PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY
TASHKENT, e-s MAY 2024
IJTIMOIY-IQTISODIY ADOLAT - BARQAROR RIVOJLANISH
KAFOLATI
Alimov Nasimjon Hoshimovich
O'zLiDeP Siyosiy ta'lim markazi rahbari, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent
[email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.13324967 Annotatsiya: Maqolada Yangi O'zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy adolat hamda ijtimoiy-iqtisodiy siyosat qoidalariga rioya qilgan holda kafolatli barqaror rivojlanish nazariyasi asoslari va ilmiy tadqiqot xulosalari bayon etilgan.
Kalit so'zlar: ijtimoiy adolat, iqtisodiy adolat, adolatli jamiyat, inklyuziv jamiyat, ijtimoiy siyosat, iqtisodiy siyosat, barqarorlik, barqaror rivojlanish, adolat mezoni va qoidalari.
KIRISH
Ma'lumki, adolat xalqimiz uchun azal-azaldan tinch va farovon hayot mezoni, barcha ezguliklar manbai bo'lib kelgan, Sohibqiron Amir Temur bobomiz "Kuch - adolatda" degan hikmatga amal qilib, davlat boshqaruvini tashkil qilish, el-yurtning tinchligi va obodligini ta'minlashga erishgan.[1] Amir Temur davrida Adolat ramziga aylangan uch pallali tarozi o'lchovi, ya'ni jazo tayinlashda inson omilini hisobga olish, adolatli qarorlar qabul qilinishini ta'minlash bugungi kunda davlat rahbari Sh.M.Mirziyoev tomonidan qayta-qayta kun tartibiga qo'yilayotgan masaladir.
Yangilangan Konstitutsiyamizning 14-moddasida: "Davlat o'z faoliyatini inson farovonligini va jamiyatning barqaror rivojlanishini ta'minlash maqsadida qonuniylik, ijtimoiy adolat va birdamlik prinsiplari asosida amalga oshiradi" deb belgilab qo'yildi.[2]
Jamiyatda ijtimoiy adolat, eng avvalo, hayotiy ne'matlarni taqsimlashda namoyon bo'ladi. Chunki adolat kishilar o'rtasida boyliklarni taqsimlash, u yoki bu xatti-harakatlar uchun rag'batlantirish yoki jazolash mezonini anglatadi. Fikrimizcha, adolatning asosiy shartlaridan biri hech bir kimsaga ziyon yetkazmaslik bo'lsa, ikkinchisi kishilarga naf keltirishdir. Lekin bunda ijtimoiy adolat tushunchasining ma'nosini faqat taqsimot tipidagi munosabatlar yoki taqsimot mexanizmi bilan chegaralash mumkin emas. Adolat taqdirlash va talab qilishning miqdoriy o'lchovidir. Bizningcha, iqti- sodiy jihatdagi "ijtimoiy adolat" kategoriyasi juda keng tushuncha bo'lib, u takror ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlarini, ya'ni ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash va iste'molning hamma sohalarini, iqtisodiy erkinlik, bozor raqobati va mulkiy munosabatlardagi erkinlik, teng huquqlilik, iqtisodiy o'sish, taraqqiyot, mutanosiblik, ekvivalentlik, muvozanat, samaradorlik, manfaatlar uyg'unligi, iqtisodiy qadriyatlar, iqtisodiy-matematik madaniyat talablari va qoidalarini ham qamrab oladi. Ijtimoiy adolatning boshlang'ich asosiy qoida va mezonlari mulkiy munosabatlarga borib taqaladi. Chunki mulkchilik jamiyat iqtisodiy tizimining asosidir. Shu jihatdan ijtimoiy adolat umuminsoniy qadriyat va umumiqtisodiy kategoriya sifatida jamiyat taraqqiyotining dastlabki bosqichidan boshlab, to
hozirgi kungacha mulkchilik munosabatlarining rivojlanishiga muvofiq ravishda o'zgarib, takomillashib kelgan. Adolat haqidagi tasavvurlar va ommaviy-ilmiy qarashlar ham muayyan jamiyatdagi mulkchilik munosabatlari, ularning holati, rivojlanish darajasi va qonuniyatlariga mos bo'lgan yoki shu munosabatlar darajasida talqin etilgan holda targ'ib qilingan. Masalan, sobiq sovet davrida ijtimoiy mulkchilik amal qilayotgan mamlakatlarni adolatli va xususiy mulkchilik mavjud bo'lgan davlatlarni ekspluatatsiyaga asoslangan adolatsiz jamiyat, deb ta'riflangan bo'lsa, hozirgi kunda mulkchilikning barcha shakllariga, jumladan, xususiy mulkchilikka ham bir xilda rivojlanish imkoniyati berilgan respublikamizda adolat qaror topayotganini ta'kidlash joiz. Chunki ijtimoiy adolat mulkchilik munosabatlari bilan bog'liq ekan, demak, mulkchilik munosabatlarini ro'yobga chiqarish mexanizmidagi buzilish, albatta, ijtimoiy adolat qoidalarining buzilishiga ham olib keladi.
Garchi ijtimoiy adolatning ildizi mulkchilik munosabatlariga, ya'ni jamiyatning iqtisodiy taraqqiyoti darajasi va iqtisodiy munosabatlarga borib taqalsa-da, yaqin o'tmishgacha unga umumiqtisodiy qadriyat va kategoriya sifatida yetarli e'tibor berilmagan. Shuningdek, adolatni ma'naviy-axloqiy yoki falsafiy, huquqiy, ijtimoiy-siyosiy, tarixiy tushunchalar sifatida talqin qilgan qadimgi dunyo mutafakkirlari Arastu va Suqrotdan boshlab, buyuk bobokalonlarimiz Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy va hozirgacha bo'lgan olimlarimizning ijodida uning iqtisodiy qirralari faqat umumiy tarzda, lekin chiroyli uyg'unlashib ketganligini ko'rish mumkin.
Ijtimoiy adolat murakkab ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya sifatida jamiyatning barcha a'zolariga o'zini to'la namoyon qila olishi va eng yuqori samaraga erishishi uchun teng imkoniyatlar va shart-sharoitlarning yaratilganligi hamda kafolatlanganligi darajasini bildiradi. Uning iqtisodiy asoslari manfaatlar va mulkchilik munosabatlari bilan cham- barchas bog'liq. Jamiyatning adolatlilik darajasi aholining turmush tarzi va mehnat sharoitlari ko'rsatkichlarida ifodalanadi va bu ko'rsatkichlar o'z navbatida jamiyatdagi ishlab chiqarish darajasiga bevosita aloqador.
. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE 55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of
I Li I toe^centurv
TASHKENT, 6-8 MAY 2004
Ijtimoiy adolatning asosiy iqtisodiy qoidasi inson va jamiyat (taraqqiyoti) manfaatlarining uyg'unlashuviga erishish hisoblanadi. Boshqacha aytganda, jamiyatdagi moddiy va shaxsiy (intellektual) resurslardan oqilona hamda samarali foydalangan holda xalq farovonligini maksimal darajada ta'minlashdan iborat.
Ijtimoiy yo'naltirilgan - sivilizatsiyalashgan bozor iqtisodiyoti munosabatlari shakllanib va mustahkamlanib borayotgan hozirgi davrda ijtimoiy hayotning barcha sohalarida, jumladan, iqtisodiy sohada, kishilar o'rtasidagi iktisodiy munosabatlarda ijtimoiy adolat qoidalarini ro'yobga chiqarish muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari, bozor iqtisodiyotining o'ziga xos ijtimoiy adolat qoidalari mavjud. Bular: iqtisodiy erkinlik va mehnat, ishbilarmonlik, mulkiga qarab farqlanadigan iqtisodiy sub'ektlarning daromadi, turmush darajasi va jamiyatdagi mavqei bo'yicha tabaqalanishdir. Bunda jamiyat iqtisodiy taraqqiyotining ustuvorligi o'z-o'zidan ta'minlanadi.
Asosiy iqtisodiy qoidaning hosilasi sifatida ikkinchi, ya'ni erkin raqobat mexanizmining amal qilish qoidasi kelib chiqadi. Raqobat mexanizmining amal qilishi nuqtai nazaridan bozor munosabatlari sotsial darvinizm g'oyalariga o'xshab ketadi. Ma'lumki, sotsial darvinizmga binoan insoniyat jamiyati taraqqiyotiga biologik qonunlar tatbiq qilinib, tabiiy tanlanish, yashash uchun kurash tamoyillari ijtimoiy hayotning belgilovchi omillari deb qaraladi va ijtimoiy tengsizlik tabiiy (odatiy) hol sifatida tan olinadi.
Bozor iqtisodiyoti shaxsiy manfaatlarning birlamchi ekanligi va ularning tarkibini chuqur anglash yo'li bilan kishilarning faolligini oshirish va jamiyatning iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotini jadallashtirishning nazariy hamda amaliy jihatdan eng maqbul usuli hisoblanadi. Shuning uchun ham o'tish davridagi keskin yo'nalishlar makiavellizm qoidasiga o'xshash umumiy taraqqiyot maqsadi bilan oqlanadigan vositalardir. Shu o'rinda ta'kidlash joizki, oqlanadigan vosita deganda har qanday ixtiyoriy vosita emas, balki insonning mohiyati va turmush tarzi me'yorlariga mos keladiganlari nazarda tutiladi. Me'yor iborasi ham umumiy tushuncha bo'lib, u odatda adolat mezoni sifatida ifodalanadi. "Me'yor adolatdif' - deyilgan qadimdan. Shu bois, hamma vaqt, hamma joyda, hamma sohada me'yorni bilish va unga rioya qila olish adolat yo'lidir. Donolarning ta'biricha: hatto tejam, iqtisod qilish ham me'yorda bo'lishi kerak.
Demak, adolat barcha narsani o'z o'rniga qo'ya bilishdadir. Adolat me'yorning amaldagi isbotidir. Adolat yo'q joyda kishilar hayoti qadr-qimmatini ushlab turadigan hech nima qolmaydi.
Ijtimoiy adolatning yana bir mezoni turli darajadagi manfaatlarning uyg'unligi, ya'ni maqsadlar va xatti-harakatlar bilan jamiyat taraqqiyotining mushtarakligidir. Bu esa asosan jamiyatdagi ishlab chiqaruvchi kuchlarning darajasi bilan belgilanadi. Shu nuqtai nazardan, iqtisodiy samaradorlik va ijtimoiy adolat tushunchalari iqtisodiyot nazariyasida hal qiluvchi masala hisoblanadi. Ayniqsa, hozirgi kunda bu tushuncha va masalalar barcha mamlakatlardagi hukumatning ham, siyosiy partiyalarning ham asosiy dasturlarida o'z ifodasini topgan. Chunki, har qanday jamiyatning ham asosiy maqsadi xalqning farovonligini oshirish va buning uchun esa yaxlit olingan iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot masalalarini oqilona hal qilishdan iboratdir.
Iqtisodiy samaradorlik va ijtimoiy adolat iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotning eng muhim, markaziy masalalaridir.
Aholi ehtiyojlarining cheksizligi va jamiyatdagi resurslarning chegaralanganligi, shu mavjud resurslardan maksimum darajada samarali va jamiyatning har bir a'zosi uchun adolatli foydalanish vazifasini belgilaydi. Kishilarning ehtiyojlari esa xilma-xil va ichki ziddiyatli bo'lib, ularni mavjud chegaralangan resurslar doirasida adolatli qondirish o'zaro ziddiyatli holdir. Mana shu jihatdan har qanday jamiyatning asosiy vazifalaridan bo'lmish iqtisodiy samaradorlikni oshirish va ijtimoiy adolatni ta'minlash o'rtasida ziddiyat namoyon bo'ladi. Shuningdek, iqtisodiy taraqqiyot ijtimoiy taraqqiyot bilan uzviy bog'liq bo'lib, ijtimoiy taraqqiyotning asosini tashkil etadi va unga xizmat qiladi. Aholi farovonligini oshirish iqtisodiy taraqqiyotning pirovard maqsadidir. Iqtisodiy taraqqiyotning mahsuli va pirovard natijasi -jamiyatning butun boyligi va hayot faoliyatining turli-tumanligidir.
Iqtisodiy samaradorlikni va ijtimoiy adolatni ta'minlash turli jamiyatlarda turlicha yo'nalish va turli darajalarda amalga oshiriladi. Bunda har bir jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot darajasi, mavjud salohiyati, jamiyatning o'ziga xos xususiyatlari va vaziyati asos bo'lib xizmat qiladi. Yangi O'zbekiston sharoitida barqaror rivojlanishning kafolati sifatida oqilona ijtimoiy-iqtisodiy siyosat (adolat) ustuvorliklari matritsasiga (quyidagi chizmada) e'tibor qaratilishini taklif qilamiz.
Ijtimoiy-iqtisodiy siyosat (adolat) ustuvorliklari matritsasi
(Adolat daraxtining hosildorligi holatlari)
+ Ustuvor ijtimoiy siyosat Mo'tadil ijtimoiy-iqtisodiy siyosat Ustuvor iqtisodiy siyosat
Ustuvor ijtimoiy siyosat Iqtisodiy stimullar yo'qoladi va iqtisodiy tanazzulga olib keladi Jamiyatda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka erishiladi Jamiyatda siyosiy-iqtisodiy barqarorlikka erishiladi
PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY
Mo'tadil ijtimoiy-iqtisodiy siyosat Jamiyatda ijtimoiy barqarorlikka va tinchlikka erishiladi Jamiyatda ijtimoiy-siyosiy-iqtisodiy barqarorlikka va tinchlikka hamda optimum samaradorlik va naflilikning o'sishi tufayli barqaror rivojlanishga va farovonlikka erishiladi Jamiyatda iqtisodiy barqarorlikka va iqtisodiy o'sishga erishiladi
Ustuvor iqtisodiy siyosat Jamiyatda ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikka erishiladi Jamiyatda siyosiy-iqtisodiy barqarorlikka erishiladi Jamiyatda vaqtinchalik yuqori iqtisodiy o'sishga erishiladi, lekin ma'naviy yutqazish turg'unlik yoki yemirilishga olib keladi
Shuningdek, "Mamlakatlar tanazzuli sabablari: qudrat, farovonlik va kambag'allik manbalari" kitobining mualliflari Daron Ajemo'g'li va Jeyms A. Robinson ta'kidlaganidek, barqaror iqtisodiy o'sish uchun mulk daxlsizligini muhofaza qiladigan, raqobatda
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
[1] Shavkat Mirziyoev. Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi. To'ldirilgan ikkinchi nashri. - Toshkent: "O'ZBEKISTON" nashriyoti, 2023. - 440 b.
barcha uchun teng shart-sharoitlar yaratadigan, yangicha texnologiyalar va bilimlarga sarmoya qilishni rag'batlantiradigan adolatli inklyuziv institutlar bo'lishi kerak.[3]
[2] O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. [Matn]: rasmiy nashr. - Toshkent: "O'ZBEKISTON" nashriyoti, 2023. - 128 b.
[3] Daron Ajemo'g'li, Jeyms A. Robinson. Mamlakatlar tanazzuli sabablari: qudrat, farovonlik va kambag'allik manbalari. Toshkent: "Asaxiy books" MChJ, "Nihol" nashriyoti, 2023. 676 bet