Научная статья на тему 'IJTIMOIY TAʼMINOTNING OʻZIGA XOS JIHATLARI'

IJTIMOIY TAʼMINOTNING OʻZIGA XOS JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ijtimoiy taʼminot / ijtimoiy himoya / pensionerlar / kam taʼminlangan oilalar / pensiya / nafaqa. / social security / social protection / pensioners / low-income families / pension / benefit.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — G. G. Tagiyeva

Ijtimoiy taʼminotning oʻziga xos jixatlari yoritilgan boʻlib, tariximizda ijtimoiy taʼminot xayriya mablagʻlari hisobidan amalga oshirilganligi, ijtimoiy himoyaga muxtoj qatlamlarni, kam taʼminlangan oilalarni qamrab olinganligi, yolgʻiz qariyalar, pensioner va nogironlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hamda ijtimoiy himoyaning qonuniy asoslari ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SPECIFIC ASPECTS OF SOCIAL SECURITY

This article highlights the unique aspects of social security, the fact that in our history, social security was implemented at the expense of donations, it covered the layers in need of social protection, low-income families, social support for single elderly people, pensioners and disabled people, as well as the legal basis of social protection

Текст научной работы на тему «IJTIMOIY TAʼMINOTNING OʻZIGA XOS JIHATLARI»

O'zbekiston Milliy universiteti Zamonaviy dunyoning ijtimoiy manzarasi va jamiyat tuzilmalari transformatsiyasi National University of Uzbekistan_Transformation of the Social Landscape and Social Structures of the Modern World

IJTIMOIY TA'MINOTNING O'ZIGA XOS JIHATLARI

G. G. Tagiyeva

Sotsiologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Samarqand davlat universiteti, Samarqand, O'zbekiston

ANNOTATSIYA

Ijtimoiy ta'minotning o'ziga xos jixatlari yoritilgan bo'lib, tariximizda ijtimoiy ta'minot xayriya mablag'lari hisobidan amalga oshirilganligi, ijtimoiy himoyaga muxtoj qatlamlarni, kam ta'minlangan oilalarni qamrab olinganligi, yolg'iz qariyalar, pensioner va nogironlarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash hamda ijtimoiy himoyaning qonuniy asoslari ochib berilgan.

Kalit so'zlar: ijtimoiy ta'minot, ijtimoiy himoya, pensionerlar, kam ta'minlangan oilalar, pensiya, nafaqa.

SPECIFIC ASPECTS OF SOCIAL SECURITY

G. G. Tagiyeva

Sociology ( PhD ), associate professor, Samarkand State University , Samarkand, Uzbekistan

ABSTRACT

This article highlights the unique aspects of social security, the fact that in our history, social security was implemented at the expense of donations, it covered the layers in need of social protection, low-income families, social support for single elderly people, pensioners and disabled people, as well as the legal basis of social protection

Keywords: social security, social protection, pensioners, low-income families, pension, benefit.

Ijtimoiy siyosatning eng muhim, dolzarb masalalaridan biri bu - insonlarning ijtimoiy ta'minoti masalalaridir. Ijtimoiy ta'minot dasturlari va tizimlarini ishlab chiqish, mexanizmlarini yaratishga XX asrdan boshlab e'tibor berila boshladi. Bu davrlarda ko'pgina qonunlar, qarorlar, nizomlar va boshqa me'yoriy-huquqiy xujjatlar yaratila boshlandi. XX asrgacha ham ijtimoiy ta'minot masalalari amalga oshirilgan. Tariximizga nazar solar ekanmiz, ijtimoiy ta'minot faqat xayriya mablag'lari hisobidan amalga oshirilganining guvohi bo'lamiz. O'zbek xalqining tarixi O'rta Osiyo xalqlari tarixining bir bo'lagi bo'lib, u og'ir va murakkab yo'llarni bosib o'tgan. O'zbek xalqining turmush tarzi, diniy axloq-odobi, urf-odati hamda qadimiy an'analari fuqarolarni qadimdan oz bo'lsa-da, ijtimoiy himoyalanganligini bildiradi. Lekin bu himoya barcha muhtoj qatlamlarni to'liq qamrab olmagan hamda doimiy xarakterga ega bo'lmagan.

Bugun barpo qilinayotgan ijtimoiy ta'minot barcha ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni, kam ta'minlangan oilalarni qamrab olishga harakat qilmoqda. Ya'ni ijtimoiy ta'minot borasida olib borilayotgan siyosat fuqarolar uchun farovon hayotni qaror toptirishdan iborat. Bugungi kundagi demografik o'sish, aniqrog'i, himoyaga muhtoj shaxslarning ko'payishi mavjud ijtimoiy himoya

April 20, 2024

579

O'zbekiston Milliy universiteti National University of Uzbekistan

Zamonaviy dunyoning ijtimoiy manzarasi va jamiyat tuzilmalari transformatsiyasi Transformation of the Social Landscape and Social Structures of the Modern World

tizimini saqlab qolish maqsadga muvofiq bo'lmaydi. Chunki, ijtimoiy ta'minot institutlariga, maqsadli jamg'armalarga, ya'ni byudjetdan tashqari pensiya jamg'armasiga, bandlikka ko'maklashish jamg'armasiga, sog'liqni saqlash tizimiga yuk izchil ko'payib boradi. Shu sababli, Yangi O'zbekistonning ijtimoiy himoya tizimida yangi modellarni ishlab chiqish, insonlar uchun ham moddiy, ham ma'naviy jihatdan yuksak iqtisodiy makonni barpo etish hayotiy zarurat hisoblanadi.

Ijtimoiy himoya avvalo aholi manfaatlarini ta'minlash, ayniqsa, yolg'iz qariyalar, pensioner va nogironlarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, ular holidan xabar olish, g'amxo'rlik ko'rsatish uchun barcha zarur shart-sharoit yaratilganligi tushuniladi. Kuchli ijtimoiy himoya O'zbekistonning milliy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasining ajralmas qismidir. Kuchli ijtimoiy himoya avvalo ijtimoiy ta'minot tizimini yaxshi yo'lga quyilishini taqozo etadi. O'zbekistonda ijtimoiy ta'minotning yangi tizimiga bosqichma-bosqich o'tilmoqda. Buni biz "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan amalga oshirilayotgan nafaqalar misolida aytishimiz mumkin.

Ijtiomiy ta'minot bu - odamlar keksalik, boquvchisini yo'qotganlik, nogironlik, ishsizlik, bolalarni parvarishlash davrlarida va boshqa holatlarga duch kelganlarida ma'lum darajada daromad xavfsizligini ta'minlaydi [2]. Ijtimoiy ta'minot faqatgina daromad shaklida emas, balki ijtimoiy xizmat, dori-darmon, malakali tibbiy xizmatdan foydalanish, nogironlar uchun protez-ortoped vositalari, nogironlar aravachalari, umuman, nogironlar uchun texnikalarni yetkazib berishni ham amalga oshiradi.

O'zbekiston Respublikasi mustaqillikdan keyin ijtimoiy ta'minot sohasida bir necha me'yoriy-huquqiy hujjatlarni imzolandi. Eng avvalo, insonning asosiy huquqi sifatida ijtimoiy ta'minot - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46-moddasida: "Har kim qariganda, mehnat qobiliyatini yo'qotganda, ishsizlikda, shuningdek boquvchisini yo'qotganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta'minot huquqiga ega. Qonunda belgilangan pensiyalar, nafaqalar va boshqa turdagi ijtimoiy yordamning miqdorlari rasman belgilangan eng kam iste'mol xarajatlaridan oz bo'lishi mumkin emas" [1]. Asosiy Qomusimiz - Konstitutsiyada insonlarning ijtimoiy ta'minotga oid bir qator huquqlari kafolatlangan. Ijtimoiy ta'minot huquqidan asosan ijtimoiy himoyaga muxtoj bo'lgan aholining turli ijtimoiy guruhlari foydalanishlari mumkin. Bularga: voyaga yetmaganlar, nogironlar, ishsizlar, boquvchisini yo'qotganlar, yakka-yolg'izlar, qariyalar va hokazo shu kabi turli guruhlar foydalanadilar. Ushbu turli guruhlarning ijtimoiy ta'minot huquqlari qonunlar bilan kafolatlanib qo'yilgan.

O'zbekiston Respublikasining 2020-yil 15-oktyabrdagi "Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari to'g'risida"gi Qonunida [3] nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlarini ta'minlashning asosiy prinsiplari, nogironligi bo'lgan shaxslarning qadr-qimmatini, ularning mustaqilligini, tanlash erkinligini hurmat qilish prinsipi, nogironlik belgisiga ko'ra kamsitilishga yo'l qo'ymaslik prinsipi, nogironligi bo'lgan shaxslarning huquq va erkinliklarini amalga oshirishdagi imkoniyatlar tengligi prinsipi, nogironligi bo'lgan shaxslarni jamiyat va davlat hayotiga jalb etish prinsipi, nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlarini ta'minlash sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari va hokazo nogironlarning huquqlari kafolatlangan.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlar ijtimoiy ta'minotdan foydalanish, qiyinchiliklarga, to'siqlarga duch kelmaslik maqsadida O'zbekiston Respublikasi Milliy huquqiy internet portali [4]

April 20, 2024

O'zbekiston Milliy universiteti Zamonaviy dunyoning ijtimoiy manzarasi va jamiyat tuzilmalari transformatsiyasi

^ationalUniversityofUzbekista^^^^^ranfimSiiSno

orqali aholining ijtimoiy ta'minot huquqlari kafolatlangan. U portal shaxsiy jamg'arib boriladigan pensiya hisob varag'idagi jamg'arma holati; pensiya va nafaqa mavjudligi to'g'risidagi ma'lumotlar; farzand tug'ilganda beriladigan bir martalik nafaqa pulini olish; protez-ortopediya mahsulotlari va reabilitatsiya texnik vositalari ta'minoti uchun tibbiy xulosa; dafn marosimlarini o'tkazish uchun nafaqa pulini olish; fuqarolarni jamg'arib boriladigan pensiya ta'minoti tizimiga hisobga olish; pensiya (nafaqa) haqida ma'lumot; pensiya va nafaqalar miqdori to'g'risida m'lumotnoma olish kabi bo'limlardan iborat.

Xulosa o'rnida shuni aytish kerakki, insonlarning ijtimoiy ta'minot sohasidagi barcha huquqlari, nafaqat ijtimoiy ta'minot sohasida, balki barcha sohalardagi huquqlari qonunlar bilan kafolatlangan. Ijtimoiy ta'minot sohasidagi huquqlardan foydalanishda esa proaktiv va interaktiv tizim orqali amalga oshirilmoqda. Ijtimoiy ta'minot aynan himoyaga muhtoj kam ta'minlangan qatlamga proaktiv tizim orqali amalga oshirilsa maqsadga mavufiq bo'lardi. Har bir fuqaroni o'z yurtida erkin harakatlanishi, farovon hayotda yashashi, qarilikdan, ishsizlikdan himoyalanishi, ijtimoiy ta'minotdan foydalanish, uni tanlash imkoniyati hech qanday moneliksiz, bir so'z bilan aytganda konstitutsiyaviy huquqlari to'liq ta'minlanishi kafolatlangan. Faqatgina xalq qonunlarni puxta o'rgansa, bu faqat uning o'ziga foyda keltiradi. Zero, demokratik va huquqiy davlat qurishning asosiy maqsadi mamlakatda yashovchi har bir fuqaroni, ayniqsa ijtimoiy himoyaga muxtoj qatlamlarning huquq va erkinliklarini ta'minlashdir.

REFERENCES:

1. Узбекистан Республикаси Конституцияси. - Тошкент: Узбекистан, 2023.

2. Садыкова Шахида Мархабаевна. Актуальные вопросы социальной защиты пожилых людей в Узбекистане // НАУ. 2015. №4-6 (9). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/aktualnye-voprosy-sotsialnoy-zaschity-pozhilyh-lyudey-v-uzbekistane (дата обращения: 18.04.2024).

3. Хайринисо Хусанова Институциональные основы социальной защиты нуждающихся слоев населения // ОИИ. 2021. №2. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/institutsionalnye-osnovy-sotsialnoy-zaschity-nuzhdayuschihsya-sloev-naseleniya

4. Kholmamatovich Z.E. The essence and significance of the neighborhood in the development of the national mentality //European Journal of Interdisciplinary Research and Development. - 2023. -Т. 21. - С. 271-277.

5. Джиянмуратова Г. Ш. Нормативно-правовые основы социальной защиты молодежи в Республике Узбекистан //Технологии социальной работы в различных сферах жизнедеятельности. - 2023. - С. 35-40.

581

April 20, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.