Научная статья на тему 'SENSOR TIZIMIDA NUQSONI BO’LGAN BOLALAR MASHG’ULOTLARINI KOMPLEKS NAZORAT QILISH'

SENSOR TIZIMIDA NUQSONI BO’LGAN BOLALAR MASHG’ULOTLARINI KOMPLEKS NAZORAT QILISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
6446
278
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
profilaktika / nogiron / individualizatsiya / rekreatsion / optimallashtirish.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ruhiddin Faxriddinovich Odilov, Nilufar Yusufjon Qizi Valiyeva

Nogiron va jismoniy imkoniyati cheklangan o’quvchilar tayyorgarlik dara-jasini baholab beruvchi adaptiv jismoniy tarbiyaning klaster dasturini ishlab chiqi-lishi o’qitish samaradorligini oshirish.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SENSOR TIZIMIDA NUQSONI BO’LGAN BOLALAR MASHG’ULOTLARINI KOMPLEKS NAZORAT QILISH»

SENSOR TIZIMIDA NUQSONI BO'LGAN BOLALAR MASHG'ULOTLARINI

KOMPLEKS NAZORAT QILISH

Ruhiddin Faxriddinovich Odilov Nilufar Yusufjon qizi Valiyeva

O'zDJTSU

ANNOTATSIYA

Nogiron va jismoniy imkoniyati cheklangan o'quvchilar tayyorgarlik dara-jasini baholab beruvchi adaptiv jismoniy tarbiyaning klaster dasturini ishlab chiqi-lishi o'qitish samaradorligini oshirish.

Kalit so'zlar: profilaktika, nogiron, individualizatsiya, rekreatsion, optimallashtirish.

Dolzarbligi. "Nogironligi bo'lgan shaxslarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 dekabrdagi PF-5270-son farmoni hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 iyundagi "Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3031-son qarori, "Nogironligi bo'lgan shaxslarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 dekabrdagi PF-5270-son farmoni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947-son Farmoni va boshqa mazkur sohaga tegishli me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu maqola muayyan darajada xizmat qiladi. Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, dunyoda 600 milliondan ortiq nogiron yashaydi. XXI asr boshlariga kelib jahonning har 10-oilasida bunday inson mavjud. Statistik ma'lumotlarga ko'ra O'zbekistonda aholini ijtimoiy himoya qilish qatlamlarida 800000 dan ortiq nogiron hisobda turadi. Rivojlangan davlatlarda aholining o'rtacha 10 foizi nogiron sanaladi. Bu ko'rsatkichlar nogiron va jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar bilan bog'liq ilmiy tadqiqotlar o'tkazish, ularning o'quv-mashg'ulotlarini rejalashtirishning optimal tizimini ishlab chiqish talabini qo'ymoqda.

Bugungi kunda jahonda tug'ma nogironlar yoki orttirilgan nogironliklar soni ham ortib, ularni davolashga, yo'qotilgan funktsional imkoniyatlarini qayta tiklashga qaratilgan chora-tadbirlar ham turlicha ko'rinish olmoqda. Bularning hammasi nogironlik muammosining ko'lamdorligidan darak beradi va nogiron va jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarga ko'maklashish hamda ularning atrofidagilarga ta'sir o'tkazish bo'yicha davlat darajasida kompleks chora-tadbirlar ko'rishni taqazo qiladi. Mazkur zaruratdan kelib chiqib, nogiron va jismoniy imkoniyati cheklangan o'quvchilar

tayyorgarlik darajasini baholab beruvchi adaptiv jismoniy tarbiyaning klaster dasturini ishlab chiqilishi o'qitish samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mustaqillik yillarida aholining turmush farovonligini oshirish, sog'ligini mustahkamlash, jismoniy tarbiya va sportni aholi o 'rtasida ommalashtirish bo 'yicha ko'plab ishlar amalga oshirilmoqda. Rio-de-Janeyro shahrida bo'lib o'tgan XV Paralimpiya o'yinlarida, 160 dan ortiq davlatlarning to'rt mingdan ziyod vakillari g'oliblik uchun kurashgan bahsda, O'zbekistonlik 32 nafar paralimpiyachilar beshta sport turi bo'yicha qatnashib, 31 ta medalni qo'lga kiritdi. Sportchilar soniga nisbatan medallar jamg'arish borasida mamlakatimiz delegatsiyasi 96,8 foiz natija bilan XV Paralimpiya o'yinlarida eng yaxshi ko'rsatkichni qayd etdi. O'zbekistonda Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi davlatlari ichida birinchilardan bo'lib "Nogironlarning ijtimoiy himoyasi haqida"gi nogironlarning huquqlarini o'z ichiga olgan huquqiy baza yaratildi. "Nogironligi bo'lgan shaxslarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 dekabrdagi PF-5270-son farmoni qabul qilindi. Farmonga ko'ra, zamonaviy tibbiyot va ilm-fanning ilg'or yutuqlari, diagnostika, davolash va reabilitatsiyaning sifat standartlari asosida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, sog'lomlashtirish xususiyatidagi chora-tadbirlarni yaxshilash, sog'lom va faol turmush tarzini olib borish madaniyatini targ'ib qilish, nogironligi bo'lgan shaxslarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash sohasidagi, shu jumladan nogironlikni belgilashning samarali mezonlarini ko'llashga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni faollashtirish vazifasi alohida belgilab qo'yildi.

Maqsadi Sensor tizimida nuqsoni bo'lgan bolalarning funktsional va jismoniy tayyorgarlik ko'rsatkichlarini kompleks nazorat qilish.

Karlik - eshitish qobiliyatining batamom yo'qligi yoki uning shunday pasayishi darajasiki, bunda nutqni aniq qabul qilishning imkoniyati bolmay qoladi. eshitish qobiliyatining batamom yo'qligi kamdan-kam uchraydi. Bunday holatni yomon eshitish yoki karlik sifatida ta'riflanadi.

Hozirda eshitish qobiliyati buzilishining barcha sabablari oxirigacha aniqlanmagan. eshitish qobiliyatining buzilishi tug'ma va orttirilgan bo'ladi. Onaning kasalliklari yoki homiladorlik davrida uning turli kimyoviy dorilarni qabul qilishi, bolaning tug'ilishida shikastlanishi tug'ma patalogiyaga sabab bo'lishi mumkin. eshitish qobiliyati buzilishining oilaviy irsiy shakllari ham uchraydi. Odatda, orttirilgan patalogiya yuqumli kasalliklar asoratlari, kimyoviy zaxarlanish, shikastlanish va asab tizimi kasalliklari oqibatida kelib chiqadi. eshitish qobiliyatini yo'qotish sababi va eshitish tizimining zararlanish darajasi muloqot qilishni qiyinlashtiradi.

Eshitish tizimining zararlanishi tovushlarni idrok qilishga ta'sir qiladi. Odatda, karlikning tug'ma shakllarida vestibulyar funksiya zararlanmaydi, orttirilgan karlikda esa, u zararlangan bo'ladi. Karlik sog'liq darajasining pasayishiga kuchli ta'sir qiladi.

eshitish analizatori bilan organizmning boshqa a'zolari va tizimlari orasidagi anatomik -fiziologik bog'lanishni tahlil qilishning ko'rsatishicha, eshitish a'zosining zararlanishi:

• eshitishni keltirib chiqarishga reflektor harakat ta'sirlanishi;

• muvozanatni his qilishi;

• kozni harakatlantiruvchi muskullar vazifalari;

• oral, artikulyatsion, farinlaringial muskullar vazifalari;

• ekstrapiramida tizimini ta'minlovchi beixtiyor harakatlar;

organizm vegetativ ta'sirlanishining buzilishiga olib kelishi mumkin.

Karlarni jismoniy tarbiyalash uslubiyatining o'ziga xos xususiyatlari quyidagi qoidalarga asoslanadi:

> Oqituvchi belgiga oid nutqqa ega bolishi lozim;

> Karlar bilan mashg'ulotlar qulay korgazmali tushunchaga oid axborotni juda puxta ishlab chiqishni talab qiladi;

> Videomateriallar (ko'z bilan kuzatiladigan obrazlar) zahirasidan juda keng foydalaniladi;

> O'rganilayotgan mahorati doimo korgazmali namoyish qilinadi;

> Oqituvchining o'quvchilar bilan munosabatida (masalan, yangi dars o'tganida) yaxshi yoritilgan joyni tanlashi, o'quvchilar uning yuzi va lablari (artikulyatsiyasi)ni yahshi ko'rishlari uchun o'qituvchi ular bilan yuzma-yuz turishi lozim;

> So'z bilan tushuntirganda oz artikulyasiyasi ifodali bolishini esdan chiqarmasligi: sekin va aniq so'zlashi kerak;

> Nutqni mos mimika ifodalari va imo-ishoralar bilan toldirish;

> Ko'rib chiqilayotgan masala mavzusiga taalluqli bolmagan mimika va imo- ishoralardan voz kechish;

> Oqituvchi-oquvchi bilan munosabati jarayonida ularning kozlari (qayta ta'sirlanish)ni ko'rib turishi lozim;

> Oqituvchi vaqti-vaqti bilan oquvchilardan ularning o'tilayotgan darslarni qanday tushunayotganliklarini so'rab turishlari lozim;

Oquvchilarning to'g'ri tushunayotganliklariga ishonch hosil qilish uchun, ayniqsa, so'z shikastlanishlarning oldini olish to'g'risida ketayotgan bolsa, yaxshisi ikki martalab tekshirish;

Xulosa: Mavzu bo'yicha yig'ilgan manbalarni o'rganish,olib borilgan pedagogik kuzatuv, ilmiy-metodik adabiyotlar tahlili, o'tkazilgan anketa so'rovi, pedagogik tajriba natijalari asosida quyidagi xulosalar qilindi:

1. Mashg'ulot jarayonini pedagogik nazorat qilish natijasida zaif koruvchi hamda zaif eshituvchilarning har tomonlama tayyorgarligiga qo'yiladigan talablarning oshishiga bo'lgan tendentsiya ko'proq ko'zga tashlanmoqda. Natijalarning o'sishi tayyorlash tizimini oqilona tuzishga bog'liq. Oxirgi yillarda amalga oshirilgan ilmiy

tadqiqotlar fundamental ahamiyatga ega bo'lishiga qaramay, pedagogik nazorat tizimini tashkil qilish va o'tkazish masalalari yetarlicha tadqiq etilmagan.

2. Mutaxassislar orasida o'quv-mashg'ulot jarayoni mazmuni va tizimi to'g'risida yuklamaning ixtisoslashganligi, murakkabligi, yo'nalishi va kattaliklari kabi umumiy tavsiflariga taalluqli yagona fikr yo'q.

3. Tayyorgarlikni boshqarishda bir qator tajriba ishlarida ko'rsatilishicha, harakat faoliyatining funktsional tuzilmasini tahlil qilish asosida tanlab olingan testlar, standart universal metodikalarga qaraganda, katta diagnostik axborotga ega. Birinchi navbatda, shunga bog'liqki, ushbu holda tahlil qilish davomida aniq bir faoliyat turini bajarishda maksimal yuklama ko'taradigan, ko'proq o'zgarishlarga uchraydigan jarayonlar hamda ularning ro'yobga oshirilishini ta'minlovchi fiziologik funktsiyalar tizimlari ajratiladi. Harakat faoliyatiga mos bo'lgan tizimlarning funktsional xususiyatlarini testlash zarurati qayd etildi.

REFERENCES

1. Бобомуродов Норпулат Ширинович Структуры физической подготовленности курашистов // Вестник науки и образования. 2020. №4-2 (82). обращ).

2. Bobomurodov, Norpo'lat Shirinovich. "Kurashchilarning jismoniy tayyorgarligi tuzilmalari". Fan va ta'lim axborotnomasi 4-2 (82) (2020).).ения: 24.12.2021

3. Mirjamolov M.X., Odilov R.F., Zokirov d.r.salomatligi nogironat imkoniyatlari bo'lgan o'quvchilarning maxsus Jismoniy tarbiyasini takomillashtirish // Jismoniy tarbiya va sportning dolzarb muammolari. - 2020. - S. 20-23.

4. Н. Ю. Валиева, Р. Ф. Одилов Методы развития эффекта тонусных рефлексов при детском церебральном параличе с помощью фитбольной гимнастики // Academic research in educational sciences. 2021. №11. (2021): 966-972.

5. ЛТ Давлатова Болалар церебрал фалажида жисмоний тайёргарликни машFулот жараёнида ва илмий назарий сохада ривожлантириш Academic research in educational sciences, ООО «Academic Research»

6. Н. Ю. Валиева. "Рейтинговый уровень упражнений специально двигательной подготовки в учебно-тренировочном процессе юных спортсменов" Academic research in educational sciences, no. 3, 2020, pp. 1266-1271.).

7. Л. Б. Собирова Эффективность использования специальных упражнений в профилактике нарушений роста у младших школьников // Academic research in educational sciences. 2021. №5.

8. Собирова Лайло Бахромовна Эффективность использования специальных упражнений для предупреждения сколиоза у учеников начальных классов // Современное образование (Узбекистан). 2019. №10 (83).

9. Sherali Hoshimovich G'ofurov Malakali sprinterchilarning sport mashg'ulotlarini rivojlantirishning usullari // Academic research in educational sciences. 2021. №4.

10. Еофуров Шерали Болалар ва усмирлар спорт мактабларида бошлангич тайёрлов гурухида шугулланувчи енгил атлетикачилар машгулотларини такомиллаштириш e-mail: [email protected] 2020/6/5 https: //elibrary.ru/item.asp?id=44341912

11. МИРЖАМОЛОВ М.Х ВАЛИЕВА Н.Ю. Дифференцированная программа занятий физической культуры для учащикся с ограниченными физическими возможностями Физическая культура и спорт / Медико-биологические основы физической культуры и спорта страницы14-19 2020

12. СА ЮНУСОВ Особенности периодизации тренировочного процесса высоко квалифицированных парапауэрлифтёров- Фан-Спортга, 2021

13. СА ЮНУСОВ Особенности тренировочного процесса атлетов высокой квалификации в паралимпийском пауэрлифтинге - Фан-Спортга, 2020

14. СА ЮНУСОВ Роль и значимость психологической подготовки паралимпийцев пауэрлифтёров высокой квалификации- Фан-Спортга, 2020

15. Еофуров Шерали. Nogironlar aravachasidan foydalanadigan umurtqa pog'onasi shikastlangan yoshlarning adaptiv jismoniy tarbiyasi. международная научно-практическая онлайн конференция 2021/4/24

16. Сабирова, З. Б. (2021). Иностранный язык как компонент профессиональной подготовки студентов вуза физической культуры. Academic Research in Educational Sciences, 2(11), 973-979. doi:10.24412/2181-1385-2021-11-973-979

17. Светличная Н.К. Вопросы повышения физической активности подростков и молодежи в современных условияхВ сборнике: Физическое воспитание и спорт в высших учебных заведениях. Сборник статей XVII Международной научной конференции. В 2-х частях. Белгород, 2021. С. 107-110.

18. Svetlichnaya N.K. Integral approach in assessing the functional state of adaptive and healthy physical cultm^ сборнике: . Материалы XXVI Международного научного Конгресса. Под общей редакцией Р.Т. Бурганова. г. Казань, 2021. С. 412414

19. Светличная Н.К Повышение эффективности применения средств адаптивной физической культуры и спорта у детей и подростков с ограниченными возможностями здоровья.В сборнике: Олимпийский спорт и спорт для всех. Сборник научных трудов, представленных на XXIV Международный научный конгресс. Казань, 2020. С. 361-364.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.