Научная статья на тему 'YANGI OʼZBEKISTONDA NOGIRONLIGI BOʼLGАN SHАXSLАRNI IJTIMOIY HIMOYA QILISH BORASIDAGI ISLOHOTLAR'

YANGI OʼZBEKISTONDA NOGIRONLIGI BOʼLGАN SHАXSLАRNI IJTIMOIY HIMOYA QILISH BORASIDAGI ISLOHOTLAR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

26
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Nogironligi boʼlgan shaxslar / ijtimoiy himoya / davlat siyosati / nogironlar huquq va erkinliklari / alohida ehtiyojga ega boʼlgan shaxslar / “Nogironlar huquqlari toʼgʼrisidagi Konventsiya” / yoshlarga oid davlat siyosati / Yangi Oʼzbekistonning taraqqiyot strategiyasi.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Shaxnoza Xamidovna Аlimova

Maqolada Yangi Oʼzbekiston Respublikasida nogironligi boʼlgan shaxslarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan davlatimiz siyosati va bu borada milliy qonunchiligimiz asosida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YANGI OʼZBEKISTONDA NOGIRONLIGI BOʼLGАN SHАXSLАRNI IJTIMOIY HIMOYA QILISH BORASIDAGI ISLOHOTLAR»

Tashkent State University of Economics

YANGI O'ZBEKISTONDA NOGIRONLIGI BO'LGAN SHAXSLARNI IJTIMOIY HIMOYA QILISH BORASIDAGI ISLOHOTLAR

Shaxnoza Xamidovna Alimova

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU, katta o'qituvchi

ANNOTATSIYA

Maqolada Yangi O'zbekiston Respublikasida nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan davlatimiz siyosati va bu borada milliy qonunchiligimiz asosida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil etilgan.

Kalit so'zlar. Nogironligi bo'lgan shaxslar, ijtimoiy himoya, davlat siyosati, nogironlar huquq va erkinliklari, alohida ehtiyojga ega bo'lgan shaxslar, "Nogironlar huquqlari to'g'risidagi Konventsiya", yoshlarga oid davlat siyosati, Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi.

Ma'lumki, hozirda dunyoda 650 milliondan ortiq nogironlar mavjud. Butun jahonda nogironligi bo'lgan shaxslarning ularning huquqlari, ayniqsa, yoshlarning ta'lim olishi, salomatligini saqlashi, mehnat qilishi, o'zi va oilasi uchun yetarlicha turmush sharoitiga ega bo'lishi, ijtimoiy himoya qilishning huquqiy kafolatlarini yaratish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biriga aylangan.

O'zbekistonda kechayotgan demokratik jarayonlar, islohotlar istiqboli jamiyatning asosiy bunyodkor kuchi bo'lgan barcha yoshlarning ijtimoiylashuvi, faolligi, tashabbuskorligi va salohiyati, milliy g'oya, demokratik qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalashga ko'p jihatdan bog'liq. Ushbu jaraenlarni amalga oshirishda nogironligi bor yoshlarning alohida o'rni bor. Bugungi kunda respublikamizda 984 mingdan ortiq nogironligi bo'lgan shaxslar yashasa, ularning 60 foizini aynan yoshlar tashkil etishini hisobga olsak ushbu masala yanada dolzarblashadi.

Nogironligi bo'lgan shaxslarni himoya qilish sohasidagi O'zbekiston Respublikasi davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri - nogironligi bo'lgan shaxslarning Konstitutsiyamizda ko'zda tutilgan shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy huquq va erkinliklarini xalqaro huquqning umume'tirof etilgan printsiplari va normalari hamda O'zbekiston qo'shilgan xalqaro shartnomalarga muvofiq holda, boshqa fuqarolar bilan teng ravishda ta'minlash hisoblanadi.

BMT "Nogironlar huquqlari to'g'risida"gi Konventsiyasining 2021-yil 7-iyunda O'zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilinganligi ushbu sohada

312

Tashkent State University of Economics

samarali islohotlarni davom ettirishning yorqin namunasi bo'ldi. Bu haqda fikr yuritganda, albatta, keyingi yillarda ayni shu sohada shiddatli tus olgan amaliy ishlar diqqatga loyiq samaralar berganini qayd etish lozim. Xususan, O'zbekiston Respublikasining "Nogironlar huquqlari to'g'risidagi Konventsiya"ga qo'shilishiga oid masala davlatimiz rahbarining quyidagi dasturiy hujjatlarida:

1. "Nogironligi bo'lgan shaxslarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmonida[2];

2. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 70 yilligiga bag'ishlangan Tadbirlar dasturida[3];

3. Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasida[4];

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari bo'yicha kengashining 2021-yil 22- fevralda bo'lib o'tgan 46-sessiyasidagi nutqida nazarda tutilgan[5].

Prezident Shavkat Mirziyoev BMT Inson huquqlari bo'yicha kengashining 46-sessiyasi minbaridan turib, imkoniyati cheklangan shaxslarning o'z qobiliyatini to'la ro'yobga chiqarish masalalari bo'yicha Mintaqaviy kengash tuzish taklifini xalqaro hamjamiyat e'tiboriga havola etib, O'zbekistonda alohida ehtiyojga ega bo'lgan shaxslarning huquqlarini ta'minlashga jiddiy e'tibor qaratilayotganini alohida ta'kidlash zarur[4].

Yangi O'zbekiston Respublikasida 2020-yilda "Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari to'g'risida"gi Qonunning qabul qilinishi nogironligi bo'lgan shaxslarning barcha ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini tartibga solinishi bilan juda ahamiyatlidir. Qonun, shuningdek, nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish modeli va sohaga doir boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni amalga oshirishga qaratilgandir[2].

Bundan tashqari, O'zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasi tasdiqlangan bo'lib, mazkur kontseptsiyada yoshlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, mamlakatda xavfsizlik, ekologik barqarorlik, adolat va teng huquqlilikni ta'minlashda yoshlarning rolini oshirish, yoshlar uchun malakali tibbiy xizmatdan foydalanish shart-sharoitlarini yaxshilash, ular o'rtasida tibbiy savodxonlikni oshirish va sog'lom turmush tarzini mustahkamlash, ta'limning barcha bosqichlarida yoshlarning sifatli ta'lim olishini ta'minlash kabi muhim masalalarga e'tibor qaratilgan. Nogironligi bo'lgan yoshlarning faolligining ortib borishi va ijtimoiy taraqqiyot qonuni sifatida uning huquqiy asoslari bir necha qonunlar va qarorlar bilan ta'minlangan.

313

Tashkent State University of Economics

Kontseptsiyada 2021-2025 yillarda O'zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti bo'yicha prognozlari inobatga olingan. Jumladan, yoshlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan huquqiy bazani takomillashtirish hamda mamlakatda xavfsizlik, adolat va ekologik barqarorlikni ta'minlashda yoshlarning rolini oshirish, shuningdek, nogironligi bo'lgan yoshlar uchun malakali tibbiy xizmatdan foydalanish shart-sharoitlarini yaxshilash, ular o'rtasida tibbiy savodxonlikni oshirish va sog'lom turmush tarzini mustahkamlash ham muhim vazifa sifatida belgilangan.

Nogironligi bo'lgan yoshlarning ta'limning barcha bosqichlarida sifatli ta'lim olishlarini ta'minlash, hududlarda inklyuziv ta'lim rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratish bo'yicha chora tadbirlar rejalari ishlab chiqilgan bo'lib, bu borada amaliy ishlar yo'lga qo'yilmoqda. Yoshlarga xususan nogironligi bo'lgan shaxslarga munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ularning iqtisodiy imkoniyatlarini, jumladan, tadbirkorlik faoliyatini yanada kengaytirish bo'yicha ishlar amalga oshirilmoqda. Ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor yoshlar, mehribonlik uylarida tarbiyalangan, yetim bolalar, boquvchisini yo'qotgan va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni qo'llab-quvvatlash ham dolzarb vazifa sifatida belgilangan.

Shuningdek, yosh salohiyatli kadrlarni qo'llab-quvvatlash va ularni davlat fuqarolik xizmatiga tayyorlash, mehnat bozorida raqobatbardoshligini ta'minlash hamda yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlar jamoat tashkilotlari va volontyorlik harakatlarini qo'llab-quvvatlash borasida davlat siyosati darajasida keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda. Bu harakatlar albatta yoshlarning ijtimoiy faolligini ortib borishiga xizmat qilmasdan qo'ymaydi.

Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi inson qadrini ta'minlashga qaratilgan 100 ta maqsadni qamrab olgan bo'lib, ushbu maqsadlarning aksariyatida nogironligi bo'lgan shaxslar huquqlari va manfaatlariga daxldor ko'plab vazifalar belgilangan. Xususan, Taraqqiyot strategiyasining 9-maqsadida keksa va nogironligi bo'lgan shaxslarga davlat xizmatlari ko'rsatishni soddalashtirish, ularga qulayliklar yaratish haqida so'z boradi. Dasturilamal hujjatning 53-maqsadida aholining muhtoj qismini zamonaviy protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya vositalari bilan ta'minlash darajasini 60 foizga yetkazish ko'zda tutilgan.

Shuningdek, Taraqqiyot strategiyasining 66-maqsadi: "Nogironligi bo'lgan shaxslarni qo'llab-quvvatlashning samarali tizimini shakllantirish, ularning hayot sifati va darajasini oshirish" deb nomlangan bo'lib, unda:

314

https://tsue.uz/

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

Tashkent State University of Economics

- nogironlik belgisi bo'yicha kamsitishga yo'l qo'ymaslik, nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ro'yobga chiqarishda teng sharoitlarni yaratish va bu borada qonunni buzganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta'minlash;

- nogironligi bo'lgan shaxslar huquqlarini ta'minlash sohasidagi umume'tirof etilgan xalqaro norma va standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish;

- tibbiy-mehnat ekspertizasi va nogironlikni belgilashning shaffof, zamonaviy uslub va mezonlarini joriy etish, nogironligi bo'lgan shaxslarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko'rsatish darajasi va sifatini oshirish;

- nogironligi bo'lgan shaxslarning oilasi, jamiyat va davlat bilan o'zaro aloqasini kuchaytirish, ularning qulay muhitda bo'lishi, shahar yo'lovchi transporti, ijtimoiy va boshqa infratuzilma ob'ektlaridan erkin foydalanishi uchun zarur sharoitlar yaratish;

- nogironligi bo'lgan shaxslarning jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga jalb qilinishi va faol ishtirokini ta'minlovchi inklyuziv ta'lim va ishga joylashtirish tizimini takomillashtirish;

- nogironlikni belgilashning ijtimoiy modeliga bosqichma-bosqich o'tish kabi g'oyat muhim vazifalar kun tartibiga qo'yilgan. Ayni vaqtda ushbu chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.

Nogironligi bo'lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish borasida shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan "Nogironligi bo'lgan shaxslarni hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo'llab-quvvatlashning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni imzolandi. Ushbu Farmon nogironligi bo'lgan shaxslar, ayniqsa, doimiy parvarishga muhtoj bo'lgan bolalarni parvarishlayotgan oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qo'llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish, ijtimoiy yordamning zamonaviy mexanizmlarini amalga oshirishda yangi yondashuvlarni joriy etishga qaratilgani bilan ham ahamiyatlidir.

Umuman olganda, O'zbekistonda ijtimoiy adolat printsipiga amal qilish, yordam va qo'llab-quvvatlashga muhtoj, birinchi navbatda, jismoniy imkoniyati cheklangan odamlarga to'laqonli hayot kechirish uchun sharoit yaratish masalasi davlat rahbarining doimiy diqqat markazida turibdi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023 y., 03/23/837/0241-son

315

Tashkent State University of Economics

2. O'zbekiston Respublikasining "Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari to'g'risida"gi Qonuni. 2020 yil, 15 oktabr

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Nogironligi bo'lgan shaxslarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni.//PF-5270-son, 2017 yil 1 dekabr

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 70 yilligiga bag'ishlangan tadbirlar dasturi to'g'risida"gi Farmoni.// PF-5434-son, 2018 yil 5 may.

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi Farmoni.// PF-6012-son, 2020 yil 22 iyun.

6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasida inson huquqlari sohasidagi milliy ta'lim dasturini tasdiqlash to'g'risida"gi Qarori.//PQ-46-son, 2023 yil 7 fevral

7. Alimova, S. X., & Karimova, G. A. (2019). INFLUENING INCOLULOUS EDUCATION IN UZBEKISTAN AND DEVELOPMENT OF UNIQUE TENDENCIES. European Science Review, (5-6), 80-83.

8. Alimova, Sh. X., & Karimova, G. А. (2021). Imkoniyati cheklangan bolalar ijtimoiylashuvida inklyuziv ta'limning ahamiyati. ИННОВАЦИИ В ПЕДАГОГИКЕ И ПСИХОЛОГИИ, 4(7).

9. Ганиева М.Х. Социокультурная адаптация детей с ограниченными возможностями как направление социальной защиты. Журнал. Общественное мнение. Права человека. Тошкент-2018. №4. С. 35-45.

10. Uzakova Z.F. Alohida ehtiyojli yoshlarning ijtimoiylashuvi, mehnatga integratsiyalashuvining o'ziga xos xususiyatlari. Diss... PhD falsafa doktori sotsiologiya fanlari bo'yicha. Tashkent: 2019.

316

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.