PPSUTLSC-2024
PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY
tashkent, o-8 MAv 2004 www.in~academy.uz
IJTIMOIY SOHA RIVOJINI TA'MINLASHDA SOTSIAL XIZMAT: STRUKTURAVIY-FUNKSIONAL YONDASHUV
Samarov Rustamjon Sadriddinov Raxmonov Dusmurod Abdinazarovich
Falsafa fanlari doktori (DSc), professor, Toshkent amaliy fanlar universiteti, Gavhar ko'chasi 1-uy, Tashkent 100149,
O'zbekiston
Falsafa fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent, Toshkent amaliy fanlar universiteti, Gavhar ko'chasi 1 -uy,
Tashkent 100149, O'zbekiston [email protected], rustamj onsamarov@utas .uz ORCID ID: 0009-0009-5910-0341, ORCID ID: 0009-0002-6599-7940 https://doi.org/10.5281/zenodo.13304129 Annotatsiya: Jamiyatning asosiy soha to'rt sohasi mavjud bo'lib, bular ichida ijtimoiy soha jamiyat taraqqiyotini ta'minlashda muhim omil sanaladi. Shu boisdan ham tadqiqotning maqsadi sifatida ijtimoiy soha taraqqiyotini ta'minlashga doir paradigmalar tanlanib, bunda uning jamiyat taraqqiyotiga ta'sir etuvchi ijtimoiy-madaniy xususiyatlari va qonuniyatlari ochib berilgan. Ijtimoiy sohaga doir bir qator paradigmalar ko'rsatilib, inson farovon hayotini ta'minlovchi ijtimoiy qadriyat sifatida bayon etilgan.
Kalit so'zlar: model, vital, indeks, konsepsiya, hipostas, funksional, inson kapitali, sotsial xizmat.
KIRISH
Har qanday ijtimoiy makonni farovonligi, uning milliy siyosatida o'z in'ikosini topgan bo'ladi. Bunda, "aholining muhim ehtiyojlarini qondirilganligi" [9] va manfaatlarining himoyalanganligi muhim
ko'rsatkichlardan hisoblanadi. Ijtimoiy soha evolyusiyasini o'rganish, ilmiy jihatdan murakkab tadqiqot mavzusi hisoblanib, har bir davrni o'sha tarixiy vaqt davomida qo'lga kiritgan yutuqlarining ko'rsatkichlari, ya'ni ijtimoiy jarayonlarning dinamikasini darajalarga yoki fazalarga ajratib o'rganish lozim bo'ladi. Jamiyat hayotida fan ko'p qirrali vazifalarni (jumladan: dunyoqarashli, qadriyatli, baholovchi, prognozlovchi va b.) bajarib, ishlab chiqaruvchi kuch, iqtisodiy va axborot tizimining rivojlanish asosini ta'minlab kelmoqda [3]. Agarda, ilmfan ijtimoiy soha rivojlanishini ta'minlash uchun xizmat qilishini inobatga olsak, unda mamlakatimizda o'tkazilayotgan modernizatsiya jarayonini muvozanatli tarzda kechishini ta'minlashda, ijtimoiy institut sifatida ilm-fanning xulosa va tavsiyalaridan jamiyat hayotining barcha sohalarini liberallashtirishni ta'minlashda manba shaklida foydali bo'lishi lozim. Aynan shu ko'rsatkich tadqiqotning dolzarbligi va zarurat ekanligini belgilab beradi.
1 TADQIQOT METODOLOGIYASI
Ijtimoiy sohaning evoyusion bosqichlari mavjud bo'lib, uni shartli ravishda "ilk bolalik", "bolalik", "yetuklik" va "ulg'ayganlik" kabi davriy nomlanish bilan belgilash mumkin. A.V.Rubanovning "ijtimoiy soha, tarixiy rivojlanishning tabiiy tizimi sanalib, unda boshlang'ich nuqtadan to yuqori rivojlanganlik nuqta ma'lum bir son va sifat o'zgarishlarni talab etadi" [10] deganini inobatga olsak, ijtimoiy sohani "ilk bolalik", "bolalik", "yetuklik" va "ulg'ayganlik" kabi davriy nomlanish bilan belgilash xato hisoblanmaydi.
O'lchov birligiga ega bo'lgan metodlar vositasida esa ijtimoiy sohani o'rganishda strukturaviy (son) va funksional (sifat) ko'rsatkichlarga e'tibor qaratiladi.
2 MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Umuman ijtimoiy soha masalasi turli soha vakillari (faylasuf, sotsiolog, iqtisodchi va siyosatchi olim hamda tadqiqotchilari va b.) tomonidan taqiq etilib, ma'lum bir qarashlar, ta'limot va nazariyalar yaratilishiga sabab bo'lgan.
Ijtimoiy sohada maishiy hamda ijtimoiy hayot tarzi umuminsoniy madaniyat va meyorlar asosida amalga oshirilib, inson qadriyat ekanligi e'tirof etiladi. Natijada, insonni talab va ehtiyojlari, erkinligi, ijtimoiy tengligi, qadriyatlari qonun bilan kafolatlangan bo'ladiki, ijtimoiy davlatning elementlari tarzida ham idrok etilishi mumkin. Y.M.Goncharov yozishicha, "ijtimoiy davlat tushunchasini nemis olimi Lorens fon Shteyn tomonidan ilmiy muloqotga kiritilgan bo'lib, u V.F.Hegel falsafasining ta'siri asosida yaratilgan" [4]. X.Bayer fikricha, "ijtimoiy davlat, bu fuqarolar haqida barcha g'amxo'rliklarni amalga oshirishni boshqarish" [4] deb ko'rsatganligini inobatga olsak, ijtimoiy sohani rivojlanishi ijtimoiy davlat asosini ta'minlangani belgilovchi mezon hisoblanadi.
Ijtimoiy falsafa ilmiy nuqtai nazardan ijtimoiy jarayon va holatlarning buguni, o'tmishini aniq tushuntirib, bugungi jarayonni istiqbolli dinamikasini belgilab beradiki, bu esa V.S.Barulin [2], B.Latur [7], V.Ye.Kemerov, T.X.Kerimov [6] va V.V.Luzginlarning [8] ijtimoiy falsafaning mazmun-mohiyatiga doir bo'lgan qarashlarida ham o'z aksini topgan.
3 TAHLIL VA NATIJALAR
Jahon mamlakatlarining tajribasi shuni ko'rsatadiki, fuqarolarning huquq va erkinligi hamda ularnining munosib turmush tarziga ega bo'lishi, faqatgina kuchli demokratik davlat sharoitida amal qilishi mumkin. Shu asnoda ta'kidlash lozimki, ijtimoiy sohani o'rganish va tahlil qilish har bir mintaqada o'ziga xos tarzda kechmoqda. E.Jonsonning fikricha, "XX asrning 90-yillarida birgina Vashingtonda yuzga yaqin tahliliy markazlar mavjud bo'lgan" [1]. XXI asr boshiga kelib esa dunyoda tahliliy faoliyatga ehtiyojning o'sish
"¿J PPSUTLSC-2024
. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 21ST CENTURY
TASHKENT. 0-8 MAY 2024
dinamikasi kuzatilib, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy jarayonlarni ham samarali boshqaruvini amalga oshirish uchun tahliliy faoliyatning hosilasiga turli darajalarda talab ortib borayotganligini kuzatilmoqda. YA'ni, aholi talab va ehtiyojlari asosida ijtimoiy soha rivojlanib: ta'lim va tarbiya sohasida; sog'liqni saqlash sohasida; ijtimoiy xizmat ko'rsatish sohasida; tovar ishlab chiqarish va yetkazish sohasida; ijtimoiy himoya sohasida; nogironlik va nafaqa sohasida; bandlik va boshqa sohalarga doir institutlar faoliyati o'zgartirilgan [5].
Tadqiqotimiz dolzarbligi va zarurat ekanligini ilmiy jihatdan ta'minlashda, o'rganilayotgan joriy modelni (vaziyat, holat, jarayonni) namunaviy, ya'ni ideal yoki istakli modelga (vaziyat, holat, jarayonga) keltirish uchun mavjud resurslarni inobatga olgan holda, aniq ilmiy ta'limotga tayanib erishish yo'l-yo'riqlari hamda tartibini belgilab berish lozim bo'ladi. Bunda, o'lchov birliklariga, ya'ni metrik asoslarga ega bo'lgan tadqiqot metodlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Uning afzalliklari esa:
o'rganilayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni dinamik o'zgarishini aniq ko'rsatkich namunasida, masalan hayot tarzini o'zgarishini ball yoki foiz bilan;
o'zgarishlar son va sifat ko'rsatkichi bo'yicha (masalan, ijobiy, salbiy, metr, tonna, litr, rang va b.) o'lchov birliklari bilan;
jarayon, holat va hodisalarga xususiylik, ya'ni aniq mavzu va muammo darajasida munosabatda bo'lishni;
o'rganilayotgan mavzu yuzasidan xulosa (qaror, hukm) chiqarishni aniq mezonlar namunasida amalga oshirishni;
fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga bo'lgan munosabatini (ijtimoiy fikr ko'rinishida) baho darajasini ajratishni;
ijtimoiy va siyosiy institutlarning faoliyatiga doir bo'lgan munosabatni sohaviyligi bo'yicha bayon etishni;
mavjud resurslarning jamiyatda ifodalangan real muammoni bartaraf etishga yo'naltirishni;
ijtimoiy va siyosiy jarayonlarning manfaatdorlik jihatidan boshqarishni;
ijtimoiy va siyosiy jarayonlarni boshqarish tartibining tamoyillarini;
jarayonlarning diagnostikasi va prognozini amalga oshirib, uni nazariy modelini tayyorlash imkonini;
o'rganilayotgan muammo yuzasidan axborotlarni vizuallashtirishni ta'minlash kabilarda namoyon bo'ladi.
Natijada, o'rganilayotgan jarayon yoki hodisa haqida mushohadaning bayoni yoki bildirgan munosabatlarni sharhini amalga oshirish asosida biron bir manba tayyorlash emas, balki anik ko'rsatkichlarga (dalil, raqam va b.) tayanib, sabab va oqibat aloqadorlikdan kelib chiqqan holda, mavjud resurslarni ko'lamini inobatga olib ilmiy ta'limot asosida tavsiflar amalga oshiriladi. Resurs (fransuzcha - ressource) ehtiyojlarni qoplash manbasi sanalib, bunda resurslarning vital ta'limot asosida har bir inchon to'rtta iqtisodiy aktiv elementini sohibi hisoblanadi:
www.in-academy.uz
moliyaviy resurslar (daromad); energiya (hayotiy kuch-quvvat);
vaqt;
bilim [15].
Vital ta'limot asosidagi tavsif bo'yicha resurslarni xususiy jihatlarini inobatga olish, o'z navbatida xulosa va takliflarni manzilligini ta'minlash bilan birga, tadqiqotning iqtisodiy omildorligini ham ta'minlaydi. Shu sababli:
buyurtma asosida ilmiy-amaliy tadqiqotlarni amalga oshiriladigan tahliliy markazlar faqatgina o'lchov birligiga ega bo'lgan metodlar vositasida ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni o'rganadilar;
ularning tadqiqiy faoliyatida integrativ yondashuvning mavjudligi yaqqol kuzatilib, bunda turli fanlarda mavjud bo'lgan o'lchov birligiga ega bo'lgan metodlardan foydalanish darajasini yuqoriligi kuzatiladi;
muammo yuzasidan o'lchov birligiga ega bo'lgan metodlar vositasida jamlangan axborotning sharhini amalga oshirishda vaziyatli-institusional tarzida emas, balki funksional-tizimli tarzda yondashish kuzatiladi;
har bir ijtimoiy va siyosiy jarayonlarni xususiyligiga e'tibor qaratib, uni genezisini belgilangandan so'ng, muammoni dinamik tahlili amalga oshiriladi;
tadqiqotda qo'llanilgan o'lchov birligiga ega bo'lgan metodlarni ommaviylashtirish ma'lum vaqt yopiq hisoblanadi. Chunki har bir metod ma'lum muddatda qo'llanilgandan so'nggina, ya'ni iqtisodiy jihatdan dolzarbligini ta'minlab bo'lgandagina ilmiy jamoatchilik e'tiboriga havola etiladi. Bunga misol tariqasida J.Morenoning "Sotsiometriya" metodini keltirish mumkin. Vaholanki, bu metodni bir nechta modifikatsiyalashtirilgan, takomillashtirilgan variantlari mavjudki, Moreno nomidagi tadqiqot instituti ijtimoiy-siyosiy mavzularni buyurtma ko'rinishida o'rganishda ulardan foydalaniladi.
Ijtimoiy sohani joriy holati va istiqboliga oid bo'lgan tahliliy manbalarning asosida qarorlar varianti qatoridan maqbul qaror variantini tanlab, qabul qilish barqaror ijtimoiy taraqqiyotni ta'minlash texnologiyasi tarzida baholanmoqda [14]. Ta'kidlashicha, tahliliy manbalarni tayyorlovchi markazlarining umumiy soni 4,5 mingtadan ortiq. Strategik boshqaruv nuqtai nazari bilan qaraganda, bu ko'rsatkich tahliliy faoliyatning sohaviy (iqtisod sohasi, siyosat sohasi, harbiy-texnik soha va b.) rivojlanishi zarurat ekanligini ko'rsatadi [13].
Ijtimoiy sohani o'rganishda o'lchov birligiga ega bo'lgan metodlardan foydalanishning afzalliklarini ko'rsatish uchun [11], turli ilmiy munozaralarning mavzusi sifatida muhokama qilinayotgan masalani to'rtlik hipostasasi (yun. hypostasis - qiyofa, mohiyat) [12] asosida "Bazaviy ehtiyojlar konsepsiyasi"; "Hayot sifati konsepsiyasi"; "Inson kapitali konsepsiyasi"; "Ijtimoiy-innovatsion konsepsiya" tarzida tasvir etish maqsadga muvofiq.
Birinchi hipostas. Mohiyatan, ijtimoiy sohani amal qilishidan maqsad fuqarolarning farovon hayoti va erkinligini ta'minlash, ularning birlamchi va ikkilamchi ehtiyojlarini qondirish uchun fundamental va orttirilgan qadriyatlarga tayangan holda ijtimoiy, madaniy, iqtisodiy
PPSUTLSC-2024
PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY
tashkent.mm.y2om www.in~academy.uz
va siyosiy munosabatlar tarzini yo'lga qo'yib, ularni hayot va faoliyatini ta'minlashdan iborat.
Ikkinchi hipostas. Ta'rif va sharhlarni majmuaviy tarzda talqinini amalga oshirganda, bunda ong fenomeni funksionalligi jihatidan dolzarblashadi. YA'ni, ijtimoiy borliq, ijtimoiy tasavvurlar majmuasi tarzida inson, inson burchi, inosnning majburiyati va mas'uliyati, madaniyati va qadriyatlari, boshqa millat (elat) va din vakillari hamda tabaqa namoyondalariga xayrixohona munosabatda bo'lish kabi xulq shakllarini ta'minlash (egallashini ta'minlash) ongning zimmasida ekanligi ifodalanadi.
Uchinchi hipostas. Agarda, organik maktab vakillari (P.Liliyenfeld, A.Sheffle, R.Vorms, A.Espinas) jamiyatni organizm tarzida idrok etganligini, ijtimoiy shartnoma nazariyasining vakillari esa, jamiyatni individlarning erkin kelishuvi ko'rinishida tasvirlab, antropologik prinsiplar asosida (B.Spinoza, D.Didro, P.Golbax va boshqalar) jamiyatning tabiatni bir bo'lagi (qismi) tarzida ko'rsatib o'tganliklarini, ijtimoiy nazariya bo'yicha (M.Veber va b.) munosabatlarning zamirida insonlarning bir-birini ahd va maqsadlarini "mohiyatini" tushunish ifodalanganligini, funksional yondashuvda (T.Parsons, R.Merton va b.) jamiyat tabiat bilan aloqadorlikda talqin etilganligini nazarda tutsak, bunda anglovchi fuqarolardan iborat bo'lgan jamiyat modeli vujudga keladi.
To'rtinchi hipostas. Ijtimoiy soha nafaqat davlatning sayi harakati, aniqrog'i kuchi bilan, balki fuqarolarning faol ishtirokida yaratilib, takomillashtirib boradi. YA'ni, fuqarolarning farovonligini ta'minlash va himoyasini amalga oshirish, talab va ehtiyojlarini qondirish yangi bosqichga chiqadi [9]. Bunda, ijtimoiy institutlarga (turli uyushma, kengash, klub, birlashma kabilarga) ijtimoiy talab (buyurtma) ortib boradi. Fuqarolarni manfaat va ehtiyojlarini qondirish bo'yicha ularning ijtimoiy faolligi darajasida yangicha mexanizm vujudga kelib, takomillashib boradi. Natijada fuqarolik institutlarining roli, nufuzi va o'rni ortib, ularga nisbatan fuqarolarning ishonchi ortib borib, ijobiy munosabat shakllanadi va javob reaksiyasi tarzida ma'lum xulq modeli namoyon etiladi.
Ijtimoiy sohani o'rganishda strukturaviy (son) va funksional (sifat) ko'rsatkichlarga e'tibor qaratsak, ularga qo'yidagilarda namoyon bo'ladi: tibbiy xizmat ko'rsatish; madaniy sohasida xizmat ko'rsatish; sport sohasida xizmat ko'rsatish; ijtimoiy ta'minot sohasida xizmat ko'rsatish; oziq-ovqat sohasida sohada xizmat ko'rsatish; uy-joy sohasida xizmat ko'rsatish; fuqaro tashish sohasida xizmat ko'rsatish; kommunikatsiya sohasida xizmat ko'rsatish kabilar. Nazariy jihatdan ijtimoiy soha dinamikasini son va foiz ko'rsatkichlari bo'yicha belgilash yoki baholash mumkin. Ya'ni, ijtimoiy institutlarning faoliyat doirasini kengayishi yoki torayishi, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarini faoliyat qamrovini kengayishi, fuqarolarni ijtimoiy faolligi, ijtimoiy kuchlarning
muvozanatini ta'minlanganligi kabilar shular jumlasidan hisoblanadi.
ADABIYOTLAR:
1. Erik C. Johnson How Think Tanks Improve Public Policy. http:// www.cipe.org/e21/priE21.html
2. Барулин В.С. Социальная философия. - Изд. 3-е. - М.:ФАИР-ПРЕСС, 2002. - 560 с.
3. Fo3№b Э., Самаров Р. Илмий ижод ва олимнинг шахси // Таълим муаммолари журнали, 2014. 2 - сон. - С. 69.
4. Гончаров Ю.М. Основы социального государства. - Барнаул: АлтГТУ, 2016. -С.6-13.
5. Йоас Х., Кнебль В. Социальная теория - СПб, Алетейя, 2011. - 840 с.
6. Кемеров В.Е., Керимов Т.Х. Социальная философия: словарь. - М.: Акад. проект, 2006. - 656 с.
7. Латур Б. Наука в действии: следуя за ученными и инженерами внутри общества. - СПб, Издательство ЕУ в СПб, 2013. - 414 с.
8. Лузгин В. В. Социальная философия в системе рефлексивно-критического знания. - Казань: Казан. ун-та, 2004. - 159 с.
9. Маслоу А. Мотивация и личность. - СПб.: Питер, 2013. - 351 с.
10. Рубанов А.В. Социальное развитие: традиции и современные подходы к изучению // Белорус. гос. ун-та. Философия. Психология. 2017. №2. - С.49-59.
11. Саттикулова Г.А. Узбекистоннинг ижтимоий таравдиёт индексдаги урни ва уни ошириш йуналишлари // И^тисод ва молия / Экономика и финансы, 2021, 3(139). - С. 38-43.
12. Словарь иностранниых слов. - М., 1988. - С.202.
13. Тизимли та^лил: назария ва амалиёт масалалари. - Тошкент: Adabiyot uchqunlari, 2017. -208 б.
14. Эмиров Н.Д. Инновационные подходы в управлении социальной сферой. - Санкт-Петербург: Изд-во Политехнического ун-та, 2011. - 206 с.
15. https://cyberleninka.ru/article/n/resurs-kak-kategoriya-filosofii-sotsializatsii