Научная статья на тему 'IJTIMOIY TARMOQLARNING INSON ONGIGA TA’SIRI'

IJTIMOIY TARMOQLARNING INSON ONGIGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
882
44
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
jamiyat / tinchlik / barqarorlik / umuminsoniy qadriyatlar / tarbiya / insonlar / ma’naviy dunyoqarash / tahdid / ma’naviy tahdid / ijtimoiy himoya / taraqqiyot / faollik / tashabbuskorlik / internet / internet hujumi. / society / peace / stability / universal values / education / person / spiritual outlook / threat / spiritual threat / social protection / development / activity / initiative / Internet / Internet attack

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Y. Kadirova, Sh. Komilova

Hozirgi globallashuv zamonida odamlar ongida g‘oyaviy bo‘shliq yaratishdan manfaatdor bo‘lgan kuchlar ko‘p. Ular terrorchi va ekstremistlar, aqidaparastlar, “ommaviy madaniyat” tarafdorlari kabi buzg‘unchi kuchlar бўлиб, улар бugungi kunda ma’nan еtuk bo‘lmagan, yurt koriga yaramaydigan insonlar: olamdagi notinchliklarga, jinoyatchiliklarga, jaholatga, begunoh bolalarning еtim qolishiga sabab bo‘lishmoqda. Inson his-tuyg‘ulari o‘ta nozik bo‘lgani uchun qalb o‘zgaruvchan. Ana shu o‘zgaruvchan qalbni adashishdan saqlash uchun unga tayanch bo‘ladigan kuch, mustahkam ishonch kerak. Ishonch mehr-muhabbatga, e’tiqodga asoslanadi. Bu dunyoda eng kuchli muhabbat Vatanga, ota-onaga, oilaga bo‘lgan muhabbatdir. Eng mustahkam e’tiqod ona yurtga bo‘lgan e’tiqoddir. Bunday muhabbat va e’tiqodga to‘la qalbni еngish, salbiy tomonga o‘zgartirish qiyin bo‘ladi. Yot g‘oyalar yoshlarning qalbi va ongiga hujum boshlashiga yo‘l qo‘ymaslik uchun esa mafkuraviy immunitetni shakllantirish lozim.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE INFLUENCE OF SOCIAL NETWORKS ON HUMAN CONSCIOUSNESS

In the current era of globalization, there are many forces interested in creating an ideological vacuum in people's minds. These are destructive forces, such as terrorists and extremists, fanatics, supporters of "mass culture". Today, people who are mentally immature and unfit to work in the country are the cause of unrest, crime, ignorance, and the orphanage of innocent children. Since human feelings are very sensitive, the heart is changeable. For this changing soul not to go astray, it needs strength and strong faith to keep it going. Trust is based on love and faith. The strongest love in this world is love for parents, family, Motherland. The strongest faith is faith in the motherland. Such a heart full of love and faith will be difficult to overcome, to change in a negative direction. So that other people's ideas do not attack the hearts and minds of young people, it is necessary to form ideological immunity.

Текст научной работы на тему «IJTIMOIY TARMOQLARNING INSON ONGIGA TA’SIRI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

IJTIMOIY TARMOQLARNING INSON ONGIGA TA'SIRI Yaqitjan Buvabayevna Kadirova

Nizomiy nomidagi TDPU "Ijtimoiy fanlar" kaferdrasi v.b dotsenti p.f.f.d

Komilova Shahzoda

Xorijiy tillar fakulteti, 102-guruh talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7424224 Annotatsiya. Hozirgi globallashuv zamonida odamlar ongida g'oyaviy bo'shliq yaratishdan manfaatdor bo'lgan kuchlar ko 'p. Ular terrorchi va ekstremistlar, aqidaparastlar, "ommaviy madaniyat" tarafdorlari kabi buzg'unchi kuchlar булиб, улар 6ugungi kunda ma 'nan etuk bo'lmagan, yurt koriga yaramaydigan insonlar: olamdagi notinchliklarga, jinoyatchiliklarga, jaholatga, begunoh bolalarning etim qolishiga sabab bo'lishmoqda. Inson his-tuyg'ulari o'ta nozik bo'lgani uchun qalb o'zgaruvchan. Ana shu o'zgaruvchan qalbni adashishdan saqlash uchun unga tayanch bo 'ladigan kuch, mustahkam ishonch kerak. Ishonch mehr-muhabbatga, e 'tiqodga asoslanadi. Bu dunyoda eng kuchli muhabbat - Vatanga, ota-onaga, oilaga bo'lgan muhabbatdir. Eng mustahkam e 'tiqod - ona yurtga bo'lgan e 'tiqoddir. Bunday muhabbat va e 'tiqodga to'la qalbni engish, salbiy tomonga o'zgartirish qiyin bo'ladi. Yot g'oyalar yoshlarning qalbi va ongiga hujum boshlashiga yo'l qo'ymaslik uchun esa mafkuraviy immunitetni shakllantirish lozim.

Kalit so'zlar: jamiyat, tinchlik, barqarorlik, umuminsoniy qadriyatlar, tarbiya, insonlar, ma'naviy dunyoqarash, tahdid, ma'naviy tahdid, ijtimoiy himoya, taraqqiyot, faollik, tashabbuskorlik, internet, internet hujumi.

ВЛИЯНИЕ СОЦИАЛЬНЫХ СЕТЕЙ НА СОЗНАНИЕ ЧЕЛОВЕКА Аннотация. В нынешнюю эпоху глобализации существует множество сил, заинтересованных в создании идеологического вакуума в сознании людей. Это деструктивные силы, такие как террористы и экстремисты, фанатики, сторонники «массовой культуры». Сегодня люди, психически незрелые и непригодные для работы в стране, являются причиной беспорядков, преступности, невежества, осиротения невинных детей. Поскольку человеческие чувства очень чувствительны, сердце изменчиво. Чтобы эта изменяющаяся душа не сбилась с пути, ей нужны сила и сильная вера, чтобы поддержать ее. Доверие основано на любви и вере. Самая сильная любовь в этом мире - это любовь к родителям, семье, Родине. Самая сильная вера - это вера в Родину. Такое сердце, полное любви и веры, будет трудно преодолеть, изменить в отрицательную сторону. Чтобы чужие идеи не атаковали сердца и умы молодежи, необходимо формировать идеологический иммунитет.

Ключевые слова: общество, мир, стабильность, общечеловеческие ценности, образование, человек, духовное мировоззрение, угроза, духовная угроза, социальная защита, развитие, активность, инициатива, интернет, интернет-атака.

THE INFLUENCE OF SOCIAL NETWORKS ON HUMAN CONSCIOUSNESS Abstract. In the current era of globalization, there are many forces interested in creating an ideological vacuum in people's minds. These are destructive forces, such as terrorists and extremists, fanatics, supporters of "mass culture ". Today, people who are mentally immature and unfit to work in the country are the cause of unrest, crime, ignorance, and the orphanage of innocent children. Since human feelings are very sensitive, the heart is changeable. For this changing soul not to go astray, it needs strength and strong faith to keep it going. Trust is based

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

on love and faith. The strongest love in this world is love for parents, family, Motherland. The strongest faith is faith in the motherland. Such a heart full of love and faith will be difficult to overcome, to change in a negative direction. So that other people's ideas do not attack the hearts and minds of young people, it is necessary to form ideological immunity.

Keywords: society, peace, stability, universal values, education, person, spiritual outlook, threat, spiritual threat, social protection, development, activity, initiative, Internet, Internet attack.

XXI asr-axborot asri, deya e'tirof etildi. Bunga asosiy sabab-ushbu asrga kelib, misli ko'rilmagan ulkan hajmdagi axborotni katta tezlikda uzatish texnologiyalari paydo bo'ldi. Boshqacha aytganda, axborot texnologiyalari sohasida chinakam inqilob sodir bo'ldi. 1986 yilda Internetning dunyoda barqaror o'ringa ega bo'lishi [1, -B 13.] axborot va axborotlashtirish borasidagi, qolaversa, butun insoniyat hayotida olamshumul voqeaga aylandi.

E.Tofflerning fikricha, ijtimoiy va texnologik o'zgarishlarning tezlashishi insonga tashqi va ichki adaptatsiya(moslashish)da borgan sayin qiyinchiliklar tug'dirib, hozirgi zamon yoshlarining tafakkuri va dunyoqarashiga ta'sir o'tkazadi. [2, -B. 74].

Barcha sohalarda bo'lgani kabi, internetdan foydalanishning o'ziga xos jihatlari, shartlari va odob qoidalari mavjud bo'lib, shu odob qoidalariga rioya etish bilan inson ko'zlangan maqsadlarga tezroq va samaraliroq erishish mumkin. [3, -B. 5477-5489]

Odob qoidalariga roya etmaslik esa, internetning zararlarli ta'siriga tushib qolishiga sabab bo'ladi. Shu bois, jahon axborot maydonida shiddat bilan rivojlanayotgan bugungi davrda ilm fanning taraqqiyot uchun har bir soha mutaxassisi xususan, talaba-yoshlar bu sohaning ijobiy jixatlarini o'zlashtirgan xolda kelgusi faoliyatida Internet tarmog'i axborot savodxonligi, axborot texnologiyalaridan o'rinli foydalanish, tahlil qilish ko'nikmasini shakllantirish bugungi kunning dolzarb masalalaridandir. Bugungi kundagi zamonaviy axborot makoniga poydevor bo'lgan, inson ijtimoiy-madaniy hayotining ajralmas qismi xisoblangan muloqot, ma'lumot evolyusiyasi tarixini o'rgatish, ko'nikmasini shakllantirish, refleksiv fikrlay olish, murakkab vaziyatlarda konstruktiv mantiqiy xulosa chiqara olish qobiliyatini hosil qilish, kasbiy yo'nalganlikda global axborot makonida qabul qilinayotgan axborotlarni tushunish, baholash, tanqidiy tafakkurni shakllantirish muhim hisoblanadi.

Zero, o'qitish usullarini takomillashtirish va innovatsion ta'lim texnologiyalarini joriy etishga asoslangan o'quv jarayonini intensivlashtirishni talab qiladi. [4, 597-b.].

Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning "Hozir butun dunyoda terrorizm, ekstremizm va boshqa tahdidlar Internet makoniga kirib, moslashib olgan... Mana shunday mafkuraviy kurash sharoitida yoshlarimiz sezgir va ogoh bo'lishi, har bir masalada avvalo Vatan manfaatini o'ylab ish tutishi zarur". [5]- degan talablari ijtimoiy tizim modernizatsiyalashtirilayotgan bugungi kundagi axborot almashinuvi jarayonini tahlil qilish orqali prognozlash, tartibga solish o'ta dolzarb vazifa ekanligidan dalolat bermoqda.

Mafkuraviy kurash sharoitida yoshlarning ustuvor fazilatlari - faollik, tashabbuskorlik, o'quv faoliyatini mustaqil rejalashtirish va nazorat qilish qobiliyatiga, o'rganishdir. [6, -B. 22783075]

Zero, bugungi o'ta tahlilkali zamonda global internet tarmog'i orqali tarqatilayotgan g'arazli ma'lumotlar, xalq ma'naviyatga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi vayronkor buzg'unchi g'oyalar, odob-axloqni zimdan yemiruvchi illatlar yosh avlodning har biriga salbiy ta'sir

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

o'tkazmoqda. Chunki, keyingi vaqtlarda internet tarmoqlari orqali yoshlarni o'z maqsadlaridan uzoqlashtirib buzg'unchillikka chaqiruvchilar, global tarmoqdan qabih [7,-B.1363-1367] maqsadda foydalanuvchilar yanada ko'payib bormoqda. Bu kabi masalalarning eng jiddiy muammolardan biri axborot oqimining inson ongiga betartib singdirish kuchayib borayotganligidir. Ana shunday holatda turli axborot manbalari, xususan, yoshlarning Internet tarmog'i imkoniyatlaridan hamma vaqt ham unumli foydalana olmaslik, ba'zan mavjud axborot oqimiga nisbatan tanqidiy tafakkur mafkuraviy immunitet ko'nikmasining yetishmasligi aholi turli tabaqalari, vakillari, xususan, texnologik transformatsiyalashgan jamiyatga ijtimoiylashuvi qiyin kechishiga sabab bo'lmoqda. [8, -B. 420-423]

Texnologik raqamli asri hisoblangan hozirgi davrda butun hayotimizni internetsiz tasavvur qilish mushkul. Bularga ish faoliyatimizni, ijtimoiy aloqalarimizni, ta'lim jarayonlarini, kundlik hayotimizni misol qilib olishimiz mumkin. Bu borada Internet imkoniyatlari va uning ta'sir xususiyatlari to'g'risida Birinchi Prezident Islom Karimov quyidagicha fikr bildirganlar:

"...Albatta, internet orqali dunyoning istalgan nuqtasi bilan tezkor aloqa o'rnatish, zudlik bilan zarur axborot va ma'lumotlarni olish, bilim va ma'rifatni oshirishda uning beqiyos o'rni va ahamiyati borligini hech kim inkor etolmaydi. Biz odamlarimizning internet imkoniyatlaridan yanada kengiroq foydalanishiga bo'lgan intilishlarini har tomonlama qo'llab quvvatlaymiz. Takror bo'lsa-da, aytmoqchiman-axborot olamida qandaydir devor o'rnatish, o'z qobig'iga o'ralib, mahbublikka yuz tutish yo'li bizga aslo ma'qul emas.

Shu bilan birga, bugun yon - atrofimizda, uzoq-yaqin mintaqalarda yuz berayotgan voqealarni inobatga oladigan bo'lsak, hali ongi, hayotiy qarashlari shakillanib ulgurmagan yoshlarni chalg'itishga qaratilgan g'arazli kuchlar ham internet imkoniyatlaridan o'z manfaatlari yo'lida foydalanishga urinayotgan va bunday intilishlarning qanday salbiy oqibatlariga olib kelishi mumkinligini e'tibordan soqit qilib bo'lmaydi.

Jamiyatda tinchlik va barqarorlikni izdan chiqarishga, o'zaro adovat va to'qnashuvlarga sabab bo'ladigan bunday xatarlarning oldini olishning bitta yo'li bor: yoshlarimizni mustaqil fikrlaydigan, oqni qoradan, do'stni dushmandan ajratishga qodir bo'lgan, bizning qanday boy tariximiz va merosimizga ega ekanligimizni anglab yashaydigan, imon-e'tiqodli, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan insonlar etib voyaga yetkazishimiz, bu masalani hech qachon ikkinchi darajali vazifa deb bilmasligimiz kerak" [9]

Shuning uchun ham jamiyatdagi «lokal», «mintaqaviy» va «global» o'zgarishlar millat kelajak taqdiriga ijobiy yoki salbiy ta'sir ko'rsatmasdan qolmaydi.[10, -B. 676-688]

Shu sababli, bugungi kunda dunyoning yetakchi davlatlarida ijtimoiy tarmoqlar orqali ma'naviy dunyoqarashning o'zgarishiga va ma'naviy begonalashuv omillarining turli ko'rinishdagi tahdidlardan aholi ayniqsa yoshlar ongi va qalbini ijtimoiy himoya qilish masalalari bo'yicha keng ko'lamli ishlarni amalga oshirishga bo'lgan ehtiyoj yanada ortib bormoqda.

Xulosa

Xalqimiz ma'naviyatini asrash va uni yuksaltirish, ayniqsa, yosh avlodni turli zararli g'oya va mafkuralar ta'siridan, bir so'z bilan aytganda, ma'naviy tahdidlardan himoyalash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan bo'lib qolmoqda. Shunga yarasha yagona axborot makonida mavjud tahdidlarga nisbatan doimo ogoh bo'lish hayotiy zaruratga aylangan. Shuni aytish joizki, mamlakatimiz taraqqiyotiga, xalqimiz farovonligi yo'lidagi ulug'vor ishlarimizga

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

to'g'anoq bo'ladigan, xalal beradigan qora kuchlar o'z maqsadlarini "axborot xurujlari" orqali amalga oshirishlari mumkinligini, aynqsa, yosh avlod teran anglab yetmog'i zarur.

Mamlakatimizning rivojlangan davlatga aylanishida ta'lim-tarbiya ishlarini oqilona yo'lga qo'yish, yoshlarni ilg'or ilm-fan va texnologiyalar asosida tarbiyalash katta ahamiyatga ega. Chunki taraqqiyot taqdirini ma'naviy jihatdan yetuk, zamonaviy bilimlar va murakkab texnologiyalarni egallagan, ijodiy fikrlaydigan, yuksak salohiyatli yoshlar hal qiladi.

REFERENCES

1. Чернов А.А. Становление глобального информационного общества: проблемы и перспективы.-М.: Дашков и К,2003.-С.13.

2. Тоффлер Э. Шок будушего.-М.: Наука, 1986. - C.74.

3. Buvabaevna K. Y. Issues of Civil Literacy Development in the Education System //Annals of the Romanian Society for Cell Biology. - 2021. - С. 5477-5489.

4. Bekmurodov M., Akhmedova F., Kadirova K. Study the process of harmonization formation of personal and professional qualities at students //International Journal of Psychosocial Rehabilitation. - 2020. - Т. 24. - №. S1. - С. 597-605.

5. https://uza.uz/ru/posts

6. Kadirova H., Akhmedova F. Sociological Analysis of the Nation's Identity, the Levels of Feeling the National Identity in Uzbekistan //International Journal of Innovative Technology and Exploring Engineering (IJITEE) ISSN. - С. 2278-3075.

7. Kadirova K. PRESERVATION OF LANGUAGE, HISTORY AND NATIONAL IDENTITY IN THE AGE OF GLOBALISM // Science and innovation. - 2022. - Т. 1 (B7), 1363-1367

8. Рахимова Ш. А. Ижтимоий тизимни модернизациялаштириш жараёнида ахборот алмашинуви маданияти. Соц. ф. б. ф. д (phd) илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертацияси. Т.:, -2021

9. https://zamaxshariy.uz/10579/

10. Kadirova H. The Place Of Karakalpak Ethnoculture In The Integration Of Society //The American Journal of Social Science and Education Innovations. - 2021. - Т. 3. - №. 04. -С. 676-688.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.