab, o'z qarmog'iga ilintirishga intilayotgan ijtimoiy tarmoqlardagi turli salbiy holatlarga hech qanday imkon bermasligimizni talab etmoqda.
Zero, milliy ma'naviyatimizni asrash orqali yoshlarimizni ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalab, o'z xalqiga, yurtiga bo'lgan muhabbatini oshirish asosiy vazifamizdir. Globallashuv ta'sirining yaqqol namoyon bo'lishi ko'rinishlaridan biri inson resurslarini shakllantirish va ularni keyinchalik boshqarishda muhim innovatsion vositaga aylanadigan ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish amaliyotining keng tarqalishidir. Ijtimoiy tarmoqlar zamonaviy jamiyat hayotining ajralmas qismiga aylandi. Ularning yordami bilan tilga oid, geografiy va professional to'siqlar yo'q qilindi, mehnat bozorida, tashkilot sharoitida inson resurslarini boshqarish jarayoni faollashdi va umuman kadrlar sohasida bir qator o'zgarishlarni keltirib chiqardi. Zamonaviy tashkilotlar keng miqyosdagi tashkiliy muammolarni hal qilish uchun ijtimoiy tarmoqlardan: ichki muhitda aloqa kanallarini qurish uchun ham, tashqi aloqa vositasi sifatida ham faol foydalanmoqda.
REFERENCES
1. Mirziyoev Sh.M. Yangi O'zbekiston strategiyasi. -Toshkent.: O'zbekiston. 2021. -B. 150.
2. "Zaharli tarkib davrida tanqidiy fikrlash" Sakkizinchi xalqaro ilmiy-uslubiy konferentsiya maqolalari to'plami". - Kiyev: Erkin Pressa Markazi, M.: Ukraina Matbuot Akademiyasi, 2020.
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi.