Научная статья на тему 'IJTIMOIY JAMIYATDA SHAXSNING KREATIV FAOLIYAT YURITISH QOBILIYATI INSON KAPITALI UCHUN MUHIM OMIL'

IJTIMOIY JAMIYATDA SHAXSNING KREATIV FAOLIYAT YURITISH QOBILIYATI INSON KAPITALI UCHUN MUHIM OMIL Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Inson kapitali / kreativlik / ijodiy yondashuvlar / iqtisodiy rivojlanish / innovatsiya / kreativ faoliyat / kasbiy yutuqlar / ijtimoiy jamiyat.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Dilova Nargiza, Hasanova Shalola

Ushbu maqolada ijtimoiy jamiyatda shaxsning kreativ faoliyat yuritish qobiliyati va uning inson kapitali rivojidagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqot shaxsning ijodiy yondashuvlari, kreativ qobiliyatlari va innovatsion fikrlashining jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojiga qanday ta’sir ko‘rsatishini o‘rganishga qaratilgan. Miqdoriy va sifatli usullar asosida olib borilgan tadqiqot natijalari kreativlik va inson kapitali o‘rtasida yuqori bog‘liqlik mavjudligini ko‘rsatdi. Shuningdek, tadqiqotda kreativ shaxslarning kasbiy faoliyatda yuqori natijalarga erishishi va moddiy yutuqlariga katta hissa qo‘shishi aniqlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «IJTIMOIY JAMIYATDA SHAXSNING KREATIV FAOLIYAT YURITISH QOBILIYATI INSON KAPITALI UCHUN MUHIM OMIL»

IJTIMOIY JAMIYATDA SHAXSNING KREATIV FAOLIYAT YURITISH QOBILIYATI - INSON KAPITALI UCHUN MUHIM OMIL

Dilova Nargiza Gaybullayevna

Buxoro Davlat Universiteti, Pedagogika kafedrasi professori, pedagogika fanlari doktori (DSC) Hasanova Shalola Farxodovna Buxoro innovatsiyalar universiteti magistranti

Annotatsiya. Ushbu maqolada ijtimoiy jamiyatda shaxsning kreativ faoliyat yuritish qobiliyati va uning inson kapitali rivojidagi o'rni tahlil qilinadi. Tadqiqot shaxsning ijodiy yondashuvlari, kreativ qobiliyatlari va innovatsion fikrlashining jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojiga qanday ta'sir ko'rsatishini o'rganishga qaratilgan. Miqdoriy va sifatli usullar asosida olib borilgan tadqiqot natijalari kreativlik va inson kapitali o'rtasida yuqori bog'liqlik mavjudligini ko'rsatdi. Shuningdek, tadqiqotda kreativ shaxslarning kasbiy faoliyatda yuqori natijalarga erishishi va moddiy yutuqlariga katta hissa qo'shishi aniqlangan.

Kalit so'zlar: Inson kapitali, kreativlik, ijodiy yondashuvlar, iqtisodiy rivojlanish, innovatsiya, kreativ faoliyat, kasbiy yutuqlar, ijtimoiy jamiyat.

Аннотация. В данной статье анализируется способность личности к творческой деятельности в социальном обществе и ее роль в развитии человеческого капитала. Исследование направлено на изучение того, как творческие подходы, творческие способности и новаторское мышление человека влияют на экономическое и социальное развитие общества. Результаты исследования, основанного на количественных и качественных методах, показали высокую корреляцию между креативностью и человеческим капиталом. Исследование также показало, что творческие люди достигают высоких результатов в профессиональной деятельности и вносят значительный вклад в свои материальные достижения.

Ключевые слова: человеческий капитал, креативность, творческие подходы, экономическое развитие, инновации, творческая деятельность, профессиональные достижения, социальное общество.

Annotation. this article analyzes the ability of an individual to carry out creative activities in a social society and its role in the development of human capital. The research is aimed at studying how creative approaches, creative abilities and innovative thinking of an individual affect the economic and social development of society. The results of the study, carried out on the basis of quantitative and qualitative methods, showed that there is a high correlation between creativity and human capital. The study also found that creative individuals have high professional performance and a significant contribution to their material achievements.

Keywords: human capital, creativity, creative approaches, economic development, innovation, creative activity, professional achievement, social society.

KIRISH

Zamonaviy ijtimoiy jamiyatda shaxsning kreativ faoliyat yuritish qobiliyati inson kapitali rivoji uchun muhim ahamiyatga ega bo'lib, bu kapitalning asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Inson kapitali nafaqat iqtisodiy rivojlanish va samaradorlikka ta'sir ko'rsatadi, balki shaxsiy rivojlanish, ijodiylik va o'zini namoyon etish imkoniyatlarini kengaytiradi. Inson kapitalining kreativlik bilan bog'liqligi zamonaviy jamiyatda ahamiyat kasb etib, shaxsning o'z bilimlari va qobiliyatlarini rivojlantirish orqali jamiyatga yangi g'oyalar, innovatsiyalar va texnologiyalarni olib kelishi muhim omillardan biriga aylanmoqda. Inson kapitali tushunchasi, ayniqsa, globalizatsiya davrida va raqobatbardosh jamiyatda keng qo'llanilmoqda. Bu tushuncha shaxsning bilimlari, qobiliyatlari va ko'nikmalarini o'z ichiga oladi va bu resurslar iqtisodiy rivojlanish uchun katta hissa qo'shishi mumkin. Kreativlik esa, inson kapitalining tarkibiy qismi sifatida, yangi yechimlar, innovatsiyalar va jarayonlar yaratilishida muhim rol o'ynaydi. Bunda shaxsning mustaqil fikrlash qobiliyati va yangi g'oyalar yarata olishi ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarning samarali faoliyat yuritishiga asos bo'ladi.

37

Shaxsning kreativ faoliyati jamiyatning har bir sohasida, jumladan, iqtisodiyot, madaniyat, ta'lim va fan sohalarida ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Ayniqsa, iqtisodiyotda kreativ insonlar yangi mahsulotlar va xizmatlarni yaratish orqali bozor talablarini qondiradi va innovatsion raqobatbardoshlikni ta'minlaydi. Madaniyat va ta'lim sohalarida esa, kreativlik shaxsning o'ziga xosligini namoyon qilishiga, turli xil intellektual mahsulotlarni yaratishiga yordam beradi. Shu ma'noda, kreativlikning ahamiyati inson kapitalining kengayishi bilan chambarchas bog'liqdir, chunki jamiyat rivoji bevosita shaxslarning ijodiy imkoniyatlari bilan belgilanadi. Bundan tashqari, global iqtisodiy jarayonlar natijasida ijodiy shaxslarning roli ortib bormoqda. Bu jarayonda inson kapitali asosiy kuch sifatida ko'rilmoqda, chunki u jamiyat rivoji uchun intellektual resurslarni tashkil qiladi. Iqtisodiy barqarorlikka erishish va raqobatbardosh bozor iqtisodiyotini yaratish uchun innovatsion g'oyalar va yechimlar muhim ahamiyatga ega. Shunday qilib, shaxslarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish va ularni inson kapitali sifatida qo'llash bugungi kundagi eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

Adabiyotlar tahlili. Gaiduk (2021) o'zining maqolasida inson kapitali tushunchasining jamiyat barqaror rivojlanishida tutgan o'rnini ta'kidlaydi. Unga ko'ra, inson kapitali insonning bilimlari, qobiliyatlari va malakalaridan tashkil topgan bo'lib, bu resurslar iqtisodiy barqarorlik va o'sish uchun muhimdir. Gaidukning fikriga ko'ra, kreativlik bu kapitalning muhim tarkibiy qismi bo'lib, u innovatsion yechimlar va rivojlanish jarayonlarini qo'llab-quvvatlaydi. Shuningdek, u jamiyatning har bir sohasida muvaffaqiyatga erishish uchun kreativ shaxslarning o'ziga xosligini rivojlantirish zarurligini ta'kidlaydi.[1] Ermatov (2023) o'zining tadqiqotida globalizatsiya jarayonida inson kapitalining ahamiyatiga e'tibor qaratadi. Uning fikriga ko'ra, inson kapitali global iqtisodiy jarayonlarda muhim rol o'ynaydi va shaxsning kreativ qobiliyatlari xalqaro maydonda raqobatbardoshlikni ta'minlaydi. U shuningdek, ijodiy faoliyatning iqtisodiy va ijtimoiy sohalarga ta'sirini tahlil qilib, kreativlikning inson kapitalining ajralmas qismi ekanligini ta'kidlaydi.[2] Egamova (2023) esa narrativ strukturalarni o'rganishda kreativlikning rolini ko'rsatadi. U adabiy asarlarni tahlil qilish orqali shaxsning ijodiy faoliyatining qanchalik keng ko'lamli

38

ekanligini ochib beradi. Egamova o'z tadqiqotlarida ijodiy yondashuvlarning inson kapitaliga qo'shadigan hissasini ko'rsatib, kreativlikning faqat iqtisodiy jarayonlarda emas, balki ijtimoiy va madaniy sohalarda ham katta rol o'ynashini ta'kidlaydi.[3]

METODLAR

Mazkur tadqiqotda inson kapitali va shaxsning kreativ faoliyati o'rtasidagi bog'liqlikni o'rganish maqsadida miqdoriy va sifatli tadqiqot metodlari qo'llanildi. Tadqiqotda 2023-yil davomida O'zbekistonning turli viloyatlaridagi ta'lim va biznes sohasida faoliyat yurituvchi 200 nafar respondentlar ishtirok etdi. So'rovnoma yordamida respondentlardan ularning kreativ qobiliyatlari, kasbiy faoliyatdagi yutuqlari va inson kapitali rivojiga ta'siri haqida ma'lumotlar olindi. So'rovnomada 20 ta savol bo'lib, ularning 10 tasi kreativlik va ijodiy yondashuvlar, qolgan 10 tasi inson kapitali va iqtisodiy yutuqlar bilan bog'liq edi. Shuningdek, yarim strukturali intervyular o'tkazilib, respondentlarning kreativ faoliyati va bu faoliyatning ularning jamiyatdagi roli haqidagi qarashlari o'rganildi. Olingan ma'lumotlar matematik-statistik usullar yordamida qayta ishlanib, SPSS dasturida tahlil qilindi. Tadqiqot natijalarini tahlil qilishda regressiya tahlili, korrelyatsiya koeffitsienti va jadval asosida vizualizatsiya usullari qo'llanildi.

Mavzuga oid ilmiy tadqiqotlar, adabiyot tahlillarini o'rganib chiqib, amalga oshirgan tajriba-sinov amaliyotiga asoslangan holda biz shaxsning kreativ faoliyat yuritish qobiliyatini quyidagicha ta'riflashni lozim topdik. Ya'ni, ijtimoiy jamiyatda shaxsning kreativ faoliyat yuritish qobiliyati6 - bu insonning mavjud imkoniyatlar hamda o'z ijodiy salohiyatidan foydalanib, jamiyat taraqqiyoti uchun yangi g'oyalar, yechimlar va ijodiy mahsulot-asarlarni yaratish orqali o'z mavqeiga ega bo'lish hisoblanadi[8].

Ijtimoiy jamiyatda shaxsning kreativ faoliyat yuritish qobiliyati quyidagi jihatlar asosida belgilanishi maqsadga muvofiqdir (1-rasmga qarang).

Ijodiylik

Tavakkalchilik

Moslanuvchanlik

Mas'uliyat

Jamoada ishlash

Detallashtirish

Muammolarni hal qilish

1-rasm. Ijtimoiy jamiyatda shaxsning kreativ faoliyat yuritish qobiliyatining

asosiy jihatlari

1-rasmda ko'rsatilganidek, ijtimoiy jamiyatda shaxsning kreativ faoliyat yuritish qobiliyatining asosiy jihatlari mazmuni quyidagicha mezon va talablar bilan izohlanadi:

> Ijodiylik - shaxsning muayyan mavzuga nisbatan yangi va o'ziga xos g'oyalarni ishlab chiqara olishi;

> Moslanuvchanlik - shaxsning o'z g'oyalarini mavjud sharoitlarga mos qilib o'zgartira olishi;

> Detallashtirish - shaxsning o'z g'oyalarini batafsil tarzda tushuntira olishi va ularni amalga oshirish uchun konkret qadamlarni belgilay olishi;

> Muammolarni hal qilish - shaxsning muayyan muammolarni hal qilish uchun yangi va ijodiy yechimlarni taklif qila olishi;

> Jamoada ishlash - shaxsning o'z g'oyalarini bo'lishish va boshqalar bilan hamkorlikda ishlash qobiliyatiga egalik;

> Mas'uliyat - shaxsning o'z ijodiy ishlari uchun mas'uliyat his qilish;

> Tavakkalchilik - shaxsning yangi g'oyalarni sinab ko'rishdan qorqmaydi va xatolar orqali o'rganishga tayyor bo'lish kabilar.

Ijtimoiy jamiyatda shaxsning kreativ faoliyat yuritish qobiliyatini rivojlantirish uchun quyidagi omillarga alohida e'tibor qaratish juda muhimdir(2-rasmga qarang).

Ta'lim - ta'lim tizimida ijodiy fikrlash va muammolami hal qilishga qaratilgan ta'lim metodlari qo'llanilishi

Motivatsiya - shaxsga ijodiy faoliyat Ijtimoiy muhit - shaxsga ijodiy

bilan shug'ullanish uchun motivatsiya fikrlash va yangi g'oyalarni

berish, uning qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirish uchun qulay ijtimoiy

rivoj lantirishga yordam berish muhit yaratib berish

2-rasm. Ijtimoiy jamiyatda shaxsning kreativ faoliyat yuritish qobiliyatini

rivojlantirish omillari

Ijtimoiy jamiyatda shaxsning kreativ faoliyat yuritish qobiliyati jamiyat rivoji uchun muhim omildir. U yangi texnologiyalarni rivojlantirish, muammolarni hal qilish, madaniyat va san'atni rivojlantirish va jamiyat hayotining barcha sohalariga ijobiy ta'sir ko'rsatish imkoniyatini beradi.

NATIJALAR

O'tkazilgan tadqiqot natijalariga ko'ra, respondentlar orasida kreativ faoliyat inson kapitali rivojlanishiga sezilarli darajada ijobiy ta'sir ko'rsatishi aniqlangan. So'rovnoma natijalariga asoslanib, kreativ shaxslarning kasbiy faoliyatlarida yuqori darajadagi yutuqlarga erishganliklari qayd etildi. Jumladan, respondentlarning 73% o'zlarining kreativ yondashuvlari tufayli ish jarayonida yuqori samaradorlikka erishganliklarini bildirgan.

Ular orasida innovatsion yechimlar ishlab chiqqanlarning 65% ushbu yondashuvlar orqali raqobatbardoshlik darajasini oshirganligini ta'kidlagan. Bundan tashqari, tadqiqotda kreativlik va inson kapitali o'rtasidagi korrelyatsiya koeffitsienti 0.78 %ni tashkil etdi, bu esa yuqori bog'liqlik darajasini ko'rsatadi. Ushbu natijalar shaxsning kreativ qobiliyatlari bevosita uning kasbiy va iqtisodiy rivojlanishiga ta'sir etishini ko'rsatadi. Korrelatsiya tahlili shuni ko'rsatdiki, ijodiy qobiliyatlarga ega bo'lgan shaxslar o'z kasbiy faoliyatlarida yuqori natijalarga erishadi, bu esa o'z navbatida inson kapitalining kengayishiga sabab bo'ladi. Yarim strukturali intervyu natijalari ham shuni tasdiqladiki, kreativ shaxslar yangi loyihalar va mahsulotlar

yaratishda boshqalar bilan taqqoslaganda samaraliroq bo'lishadi. Respondentlarning ko'pchiligi innovatsion yondashuvlar tufayli yuqori lavozimlarga ko'tarilganini ta'kidlab, bu inson kapitalining rivojlanishida kreativlikning asosiy omil ekanligini ko'rsatadi. Shuningdek, tadqiqot davomida aniqlangan ma'lumotlarga ko'ra, tadqiqot ishtirokchilari kreativ faoliyat tufayli moddiy daromadlarini 35%ga oshirganligini aytishgan. Bu ko'rsatkichlar inson kapitali va kreativlik o'rtasidagi bevosita aloqani tasdiqlaydi.

Quyidagi rasmda respondentlarning kreativ yondashuvlari va kasbiy yutuqlari o'rtasidagi bog'liqlik ko'rsatilgan (3-rasmga qarang).

Ii I. I.

Innovatsion yechimlar Yangi mahsulot va xizmatlar Ijodiy fikrlash va

yondashuvlar

■ Yuqori kasbiy yutuq (%) ■ Moddiy daromad oshishi (%)

3-rasm. Respondentlarning kreativ yondashuvlari va kasbiy yutuqlari

o'rtasidagi bog'liqlik

Ushbu jadvaldan ko'rinib turibdiki, kreativ faoliyatning har xil turlari inson kapitali rivojiga sezilarli ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Tajribada ishtirok etganlarning aksariyati ijodiy yondashuvlarni qo'llab, o'z faoliyatlarida yuqori natijalarga erishgan va moddiy jihatdan yutuqlarga ega bo'lgan[9].

MUHOKAMA

Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatdiki, shaxsning kreativ faoliyati inson kapitali rivojiga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Ayniqsa, kreativ yondashuvlar va innovatsion

80% 70% 60% 50% 40% 30% 20% 10% 0%

fikrlash qobiliyatlari jamiyatning har bir sohasida, xususan, iqtisodiyot, ta'lim va madaniyat sohalarida yuqori samaradorlikka olib kelmoqda. Tadqiqotda aniqlangan korrelyatsiya (0.78) bu bog'liqlikning yuqori darajada ekanligini tasdiqlaydi, bu esa kreativlik va kasbiy muvaffaqiyat o'rtasidagi mustahkam aloqani ko'rsatadi. Bu natijalar nafaqat iqtisodiy faoliyatda, balki ijtimoiy va madaniy rivojlanishda ham kreativ yondashuvlarning ahamiyatini yana bir bor tasdiqlaydi. Kreativ shaxslarning iqtisodiy jihatdan muvaffaqiyatga erishishi, jumladan, ularning daromadlarini oshirishi, inson kapitali tushunchasining yangi qirralarini ochib beradi. Kreativlik, nafaqat iqtisodiy rivojlanishga, balki shaxsiy yuksalishga ham sabab bo'ladi. Intervyu va so'rovnoma natijalari ko'rsatdi-ki, ijodiy yondashuvlar orqali yangi mahsulotlar yaratish va innovatsion jarayonlarda ishtirok etish inson kapitalining samarali rivojlanishiga katta hissa qo'shmoqda.[4] Shu nuqtai nazardan qaraganda, jamiyatda kreativ shaxslarni rivojlantirish va ularga imkoniyatlar yaratish inson kapitalini boyitish va mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy rivojiga xizmat qiladi. Bu jarayon global miqyosda ham muhim bo'lib, kreativ insonlarning roli ortib borayotganini ko'rsatadi.[5]

Shaxsning kreativ faoliyati inson kapitalining asosiy qismi ekanligi iqtisodiy rivojlanishdagi innovatsiya, raqobatbardoshlik va ish o'rinlaridagi sog'lom muhit, innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish; ijtimoiy rivojlanish jarayonlaridagi madaniyat-san'at, muammolarni hal qilish, sohadagi o'zgarish va yangiliklarni qabul qilish; shaxsning o'z-o'zini rivojlantirishdagi anglash, baxtga intilish, muvaffaqiyatli hayotga erishish kabilar bilan asoslanadi.

Zero, tahlillar shuni ko'rsatadiki, shaxsning kreativ faoliyati san'at va madaniyatni rivojlantirishga, jamiyat hayotini boyitish va insonlarning ma'naviy rivojlanishiga yordam beradi. Ijodiy fikrlash jamiyatdagi turli muammolarni hal qilish uchun yangi va samarali yechimlarni topishga yordam beradi. Kreativ faoliyat orqali jamiyatdagi ijtimoiy o'zgarishlarning taraqqiyoti tezlashadi.

Ma'lumki, kreativ faoliyat insonga o'zini anglash, o'z qobiliyatlarini rivojlantirish va o'ziga ishonch hosil qilishda, hayot sifatini oshirish, baxtli bo'lish, turmush tarzini ma'noli va muvaffaqiyatli bo'lishi uchun kenga imkoniyat yaratadi[7].

Shaxsning kreativ faoliyati jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy va ma'naviy rivojlanishi uchun muhim omil hisoblanadi. U inson kapitalining asosiy qismini tashkil qilib, insonlarning o'z imkoniyatlarini to'liq ro'yobga chiqarishiga va jamiyatning taraqqiyoti va farovonligiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

XULOSA

Ushbu tadqiqotning natijalari shuni ko'rsatadiki, shaxsning kreativ qobiliyatlari va ijodiy yondashuvlari inson kapitalining muhim tarkibiy qismidir. Kreativ shaxslar jamiyatning har bir sohasida - iqtisodiyot, ta'lim va madaniyat - o'z ijobiy ta'sirini ko'rsatib, yangi mahsulotlar, xizmatlar va innovatsiyalarni yaratishda muhim o'rin egallaydi. Tadqiqot natijalari kreativlik va kasbiy muvaffaqiyat o'rtasidagi yuqori korrelyatsiyani tasdiqladi, bu esa kreativlikning shaxsiy yuksalish va iqtisodiy rivojlanishda bevosita ta'sirini ko'rsatadi. Kreativ yondashuvlar tufayli respondentlar o'z ishlarida yuqori samaradorlikka erishgan, bu esa ularning daromadlarini sezilarli darajada oshirganini ko'rsatdi. Tadqiqot ishtirokchilarining aksariyati ijodiy yondashuvlar orqali raqobatbardoshlikni oshirib, o'z kasbiy faoliyatlarida yuksak natijalarga erishganligini ta'kidladilar. Bu esa, shuni anglatadiki, inson kapitali rivoji uchun kreativlik va ijodiy yondashuvlar juda muhimdir. Tadqiqotning amaliy ahamiyati shundaki, shaxsning kreativ faoliyatini rivojlantirish va ularning imkoniyatlarini kengaytirish orqali jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy sohalarida sezilarli rivojlanishga erishish mumkin. Shaxsiy ijodiy qobiliyatlarni rag'batlantirish, ta'lim va kasbiy tayyorgarlik jarayonlarida kreativlikni rivojlantirish jamiyatning umumiy rivojiga katta hissa qo'shadi. Shu sababli, kelajakda innovatsion jarayonlarni va kreativ inson kapitalini rivojlantirish bo'yicha davlat siyosati va dasturlari muhim rol o'ynashi zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Gaiduk, I. (2021). THE IMPORTANCE OF HUMAN POTENTIAL AND HUMAN CAPITAL IN SUSTAINABLE DEVELOPMENT. Galician economic journal, 72(5).

2. Ermatov, M. (2023). HUMAN CAPITAL IN GLOBALIZATION: SOCIO-ECONOMIC RELATIONSHIP. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), (7 (19)), 159-166.

3. Эгамова, М. Х. ОСОБЕННОСТИ НАРРАТИВНОЙ СТРУКТУРЫ РАССКАЗА М. ДОСТА «ЦЕНА ОДНОГО ЖЕРЕБЕНКА». НАУЧНЫЙ ВЕСТНИК SCIENTIFIC REPORTS, 116.

4. Ashurov. S. (2024). JAMIYATDA IJTIMOIY TARAQQIYOTNING ASOSIY OMILLARI. ZAMONAVIY TA'LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G'OYALAR, TAKLIFLAR VA YECHIMLAR, 7(72), 51-55.

5. Alimbaeva, L. A. (2022). ZAMONAVIY JAMIYATDA SHAXSNING SHAKILLANISHI VA RIVOJLANISH JARAYONINDA SOCIALIZATSIYANING RO'LI. Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры, 2(3), 173176.

6. Dilova N.G. Shaxslararo munosabat va uning oiladagi o„rni //Pedagogik akmeologiya. - Buxoro, 2023. - 1-son. - B. 63-68.

7. Dilova N.G. Uzliksiz ta"lim-tarbiya jarayonida shaxslararo munosabatni shakllantirishning tarixiy taraqqiyoti //Talim va innovatsion tadqiqotlar. - Buxoro, 2022. - 6-son. - B. 41-44 (13.00.00)

8. Dilova N.G. Zamonaviy talimda shaxslararo munosabatning ahamiyati //Science and education. Scientific journal in volume #3 issue#. 2022. - B. 215-218.

9. Dilova N.G. Forming a sense of respect for the students in primary school educational lessons Journal of pedagogical inventions and practices. - S. 194-198. 2022.

10. Дилова Н.Г. Психологические основы подготовки будуших учителей к межличностным отношениям //Педагогик майорат. - Бухоро, 2022. - 3-сон. - Б. 75-77 (13.00.00)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.