Научная статья на тему 'AMPUNTANT FUTBOLCHILARNI JISMONIY TARBIYA VOSITALARI VA USLUBIYATI'

AMPUNTANT FUTBOLCHILARNI JISMONIY TARBIYA VOSITALARI VA USLUBIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
313
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Individual / emotsional / assisent / adaptiv / amputant / texnika / taktika / pozitsiya / zona / ortopedik

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Dilshod Baxtiyorovich Baxtiyorov

So‘nggi yillarda xalqimizning salomatligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish, ma’naviy va jismoniy barkamol avlodni shakllantirish, millionlar o‘yini bo‘lgan va mamlakatimizda alohida o‘rin tutadigan sportning futbol turiga aholini, ayniqsa yoshlarni keng jalb etish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AMPUNTANT FUTBOLCHILARNI JISMONIY TARBIYA VOSITALARI VA USLUBIYATI»

AMPUNTANT FUTBOLCHILARNI JISMONIY TARBIYA VOSITALARI VA

USLUBIYATI

Dilshod Baxtiyorovich Baxtiyorov

O'zDJTSU

ANNOTATSIYA

So'nggi yillarda xalqimizning salomatligi to'g'risida g'amxo'rlik qilish, ma'naviy va jismoniy barkamol avlodni shakllantirish, millionlar o'yini bo'lgan va mamlakatimizda alohida o'rin tutadigan sportning fútbol turiga aholini, ayniqsa yoshlarni keng jalb etish bo'yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Kalit so'zlar: Individual, emotsional, assisent, adaptiv, amputant, texnika, taktika, pozitsiya, zona, ortopedik

So'nggi yillarda xalqimizning salomatligi to'g'risida g'amxo'rlik qilish, ma'naviy va jismoniy barkamol avlodni shakllantirish, millionlar o'yini bo'lgan va mamlakatimizda alohida o'rin tutadigan sportning fútbol turiga aholini, ayniqsa yoshlarni keng jalb etish bo'yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.

O'zbekistonda futbolni aholi o'rtasida eng ommaviy sport turiga aylantirish, yuqori iqtidorga ega bo'lgan yosh futbolchilarni tanlash, saralab olish va ularni professional sportchilar sifatida tayyorlash tizimini yo'lga qo'yish, mamlakat futbolini rivojlangan mamlakatlar bilan raqobat qila oladigan darajaga yetkazish, xalqaro talab va standartlar asosida futbol bo'yicha mutaxassislarni tayyorlash, futbol klublari faoliyatini rivojlantirish, terma jamoalar uchun o'quv-mashq jarayonini samarali tashkil etish, mamlakatimizda futbol bo'yicha yirik xalqaro musobaqalar, jumladan, o'smirlar, yoshlar va xotin-qizlar jamoalari o'rtasida jahon va qit'a birinchiliklarini o'tkazish maqsadida

O'zbekistonda paralimpiya sport turlarini rivojlantirish borasida nogironligi bo'lgan shaxslarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish ampuntant futbolchilarni jismoniy tarbiya vositalari va

Uslubyatini yaratish va rivojlantirish hamda ommaviy sport turlariga alohida ahamiyat qaratish bugungi kunning dolzarb ahamiyatli sport sohalaridan biri sanalmoqda. Bu borada, yuqori iqtidorga ega bo'lgan yosh futbolchilarni tanlash, saralab olish tizimini yo'lga qo'yish borasida mamlakatimizda ushbu sport turini rivojlantirishga qaratilgan bir qancha ishlar bugungi kunda amalga oshirilib kelinmoqda.

Maqsad va vazifalari. Ampuntant futbolchilarni jismoniy tarbiya vositalari va uslubyatiga ahmiyat qaratish va sohani rivojlantirish barobarida o'yinchilarda amputant sportchilarni sport turini rivojlantirish borasida asosan ilk ko'nikmalar o'yinchilarda

hujum texnikalarini takomillashtirishga qaratilgan maxsus mashqlarni bajarish talab etiladi.

Ushbu sport turida nogironlik nazologiyasidan kelib chiqqan holda asosan amputant shaxlar, sportchilar ishtirok etishlari talab etiladi.

Amputant futbolchilarni hujum qilish harakatlari hujumchi bilan bo'ladigan hujumda qanotlardan foydalanish va tezkorlik xislatlari yuksak bo'lgan qanot hujumchilari yakka kurashda yoki eng yaqin turgan sherigi yordamida uni qo'riqlayotgan o'yinchini ortda qoldirib, ilgarilab ketish ushbu o'yin qoidalarini taktik hujum harakatlarini amalaga oshirish harakat texnikalari orqali hujum shiddatini faollashtirish kerak bo'ladi.

Bunda harakatlarni qo'yidagicha amalga oshirish mumkin ya'ni darvoza chizig'i yaqiniga chiqish;

To'pni bosh orqali zarba berishda hujumni yakunlash uchun mumkin qadar uzoqdagi ustun yaqiniga uzatish;

Darvoza chizig'i yaqiniga chiqib, sherigi zarba berishini yoki raqib oyog'idan rikoshet bo'lishini mo'ljallab to'pni darvozaning uzunasiga yoki sal orqaroqqa pastdan tezlikda berish;

Qanot hujumchisining darvoza ro'parasiga zarba berish pozitsiyasiga, ya'ni «burchak kesib» chiqishi.

Markaziy hujumchilarning asosiy vazifalari - markazdan yorib o'tishni uyushtirish hisoblanadi. Darvozani zabt etishda qulay taktik vaziyatn io'zlashtirishga qaratilgan holatlarni bilish va sherik bilan hamkorlik qilishini birga qo'shib olib borishdan keng foydalangan holda ko'zlagan maqsadga erishish talab etiladi.

Bu ixtisosdagi o'yinchilar darvozabondan yoki shtangadan qaytgan to'plarni qayta urib kiritishga, darvozani mo'ljallab zarba berish uchun paydo bo'lib qolgan ozgina imkoniyatdan ham foydalanib qolishga hamma vaqt tayyor turadilar.

O'rgatish uslublari. Ampuntant futbolchilarni jismoniy tarbiyalashda mashg'ulotni tashkil etishda ikki uslubiy yondashuvni bajarish zarur. Birinchi yondashuv mashg'ulot yoki sport mashg'ulotning tashkiliy jihatlarini aniqlaydi va shug'ullanuvchilar tarkibini tavsiflaydi. Ampuntant futbolchilar bilan mashg'ulotlarda quydagi tashkiliy uslubyatlarini qo'llash mumkin;

Individual, murabbiy bilan yagona ampuntant-sportchi mashg'ulotlarini tashkil etish imkonyatlari aniqlovchi uslubyat. Bunday vaziyatlarda uslubyatlar, ampuntant-sportchining funksional imkonyatlari va tayorgarligi xamda uning patalogiya xususiyatlarini xisobga olib qattiy individual tanlab olinadi. Mashg'ulotlarni tashkil etishning individual uslubi eng samarali hisoblanadi.

Gurux, bunda murabbiy 10 kishidan iborat bir gurux ampuntant futbolchilar bilan ish olib boradi. Qoida bo'yicha, bu xolatlarda mashg'ulotlarni tashkil etish jixoz

va anjomlarni o'rnatish bo'yicha yordamchi vazifasini bajaruvchi assisentlarni ishtiroki zarur.

Individual - gurux, bunda uslubiy mashg'ulotlarni murabbiy tashkil etadi va olib boradi, assisentlar esa murabbiy raxbarligi ostida xar bir sportchi bilan individual ish olib boradilar. Bu uslubning samaradorligi xam juda yuqori. Bundan tashqari, mashg'ulotda baravariga bir nechta ampuntant futbolchilar ishtirok etadilar, bu o'z navbatida emotsional tonusni oshiradi, jamoada o'zoro muloqat ko'nikmalarini shakillantiradi. Eng muximi mashg'ulotlarda ampuntant futbolchilarni ijtimoiy moslashuvining kuchli omili xisoblangan sog'lom asistent ishtirok etishidir. Mustaqil mashg'ulotlar uslubi murabbiy tavsiyasi bo'yicha yoki mustaqil mashg'ulotlarni tashkil etishni nazarda tutadi. Bu uslubni qo'llanilishini, tashqi omillardan qa'tiy nazar tasir uzluksizligi xisobiga mashg'ulot samaradorligini oshirishga yordam beradi.

Har bir mashg'ulotda tog'ri tanlab olingan va qa'tiy yonalishli mashiqlarni aniq qo'llanilishi bilan aniqlanadigan mashiqlarni qa'tiy reglamentlashtirish uslubiyatidan foydalaniladi.

O'yin uslubyati, mashg'ulotlarda harakatli o'yinlar yoki sport o'yinlari elementlarini qo'llash. Umuman barcha mashiqlarga o'yin tasnifini berish mumkuin. Bu asosan ampuntant futbolchilar mashg'ulotlarni tashkil etishda samarali hjisoblanadi.

Musobaqa, uslubi mashg'ulotlarda oraliq nazorat variant sifatida hamda misol uchun (quvnoq startlar) kabi musoboqa o'yinlarini tashkil etishda emotsional tonisni oshiruvchi variant sifatida qo'llanilishi mumkin.

Ampuntant futbolchilarni jismoniy tarbiyalashda shu tizimning barcha vositalari keng qo'llanilishi lozim, lekin bu vositalar korreksion - konpensiatr vazifalariga muvofiq ishlab chiqilgan va u yoki bu guruh ampuntantlar uchun qo'llanilishi kerak.

Ampuntant futbolchilarning jismoniy tarbiya vasitalarini quyidagicha tizimlashtirish maqsadga muvofiq.

Harakat sifatlarini ustunligi bo'yicha nomoyon bo'lish: a) kuch tasnifiga ega mashqlar; b) tezkorlik tasnifidagi mashiqlar; v) tezkor-kuch tasnifidagi mashqlar; g) umumiy va maxsus chidamkorlikni rivojlantirish uchun mashqlar; d) egiluvchanlikni rivojlantirish uchun mashqlar; e) epchillikni rivojlantirish uchun mashqlar.

Harakat faoliyati tasnifi bo'yicha: a)siklik tasnifidagi jismoniy mashqlar; b)atsiklik tasnifidagi jismoniy mashqlar; v) siklik va atsiklik tasnifidagi jismoniy mashqlarni o'z ichiga olgan aralash tasnifidagi harakat faoliyati.

Ampuntant futbolchilar jismoniy tarbiyasining asosiy shakillari quydagilar hisoblanadi.

Jismoniy mashqlar bilan mustaqil shug'ullanish (ertalabki gigiyenik gimnastika, sayr, yaqin turizm, korreksiya, mashg'ulotlari).

Ampuntant futbolchilar sporti (sport turlari bo'yicha mashg'ulotlar, musoboqalarni tashkil qilish va o'tkazish).

Ertalabki gigienik gimnastika, ampuntant futbolchilar qayerda bo'lishidan qa'tiy nazar (uyda, kasalxonada, sanatoriyada, riabilitatsiya markazlarda va xokoza) kun davomida 15-20 daqiqa o'tkaziladi.

Sayr, yaqin turizm - murakkab jixoz va qurilmalar qo'llanilishini va ortiqcha harakat tayyorgarligini talab qilmaydigan jismoniy tarbiya shakli hisoblanadi.

Passiv - ampuntant futbolchilarning faol ishtirokisiz (passiv xarakatlar, cho'zilish, massaj va boshqalar) bir qator korrelyatsiyasi tasirini nazarda tutadi. Korreksiya o'z navbatida umumiy va maxsus korreksiyaga bo'linadi. Umumiy korreksiya, umummustaxkamlovchi jismoniy mashqlar majmuasini o'z ichiga oladi: o'yin, sport, chiniqish, tartib tavsifidagi umumiy mustaxkamlovchi gimnastika mashqlari.

Maxsus - tayanch - xarakat apparati kamchiliklarini yo'qotish uchun faol va passiv korreksiya qo'llaniladi. Korreksiya mashg'ulotlari, qoida bo'yicha maxsus DJT zallarida mutaxassislar raxbarligi ostida o'tkaziladi. Mustaqil individual korreksiya mashg'ulotlarni uyda shifokor, pedagog nazorati ostida tashkil etish uslubi extimoli xam mavjud. Korreksiya mashg'ulotlariga, davomiyligi 15-20 daqiqalik kundalik mashg'ulot yo'li bilan xaftalik xarakat tartibini kiritish lozim.

Ampuntant futbolchilarning eng samarali jismoniy tarbiya vositalaridan biri, korrelyatsiya maqsadida kerakli reabilitatsiya va mashg'ulot tasirini olish uchun yo'nalishi va quvvati turlicha individual me'yorlashgan yuklamalarni qo'lashga imkon beruvchi kompleks va maxalliy tasir ko'rsatuvchi trenajo'rlardir. Xozirgi paytda mamlakatimizda ham imkoniyati cheklangan va amputatn futbolchilar uchun korreksion maqsadda foydalanish uchun tavsiya qilinayotgan bir qator trenajo'rlar ishlab chiqarilmoqda.

Jismoniy tarbiya daqiqasi (JTD), xarakat faolligini oshiradi, organizimning asab, yurak qon tomir nafas tizimlarini faoliyatini yaxshilaydi, umumiy charchoqni kamaytiradi, aqliy qobilyatni oshiradi. Majmua 7-8 mashqdan tuziladi va 5-6 daqiqa davomida bajariladi. Mashiqlar tasirini kuchaytirish uchun yordamchi predmetlar (gantenlar, rezina bintlar, gimnastika tayoqchalari) qo'llaniladi. Majmua ish vaqtida 1-2 martda ish kunini I- va II- yarmi yakunigacha 1-1-yarim soat oldin bajariladi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ampuntant futbolchilarning jismoniy tarbiya vositalari va uslubyatida hujum texnikalarini takomillashtirish borasida imkoniyati cheklangan shaxlarni jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish, nozologik guruhlarini inobatga olgan holda ularda reablitatsiya mashg'ulotlarini tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi.

Bundan tashqari amputant futbolchilarni jismoniy tarbiya vositalari orqali hozirgi kunda Respublikamizda aholining turmush farovonligini oshirish, sog'lig'ini mustahkamlash, jismoniy tarbiya va sportni aholi o'rtasida ommalshtirish, kelajagimiz

bo'lmish yosh avlodni har tomonlama yetuk va jismonan barkamol qilib tarbiyalash bo'yicha juda katta ishlar amalga oshirilmoqda.

REFERENCES

1. Zaylobiddin Sobirovich Artikov 13-14 yoshli belbog'li kurashchilarning kuch sifatlarini tarbiyalash. SCIENTIFIC PROGRESS (pp. 598-603).http://scientificprogress.uz/storage/app/media/3-1.%o20100.%o20598-603.pdf.

2. Sherali Hoshimovich G'Ofurov Qisqa masofaga yuguruvchi sportchilarni mashg'ulotlarini rivojlantirishning usullari // Scientific progress. 2021. №8. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/qisqa-masofaga-yuguruvchi-sportchilarni-mashg-ulotlarini-rivojlantirishning-usullari (дата обращения: 22.01.2022).

3. Bobomurodov, Norpo'lat Shirinovich. "Kurashchilarning jismoniy tayyorgarligi tuzilmalari".Fan va ta'lim axborotnomasi 4-2 (82) (2020).).ения: 24.12.2021

4. Mirjamolov M.X., Odilov R.F., Zokirov d.r.salomatligi nogironat imkoniyatlari bo'lgan o'quvchilarning maxsus Jismoniy tarbiyasini takomillashtirish // Jismoniy tarbiya va sportning dolzarb muammolari. - 2020. - S. 20-23.

5. Sherali Hoshimovich G'Ofurov, Dilshod Baxtiyor O'G'Li Baxtiyorov, Umid Abdugaforovich Saidov MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI YENGIL ATLETIKA MASHQLARI ORQALI MASHG'ULOTLARINI TASHKIL ETISH // Scientific progress. 2022. №1. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/maktabgacha-yoshdagi-bolalarni-yengil-atletika-mashqlari-orqali-mashg-ulotlarini-tashkil-etish (дата обращения: 04.02.2022).

6. Н. Ю. Валиева, Р. Ф. Одилов Методы развития эффекта тонусных рефлексов при детском церебральном параличе с помощью фитбольной гимнастики // Academic research in educational sciences. 2021. №11. (2021): 966-972.

7. Н. Ю. Валиева. "Рейтинговый уровень упражнений специально двигательной подготовки в учебно-тренировочном процессе юных спортсменов" Academic research in educational sciences, no. 3, 2020, pp. 1266-1271.).

8. Л. Б. Собирова Эффективность использования специальных упражнений в профилактике нарушений роста у младших школьников // Academic research in educational sciences. 2021. №5.

9. Собирова Лайло Бахромовна Эффективность использования специальных упражнений для предупреждения сколиоза у учеников начальных классов // Современное образование (Узбекистан). 2019. №10 (83).

10. G'ofurov S. H. Malakali sprinterchilarning sport mashg'ulotlarini rivojlantirishning usullari //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №. 4. - С. 309-313.

11. .Миржамолов М.Х Валиева Н.Ю. Дифференцированная программа занятий физической культуры для учащикся с ограниченными физическими

возможностями Физическая культура и спорт / Медико-биологические основы физической культуры и спорта страницы14-19 2020

12. СА ЮНУСОВ Особенности периодизации тренировочного процесса высоко квалифицированных парапауэрлифтёров- Фан-Спортга, 2021

13. СА ЮНУСОВ Роль и значимость психологической подготовки паралимпийцев пауэрлифтёров высокой квалификации- Фан-Спортга, 2020

14. Гофуров Шерали. Nogironlar aravachasidan foydalanadigan umurtqa pog'onasi shikastlangan yoshlarning adaptiv jismoniy tarbiyasi. международная научно-практическая онлайн конференция 2021/4/24

15. Сабирова, З. Б. (2021). Иностранный язык как компонент профессиональной подготовки студентов вуза физической культуры. Academic Research in Educational Sciences, 2(11), 973-979. doi:10.24412/2181-1385-2021-11-973-979

16. Светличная Н.К. Вопросы повышения физической активности подростков и молодежи в современных условияхВ сборнике: Физическое воспитание и спорт в высших учебных заведениях. Сборник статей XVII Международной научной конференции. В 2-х частях. Белгород, 2021. С. 107110.

17. Svetlichnaya N.K. Integral approach in assessing the functional state of adaptive and healthy physical cultm^ сборнике: . Материалы XXVI Международного научного Конгресса. Под общей редакцией Р.Т. Бурганова. г. Казань, 2021. С. 412-414

18. Светличная Н.К Повышение эффективности применения средств адаптивной физической культуры и спорта у детей и подростков с ограниченными возможностями здоровья.В сборнике: Олимпийский спорт и спорт для всех. Сборник научных трудов, представленных на XXIV Международный научный конгресс. Казань, 2020. С. 361-364.

19. Л. Т. Давлатова Болалар церебрал фалажида жисмоний тайёргарликни машгулот жараёнида ва илмий назарий сохада ривожлантириш // Academic research in educational sciences. 2021. №Special Issue 1. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/bolalar-tserebral-falazhida-zhismoniy-tayyorgarlikni-mash-ulot-zharayonida-va-ilmiy-nazariy-so-ada-rivozhlantirish (дата обращения: 12.01.2022).

20. Абдиев Ш. А. Планирование тренировочной нагрузки высококвалифицированных легкоатлетов с пораженим опорно-двигательного аппарата //Современное образование (Узбекистан). - 2021. - №. 1 (98).

21. Abdurakhmonovich A. S. Planning of training load of highly qualified athletes with locomotor system damage Page 1 European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol. 8 No. 10, 2020 Part II ISSN 2056-5852 Progressive

Academic Publishing, UK Page

22. ЕОФУРОВ Ш. Х. БОЛАЛАР ВА УСМИРЛАР СПОРТ МАКТАБЛАРИДА БОШЛАНЕИЧ ТАЙЁРЛОВ ГУРУ^ИДА ШУЕУЛЛАНУВЧИ ЕНГИЛ АТЛЕТИКАЧИЛАР МАШЕУЛОТЛАРИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ //Фан-Спортга. - 2020. - №. 5. - С. 38-40.

23. Физическое воспитание школьников в инклюзивном образовании. "SCIENTIFIC PROGRESS" Scientific Journal ISSN: 2181-1601 // Volume: 1, ISSUE: 6. Апрель 2021 йил

24. Ruhiddin Faxriddinovich Odilov, Nilufar Yusufjon Qizi Valiyeva Sensor tizimida nuqsoni bo'lgan bolalar mashg'ulotlarini kompleks nazorat qilish // Scientific progress. 2021. №8. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/sensor-tizimida-nuqsoni-bo-lgan-bolalar-mashg-ulotlarini-kompleks-nazorat-qilish (дата обращения: 13.01.2022).

25. Юнусов С. А. Физическое воспитание школьников в инклюзивном образовании" SCIENTIFIC PROGRESS //Scientific Journal ISSN. - 2021. - С. 2181-1601.

26. M. X.Mirjamolov, R. F.Odilov, N. Y.Valiyeva, D. B.Baxtiyorov Ko'rish qobilyatida nuqsoni bo'lgan talabalarda harakat koordinatsiyasini rivojlantirish uslubiyati // Academic research in educational sciences. 2021. №12. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/ko-rish-qobilyatida-nuqsoni-bo-lgan-talabalarda-harakat-koordinatsiyasini-rivojlantirish-uslubiyati (дата обращения: 22.01.2022).

27. Bahodir Hoshimovich G'ofurov. Paralimpiya bo'yicha yengil atletikachilarining musobaqada ishtirok etish sinflari. 2020/9/6 МЕЖДУНАРОДНАЯ НАУЧНО-ПРАКТИЧЕСКАЯ ОНЛАЙН КОНФЕРЕНЦИЯ ISSN. - 126 - 2020.10.09

28. Еофуров Шерали. Jismoniy tarbiya vositalari orqali sportchilarni o'z-o'zini rivojlantirish qobiliyatlarini shakllantirish. 2020/6/5 МЕЖДУНАРОДНАЯ НАУЧНО-ПРАКТИЧЕСКАЯ ОНЛАЙН КОНФЕРЕНЦИЯ ISSN. - 2021. - С. 2181-1601 468

29. G'Ofurov S. H., Baxtiyorov D. B. O. G. L., Saidov U. A. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI YENGIL ATLETIKA MASHQLARI ORQALI MASHG'ULOTLARINI TASHKIL ETISH //Scientific progress. - 2022. - Т. 3. -№. 1. - С. 557-562.

30. Бердиева Ч. А. Жисмоний имконияти чекланган талабалар организмининг функционал холатини бахрлаш усули //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №. Special Issue 1. - С. 94-100.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.