Научная статья на тему 'JAMIYAT HAYOTINING IJTIMOIY-MA'NAVIY MUHITIGA TA'SIR ETUVCHI G'OYAVIY-MAFKURAVIY TAHDIDLAR'

JAMIYAT HAYOTINING IJTIMOIY-MA'NAVIY MUHITIGA TA'SIR ETUVCHI G'OYAVIY-MAFKURAVIY TAHDIDLAR Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

283
29
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Jamiyat / maʼnaviyat / gʼoya / mafkura / xalq / yoshlar / tahdidlar / ong / tafakkur / immunitet / Society / spirituality / idea / ideology / people / youth / threats / consciousness / thinking / immunity.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Umidjon Saidkamolovich Musayev

Ushbu maqolada jamiyat hayotining ijtimoiy-maʼnaviy muhitiga taʼsir etuvchi gʼoyaviy-mafkuraviy tahdidlarning tasnifi va ularning oldini olish, ularga qarshi insonlar ongida mafkuraviy immunitetni shakllantirish masalalari yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «JAMIYAT HAYOTINING IJTIMOIY-MA'NAVIY MUHITIGA TA'SIR ETUVCHI G'OYAVIY-MAFKURAVIY TAHDIDLAR»

JAMIYAT HAYOTINING IJTIMOIY-MA'NAVIY MUHITIGA TA'SIR ETUVCHI G'OYAVIY-MAFKURAVIY TAHDIDLAR

Umidjon Saidkamolovich Musayev

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali (PhD) musayev.umidj on92@mail .ru

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada jamiyat hayotining ijtimoiy-ma'naviy muhitiga ta'sir etuvchi g'oyaviy-mafkuraviy tahdidlarning tasnifi va ularning oldini olish, ularga qarshi insonlar ongida mafkuraviy immunitetni shakllantirish masalalari yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: Jamiyat, ma'naviyat, g'oya, mafkura, xalq, yoshlar, tahdidlar, ong, tafakkur, immunitet.

ABSTRACT

This article highlights the issues of classifying ideological and ideological threats that affect the socio-spiritual environment of society and their prevention, the formation of ideological immunity in the minds of people against them.

Keywords: Society, spirituality, idea, ideology, people, youth, threats, consciousness, thinking, immunity.

KIRISH

Bashariyat olami XXI asrga qadam qo'yib, chorak asr o'tib bo'ldikim hali hanuzgacha dunyo tahdid va havf-xatarlardan holi emas. Yangi davrning tahdid va xavf-xatarlari oldingi asrdan ko'p bo'lsa ko'pki kam emas, bu esa o'z navbatida ogoh va sezgir bo'lishga undamoqda. Prezidentimiz Sh.Mirziyoev ta'kidlaganidek, "Dunyo shiddat bilan o'zgarib, barqarorlik va xalqlarning mustahkam rivojlanishiga raxna soladigan turli yangi tahdid va xavflar paydo bo'layotgan bugungi kunda ma'naviyat va ma'rifatga, axloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olish, kamolga yetishga intilishiga e'tibor qaratish xar qachongidan ham muhimdir"[1].

Inson ongi-tafakkuri, o'zligi va ma'naviy olamini zabt etuvchi o'zida buzg'unchi va yovuz, zararli g'oyalarni namoyon bo'luvi g'oyaviy ta'sirlar, oshkora g'oyaviy-mafkuraviy tahdidlar va tayziqlar teran fikrlashni taqozo etmoqda. Ayniqsa mamlakat yoshlar tarbiyasiga raxna solishga intilayotgan ekstremizm, kosmopolitizm, konservatizm, suitsid, radikalizm, fundamentalizm, fanatizm, radikalizm, separatizm, vesternizatsiya, terrorchilik, missionerlik, prozelitizm kabi

April, 2023

340

tahdidlarni chegara bilmasligi dunyo afkor ommasining kayfiyati, ruhiyati, ongi-tafakkuri, ijtimoiy-ma'naviy olamiga, o'zligi-milliy qadriyatlariga, dunyoqarashiga salbiy ta'sir o'tkazmoqda.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

O'rganilayotgan va tadqiq etilayotgan mavzuga doir adabiyotlar, tadqiqot ishlariga mantiqiylik sotsiologik tahlil usullari asosida o'rganish maqsadga muvofiq deb topildi.

Mamlakatimizda jamiyatning ijtimoiy-ma'naviy muhitiga salbiy ta'sir etuvchi tahdid va havf-xatarlarning tasnifi ularga qarshi shaxslar o'rtasida mafkuraviy immunitetni shakllantirish,rivoji haqidagi fikr va mulohazalarning ijtimoiy-falsafiy jihatlari haqidagi izlanish va tadqiqot masalalariga S. Otamurodovning 2008 yil nashr etilgan "Globallashuv va millat", Q. Nazarov "Falsafa komusiy lug'at", Sh. To'raevning 2022 yilda nashr etilgan "Milliy g'oya tarixi va nazariyasi", M. Musayevning 2020 yilda nashr etilgan "Globallashuv sharoitida missionerlik va prozelitizmning jamiyat xavfsizligiga tahdidi" mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishlari va kitoblarida tahlil qilib o'tilgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Bugungi kunni globallashgan davr desak, axborotining tarqalish tezligi misli ko'rilmagan darajada shiddatli tus oldiki, inson tafakkuriga turli yo'nalishlarda tez va oson ta'sir o'tkazishi, manipulyatr vazifasini bajarishi, inson fikri-xayoli, ma'naviy-ma'rifiy olami, hayotini va taqdirini u yoki bu tomonga burib yuborishga qodirligi, turli vaziyatlarda salbiy va ijobiy ahamiyat kasb etuvchi qudratli vositaga aylanganligini inkor etish qiyin. Bizning fikrimizcha, bunday salbiy axborotlarning aksariyat katta ko'pchilik qismi internet(ijtimoiy tarmoqlar, mesenjerlar) orqali to'sqinliksiz kirib kelmoqda va tarqalmoqda.

Hozirgi vaqtda internet, ijtimoiy tarmoqlar va mesenjerlar insonlar ongi-tafakkuri va fikri-hayolida go'yoki hech qanday qonun-qoidalarga amal qilmaydigan, parallel olam sifatida mustahkam, ajralmas o'rin olib bormoqda. Birinchi prezidentimiz Islom Karimov internet haqida shunday degan edi: "internet shunday bir narsaki, u yutuq emas, yaxshini - yomon, kamni - ko'p qilib ko'rsatuvchi, aqlni chalg'ituvchi, yoshlarni o'z domiga oluvchi o'rgimchak to'ri bo'lib, ularni maqsaddan og'ishiga xizmat qiladi". Zero, internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilayotgan axborotlar bugungi kunda global mohiyat kasb etish orqali axborotga egalik qilsa, shu dunyoga hukmronlikni ham pinhona qo'lga olmoqda.[6, 100-103] Insolar ongi-

April, 2023

341

tafakkurini egallash, uni boshqarishga va uni manqurtlik holatiga solishga qaratilgan axborot xurujlarini tobora avj olib soni va salmog'i oshib bomoqda.

Ayniqsa, axborot maydonida yolg'on axborot tarqatish, ijtimoiy ongni zaharlash va manipulyasiya qilish, milliy-ma'naviy qadriyatlarni yemirish, ularga zid axloqiy qadriyatlarni olib kirish, milliy mentalitetga mutlaqo yot bo'lgan begona qadriyatlarni targ'ib etish, xalqning tarixiy xotirasini buzish, chalkashtirish, ixtiloflar keltirib chiqarish va o'zgartirish, shu va shunga o'xshash xavf-xatarlar kuchayotganligi, ayniqsa, tashvishli va xavotirlidir.

Bugungi kunda yoshlarning 90 foizi asosiy manba va axborot manbai sifatida internet tarmog'i, ijtimoiy tarmoqlar va ijtimoiy mesenjerlara murojaat qilmoqda. Bu albatta, qulay axborot manbai va makoni ekani, istalgan narsani va ma'lumotni bir zumda topa olishingiz mumkinligi, daqiqalar oralig'ida dunyoning narigi chekkasi bilan bog'lash va u yerda bo'layotgan voqea-hodisalardan xabardor bo'lish imkoniyatlarining mavjudligi muhim omillaridan biri hisoblanadi.

Mamlakatimizda ijtimoiy tarmoqlar va internetdan foydalanuvchilar kun sayin ortib bormoqda, ularning deyarli 70 foizdan ortig'iroqini yoshlar ekanini inobatga oladigan bo'lsak, bu ko'rsatkich hammamizni yanada ogoh va sergak bo'lishga undaydi. Shu ma'noda yoshlarimizda zararli va yot g'oyalarga nisbatan immunitetni shakllantirish, ularni mustaqil fikr va ko'nikmalarga ega komil inson sifatida tarbiyalash, ular o'rtasida sog'lom turmush tarzi tamoyillarini shakllantirish muhim ustuvor vazifalardan biri bo'lib hisoblanadi.

Barcha tahdid va havf-xatarlarning oldini olish va ularga qarshi immunitetni shakllantiruvchi bo'g'in bu albatta ta'lim tizimi, tarbiya hisoblanadi. Ta'lim tizimini isloh qilish ta'limning mazmunini aktuallashtirish, o'quv axboroti oqimlarini yaratish, pedagogik mehnatni taqsimlash va birlashtirishning mutlaqo yangi shakllarini amalga joriy etishdan tashqari, ta'limni insonparvarlashtirish va komp'yuterlashtirishni nazarda tutgan xolda, "bugun ta'lim tizimida yangi gumanistik qadriyatlar, an'anaviy gumanitar fanlar joriy etilmoqda"[2, 69].

Jamiyatimizda inson ruhiyatiga ta'sir etishning bu jihatlarini e'tiborga olib, mamlakatimizda yoshlarni axborot xurujlaridan himoyalash borasidagi tegishli huquqiy mexanizmlar ishlab chiqilgan bo'lib, bunda "Voyaga yetmaganlarni jismoniy va va ma'naviy rivojiga zarur keltiruvchi axborotdan himoyalash to'g'risida"gi qonun loyihasi hamda "Xavfsiz internet" dasturini tayyorlash ishlari olib borilmoqda. Bu me'yoriy hujjatlarda internetdan foydalanishning huquqiy mexanizmlari, buzg'unchi nosog'lom axborot kontentidan yoshlarni himoyalash, axborot mazmuniga talablar, yoshlarga mo'ljallangan axborotni ekspertiza qilish, nodavlat

April, 2023

342

tashkilotlarning axborotni monitoring qilish vakolatlari va boshqa me'yorlari belgilangan.[3, 18]

Bizningcha yosh avlodning axborot iste'mol madaniyatini yuksaltirish vazifalari va usullari vositalariga e'tibor qaratar ekanmiz, avvalo, "targ'ibot" va "tashviqot" ishlarini yanada takomillashtirish kerak. Chunki, targ'ibot - ishontirish va uni ruhlantirishga yo'naltiriladi. Bu haqda Muhammadjon Quronov shunday yozadi: "Mafkuraviy tarbiya - bu xalqning ruhini ko'tarish, uni bir jonu bir tan qilib yuksaltirish, uning ma'naviy, siyosiy, ijtimoiy faolligini kuchaytirishning ilmiy dasturidir"[4, 25].

Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev bu sohada alohida to'xtalib, "o'zini jamiyatimiz, yoshlarimiz ma'naviyati, g'oyaviy-mafkuraviy tarbiyasi uchun mas'ul deb bilgan insonlar - bu mahalla yoki diniy tashkilotlar bo'ladimi, huquq-tartibot idoralari xodimlari yoki katta ta'sir kuchiga ega ijodkor ziyo lilar bo'ladimi -ularning barchasi ayniqsa faol bo'lishlari lozim"[5], - deya ta'kidlagani bejiz emas, albatta.

MUAMMOLAR

Ayni vaqtga kelib tahdid va havf-xatarlarning soni tobora ortib borayotganligi ayniqsa tashvishlidir. Xususan, ularni insonla va yoshlar ongi-tafakkuriga ta'sir etish doirasiga ko'ra quyidagicha guruhlashtirish ham mumkin:

- Ma'naviy-mafkuraviy tahdidlar (Dunyo fuqaroligi, kosmopolitizm, qayerda yashash yaxshi bo'lsa, o'sha joy vatan g'oyasi, neoliberalizm, konservatizm, neokonservatizm, sosial-demokratiya, amoralizm, migratsiya, starizm, beshinchi kolonna, liberalizm, varvarlik, gedonizm, barbi "madaniyati", volyuntarizm, vandalizm);

- Diniy tahdidlar (radikalizm, ekstremizm, mutaassiblik va "g'ulu" tushunchalari, ularning paydo bo'lish sabablari va oqibatlari, soxta salafiylik, diniy aqidaparastlik, islom aqidaparastligi, fundamentalizm, islom fundamentalizm!, terrorizm, fanatizm, diniy ekstremizm, islom modernizmi, islom tradisionalizmi, suisid, panislomizm, radikalizm, atanizm satanizm, missionerlik va prozelitizm);

- Siyosiy tahdidlar (etnosentrizm, anarxizm, shovinizm, buyuk davlatchilik shovinizmi, irqchilik, mafkuraviy poligon, pansovetizm, fashizm, "demokratiya"ni olg'a surish, neofashizm, gegemonizm, bo'lib tashlab - hukmronlik qilish, konservatizm, neokonservatizm, separatizm, vesternizasiya, "vijdon erkinligi", rangli inqilob,);

- Iqtisodiy tahdidlar (peniyafobiya, inflyasiya, bankrotlik, krizis, ilmoqli qarz, asotirli qarz, besamar investisiya);

April, 2023

343

- Hozirgi kundagi eng asosiysi va xatarlisi informatsion tahdidlar (axborot va internet tarmog'idagi axborot urushi, axborot urushi, mediamanipulyasiya, kiberterrorchilik, virtual jinoyatchilik, vertual ta'qib, onlayn hayot vakillari, ludomaniya, dezinformasiya, etnosentrizm, seduksiya, stokgol'm sindromi, yumshoq kuch, dunyo axborot urushi, fleshmob, "ommaviy madaniyat", psixologik urush, beshinchi kolonna, mediavirus va hozirgi kungi dolzarb maniya va fobiyalar: TV, mediya, o'yin, internet, xayolot va boshqalar)[6, 100-103].

XULOSA

Ta'lim tizimini samarali tashkil etishda maktabning ham o'rni beqiyosdir. Olti-etti yashar bola toki mustaqil shaxs sifatida shakllanib, voyaga yetguniga qadar bo'lgan hayotini asosan maktabda o'tkazadi. Demak, maktab insondagi qadriyatlar, qarashlar, intilishlar, dunyoqarash va maqsadlarning shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Maktab bilim berish bilan birga, g'oyaviy tarbiya o'chog'i bo'lishi lozim. Insondagi vatanparvarlik, fidoyilik, mehnatsevarlik tuyg'ulari, komil insonga xos bo'lgan boshqa sifatlarning shakllanishi jarayoni bilan bir vaqtda kechsa, bu sifatlar uning uchun doimiy qadriyatga aylanishi mumkin. Shu jihatdan, maktab yoshidagi bolalarni yetuk inson qilib tarbiyalashda o'qituvchilarning zimmasiga ulkan mas'uliyat yuklaydi. Chunki, xar bir o'qituvchi bolalarga nafaqat ta'lim beradi, balki tarbiyani ham amalga oshiradi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoevning Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi 43-sessiyasining ochilish marosimidagi nutqi. 18.10.2016

2. Yoqubova M. Axborot texnologiyalarining falsafiy asoslari. -Toshkent: Star -Poligraf. 2008. - B. 69.

3. Mo'minov A. Yoshlarning axborot xavfsizligini ta'minlashning ayrim jihatlari -Toshkent: O'zMU, 2014. - B. 18.

4. Quronov M. Mafkura, ta'sirchanlik va uslub: ma'ruza matni. -Toshkent: Ma'naviyat, 2000. - B. 25.

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning "Ijtimoiy barqarorlikni ta'minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash - davr talabi" mavzusidagi anjumanda so'zlagan nutqi. 15.06.2017.

6. Musayev U.S. Yoshlarda yot g'oyalarga qarshi kurashda mustahkam e'tiqodni shakllantirish vazifalari.. - "Tafakkur ziyosi" jurnali, 4-son. Jizzax 2021. -B.100-103.

April, 2023

344

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.