Научная статья на тему 'IJTMОIY TАRMОQLАRNI YОSHLАR XULQ-АTVОRIGА TА'SIRI'

IJTMОIY TАRMОQLАRNI YОSHLАR XULQ-АTVОRIGА TА'SIRI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
565
43
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ijtimоiy tаrmоq / internet / elektrоn pоchtа / glоbаllаshuv / оmmаviy mаdаniyаt / igrоmаniyа / fаcebооk / mа’nаviyаt. / social network / Internet / e-mail / globalization / mass culture / igromania / Facebook / spirituality.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — R. Asronova

Bugungi zаmоn shiddаti hаyоtimizni internet yоki ijtimоiy tаrmоqlаrsiz аslо tаsаvvur etib bо'lmаsligini nаmоyоn etmоqdа. Аksаriyаt оdаmlаrning fаоliyаti internet, ijtimоiy tаrmоqlаr vа telegrаm kаnаllаri оrqаli dunyоdа sоdir bо'lаyоtgаn kundаlik yаngiliklаrdаn xаbаrdоr bо'lish, ulаrni bir-birigа uzаtish bilаn bоg'liq bо`lib qоlmоqdа. Ijtimоy tаrmоqlаrning bir qаtоr ijоbiy tаrаflаri bоr bо`lgаnidek uning yоshlаr mа’nаviy-аxlоqiy tаrbiyаsigаsаlbiy tа’siri hаm mаvjud. Mаqоlаdа ijtimоiy tаrmоqlаrning turlаri vа ulаrning insоnlаr, xususаn, yоshlаr tаrbiyаsidаgi аhаmiyаti hаqidа yоritilgаn.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INFLUENCE OF SOCIAL NETWORKS ON YOUTH BEHAVIOR

The intensity of today's times shows that our life is unimaginable without the Internet or social networks. The activities of most people are related to being aware of the daily news happening in the world through the Internet, social networks and telegram channels, and transmitting them to each other. Social networks have a number of positive sides, as well as their negative impact on the moral and moral education of young people. The article describes the types of social networks and their importance in the education of people, especially young people.

Текст научной работы на тему «IJTMОIY TАRMОQLАRNI YОSHLАR XULQ-АTVОRIGА TА'SIRI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

IJTMOIY TARMOQLARNI YOSHLAR XULQ-ATVORIGA TA'SIRI Asronova Roziyaxon A'zamjon qizi

Andijon pedagogika insitituti 2-bosqich magstranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7178413

Annotatsiya. Bugungi zаmоn shiddati hаyоtimizni internetуоЫ ijtimoiy tаrmоqlаrsiz аslо tasavvur etib bo'lmasligini namoyon etmoqda. Aksariyat odamlarningfaoliyati internet, ijtimoiy tarmoqlar va telegram kanallari orqali dunyoda sodir bo'layotgan kundalik yangiliklardan xabardor bo'lish, ularni bir-biriga uzatish bilan bog'liq bolib qolmoqda. Ijtimoy tarmoqlarning bir qator ijobiy taraflari bor bolganidek uning yoshlar ma'naviy-axloqiy tarbiyasigasalbiy ta'siri ham mavjud. Maqolada ijtimoiy tarmoqlarning turlari va ularning insonlar, xususan, yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati haqida yoritilgan.

Kalit so^zlar: ijtimoiy tarmoq, internet, elektron pochta, globallashuv, ommaviy madaniyat, igromaniya, facebook, ma 'naviyat.

ВЛИЯНИЕ СОЦИАЛЬНЫХ СЕТЕЙ НА ПОВЕДЕНИЕ МОЛОДЕЖИ

Аннотация. Инmencuenocmb сегoдняшнегo времени noKa3bieaem, 4mo namy жизнь нeвoзмoжнo прeдстaвить без Интeрнeтa или сoциaльных сетей. Дeятeльнoсть бoльшинствa людей связaнa с тем, Hmo6bi быть в курсе ежедневных нoвoстeй, прoисхoдящих в мире через Интернет, сoциaльныe сети и тeлeгрaм-кaнaлы, и пeрeдaвaть их друг другу. Сoциaльныe сети имеют ряд пoлoжитeльных стoрoн, a тaкжe oтрицaтeльнoe влияние нa мoрaльнo-нрaвствeннoe вoспитaниe мoлoдeжи. В стaтьe oписaны виды сoциaльных сетей и их знaчeниe в вoспитaнии людей, oсoбeннo мoлoдeжи.

Ключевые слова: сoциaльнaя сеть, Интернет, элeктрoннaя пoчтa, глoбaлизaция, мaссoвaя кyльтyрa, игрoмaния, Facebook, дyхoвнoсть.

INFLUENCE OF SOCIAL NETWORKS ON YOUTH BEHAVIOR

Abstract. The intensity of today's times shows that our life is unimaginable without the Internet or social networks. The activities of most people are related to being aware of the daily news happening in the world through the Internet, social networks and telegram channels, and transmitting them to each other. Social networks have a number of positive sides, as well as their negative impact on the moral and moral education of young people. The article describes the types of social networks and their importance in the education of people, especially young people.

Keywords: social network, Internet, e-mail, globalization, mass culture, igromania, Facebook, spirituality.

KIRISH

"Ijtimoiy tarmoq" tushunchasi 1954-yilda paydo bo'lganini va albatta, Intemetga hech qanday aloqasi yo'qligini hamma ham bilmaydi va ular bu hodisani o'tgan asming 30-yillarida o'rganishni boshladilar [5]. Konseptsiyani sotsiolog Jeyms Barns kiritgan: "ijtimoiy tarmoq" - bu ijtimoiy obyektlar (odamlar yoki tashkilotlar) va ular o'rtasidagi aloqalar (ijtimoiy munosabatlar) bo'lgan tugunlar guruhidan iborat ijtimoiy tuzilmadir [7].

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Ilk bor odamlar o'rtasidagi muloqot vositasi sifatida ijtimoiy tarmoqning elektron pochta ko rinishi paydo boldi. Bu kompyuter tarmoqlari orqali bog lanishning ilk ko rinishi edi. Dastlab ikki kishi o'rtasida ma'lumot almashish uchun yaratilgan elektron ma'lumot almashuv

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

keyinchalik guruhlar o'rtasidagi muloqot vositasiga aylandi. Ijtimoiy tarmoqlar haqida ilk bora o'z tasavvurlarini bayon qilgan olimlar R.Solomonoff va A.Rapoport o tgan asr ortalarida muloqotning virtual ko'rinishi haqida o'z fikrlarini bayon qilishgan. Vengriyalik mutaxassislar P.Erdos va A.Renilar ijtimoiy tarmoqlarni shakllantirish borasidagi tasavvurlarini aytib o'tishgan. Internet tarmog'ida insonlar o'rtasidagi muloqotning avj olishi, rivojlanib ketishini esa olimlar ijtimoiy tarmoqlarning tezkor faoliyati bilash bog'lashadi.

Bugungi kunda mamlakatimiz va dunyo miqyosida sodir bo'layotgan o'zgarishlar, voqea-hodisalar, yangiliklar to'g'risidagi ma'lumotlar barcha ijtimoiy tarmoqlarda aks etib boryapti. Bu yangiliklardan xabardor bo'lishda esa internet tizimi, mobil telefonlar va kompyuter texnologiyalaridan foydalanish ancha qulay hisoblanadi. Bundan tashqari, o'zaro ma'lumot almashish yoki biror voqea-hodisaga munosabat bildirish, o'z fikrini bayon etish yoki o'zaro muloqot qilishda ijtimoiy tarmoqlar juda qulay vositadir. Bularning bari ijtimoiy tarmoqlardan foydalanuvchilar uchun o'z fikrlari, qarashlari va tuyg'ularini bayon qilishda tengsiz imkoniyat ekanligini ko'rsatmoqda.

Texnik taraqqiy etgan jamiyatda yashar ekanmiz,internet tizimining ijtimoiy tarmog'idan olingan narsa to'g'ri, ishonchli va zararsiz ekanini bilishimiz kerak. Yaxshi-yomonning farqiga bormagan yoshlar ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilgan har qanday ma'lumot-xabarlarni haqiqat deb qabul qilayotgani jiddiy xavotirga solmoqda. Ular g'arazli maqsadlari yo'lida yoshlarda buzgunchilik, begunoh odamlar qonini nohaq tokish kabi jinoyatlarni avj oldirib, fuqarolar tinchligini buzib, xalq orasida nizo chiqarishga harakat qilishmoqda. Sarhadsiz internet dunyosiga kirgan yoshlar vaqt, umr g'animat ekanini doimo yodda saqlamog'i lozim. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga kora insonlarning ijtimoiy tarmoqda sarflaydigan minimal vaqti 3 soatni tashkil etadi. Bir qarashda kishini xavotirga soladigan hech narsa yo'qdek [3]. Ammo bu global tarmoq bepoyon hududlarga ega bolib, unda inson adashib soatlab, kunlarini samarasiz otkazib yuborish bilan birga yoshlarimiz ojar va qaysar, keksalarning aytganini nazar-pisandga olmaydi, ajdodlar qadriyatlarini inkor etadi [2].

Kun sayin jadal rivojlanib borayotgan axborot asrida zamonaviy texnika vositalaridan foydalanmaslikning yoki ularga murojaat etmaslikning esa hech bir iloji yo'q. Chunki, inson dunyoqarashining shakllanishida, ma'naviy olamining yanada kengayishida, ayniqsa kompyuter texnologiyasi asosiy vosita rolini . Hozirgi kun nuqtai nazar bilan qaraydigan bo'lsak, allaqachon global tarmoqqa aylanib ulgurgan internet o'zining tezkorligi chegara bilmasligi bilan ommaviy axborot vositalari orasida eng muhim sohaga aylanib ulgurdi. Unda faoliyat yuritayotgan ijtimoiy tarmoqlar: Kun.uz, Daryo.uz kabi saytlar orqali har soatda yurtimiz va jahonga oid eng so'ngi yangiliklardan boxabar bolib turamiz. Shiddat bilan yuksalib borayotgan fan-texnika asrida, internet va ijtimoiy tarmoqlarining ayniqsa yoshlar ma'naviyatiga, ularning yangiliklarga chanqoq ongiga salbiy ta'sirining ham guvohi bo'lyapmiz. Zimdan e'tibor bersak, internet kafelariga serqatnov yoshlar (ayniqsa o'smirlar) u yerga borishib, har xil buzg'unchi g'oyalar ruhidagi ur-sur, o'ldir-yondir kompyuter o'yinlarini tomosha qilayotganligini, tuturuqsiz narsalar bilan vaqtlarini besamar o'tkazayotganligiga guvoh bo'lapmiz. Yaqinda yana bir atama tilimizda ishlatila boshlandi. Bu igromaniya tushunchasi. Hash-pash deguncha ommalashib ham ketmoqda. Qisqacha ta'rif beradigan bo'lsak,

TADQIQOT NATIJALARI

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, davlatimiz qo'lga kiritayotgan olamshumul yutuqlarni jahon media makonida keng targ'ib qilish hamda inson ma'naviyatini har tomonlama yuksaltirishga xizmat qiladigan juda ko'plab ma'lumotlar yoritib borilmoqda. Shu bilan birga, milliy mentalitetimizga raxna soluvchi turli ig'volar, g'iybatlar, milliy madaniyatlarning kushandasi bo'lgan - «ommaviy madaniyat» niqobidagi tahdid va boshqa illatlar xavf solishi hamon davom etmoqda. Kishining ta'bini xira qiladigan jihati, ijtimoiy tarmoqlar orqali «ommaviy madaniyat» niqobi ostida yurtimizga buzuq g'oyalar, axloqsizlik, g'ayriinsoniy odatlar kirib kelmoqda. Millatning tarixi, o'tmishdagi qadriyatlarini rad etuvchi, «ommaviy madaniyat»ni targ'ib etishga undovchi mafkuraviy kurashlarning barchasi aynan ijtimoiy tarmoqlar orqali olib borilmoqda. Inson ongi, qalbi va ruhiyatiga tazyiq o'tkazishga harakat qilayotgan g'arazli kuchlar axborot xurujlarini amalga oshirishda eng ta'sirchan vositalar sifatida internet tizimi va ijtimoiy tarmoqlardan samarali foydalanishmoqda. Ayni paytda internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilayotgan milliy ma'naviyatimizga yot g'oyalar va axborot xurujlarining yoshlar tomonidan qabul qilinayotganligi va uning oqibatlari kishini tashvishga solmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali inson ongi va dunyoqarashini o'zgartirish maqsadida g'oyaviy, mafkuraviy ta'sir o'tkazish, dizinformatsion axborot tarqatish kabi holatlar, ayniqsa, hushyorlikni talab etmoqda. Axborot xurujida inson ongi, millat ruhiyati nishonga olinadi. Aslini olganda, axborot xurujlarini amalga oshirishda, avvalo, inson ongi va qalbini zabt etish orqali mafkuraviy ta'sir o'tkazish g'oyasi yotadi. Mazkur holat davlatlarning barqarorligiga raxna solib, millatning tarixan shakllangan qadriyatlari, uning o'ziga xosligi, millat va xalq sifatida yashab qolishini xavf ostiga qo'yadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev "...eng avvalo,yoshlar va aholi o'rtasida mamlakatimizning boy tarixini,uning betakror madaniyati va milliy qadriyatlarini keng targ'ib qilishda, jahon ilm-fani va adabiyot yutuqlarini yetkazish uchun zarur muhit va shart-sharoit yaratish haqida bormoqda. Bu borada zamonaviy kompyuter texnologiyalari va ayniqsa internet tizimi bidan ancha ildamlab ketganini ham inobatga olish zarur", degan [1].

MUHOKAMA

Virtual muloqotning avj olishi jonli muloqotga bo'lgan ehtiyojning pasayib ketishiga sabab bo'lmoqda. Shuni aytish kerakki, bugungi kunda jamiyatimizda o'zining doimiy ko'rishib turadigan yaqinlari bilan ham ijtimoiy tarmoqlarda muloqot qiluvchi insonlar ko'pchilikni tashkil etmoqda. Bunday muloqot esa real voqelikdan ayri holda kechadi va inson o'zining hissiy kechinmalarini tasvirlab bera olmaydi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, shiddatli global o'zgarishlar davrida yoshlar ong-u shuurini internet tizimining ijtimoiy tarmog'i orqali kirib kelayotgan zararli g'oya va ta'sirlardan samarali va ishonchli himoyalash tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ma'lumki, dunyoda g'oyaviy hamda informatsion xurujlar, turli mafkuraviy tahdidlar avj olayotgan bugungi kunda yoshlarimiz ma"naviyatini yuksaltirish, ularning tafakkurida sog„lom dunyoqarash asoslarini shakllantirish eng muhim vazifadir. XULOSA

Xulosa qilib aytganda, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganidek, "... biz farzandlarimizning ongi, dunyoqarashi asrlar davomida sinovdan o'tgan, yuksak ma'naviyat xazinasi bo'lgan jahon va milliy adabiyotimiz asosida emas, balki qandaydir shubhali, zararli axborotlar asosida shakllanishiga beparvo qarab turolmaymiz". Binobarin, bugungi davr bizdan dunyo miqyosida bo'hton va uydirmalarni tarqatish orqali yoshlarimizni aldab, o'z qarmog'iga

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

ilintirishga intilayotgan ijtimoiy tarmoqlardagi turli salbiy holatlarga hech qanday imkon

bermasligimizni talab etmoqda. Zero, milliy ma'naviyatimizni asrash orqali yoshlarimizni ona

Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalab, oz xalqiga, yurtiga bo'lgan muhabbatini oshirish asosiy

vazifamizdir.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik-har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo lishi k.k //Xalq so'zi,2017 16 yanvar

2. Yahyo Muhammad Amin. Internetdagi tahdidlardan himoya T.: "Movaraunnahr", 2016. 5-b.

3. TapaHOB n. ЭнцнкпoпеAнa BbicoKoro yMa. M., 1999, c.16

4. Rajabov H.I "Globallashuv sharoitida axborot tahdidlariga qarshi kurashishning zamonaviy texnologiyalarini yaratish muammolari" mavzusidagi xalqaro ilmiyamaliy konferentsiya materiallari T:. "Fan va texnologiya" 2020 yil, 207-b

5. TamMeTOB, T. X. (2020). MH^HH FOAHH emnap oHrura CHHrgupumHHHr 3aMoHaBHH ycyraapu. Academic Research in Educational Sciences, 1 (3), 326-331.

6. Tashmetov, T. X. (2020). PROSPECTS FOR RELYING ON THE BASIS OF THE NATIONAL IDEA IN PROTECTING YOUNG PEOPLE FROM HARD AND HARMFUL IDEAS. International Journal For Innovative Engineering and Management Research, 9(11), p.81-86.

7. https://uz.wikipedia.org/wiki/

8. https://daryo.uz/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.