Научная статья на тему 'OʻZBEKISTONDA GOLBOL SPORT TURINI OMMALASHTIRISH ORQALI KOʻRISH QOBILIYATIDA NUQSONI BOR SHAXSLAR HARAKAT FAOLLIGINI RIVOJLANTIRISH USLUBIYATI'

OʻZBEKISTONDA GOLBOL SPORT TURINI OMMALASHTIRISH ORQALI KOʻRISH QOBILIYATIDA NUQSONI BOR SHAXSLAR HARAKAT FAOLLIGINI RIVOJLANTIRISH USLUBIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки о здоровье»

CC BY
257
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Golbol / paralimpiya / zaif ko’ruvchi / adaptiv / nozologiya / sport tasniflar / rivojlantirish / ommalashtirish / jismoniy imkoniyati cheklangan. / Goalball / paralympics / visually impaired / adaptive / nosology / sports classifications / development / popularization / physical disabilities.

Аннотация научной статьи по наукам о здоровье, автор научной работы — Laylo Baxromovna Sobirova

Maqolada, O’zbekistonda golbol sport turini ommalashtirish orqali, maxsus mashg’ulot vosita va usullari yordamida ko’rish qobiliyatida nuqsoni bor shaxslarni harakat faolligini rivojlantirishga e’tibor qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TO DEVELOPMENT OF THE PHYSICAL ACTIVITY OF PEOPLE WITH VISUAL IMPAIRMENTS THROUGH THE POPULARIZATION OF THE SPORT GOALBALL IN UZBEKISTAN

The article is devoted to the development of physical activity in people with visual impairments through the popularization of the Goalball sport in Uzbekistan.

Текст научной работы на тему «OʻZBEKISTONDA GOLBOL SPORT TURINI OMMALASHTIRISH ORQALI KOʻRISH QOBILIYATIDA NUQSONI BOR SHAXSLAR HARAKAT FAOLLIGINI RIVOJLANTIRISH USLUBIYATI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

O'ZBEKISTONDA GOLBOL SPORT TURINI OMMALASHTIRISH ORQALI KO'RISH QOBILIYATIDA NUQSONI BOR SHAXSLAR HARAKAT FAOLLIGINI RIVOJLANTIRISH USLUBIYATI

Laylo Baxromovna Sobirova

Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti "Adaptiv jismoniy tarbiya va sport" kafedrasi o'qituvchisi.

[email protected]

ANNOTATSIYA

Maqolada, O'zbekistonda golbol sport turini ommalashtirish orqali, maxsus mashg'ulot vosita va usullari yordamida ko'rish qobiliyatida nuqsoni bor shaxslarni harakat faolligini rivojlantirishga e'tibor qaratilgan.

Kalit so'zlar: Golbol, paralimpiya, zaif ko'ruvchi, adaptiv, nozologiya, sport tasniflar, rivojlantirish, ommalashtirish, jismoniy imkoniyati cheklangan.

TO DEVELOPMENT OF THE PHYSICAL ACTIVITY OF PEOPLE WITH VISUAL IMPAIRMENTS THROUGH THE POPULARIZATION OF THE SPORT GOALBALL IN UZBEKISTAN

ABSTRACT

The article is devoted to the development of physical activity in people with visual impairments through the popularization of the Goalball sport in Uzbekistan.

Keywords: Goalball, paralympics, visually impaired, adaptive, nosology, sports classifications, development, popularization, physical disabilities.

Dolzarbligi. O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sport sohasini yanada rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi "Sport ta'limi tizimini tubdan takomillashtirish orqali olimpiya va paralimpiya sport turlari bo'yicha sportchilar zaxirasini shakllantirish sifatini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi, qarorlarida amlga oshirilishi lozim bo'lgan ishlarning belgilanishi soha mutaxassislari oldiga ulkan vazifalarni qo'yadi. O'zbekistonda jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi (zaif ko'ruvchi va ko'zi ojiz) bo'lgan shaxslarni para sport turlari (Golbol) bilan shug'ullanishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ularning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini ta'minlash va davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash hamda ilmiy tadqiqotlar ishlarini olib borish bugungi kunda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

Tadqiqot natijalari va uning muhokamasi. Respublikada oxirgi yillarda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, imkoniyatlari cheklangan shaxslarning jismoniy reabilitatsiyasi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini ta'minlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Aynan ko'rish qobiliyatida nuqsoni bor shaxslarni golbol sport turiga saralash hamda mashg'ulot jarayonida harakat faolligini to'g'ri rivojlantirish tizimini tashkil qilish yoki boshqa masalalar yuzasidan keng ko'lamli ilmiy ishlar dolzarb hisoblanmoqda. Keng qamrovli ilmiy-uslubiy ishlarni o'rganishimiz natijasida ko'rish qobiliyatida nuqsoni bor shaxslarni golbol sport turi mashg'ulot jarayonida maxsus vosita va usullarni qo'llash mexanizmlari to'g'risida deyarli ma'lumotlar mavjud emas. Ta'kidlash joizki, ko'rish qobiliyatida nuqsoni bor shaxslarni golbol sport mashg'ulot jarayonlariga aynan to'g'ri keladigan mashg'ulot vositalari va yuklamalari hamda sport turlariga saralash bo'yicha ilmiy asoslangan tavsiyalarning yo'qligi ishning tanlangan yo'nalishi dolzarbligini belgilab beradi.

Golbol sport turi O'zbekistonda rivojlanishi uchun 4 bosqichli tizim tavsiya qilingan, ular quyidagilar:

1-bosqich Har bitta viloyatga borib golbol sport turining o'yin qoidalari harakatlanish imkoniyatlari bo'yicha ommaviyligini ta'minlash haqida tushuncha va izoh berish. Har viloyatda tuman va qishloqlardan ko'zi ojizlar jamiyati bilan hamkorlikda erkaklar va ayollar jamoalarini shakillantirish. (viloyatga) 2 oylik muddat berish.

2-bosqich O'zbekiston respublika chempionatini tashkil qilish va terma jamoaga sportchilarni tanlash, eng zo'r o'yinchilarni saralash va yo'naltirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.

3-bosqich Chet elda Golbol bo'yicha o'tkazilinadigan mashg'ulot va musobaqalarda ishtirok etish bo'ladigan ochiq chempionatda qatnashish. Bundan asosiy maqsad tajriba olish.

4-bosqich Respublika 4 ta hududda 1) Farg'ona, Andijon, Namangan viloyatlari. 2) Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari. 3) Buxoro, Surxandaryo, Qashqadaryo viloyatlari. 4) Navoiy, Xorazm, Qoraqalpoq viloyatlari va har oy navbati bilan hududlarni ko'zdan kechirish maqsadida shu hudud o'rtasida musobaqalar tashkil qilish. (bundan maqsad hududlarda golbol sport turini rivojlantirish hamda tez ommalashtirish.)

Bundan buyon ushbu sohada hamda ko'rish qobilyatida nuqsoni bor shaxslarni para sport (golbol) turlariga qabul qilish viloyatlar kesimida muammolarni o'rganish, ushbu holatdagi munosabatlarni tartibga solish zaruriyati tobora ortib boradi. Chunki,

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchi insonlarni bo'sh vaqtini o'tkazishda para sport turidan foydalanish hamda sport musobaqalariga bo'lgan qiziqishning ortib borishi, harakat faoliyatini yaxshilanishi, ushbu sport turi bilan shug'ullanishga bo'lgan talabning ortib borishini kuchaytirmoqda. Ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchi insonlarning para sport mashg'ulotlari jarayonida turli sport jihozlaridan foydalanish, golbol jamoalarini shakllantirish, musobaqalarni tashkil qilish, o'z jismoniy holatini rivojlantirishda maxsus mashqlarni saralash, ulardan foydalanishga odatlanishi kuzatilmoqda. Shuningdek, ko'rish qobilyatida nuqsoni bor shaxslarni harakat faoliyatini rivojlantirish mazkur sohada golbol sport turiga bo'lgan talabning ortib borishiga xizmat qilmoqda. Mazkur holatda golbol sport turi bilan shug'ullanish orqali ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchilarning harakat faoliyatini oshirish tizimini joriy qilish o'z samarasini beradi. Ko'rish qobilyatida nuqsoni bor shaxslarni golbol sport turiga saralash tizimi adaptiv jismoniy tarbiya va sportning nazariy va amaliy asoslari, vositalar, usullar, tuzilish, mashg'ulotlarni tashkil etish va o'tkazish, ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchilarning jinsi, yoshi va jismoniy tayyorgarligini hisobga olgan holda mashg'ulotlarni rejalashtirish va o'tkazish, o'quv mashg'ulotlarini yuklamani moslashuvchan jismoniy madaniyat va sport sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishni o'z ichiga oladi. Ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchi shaxslar golbol sport turi bilan shug'ullanish orqali harakat faoliyatini oshirish tizimini adaptiv jismoniy tarbiya va para sport sohasiga tatbiq etilishi sohadagi fan va ta'lim munosabatlarini birlashtirib, olimlar, trenerlarni bir maqsad yo'lida harakat qilishga bo'lgan ishonchli munosabatlarni shakllantiradi. Shuningdek, turli sohadagi mutaxassislarni o'zaro bir-birini tushunishga, maxsus mashqlar majmuini ishlab chiqishga olib keladi hamda adaptiv jismoniy tarbiya va para sport yo'nalishidagi muammolarni o'rganishda turli soha olimlarini birlashtirib, hamkorlikda ishlash natijasida sohani rivojlantirishga qaratilgan ixtirolar, ishlanmalar, zamonaviy metodlarning shakllanish va rivojlanish jarayonlarini tezlashtiradi. O'zbekistonda golbol sport turini ommalashtirish orqali ko'rish qobiliyatida nuqsoni bo'lgan shaxslarni harakat faoliyatini oshirish tizimini ishlab chiqish doirasida ijtimoiy aholini sportga jalb qilish, nogironligi bo'lgan shaxslarni ayniqsa ko'rish qobiliyatida nuqsoni bo'lgan shaxslar o'rtasida ommaviy sport turlarini rivojlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va bu mexanizm para sport turlarini O'zbekistonda ommalashtirishga qolaversa keyingi avlodga yetkazib berish mexanizmining rivojlanishiga olib keladi. Sohada yaratilayotgan bilimlar, shart-sharoitlar asosida metodologik ilmiy nazariyalarni, zamonaviy uslublarni ishlab chiqib, samaradorligini belgilab beradi.

O'zbekistonda golbol sport turini ommalashtirish orqali ko'rish qobiliyatida nuqsoni bo'lgan shaxslarni harakat faoliyatini oshirish tizimining tashkil qilinishi xalqning o'z salomatligini tiklashda, golbol sport turini ommalashtirish, ko'rish

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

qobiliyatida nuqsoni bo'lgan shaxslarni harakat faoliyatini oshirish hamda jismoniy tarbiya va sportdan foydalanish bo'yicha qiziqishini oshirishga qaratilgan, ilmiy asoslangan tavsiyalarni ishlab chiqishda hamda xalqning jismoniy tarbiya va sport orqali salomatligini tiklash bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalarini oshishiga xizmat qiladi. Golbol sport turini ommalashtirish orqali ko'rish qobilyatida nuqsoni bor shaxslarni harakat faoliyatini oshirish tizimi tashkil qilingandan so'ng, mazkur tizim yordamida, aholini ommaviy sog'lomlashtirish, harakat faoliyatini oshirish, Respublikamizning barcha hududlarida golbol (erkak va ayollar) jamoalarini samarali tashkil qilish tizimi yaratiladi. Ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchi shaxslar o'rtasida sog'lomlashtirish ishlarini tashkil qilish bo'yicha metodologiya ishlab chiqiladi hamda ushbu sport turi bo'yicha musobaqalar rejalashtiriladi va o'tkaziladi. Shuningdek, ushbu tizimni taklif qilish orqali sog'lomlashtirish va ko'zi ojizlarni harakat faoliyatini oshirish bo'yicha ilmiy-uslubiy taklif va tavsiyalarni berish imkoniyati yaratiladi. Mazkur tizim yordamida ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchilarni jismoniy tayyorgarligini kompleks nazorat qilish va baholash hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha ilmiy asoslangan xulosalarni berish imkoniyati yaratiladi.

O'zbekiston Respublikasining barcha viloyatlardagi olimpiya va paralimpiya zaxiralari kolleji hamda sport maktablarida golbol sport turini rivojlantirish maqsadida yuqoridagi IV bosqichli tizim tavsiya etilgan. Bu tizimni bosqichma- bosqich amalga oshirish hamda golbol sport turiga saralash natijasida ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchi insonlar harakat faoliyatini faollashtirish va golbol sport mashg'ulotlarini rejalashtirish uni o'tkazish ko'zda tutilgan. Ushbu sport turini ommalashtirish maqsadida viloyatlararo golbol sport jamoalarini tuzish va musobaqalar o'tkazish maqsadida biz tomonimizdan bir qancha ilmiy va amaliy ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Xulosa qilib aytganda, O'zbekistonda paralimpiya sport turlarini rivojlantirish va aholi salomatligini mustahkamlash ularni ommaviy sport turlariga jalb etish maqsadida to'rt bosqichli tizim tavsiya qilingan. Ijtimoiy qatlamda ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchi nogironligi bo'lgan shaxslarga muayyan sport turlarini shakllantirishda aynan golbol sport turi ularni harakat faolligini oshirish va jsmoniy sifatlarini rivojlantirish hamda fazoviy idrok sezgi analizatorlari, muskullar harakatida o'sish kuzatilishi nazarda tutilgan.

REFERENCES

1. Bobomurodov, Norpo'lat Shirinovich. "Kurashchilarning jismoniy tayyorgarligi tuzilmalari".Fan va ta'lim axborotnomasi 4-2 (82) (2020).).eHHa: 24.12.2021

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

2. Mirjamolov M.X., Odilov R.F., Zokirov d.r.salomatligi nogironat imkoniyatlari bo'lgan o'quvchilarning maxsus Jismoniy tarbiyasini takomillashtirish // Jismoniy tarbiya va sportning dolzarb muammolari. - 2020. - S. 20-23.

3. Sherali Hoshimovich G'Ofurov, Dilshod Baxtiyor O'G'Li Baxtiyorov, Umid Abdugaforovich Saidov MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI YENGIL ATLETIKA MASHQLARI ORQALI MASHG'ULOTLARINI TASHKIL ETISH // Scientific progress. 2022. №1. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/maktabgacha-yoshdagi-bolalarni-yengil-atletika-mashqlari-orqali-mashg-ulotlarini-tashkil-etish (дата обращения: 04.02.2022).

4. Н. Ю. Валиева. "Рейтинговый уровень упражнений специально двигательной подготовки в учебно-тренировочном процессе юных спортсменов" Academic research in educational sciences, no. 3, 2020, pp. 1266-1271.).

5. Л. Б. Собирова Эффективность использования специальных упражнений в профилактике нарушений роста у младших школьников // Academic research in educational sciences. 2021. №5.

6. G'ofurov S. H. Malakali sprinterchilarning sport mashg'ulotlarini rivojlantirishning usullari //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №. 4. - С. 309313.

7. .Миржамолов М.Х Валиева Н.Ю. Дифференцированная программа занятий физической культуры для учащикся с ограниченными физическими возможностями Физическая культура и спорт / Медико-биологические основы физической культуры и спорта страницы14-19 2020

8. СА ЮНУСОВ Особенности периодизации тренировочного процесса высоко квалифицированных парапауэрлифтёров- Фан-Спортга, 2021

9. Светличная Н.К. Вопросы повышения физической активности подростков и молодежи в современных условияхВ сборнике: Физическое воспитание и спорт в высших учебных заведениях. Сборник статей XVII Международной научной конференции. В 2-х частях. Белгород, 2021. С. 107-110.

10. Svetlichnaya N.K. Integral approach in assessing the functional state of adaptive and healthy physical cultm^ сборнике: . Материалы XXVI Международного научного Конгресса. Под общей редакцией Р.Т. Бурганова. г. Казань, 2021. С. 412-414

11. Светличная Н.К Повышение эффективности применения средств адаптивной физической культуры и спорта у детей и подростков с ограниченными возможностями здоровья.В сборнике: Олимпийский спорт и спорт для всех. Сборник научных трудов, представленных на XXIV Международный научный конгресс. Казань, 2020. С. 361-364.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

12. Л. Т. Давлатова Болалар церебрал фалажида жисмоний тайёргарликни машгулот жараёнида ва илмий назарий сохдда ривожлантириш // Academic research in educational sciences. 2021. №Special Issue 1. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/bolalar-tserebral-falazhida-zhismoniy-tayyorgarlikni-mash-ulot-zharayonida-va-ilmiy-nazariy-so-ada-rivozhlantirish (дата обращения: 12.01.2022).

13. Абдиев Ш. А. Планирование тренировочной нагрузки высококвалифицированных легкоатлетов с пораженим опорно-двигательного аппарата //Современное образование (Узбекистан). - 2021. - №. 1 (98).

14. Abdurakhmonovich A. S. Planning of training load of highly qualified athletes with locomotor system damage Page 1 European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol. 8 No. 10, 2020 Part II ISSN 2056-5852 Progressive Academic Publishing, UK Page

15. Физическое воспитание школьников в инклюзивном образовании. "SCIENTIFIC PROGRESS" Scientific Journal ISSN: 2181-1601 // Volume: 1, ISSUE: 6. Апрель 2021 йил

16. Ruhiddin Faxriddinovich Odilov, Nilufar Yusufjon Qizi Valiyeva Sensor tizimida nuqsoni bo'lgan bolalar mashg'ulotlarini kompleks nazorat qilish // Scientific progress. 2021. №8. URL: https://cyberleninka.ru/article/n7sensor-tizimida-nuqsoni-bo-lgan-bolalar-mashg-ulotlarini-kompleks-nazorat-qilish (дата обращения: 13.01.2022).

17. Юнусов С. А. Физическое воспитание школьников в инклюзивном образовании" SCIENTIFIC PROGRESS //Scientific Journal ISSN. - 2021. - С. 21811601.

18. M. X.Mirjamolov, R. F.Odilov, N. Y.Valiyeva, D. B.Baxtiyorov Ko'rish qobilyatida nuqsoni bo'lgan talabalarda harakat koordinatsiyasini rivojlantirish uslubiyati // Academic research in educational sciences. 2021. №12. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/ko-rish-qobilyatida-nuqsoni-bo-lgan-talabalarda-harakat-koordinatsiyasini-rivojlantirish-uslubiyati (дата обращения: 22.01.2022).

19. Еофуров Шерали. Jismoniy tarbiya vositalari orqali sportchilarni o'z-o'zini rivojlantirish qobiliyatlarini shakllantirish. 2020/6/5 МЕЖДУНАРОДНАЯ НАУЧНО-ПРАКТИЧЕСКАЯ ОНЛАЙН КОНФЕРЕНЦИЯ ISSN. - 2021. - С. 2181-1601 468

20. G'Ofurov S. H., Baxtiyorov D. B. O. G. L., Saidov U. A. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI YENGIL ATLETIKA MASHQLARI ORQALI MASHG'ULOTLARINI TASHKIL ETISH //Scientific progress. - 2022. - Т. 3. - №. 1. - С. 557-562.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

21. Бердиева Ч. А. Жисмоний имконияти чекланган талабалар организмининг функционал хрлатини бахрлаш усули //Academic research in educational sciences. -2021. - Т. 2. - №. Special Issue 1. - С. 94-100.

22. Charos Alisher Qizi Berdiyeva JISMONIY IMKONIYATI CHEKLANGAN TALABA QIZLARDA EGILUVCHANLIK VA UNI RIVOJLANTIRISH USULIYATI // Scientific progress. 2022. №2. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/jismoniy-imkoniyati-cheklangan-talaba-qizlarda-egiluvchanlik-va-uni-rivojlantirish-usuliyati (дата обращения: 26.04.2022).

23. Sherali Hoshimovich G'Ofurov MALAKALI SPRINTERCHILARNING SPORT MASHG'ULOTLARINI RIVOJLANTIRISHNING USULLARI // Academic research in educational sciences. 2021. №4. URL: https://cyberleninka.ru/article/n7malakali-sprinterchilarning-sport-mashg-ulotlarini-rivojlantirishning-usullari (дата обращения: 27.04.2022).

24. Абдиев Ш. А. Планирование тренировочной нагрузки высококвалифицированных легкоатлетов с пораженим опорно-двигательного аппарата //Современное образование (Узбекистан). - 2021. - №. 1. - С. 98.

25. AS Abduraxmonovich «Tayanch harakat apparati shikastlangan yuqori malakali uloqtiruvchilarni mashg'ulot yuklamalarini optimallashtirish» Fan sportga, 68-70

26. Zaylobiddin Sobirovich Artikov 13-14 yoshli belbog'li kurashchilarning kuch sifatlarini tarbiyalash. SCIENTIFIC PROGRESS (pp. 598-603).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.