Научная статья на тему 'IMKONIYATI CHEKLANGAN INSONLARNING IJTIMOIYLASHUVI'

IMKONIYATI CHEKLANGAN INSONLARNING IJTIMOIYLASHUVI Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

390
51
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «IMKONIYATI CHEKLANGAN INSONLARNING IJTIMOIYLASHUVI»

IMKONIYATI CHEKLANGAN INSONLARNING IJTIMOIYLASHUVI

M. S. Salimova

Termiz Davlat Universiteti 2-kurs talabasi

Psixologiya insonlar ruhiyatini tadqiq qilar ekan, avvalo shunga muhtojlarni ruhiyatini o'rganishi va ularga yordam berishi kerak bo'ladi. Jamiyatda, normal sharoitda yashayotgan sog'lom insonlar bilan birga, jismoniy jihatdan yetuk bo'lmagan imkoniyati cheklangan insonlar ham yashaydilar. Garchi ularda aqliy faoliyat me'yorida bo'lsada, jismoniy holatlaridan kelib chiqqan ruhiy muvozanatning buzilishi, tushkunlik, odamovilik, moslashuvchanlikning pastligi, ijtimoiylashuvning sustligi kabi holatlar bu kabi insonlarni jamiyat hayotida faol ishtirok eta olmasliklariga sabab bo'ladi. Shundan kelib chiqqan holda ularni to'laqonli hayotga qo'shish bugungi psixologik xizmat ko'rsatuvchi amaliyotchilarning oldida turgan dolzarb vazifalardan biridir. Ayni damda tasdiqlangan raqamlar mavjud bo'lmasada, lekin mamlakatimizda ham jismoniy imkoniyati cheklangan insonlarning ruhiy va ma'naviy muammolari borligi, jamiyatning faol a'zolari (sog'lom qatlam) tomonidan tahqirlanishi, kamsitilishi, yoki ular o'zlarini shu jamiyatning to'laqonli a'zosi sifatida ko'rmasliklari oydinlashib bormoqda.

Bugungi kunda mamlakatimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarga yaratilgan imkoniyatlar bilan birga, imkoniyati cheklangan maktab yoshidagi bolalarni uy sharoitida yakka tartibda o'qitish kabi amaliy ishlar yo'lga qo'yilgan. Bu kabi ishlar tahsinga sazovor albatta, ammo shu bilan birga bu holat imkoniyati cheklangan bolani yakkalanishi va ijtimoiylashuvining qiyinlashuviga, jamiyatdan uzilib qolishiga olib kelishi turgan gapdir. Shundog' ham o'zini zaif xis qiladigan bolaning ruhiyati uchun bu psixologik zarba bo'lishi mumkin. Uning ruhiyatida bolaligidan shakllanib kelgan "Men boshqalardek emasman" degan tushuncha yoniga endi "Men ulardek bo'lolmayman" degan mafkura shakllanib boradi. Bu esa uning psixikasining rivojlanishida o'z aksini topib kelajak hayotida iz qoldirib boradi. Shu o'rinda imkoniyati cheklangan murg'ak qalbning yaqinlari, oila a'zolari, pedagok o'qituvchilar va albatta psixologlar zimmasiga katta mas'uliyat yuklanadi. Shuningdek jamiyatning boshqa a'zolari ham o'z qarashlarini o'zgartirishlariga to'g'ri keladi. Sharqona mintalitet - biz mehribon va shavqatli xalqmiz. Shu sababli miskinlarga, mazlumlarga, shavqat ko'zi bilan qarash qon-qonimizga singib ketgan. Bu yaxshi albatta. Dinimiz ham shuni buyuradi. Ammo meyoridan oshib ketgan mehr-shavqat,

Google Scholar

National University of Uzbekistan

Scientific Library of Uzbekistan

www.ares.uz

achinish xissi aqliy jihatdan yetuk, psixikasi sog'lom, faqatgina jismoniy nuqsoni bo'lgan insonning ruhiyatida buzilishlarni keltirib chiqaribgina qolmay, uning

psixikasida shakllangan "Men boshqalardek emasman" "Men ulardek bo'lolmayman" degan qarashlarning tasdiqlanishiga olib keladi. Bugungi kunda psixologiyaning keng tarmoqlari turli sohalarni qamrab olar ekan, turli patalogiyalarni o'rganish bilan birga, jismoniy jihatdan imkoniyati cheklangan shaxslarning ijtimoiylashuvini shakllantiradigan tarmog'i ham vujudga kelishi kerak. Konstitutsiyamizda belgilab qo'yilganidek kemtik jismli insonlar ham jamiyat hayotida faol ishtirok etishga haqlidirlar. Jismoniy nuqsonga ega bo'lgan insonlar, sog'lom fikrli, dunyo qarashi keng, sezgir bo'lishiga qaramay, ularning ko'pchiligidagi ijtimoiylashuvning sustligi sabab, yetuk shaxs sifatida qabul qilinmaydi.

Shu sababdan birinchi galdagi vazifa ularni ijtimoiylashuvini ta'minlash, yangi muhitlarga adaptatsiyasini tezlashtirish, atrofdagilarning unga bo'lgan munosabatlarini o'zgartirish, ya'ni rahm-shafqatni motivatsion kuch berishga almashtirish.

Bu kabi ishlar qancha erta amalga oshirilsa o'sha insonning hayotida shunchalik yaxshi tomonga o'zgarishlar bo'lishi aniq. Unga "Sen eplaysan" degan tushunchani shakllantirish lozim. Shundagina u- "Men boshqalardek emasman" yoki "Men ulardek bo'lolmayman" degan tushunchalarni "Men jismoniy jihatdan nuqsonli bo'lsam ham, aqliy jihatda yoki mehnat faoliyatida yetukman" degan g'oyaga aylantirishi mumkin bo'ladi.

Shu bilan birga, imkoniyati cheklangan shaxslarni sport, mehnat faoliyati, kasb-hunar, oliy ta'lim bilan qamrab olish ham ularda kelajakka bo'lgan ishonchni, ruhiy barkamollikni taminlashga yordam beradi. Buning uchun ularni shu jarayonga moslashtirib, yo'naltirib, ijobiy motivatsiyani shakllantirib borish lozim. Bunga misol qilib, shu kunlarda oliy ta'limda o'qiydigan talaba qizlar o'rtasida tor doirada, "Optimizim" ni aniqlash uchun o'tkazilgan psixologik metodika natijalarini keltirishimiz mumkin: Bunga ko'ra imkoniyati cheklangan talaba qizlarda optimizm darajasi 67,5 % ni ko'rsatmoqda. Vaholanki sog'lom bo'lgan talaba qizlarda bu ko'rsatgich 63,15 % ni ko'rsatmoqda. Ya'ni oliy ta'lim bilan qamrab olingan, hayotda maqsadi bor jismoniy imkoniyati cheklangan qizlarda optimizm darajasi sog'lom qizlarga qaraganda baland. (Shu o'rinda og'riqli bir masala: talaba qizlarda umumiy o'rtacha natijalar tahlil qilinganda "To'liq optimizm" darajasi past).

Shu o'rinda ushbu tadqiqot natijalariga bir oz to'xtalib o'tadigan bo'lsak: Tadqiqotda ishtirokchilarning yosh chegarasi 18 yoshdan 33 yoshgacha bo'lgan jismoniy imkoniyati cheklangan va sog'ligida muammo bo'lmagan talaba qizlarni qamrab oldi. Shundan 23,3% ni 18-19 yosh, 30% ni 20 yoshdan 22 yoshgacha, 13,3%

Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

National University of Uzbekistan 132 www.ares.uz

ni 22 dan-24 yoshgacha, 20% ni 24-26 yoshgacha, 3,3% ni 26 yoshdan 30 yoshgacha va 6,6% ni 33 yoshgacha bo'lgan talaba qizlar qamrab oldi.

Ishtirokchilarning maksimal balni to'plash darajasiga ko'ra ko'rsatgichi quyidagicha:

Sinaluvchilarning 3,3% maksimal ballning 50% ni to'pladi, 30% ishtirokchi 60% dan yuqori, 26,6% sinaluvchi 70% yuqori, ishtirok etganlarning eng ko'p qismi, ya'ni 33,3% 80% dan yuqori ball to'plagan bo'lsa, eng yuqori ballni, ya'ni 90% dan yuqori natijani 6,6% ishtirokchi ko'psatdi. Umumiy natijalarni tahlil qiladigan bo'lsak ishtirokchilarning 13,3% "To'liq optimist", 80% "Pessimistdan ko'ra Optimist", 3,3% "Optimistdan ko'ra Pessimist", 3,3% "To'liq Pessimist" ekanligi ko'rildi.

Shuningdek umumiy natijalar ikkiga (imkoniyati cheklangan va cheklanmagan talaba qizlar) bo'lib tahlil qilinganda yuqorida aytib o'tganimdek imkoniyati cheklangan talaba qizlarda Optimizm darajasi 67,5% ni, so'g'ligida muammo bo'lmagan talaba qizlarda 63,15% ni ko'rsatdi.

Sinov natijalariga ko'ra yana shu narsani ko'rish mumkin bo'ldiki, pedagogik sohada tahsin olayotgan talabalardan ko'ra bo'lajak matematiklarda optimistik qarashlar yuqoriroq ekan. Bu narsa statistik tahlil qilinishi kerak bo'ladi. Statistik tahlildan so'nggina yakuniy xulosa qilish mumkin.

To'g'ri tor doirada o'tkazilgan tadqiqot natijalaridan xulosa yasashga erta, ammo- bu natijalar tahlili ijtimoiylashgan imkoniyati cheklanganlarda faol hayot darajasi oshishini ko'rsatmoqda.

Tadqiqot keng miqyosda o'tkazilib natijadan olingan xulosalar hayotga tadbiq qilinishi shart. Shu bilan birga- bu psixologik tadqiqot, "Ijtimoiylashgan" va "ljtimoiylashmagan" jismoniy imkoniyati cheklangan insonlar o'rtasida o'tkazilib, ular o'rtasidagi tafovut solishtirilishi lozim. Tadqiqotdan olinadigan natijalarni oldindan pragnoz qilish mumkin, ammo bu tafovut qancha farq bilan bo'ladi ana shu muhim masala. Shu bilan birga imkoniyati cheklangan insonlar uchun mos kasbni ularning jismoniy holatidan kelib chiqib moslashtirilishi va bu ijtimoiy so'rovnomalar orqali aniqlab olinishi kerak bo'ladi.

REFERENCES:

1. Nogironligi bo'lgan shaxslarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-avgustdagi F-5006 son farmoishi.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida PF-5847 son. 08.10.2019.

Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

National University of Uzbekistan 133 www.ares.uz

3. Maqsudova N.A. "Imkoniyati cheklangan o'smirlarni ijtimoiy hayotga tayyorlashning pedagogik asoslari" mavsusidagi magistrlik ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. 2016-yil.

Google Scholar

National University of Uzbekistan

Scientific Library of Uzbekistan

www.ares.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.