Научная статья на тему 'YANGI O'ZBEKISTONDA NOGIRONLIGI BO'LGAN SHAXSLARNI HIMOYASINI TA’MINLASH ISTIQBOLLARI'

YANGI O'ZBEKISTONDA NOGIRONLIGI BO'LGAN SHAXSLARNI HIMOYASINI TA’MINLASH ISTIQBOLLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
163
34
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O'zbekiston / nogironlik / ratifikatsiya / ijtimoiy himoya / qonunlar.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Saodat Otabek Qizi Ikromova, Ismigul Mahmudjon Qizi Abduxamidova, Marhabo Sherzod Qizi Suyumova

Maqolada nogironligi bo'lgan shaxslarga yaratilgan imkoniyatlar haqida so'z boradi.Bundan tashqari nogironligi bo'lgan shaxslarni himoya qilish ularni qo'llab-quvvatlashga qaratilganini qonunlarda ham ko'rish mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YANGI O'ZBEKISTONDA NOGIRONLIGI BO'LGAN SHAXSLARNI HIMOYASINI TA’MINLASH ISTIQBOLLARI»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 4 I 2022 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

YANGI O'ZBEKISTONDA NOGIRONLIGI BO'LGAN SHAXSLARNI HIMOYASINI TA'MINLASH ISTIQBOLLARI

Saodat Otabek qizi Ismigul Mahmudjon qizi Marhabo Sherzod qizi Ikromova Abduxamidova Suyumova

Farg'ona davlat universiteti talabalari

ANNOTATSIYA

Maqolada nogironligi bo'lgan shaxslarga yaratilgan imkoniyatlar haqida so'z boradi.Bundan tashqari nogironligi bo'lgan shaxslarni himoya qilish ularni qo'llab-quvvatlashga qaratilganini qonunlarda ham ko'rish mumkin.

Tayanch so'zlar: O'zbekiston, nogironlik, ratifikatsiya, ijtimoiy himoya, qonunlar.

"Yangi O'zbekiston-yangicha dunyoqarash "bu jumlalar yurtimizda amalga oshirilayotgan islohatlarni inson farovonligini bilan ham asoslanadi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2021-saylov dasturining asosiy maqsadi "Inson qadri uchun" deb atalganligi bejiz emas. Har bir inson O'zbekiston Respublikasi fuqarosi ekan jamiyatda yaratilgan barcha imkoniyatlardan to'laqonli foydalanish huquqiga egadir. Ming afsuski jamiyatimizdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlar shu jumladan, nogironligi bo'lgan shaxslar o'z huquq va erkinliklarini bilmasligi sababli juda ko'p qiyinchiliklarga duch kelishmoqda. Shunday ekan biz ijtimoiy ish xodimlari ularga yaratilgan imkoniyatlardan boxabar qilishimiz zarur.

Aholini ijtimoiy himoya qilish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 45-moddasida voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolg'iz keksalarning huquq va erkinliklari davlat himoyasida ekanligi belgilab qo'yilgan.1Respublikamizda nogironligi bo'lgan shaxslarni himoyasini ta'minlashda aynan oxirgi 5 yillikda qabul qilingan: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-dekabrdagi «Keksalar va nogironlarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi PQ2705-sonli Qarori, 2017 -yil 1-avgustdagi R-5006-sonli «Nogironligi bo'lgan shaxslarni davlat tomonidan qo'llab quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Farmoyishi, 2017-yil 1-dekabrdagi «Nogironligi boDlgan shaxslarni davlat tomonidan qoDllab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to'g'risida»gi Farmoni, 2020- yilning 15-oktyabrda yangi tahrirdagi "Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari to'g'risida"gi Qonun va eng muhim xalqaro

1 O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi https://constitution.uz/oz/clause/index

Uzbekistan www.scientificprogress.uz

Page 1289

I

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 4 I 2022 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

huquqiy hujjat 2021-yil 7-iyunda O'RQ-695-sonli qonun bilan ratifikatsiya qilingan BMTning Nogironlar huquqi ijtimoiy taminotlari to'g'risidagi konvensiyasi, shuningdek sohaga oid boshqa normativ huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga xizmat qilmoqda.

Umrini nogiron farzandiga qarash, uni parvarish qilishga bagDishlagan onalarga ijtimoiy nafaqa to'lanmas edi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida: D...Nogironligi bo'lgan bolalar va ularning oila aDzolarini, boquvchisini yo'qotganlarni o'n olti yoshgacha ijtimoiy muhofaza qilish masalasi doimo eDtiborimiz markazida turishi kerak. Umrini nogiron farzandiga qarash, uni parvarish qilishga bagDishlagan onalar uchun alohida ijtimoiy nafaqa turini joriy etamiz"2, D deb alohida taDkidlab oDtdilar.

Shuningdek nogironligi mavjud bo'lgan shaxslarni ijtimoiy himoyasini taDminlashda quyidagi imtiyozlar ahamiyatli:

- I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslari 60 kvadrat metr doirasida jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqdan va yer solig'idan ozod qilinadilar;

- xodimlar soni yigirma kishidan ortiq bo'lgan korxonalar va tashkilotlarda xodimlar sonining kamida uch foizi miqdorida ish joylarining eng kam soniga tegishli hokimlik qaroriga asosan nogironligi bo'lgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun zaxirada ushlab turiladi;

-Nogironligi bo'lgan shaxslar protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalar bilan bepul taDminlanish huquqiga ega bo'lgan imtiyozli shaxslar ro'yxatiga kiritilgan;

D I va II guruh nogironlariga mehnatga haq to'lash kamaytirilmagan holda ish vaqtining haftasiga o'ttiz olti soatdan oshmaydigan, qisqartirilgan muddati belgilanadi, shuningdek o'ttiz kalendar kundan kam bo'lmagan muddat bilan yillik uzaytirilgan asosiy taDtil beriladi;

D 2018-yil 1-yanvardan boshlab faoliyat ko'rsatish turi va uni amalga oshirish joyidan qatDi nazar I va II guruh nogironligi boDlgan shaxs hisoblangan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun bir oyda eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida, yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan I va II guruh nogironligi boDlgan shaxslar hisobidan ishga yollangan har bir ishchi uchun D bir oyda eng kam ish haqining 15 foizi miqdorida qatDiy belgilangan soliq stavkasi o'rnatilgan;

D 2018/2019-o'quv yilidan boshlab oliy taDlim muassasalariga abiturientlarni qabul qilishning umumiy sonidan nogironligi bo'lgan shaxslar uchun qo'shimcha ravishda ikki foizli kvota ajratish tartibi joriy etilgan;

2 Узбекистан Республикаси Президенты Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси. 2018 йил 28 декабрь. https://xs.uz/uzkr/post/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziYoevning-olii-mazhlisga-

murozhaatnomasi

Uzbekistan

Page 1290

www.scientificprogress.uz

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 4 I 2022 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

- Soliq kodeksining 380-moddasiga ko'ra, I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslar daromadlaridan qisman (daromadlar qaysi oyda olingan bo'lsa, o'sha oyda har bir oy uchun mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorining 1,41 baravari □ miqdoridagi

"5

daromadlar bo'yicha) soliq solishdan ozod etiladi.

Xulosa qilib aytganda davlatimizda olib borilayotgan barcha ijtimoiy siyosatlar inson manfaati va farovonligiga xizmat qiladi Shunday ekan biz ham yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanaylik. Biz bo'lajak ijtimoiy ish xodimlari ekanmiz ijtimoiy himoyaga muhtoj va nogironligi bor shaxslarga yordam berishimiz kerak. Zero, bu bizning sharafli burchimizdir.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.(2019-yil )

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi (2018-yil 28-dekabr).

3. O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi.

3 Y36eKHCTOH Pecnyö^HKacHHHHr co^hk; KogeKCH https://lex.uz/docs/4674902#4688099

Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 1291

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.