IJTIMOIY TARAQQIYOTGA ERISHISHDA TA'LIM MAZMUNINI
TAKOMILLASHTIRISH
Xabiba Kaxxarovna Abduraxmanova
Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti mat-fiz.f.n.,dotsenti
Zulxumor Olimjonovna Nalibayeva
Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti katta o'qituvchisi
Nilufar Jo'rayevna Nazarova
Toshkent davlat transport universiteti katta o'qituvchisi [email protected]
ANNOTATSIYA
Maqolada yoshlarning jamiyat taraqqiyotidagi o'rni, ularga ta'lim-tarbiya berishning milliy xususiyatlari va ular uchun munosib turmush shart-sharoitlar yaratish masalalari keltirilgan. Yoshlar hayot strategiya konsepti va unga ta'sir etuvchi omillarning o'rni va rolini hisobga olishga doir mulohazalar keltirilib, bunda ta'lim-tarbiyaning ahamiyatli jihatlari yoritiladi.
Kalit so'zlar: ta'lim, idrok madaniyati, taraqqiyotni ta'minlash, ijtimoiy institut, raqobatbardoshlik sifatlari, progressiv ta'lim, individual xususiyat, integratsiya.
ABSTRACT
The article deals with the role of youth in the development of society, the national features of their education and the creation of decent living conditions for them. Considerations are given to the concept of youth life strategy and the role and place of the factors influencing it, highlighting important aspects of education.
Keywords: education, cognitive culture, development, social institution, competitive qualities, progressive education, individuality, integration.
KIRISH
Ta'lim-tarbiyaning muhim vazifalaridan biri kechayotgan ijtimoiy jarayonlarni sabab va oqibat aloqadorligini belgilab,
May, 2022
1364
insonlarda shaxsiy madaniyatning asosini, ya'ni - idrok madaniyatini, tafakkur madaniyatini, emotsional madaniyatni, nutq madaniyatini shakllantirishdan iborat. Bu esa o'z navbatida jamiyatda ularni integratsiyasini ta'minlashni taqozo etadi, tadqiqot predmeti sifatida tanlanadi. Natijada jamiyatda ta'lim-tarbiya masalasiga yangi nazariy yondashuv asosida munosabat bildirish holatlari kuzatiladi. Aslida, jamiyat hayotida kechayotgan jarayonlarni idrok etishda, taraqqiyotni ta'minlashda ta'lim-tarbiyaning rolini anglash uchun aniq ijtimoiy makonda, ma'lum tarixiy davr oralig'ida fan va texnika, sanoat va ishlab chiqarish, san'at va madaniyat, tibbiyot va sport kabi sohalarda qo'lga kiritgan yutuqlarni qiyosiy tahlilini amalga oshirish lozim bo'ladi. Aynan shu sohalarga taalluqli bo'lgan raqam va dalillarni tahlil etish natijasida taraqqiyotni ta'minlashda ta'lim-tarbiyaning funksional roli qanchalik ijtimoiy-madaniy mazmun kasb etishi haqida aniq tasavvurga ega bo'lishimiz mumkin. Ta'lim-tarbiya ijtimoiy institut sifatida jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotini ta'minlash uchun kadrlar tayyorlab beradiki, shu bois mazkur masalada ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish dolzarb sanaladi.
Negaki, yoshlar masalasi va ularning hayotiy muammolarni tadqiq etishda turli ijtimoiy-gumanitar fan soha vakillari, olimlar, tadqiqotchi va ilmiy izlanuvchilar tomonidan katta qiziqish bilan yondashib, yoshlar masalasiga doir turli qarashlar, nazariy yondashuvlar, konseptual g'oyalar, fikr-mulohazalar bayon etilib, dolzarb masala sifatida sotsiologiya, psixologiya, siyosatshunoslik, huquqshunoslik, falsafa, pedagogika, etika, estetika, yuvenologiya kabi fanlar sohalari doirasida tadqiq etib kelinmoqda[4.184-187].
Ayni paytda, yoshlar kamoloti va ularning ta'lim-tarbiya jarayonini doimiy tarzda takomillashtirib borishni taqozo etadi. Bunga sabab bir tomondan inson qalbi va ongi uchun shiddatli kurashning turli shakl va qamrovlarda avj olib borilayotganligi bilan, ikkinchi tomondan fan-texnika taraqqiyotining jadal rivojlanishi va ijtimoiy taraqqiyot tendensiyasi bilan, uchinchidan turli kutilmagan turli tahdid va xafv-xatarlarning paydo bo'lishi (masalan, COVID-19 va u bilan bog'liq yangi shtamplarning paydo bo'lishi kabi) va ularni bartaraf etishga doir chora-tadbirlar tizimining ishlab chiqilishiga kuchli ehtiyojlarning vujudga kelishi bilan belgilash mumkin. Shu sababli yoshlarning har tomonlama raqobatbardosh qilib tarbiyalash orqali zamon va makon talablariga monand tarzda shakllantirish, milliy manfaatlarimizni himoya qilish yo'lida olib borilayotgan ishlarning mantiqiy davomiyligini ta'minlaydi.
May, 2022
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Yoshlarga ta'lim-tarbiya berish va ularni kamolotini ta'minlash masalasi barcha davrlarda amaliy ahamiyatga ega bo'lib kelgan. Agarda masalaga retrospektiv nuqtai nazardan yondashgan holda munosabat bildiradigan bo'lsak, Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi sanalmish "Avesto"da bu xususida quyidagi "Olamning obodligi, jahonning osoyishtaligi uchun jiddu jahd qilmoq, uni asramoq va yorug'likka tomon eltmoq kerak"[6.67] - degan da'vatkor g'oyalar uchraydi. Shuningdek, yoshlarning ta'lim-tarbiyasiga bog'liq jihatlar o'zbek xalq og'zaki ijodining bebaho durdonasi sanalmish, xalq maqollarida ham bir qator hikmatlar uchraydi. Masalan, "O'qigan o'qdan oshar, o'qimagan turtikidan shoshar", "O'qimagan shu damda, Turtinar har qadamda", "Sevinmagil mol-tavaringga, Sevingil bilim-hunaringga", "Bilak bilan bitmagan - bilim bilan bitar"[16.430-431] singari maqollar orqali yoshlarni ilm o'rganishga, kasb sirlarini egallash puxta egallashga, hayotda bilim va kasb-hunar egallagan insonning umri mazmunli kechishiga va ma'lum bir yutuqlarni qo'lga kiritishga undashi bilan birga yoshlarda raqobatbardoshlik sifatlarini shakllantirishga alohida e'tibor qaratilgan.
Professor R.Samarov fikricha, "yoshlarga doir ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishda, majmuaviy yoki integrativ tarzda yondashish lozimligini inobatga olsak, tadqiqot olib borish uchun bilimlar majmuasini funksional-tuzilmaviy jihatlarini inobatga olib, ilmiy tadqiqotlarning nazariy asosini maqsadli shakllantirish tavsiya etiladi"[14.154-155]. Aynan yoshlar hayot strategiyasini tadqiq etish uchun vazifadorligi jihatidan siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ijtimoiy va psixologik jarayonlarni belgilovchi uchta nuqtani, ya'ni:
- shakllanish nuqtasini;
- rivojlantirish nuqtasini;
- takomillashtirish nuqtasini belgilab olish lozim.
Tadqiqotchi N.Nazarovaning yozishicha, "Shu bois yoshlar hayot strategiyasiga ta'sir etuvchi omillarning o'rni va rolini hisobga olish lozim. Bular:
- turmush tarzi;
- oilaviy muhit;
- ijtimoiy muhit;
- ta'lim-tarbiya;
- individual xususiyatlar;
- jamiyatda o'rnatilgan mavjud meyorlar va b"[4.158-159] bog'liqligini ta'kidlaydi. Negaki, yoshlar hayot strategiyasini shakllantirish masalasi bu murakkab va ko'p qirrali jarayon
May, 2022'
1366
hisoblanadi. L.B.Osipova yoshlar hayot stretegiyasiga quyidagicha munosabat bildirgan: yoshlar hayot stretegiyasi deganda, bu ularning orzu va intilishlari, maqsad va qiziqishlarini amalga oshirish uchun oldindan hayotini rejalashtirish, maqsad va orzularga erishish yo'lida qat'iy kurashish usul va yo'llarini tanlash va ishlab chiqish, shuningdek tuzilgan reja asosida harakatlar ketma-ketligini amalga oshirilishi tushuniladi"[13.108-129].
Yoshlar ta'lim-tarbiya masalasiga kompendiumli (lot. Compendium - vositalar, foyda. A brief description of the development stages of the process [3]) tarzida yondashib, kontekstli tahlilini amalga oshiradigan bo'lsak, bu xususida Imom al-Buxoriyda shunday konseptual g'oya uchraydi "Dunyoda ilmdan boshqa najot yo'q va bo'lmagay"[8.83]. Darhaqiqat, yoshlar hayotiy strategiyasini shakllantirishda ta'limiy vositalardan tashqari ilm-fanning o'rni ham muhim amaliy ahamiyatga ega. Shu bois Yangi O'zbekistonda ijtimoiy taraqqiyotini belgilashda yoshlarni ochiq va sifatli ta'lim berish va ularni har tomonlama quvvatlash masalasiga alohida e'tibor qaratilib, uning institusional asoslari takomillashtirib kelinmoqda. Xususan, O'zbekiston Respublikasining "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida"gi Qonunining 25-moddasida "Iqtidorli va iste'dodli yoshlarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash" doir chora-tadbirlar belgilangan bo'lib, unga ko'ra "ilmiy-tadqiqot, madaniy-ma'rifiy ishlarni o'tkazish uchun yosh mutaxassislar va olimlarga shart-sharoitlar yaratish, yosh olimlarning ishlanmalarini amaliyotga joriy etishga ko'maklashish, shuningdek yoshlarning kadrlar salohiyatini saqlab qolish hamda rivojlantirish"[15] ko'rsatib o'tilgan.
Mualliflarning yozishicha, bu borada "Ilm-fanni rivojlantirish va istiqbolli kadrlar tayyorlash uchun ta'limning strategik ahamiyatini hisobga olgan holda, O'zbekiston Respublikasining davlat ta'lim standartlari progressiv ta'lim merosiga asoslangan bo'lishi kerak, deb hisoblaydi"[12.570-575].
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Ta'kidlanishicha, yoshlarga ta'lim-tarbiya berishda bir-biri bilan uzviy bog'liq bo'lgan ikkita jihatga e'tibor qaratish maqsadga muvofiq. Bular "muvaffaqiyatga erishish va rivojlanish strategiyasi" bo'lib, ularni bir-biri bilan bog'liq holda tadqiq etish maqsadga muvofiq. Shu sabali har bir mamlakat o'z kelajagini yoshlarda ko'radi. Shu nuqtai nazardan yoshlar bilan bog'liq barcha masalalar ta'lim tizimiga borib taqaladi. Ta'limga tikilgan mablag' kelajakka tikilgan sarmoyadir, degan qarash va yondashuvlar bejizga kelib
chiqmagan[11.495-500]. Bu borada professor
May, 2022
M.Bekmurodovning ta'kidlashicha, "Agar dunyoda insonning 3 yoshidan 22 yoshigacha bo'lgan davrida unga kiritilgan investitsiya 19-22 marta foyda keltirsa, O'zbekistonda bu ko'rsatkich atigi 4 marta foyda berishi kuzatilmoqda. Shu boisdan ham insonni samarali ijtimoiylashtirish va bu jarayonning sifatini tubdan yaxshilash katta ahamiyatga egadir"[7.22-25].
Tadqiqotchi U.N. Taylakov "ta'limning sifat va samaradorligini oshirish, uni individuallash"[17.12] masalasiga e'tibor qaratib, bunda axborot-ta'lim muhitini yaratish va uni joriy etish texnologiyalarini amaliy ahamiyatini ko'rsatib o'tadiki, bizningcha bu jarayonda ta'limning o'quv-uslubiy va pedagogik-psixologik jihatdan ta'minlanganlik tizimi darajasiga ham e'tibor qaratish maqsadga muvofiq.
Bir guruh tadqiqotchilarning fikricha, ta'lim-tarbiya tizimi sifat va samaradorligini oshirishda ijtimoiy xizmat ko'rsatish texnologiyalaridan foydalanish pozitiv o'zgarishlarga olib keladi[2.2759-2762]. Negaki, ta'limda ijtimoiy xizmat ko'rsatish aynan individual psixometrik usullarga tayangan holda olib boriladi va bu esa o'zlashtirish ko'rsatkichi past talabalar bilan ishlashda bir qadar samarali sanaladi.
Ta'lim-tarbiya tizimida ijtimoiy xizmat ko'rsatish imkoniyatlaridan foydalanishda, etnomadaniy xususiyatlarni ham e'tiborga olish lozim. Tadqiqotchi D.A.Rahmonovning ta'kidlashicha[5.285-288], bunda o'zbek xalqiga xos bo'lgan xususiyatlar, jumladan yoshi katta va tajribali insonlarning pand-nasihatlari ham muhim ta'sir kuchiga ega. Negaki, ta'lim-tarbiya "oila-mahalla-o'quv muassasalari-jamoat tashkilotlari" tizimi birligida amal qilib, bunga sotsiumga xos xususiyatlar mujassamlashgandir. Mualliflar fikricha, "Ijtimoiy himoya tizimlarini yangi tarmog'ini yaratish, jumladan maktab ta'limida ijtimoiy himoyaga muhtoj o'quvchilar uchun himoya dasturi "Protect and care" tizimini yaratish"[1.76-82] lozimligini ko'rsatib o'tadiki, bunda ijtimoiy himoyaga muhtoj o'quvchilarni aniqlash va ularning sifatli ta'lim olishiga e'tibor qaratishni qayd etishgan.
"Ta'lim mazmunini takomillashtirishning yo'nalishlaridan biri ta'lim oluvchilar uchun mustaqil ta'lim olish imkoniyatlari, ta'limning axborot manbalarini shakllantirish va rivojlantirish uchun zarur sharoitlarni yaratishdan iboratdir"[17.12]. Shu bois bu masalaga mamlakatimizda alohida e'tibor qaratilib kelinmoqda. Xususan, ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish quyidagi maqsadlarga erishishni nazarda tutadi:
- innovatsion axborot mahsulotlarini ishlab chiqish;
May, 2022
- yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashning zamonaviy usullarini joriy etish asosida innovatsion g'oyalarni ishlab chiqish;
- ta'lim sifati va uzluksizligini ta'minlash;
- pedagogik kadrlarni kasbiy darajasi va malakasini doimiy ravishda oshirib borish;
- yangi texnologiyalarda foydalanish asosida o'quv jarayonini uzluksiz takomillashtirib borish;
- kasbiy masalalarni yechishga talabalarni ijodiy yondashadigan va mas'uliyatli qilib tarbiyalash[10.35-38].
XULOSA
Xulosa o'rinda quyidagilarni keltirishimiz mumkin:
- yoshlarga ta'lim-tarbiya berish masalasi bu uzoq tarixiy davrni o'z ichiga qamrab olib, bu xalq og'zaki ijodi namunalarida, qadimgi yozma manbalarda va mutafakkirlar tomonidan bildirilgan qarashlarda o'z aksini topgan;
- yoshlarga ta'lim-tarbiya berish masalasi dolzarb hisoblanib, u sotsiologiya, psixologiya, siyosatshunoslik, huquqshunoslik, falsafa, pedagogika, etika, estetika, yuvenologiya kabi fanlar sohalari doirasida tadqiq etib kelinmoqda;
- O'zbekistonda yoshlarga ochiq va sifatli ta'lim berish, iqtidorli va iste'dodli yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlashga doir chora-tadbirlarning institusional asoslari takomillashtirilib, yoshlar masalasiga oid keng ko'lamli islohotlar amalga oshirib kelinmoqda;
- Yoshlarga ta'lim-tarbiya berish tizimini takomillashtirish orqali ijtimoiy taraqqiyotga erishish milliy g'oyaning ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida belgilanib, bu borada amaliy chora-tadbirlar mexanizmlari takomillashtirilgan holda ijtimoiy hayotga tadbiq etib kelinmoqda.
REFERENCES
1. Abdinazarovich, R. D., Anarbaevich, P. K., & Ikromovich, T. A. (2022). Scientific Development in New Uzbekistan: Results and Prospects. EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION, 2(1), 76-82.
2. Beknazarov, A. A., Rakhmonov, D. A., Normuratova, M. K., & Nasirov, K. J. (2020). Psychological-pedagogical classification of the philosophy of social service. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(7 Special Issue), 2759-2762.
3. https://ru.wikipedia.org
4. Nazarova, N. J., & Nalibaeva, Z. O. (2022). THE INFLUENCE OF SOCIAL INSTITUTIONS ON THE FORMATION OF COMPETITIVE QUALITIES IN YOUTH. Thematic Journal of Applied Sciences, 2(2).
May, 2022
1369
5. Rakhmonov DA (2017) THE SOCIAL-CULTURAL PECULIARITIES OF SOCIAL WORK (IN THE MODEL OF SERVICING OLDER PEOPLE). // ISJ Theoretical & Applied Science, 11 (55): 285-288. Doi: https://dx.doi.org/10.15863/TAS.2017.11.55.38
6. Авесто: тарихий-адабий ёдгорлик / Н.Жураев; таржимон А.Мах,кам. - Тошкент: Е.Еулом, 2015. - 732 б.
7. Бекмуродов М. Ижтимоий ривожланиш жараёнларининг социологик асослари. /Ахборотлашган жамиятда замонавий социологиянинг долзарб масалалари. Республика илмий-амалий конференцияси материаллари. - Тошкент: УзМУ, 2019. -Б. 22-25.
8. Ёшларга донолар угити . - Тошкент: Гофур Гулом, 2018. -236 бет.
9. Как образование вносит вклад в развитие страны? Двенадцать решений для нового образования доклад центра стратегических разработок и высшей школы экономики. -Москва, апрель 2018. - С.7.
10. Мамадалиева Н. Таълим жараёни сифатини бошкаришнинг социал муаммолари. /Ахборотлашган жамиятда замонавий социологиянинг долзарб масалалари. Республика илмий-амалий конференцияси материаллари. - Тошкент: УзМУ, 2019. -Б. 35-38.
11. Назарова, Н. Ж. Повышения эффективности духовно-нравственного воспитания в системе образования / Н. Ж. Назарова, Г. А. Абдуганиева // Экономика и социум. - 2019. - № 11(66). - С. 495-500.
12. Назарова, Н. Ж. (2022). ЁШЛАРДАГИ РАКОБАТБАРДОШЛИК СИФАТЛАРИНИ РИВОЖЛАНТИРИШДА ^АМКОРЛИК. Prospects for Training International Specialists in the Field of Transport, 1(1), 570-575. https://doi.org/10.24412/2181-1385-2022-1-570-575
13. Осипова, Л.Б. Жизненные стратегии молодежи: опыт социологического исследования / Л.Б. Осипова, Л.А. Энвери // Экономические и социальные перемены: факты, тенденции, прогноз. - 2016. - № 4. - С. 108-129. DOI: 10.15838/esc/2016.4.46.6
14. Самаров Р. С. (2016). Ижтимоий тараккиётнинг маърифий пойдевори. Современное образование (Узбекистан), (12), 11 -17.
15. Узбекистон Республикасининг "Ёшларга оид давлат сиёсати тугрисида"ги УРК-406-сон Крнуни. 2016 йил 14 сентябрь.- Узбекистон Республикаси конун ^ужжатлари туплами, 2016 й., 37-сон, 426-модда; 2017 й., 24-сон, 487-модда; Конун ^ужжатлари маълумотлари миллий базаси, 24.07.2018 й., 03/18/486/1559-сон.
16. Шомаксудов Ш., Шорах,медов Ш. Маънолар махзани. - Тошкент: "Узбекистон миллий энциклопедияси", 2018. - 480 б.
17. Тайлаков У.Н. Таълим муассасаларининг ягона электрон ахборот-таълим мух,итини яратиш ва жорий этиш технологиялари // Педагогика фанлари буйича фалс. д-ри (PhD) ...дисс. - Тошкент, 2020. - Б.12.
d ©
ф'
May, 20221
1370