Научная статья на тему 'YANGI TARAQQIYOT BOSQICHIDA IJTIMOIY HIMOYANING MOHIYATI VA O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

YANGI TARAQQIYOT BOSQICHIDA IJTIMOIY HIMOYANING MOHIYATI VA O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Социальные науки»

CC BY
16
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ijtimoiy himoya / ijtimoiy yordam / sivilizatsiya / inson qadri / kam ta’minlangan oila / ijtimoiy adolat / ijtimoiy himoya / ijtimoiy siyosat. / Social protection / social assistance / civilization / human value / poor family / social justice / social protection / social policy

Аннотация научной статьи по социальным наукам, автор научной работы — Quramboyev Alisher Maxsudovich

Davlatimiz tabiati tobora ijtimoiy mazmun kasb etib, o’z faoliyat mazmuniga ko’ra, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat sari odimlab bormoqda. Maqolada ushbu fikrlarning dalili o’laroq faktlar keltiriladi. Shuningdek, ushbu maqolada ijtimoiy himoyaning mazmun-mohiyati ochib beriladi. Yangilanayotgan O’zbekiston sharoitida ijtimoiy sohada amalga oshirilib kelinayotgan islohotlar, ayniqsa kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy muhofaza qilish haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, jamiyat a’zolariniijtimoiy muhofaza qilish, mamlakatda barqarorlikni ta’minlash, inson qadrini ulug’lash borasida olib borilayotgan say -harakatlarga doir fikr-mulohazalar berilgan. Maqolada davlatimizning rahbari Shavkat Mirziyoyevning olib borayotgan insonparvarlikva ijtimoiy adolat ustivorligiga intilishga doir oqilona siyosatiga eʼtibor berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ESSENCE AND SPECIFIC CHARACTERISTICS OF SOCIAL PROTECTION AT THE NEW STAGE OF DEVELOPMENT

The nature of our state is increasingly acquiring a social content, and according to the content of its activities, it is moving towards a democratic, legal, social and secular state. The article presents facts as proof of these opinions. Also, this article reveals the essence of social protection. In the conditions of modernizing Uzbekistan, the reforms implemented in the social sphere, especially the social protection of low-income families, are discussed. Also, opinions were given on the efforts being made to protect society members, ensure stability in the country, and glorify human dignity. The article pays attention to the rational policy of the leader of our country, Shavkat Mirziyoyev, who strives for the priority of humanitarianism and social justice.

Текст научной работы на тему «YANGI TARAQQIYOT BOSQICHIDA IJTIMOIY HIMOYANING MOHIYATI VA O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

THE ESSENCE AND SPECIFIC CHARACTERISTICS OF SOCIAL PROTECTION AT THE NEW STAGE OF DEVELOPMENT Kuramboyev Alisher Maksudovich

Doctoral student of the Research Institute "Family and Gender". E-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.10947278

EURASIAN I0URNAL OF SOCIAL SCIENCES

PHILOSOPHY AND CULTURE

ARTICLE INFO

Received: 03rd April 2024 Accepted: 08th April 2024 Online: 09th April 2024

KEYWORDS Social protection, social assistance, civilization, human value, poor family, social justice, social protection, social policy.

ABSTRACT

The nature of our state is increasingly acquiring a social content, and according to the content of its activities, it is moving towards a democratic, legal, social and secular state. The article presents facts as proof of these opinions. Also, this article reveals the essence of social protection. In the conditions of modernizing Uzbekistan, the reforms implemented in the social sphere, especially the social protection of low-income families, are discussed. Also, opinions were given on the efforts being made to protect society members, ensure stability in the country, and glorify human dignity. The article pays attention to the rational policy of the leader of our country, Shavkat Mirziyoyev, who strives for the priority of humanitarianism and social justice.

YANGI TARAQQIYOT BOSQICHIDA IJTIMOIY HIMOYANING MOHIYATI VA

O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Quramboyev Alisher Maxsudovich

"Oila va gender" ilmiy-tadqiqot instituti doktoranti E-mail:quramboyevalisher@ mail.ru https://doi.org/10.5281/zenodo.10947278

ARTICLE INFO

Received: 03rd April 2024 Accepted: 08th April 2024 Online: 09th April 2024

KEYWORDS Ijtimoiy himoya, ijtimoiy yordam, sivilizatsiya, inson qadri, kam ta'minlangan oila, ijtimoiy adolat, ijtimoiy himoya, ijtimoiy siyosat.

ABSTRACT

Davlatimiz tabiati tobora ijtimoiy mazmun kasb etib, o'z faoliyat mazmuniga ko'ra, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat sari odimlab bormoqda. Maqolada ushbu fikrlarning dalili o'laroq faktlar keltiriladi. Shuningdek, ushbu maqolada ijtimoiy himoyaning mazmun-mohiyati ochib beriladi. Yangilanayotgan O'zbekiston sharoitida ijtimoiy sohada amalga oshirilib kelinayotgan islohotlar, ayniqsa kam ta'minlangan oilalarni ijtimoiy muhofaza qilish haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, jamiyat a'zolarini ijtimoiy muhofaza qilish, mamlakatda barqarorlikni ta'minlash, inson qadrini ulug'lash borasida olib borilayotgan say - harakatlarga

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

doir fikr-mulohazalar berilgan. Maqolada

davlatimizning rahbari Shavkat Mirziyoyevning olib borayotgan insonparvarlik va ijtimoiy adolat

ustivorligiga intilishga doir oqilona siyosatiga e'tibor berilgan.

KIRISH

Bugungi kunda mamlakatimizda oila institutini mustahkamlashga juda katta e'tibor berilmoqda. Oila institutini mustahkamlash haqiqatan ham jamiyat taraqqiyoti va farovonligi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bu ko'pincha muhtoj oilalarni qo'llab-quvvatlash va sog'lom oila dinamikasi va munosabatlarini rag'batlantiradigan kuchli ijtimoiy siyosatni yaratishni o'z ichiga oladi. "Bunday ijtimoiy siyosatning mohiyati taqsimlash, tenglashtirish yo'li bilan borishdan iborat emas. Ijtimoiy siyosat mohiyatiga asosan, birinchidan, mehnat faoliyati bilan shug'ullanuvchilar uchun o'zlarini va oilalarini boqishi, tashabbus ko'rsatishi, tadbirkorligi, bilimlarini qo'llashi va boshqalar uchun bir xil sharoitlarni yaratish zarur; ikkinchidan esa, mehnat haqi belgilab qo'yilgan odamlarga, ya'ni byudjet sohasida ishlovchilarga, inflyatsiya darajasiga qarab haq tolash kerak boladi. Uchinchidan, pensionerlar, o'quvchi (talaba)lar, ishsizlarni ijtimoiy himoya qilish zarur. Va nihoyat, ko'p bolali va kam ta'minlangan oilalarga moddiy yordam berish lozim."1 Turmush darajasidagi tenglik, kelib chiqishi va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, har bir insonning yaxshi yashash uchun adolatli imkoniyatga ega bo'lishiga ishonch hosil qilish demakdir. Bunga oziq-ovqat va uy-joy, sog'liqni saqlash va ta'lim olish, ish va rivojlanish imkoniyatlari kabi asoslar uchun etarli pulga ega bo'lish kiradi. Bu har bir insonga adolatli munosabatda bo'lish, muvaffaqiyatga erishishi uchun zarur yordam ko'rsatish, shu bilan birga ularning huquqlari va qadr-qimmatini hurmat qilishdir. Jamiyat qanday bo'lsa uning qadriyatlari ham shunday bo'ladi. Qadriyatlar qanday bo'lsa uning tartibga soluvchisi ham shunday bo'ladi.2 Demak, erkin fuqarolik jamiyatida oliy qadriyatlardan biri bu-inson, qonun, adolat, mehr, do'stlik va hokazo bo'ladi. Zero, davlatning asosiy maqsadi shaxsning huquqini ta'minlashdir. Ushbu maqsadga erishish jamiyatning barcha a'zolari uchun adolat, inklyuzivlik va imkoniyatlarni kengaytirishga yordam beradigan siyosat va amaliyotlarni yaratishni o'z ichiga oladi.

Jamiyatning ijtimoiy va iqtisodiy hayoti o'zaro bog'liq, biri-ikkinchisiga ta'sir etadi. Iqtisodiyotda ijtimoiy muammolar hal etilsa, o'z navbatida ijtimoiy omillar iqtisodiyotning rivojida muhim. Oqibatda, oilalarning farovonligi, turmush darajasi va sifati oshishiga xizmat qiladi. Zero, ijtimoiy yo'naltirilgan bozor munosabatlarini rivojlantirishga aholining kam ta'minlangan qismini kuchli ijtimoiy himoya qilib erishiladi. Ijtimoiy muammolarni pisand qilmaslik jamiyatda ijtimoiy barqarorlikka jiddiy vavf solidi.

1 M. Ahmedova. Falsafa:Darslik. O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti. Toshkent.2006.B.388

2 Yaxshilikov J.Ya., Muhammadiyev N.E.Falsafa. Darslik Samarqand: SamDU nashri, 2021.B.272.

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

Quyidagilar ijtimoiy himoya ob'ektlari hisoblanadi:

- nafaqa yoshiga yetganlar;

- nogironlar;

- boquvchisini yo'qotgan bolalar;

- kam ta'minlangan oilalar bolalari;

- ishsizlar;

- homilador ayollar va yosh bolalarga qarash bilan band bo'lgan ishlamayotgan ayollar;

- kasallik tufayli vaqtincha ishlamayotganlar;

- o'quvchi yoshlar;

- mehnatga layoqatsizlarga qarash bilan band bo'lgan ishlamayotgan mehnatga layoqatli fuqarolar.

Umuman olganda, davlatning ma'lum sababga ko'ra ijtimoiy jihatdan nochor bo'lgan va o'zining moddiy ahvolini o'z faoliyatlari orqali yaxshilay olmaydigan aholi guruhlari yoki qatlamlarini ijtimoiy rivojlanishi uchun normal yashash va qulay imkoniyatlar yaratishga qaratilgan davlat chora-tadbirlari, ya'ni siyosiy, iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlari muhim ahamiyatga ega. Davlat ijtimoiy siyosatining muhim tamoyillaridan biri -ijtimoiy adolatdir. Qolaversa, ijtimoiy adolatning mavjud bo'lishi esa, sivilizatsiyalashgan jamiyatning muhim belgilaridan biridir. "Sivilizatsiyalashgan jamiyat nima? Bu erkinlik, adolat, aql, qonunga asoslangan jamiyat.3

"Ijtimoiy siyosat o'tish davrida aktiv va passiv shaklda amalga oshirilishi mumkin. Aktiv ijtimoiy siyosat - mamlakatda ishlab chiqarishni rag'batlantirish mexanizmi orqali amalga oshirilib, aholi aksariyat qismining daromadlarini oshirish imkoniyatini ta'minlaydi va mustaqil yashash uchun tegishli sharoitlar yaratadi. Passiv ijtimoiy siyosatda davlat niqarolaming ayrim kategoriyalariga nisbatan chora-tadbirlami (yordam, qo'llab-quvvatlash, rivojlantirish) amalga oshiradi. Unga xos xususiyatlar: selektiv, samarasiz, vaqtinchalik. 4

"Ijtimoiy himoya - keng ma'noda, aholining barcha qatlamlariga nisbatan qo'llaniladigan ijtimoiy xatar (risk) yuz berganda moddiy va boshqa ijtimoiy yordam ko'rsatishga qaratilgan chora-tadbirlar yig'indisidan iborat. Tor ma'noda, aholini ijtimoiy jihatdan muhtoj qatlamlarini ijtimoiy himoyalashni ko'zda tutadi. Ijtimoiy risk - ishlovchining ish haqidan mahrum bo'lishi, daromadlarining yashash minimumidan pasayishi, tibbiy yordamga ehtiyoj sezish va boshqa ijtimoiy xizmatlarga ob'ektiv muhtoj bo'lishi holatlarining ro'y berish ehtimolligi.5

Aholiga beriladigan ijtimoiy yordam va ijtimoiy qo'llab-quvvatlash yo'nalishlaridan biri -ularga pensiya va nafaqalarda berishdan tashqari, boshqa shakllardagi yordamlar ko'rsatilishidan iborat. Bunday yordam ko'rinishlari xilma-xil bo'lib, moddiy yoki nomoddiy shakllarda amalga oshrilishi mumkim. Bugungi kunda aholi o'nlab turdagi ijtimoiy yordamlarni olmoqdalar, yuzdan ortiq shakldagi har xil imtiyozlardan foydalanmoqdlar va bular uchun budjetdan milliardlab so'm mablag' sarf qilinmoqda. Bunday yordamdan

3 Yaxshilikov J.Ya., Muhammadiyev N.E.Falsafa. Darslik Samarqand: SamDU nashri, 2021.B.272.

4 A.A.Abduxalilov, E.X.Zaitov. Ijtimoiy siyosat: O'quv qo'llanma. «ZEBO PRINT» Toshkent-2021. B.11.

5 A.V.Vaxabov. Ijtimoiy siyosat: O'quv qo'llanma. Toshkent: —MUMTOZ SO'ZII, 2019. B.72.

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

foydalanishda "Temir daftar"ga kiritilgan oilalar yetakchi o'rinni egallamoqda. Hukumatning 250-son qaroriga ilova qilingan "Vaqtinchalik tartib"ga asosan har bir sektor bo'yicha mahallabay "Temir daftar"ga quyidagi toifadagi oilalar kiritiladi:

— Belgilangan tartibda kam ta'minlangan oila deb e'tirof etilgan oilalar;

— Ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo'lgan a'zolari mavjud oilalar;

— Kam ta'minlangan yakka-yolg'izlar va keksalar;

— Boquvchisini yo'qotgan ehtiyojmand oilalar;

— Ko'p (4 va undan ortiq) farzandli moddiy ko'makka muhtoj oilalar;

— Mehnatga layoqatli ishsiz a'zolari mavjud ehtiyojmand oilalar;

— Tibbiy yordamga muhtoj ehtiyojmand oilalar;

— Noturar joylarda istiqomat qilayotgan, o'zi yoki birgalikda yashovchi oila a'zolarining nomida turar joy bo'lmagan ehtiyojmand oilalar.6

Oilalar farovonligi va barqarorligini qo'llab-quvvatlash uchun ularga ko'rsatilishi mumkin bo'lgan ijtimoiy yordamning bir necha turlarga bo'lish mumkin:

1. Sifatli ta'lim;

2. Zarur oziq-ovqat mahsulotlari yo dori-darmon bilan bepul ta'minlash;

3. Nogironligi bo'lgan fuqarolarga protez-ortopediya, harakatlanish vositalari berish xizmatlarini kursatish;

4. Fuqarolarning muayyan toifalariga turar -joy maishiy, transport-aloqa, soliq, tibbiy-farmatsevtika va boshqa sohalarda imtiyozlar berish;

5. Yuridik yordam;

6. Bandlik va o'qitish dasturlari;

7. Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa turdagi ijtimoiy xizmatlarni ko'rsatish. Ijtimoiy yordam turlari odatda ijtimoiy yordam tizimi orqali amalga oshiriladi. Ijtimoiy

yordam tizimi tor ma'noda kambag'alikka qarshi kurash maqsadida to'lanadigan pulli nafaqalar tizimidir. Keng ma'noda esa, kam ta'minlanganlarga yo'naltirilgan barcha turdagi ijtimoiy xarajatlarni o'z ichiga oladi.7 Ijtimoiy yordam turli ijtimoiy va iqtisodiy muammolarga duch kelgan shaxslar va oilalarni qo'llab-quvvatlashga mo'ljallangan bir qator dasturlar va xizmatlarni o'z ichiga oladi. Ushbu dasturlar moliyaviy yordam, sog'liqni saqlash yordami, uy-joy bilan ta'minlash, oziq-ovqat yordami, ta'lim va o'qitish imkoniyatlari, bolalarni parvarish qilish xizmatlari va boshqalarni o'z ichiga olishi mumkin. Ijtimoiy yordam tizimi tegishli shaxslar yoki uy xo'jaliklarini aniqlash, ularning ehtiyojlarini baholash va ularning farovonligi va hayot sifatini yaxshilashga yordam berish uchun tegishli yordam shakllarini taqdim etish uchun javobgardir. Ushbu tizim ko'pincha davlat idoralari, nodavlat notijorat tashkilotlari (NNTlar), jamoat tashkilotlari va boshqa manfaatdor tomonlarni muhtojlarga xizmat ko'rsatish va qo'llab-quvvatlash uchun birgalikda ishlashlarini o'z ichiga oladi.

Kuni kecha "O'zbekiston - 2030" strategiyasida belgilangan keng ko'lamli islohotlarni 2024 - yilda samarali amalga oshirish, xalqimizning kundalik hayotida ijobiy o'zgarishlarga erishish bo'yicha tizimli harakatlarni izchil davom ettirish, "yashil iqtisodiyot" tamoyillariga

6 "Moddiy yordam va ko'makka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 28.04.2021 yildagi 250-son

7 A.V.Vaxabov. Ijtimoiy siyosat: O'quv qo'llanma. Toshkent: —MUMTOZ SO'ZII, 2019. B.18.

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

asoslangan yuqori iqtisodiy o'sish sur'atlarini ta'minlash, ekologik holatni yaxshilash, suv va boshqa tabiiy resurslardan unumli foydalanish standartlarini keng joriy qilish hamda xalq manfaatlariga yo'naltirilgan boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish maqsadida "O'zbekiston - 2030" strategiyasini "Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni qabul qilindi. Uning 16-bandi Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo'llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishga bag'ishlangan bo'lib, unda quyidagilarni nazarda tutadi:

- 2024 yilda nogironligi bo'lgan shaxslarni zamonaviy protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilish texnik vositalari bilan ta'minlashning yangi tizimi bosqichma-bosqich joriy qilinsin;

- 2024 yil 1 sentyabrdan boshlab pensiya tayinlashda bir vaqtning o'zida shaxsiy jamg'arib boriladigan pensiya hisobvarag'idagi pulni olish bilan bog'liq harakatlarni proaktiv tarzda amalga oshirish, nogironlikni belgilashda esa, nogironligi bo'lgan shaxslarga beriladigan imtiyozlar to'g'risida xabardor qilish tartibi joriy etilsin;

- 2024 yil 1 dekabrdan boshlab yolg'iz yashayotgan hamda yolg'iz keksalar va nogironligi bo'lgan shaxslarga Toshkent shahrida eksperiment tariqasida tegishli yo'nalishdagi nodavlat tashkilotlar orqali Ijtimoiy himoya milliy agentligi mablag'lari hisobidan ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish amaliyoti yo'lga qo'yilsin.8

2024-yilga mo'ljallangan amaliy tadbirlar rejasi 115 ta band, 2024-yilda ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari 27 ta banddan iborat. Taklif etilayotgan chora-tadbirlar ijtimoiy himoyaga yanada inklyuziv va faol yondashuv kerakligini aks ettiradi. Nogironligi bo'lgan shaxslar uchun zamonaviy protez-ortopediya vositalari va reabilitatsiya vositalarini joriy etish orqali jamiyat ularning hayot sifatini oshirish, faol ishtirokini rag'batlantirish muhimligini e'tirof etmoqda. Pensiya tayinlash bilan birga shaxsiy jamg'arma hisobvaraqlaridan pul mablag'larini yechib olish bilan bog'liq harakatlarning tizimli va rejali bajarilishi lozimligi shuningdek, nogironlar uchun imtiyozlar to'g'risida xabardor qilish mexanizmlari orqali odamlar o'z huquqlaridan xabardor bo'lishlari va ulardan samarali foydalanishlari mumkin. Qolaversa, Toshkent shahrida nodavlat tashkilotlari orqali ijtimoiy xizmatlarning eksperimental tarzda ko'rsatilishi ijtimoiy ta'minot sohasida jamoatchilik ishtirokini yanada kengaytiradi. Hududlar kesimida kambag'al aholining balansi shakllantiriladi. Xorijiy mamlakatlarda og'ir vaziyatga tushib qolayotgan o'zbekistonlik ayollarga har tomonlama ko'mak ko'rsatish yo'lga qo'yiladi. Shuningdek, "Har bir mahalladan ikki nafar dasturchi" dasturi joriy etilishi, ya'ni ushbu dastur doirasida axborot texnologiyalari va kompyuter dasturlash sohasiga qiziquvchi yoshlarni aniqlash, ularni ingliz va boshqa xorijiy tillarga o'qitish, IT sohasida faoliyat yuritayotgan tashkilotlarga yo'naltirish va ishga joylashtirishga ko'maklashish belgilangan. Viloyatlar markazlari, Toshkent va Nukus shaharlarida kamida bittadan og'ir gematologik, onkologik va klinik immunologik kasalliklari bor bemorlarga palliativ yordam ko'rsatuvchi XOSPISLAR tashkil etilishi belgilangan.

Umuman olganda, bu chora-tadbirlar inson qadr-qimmati, inklyuzivligi va imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan. Zero-ki, jamiyatning ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga g'amxo'rlik qilish ahvoliga qarab jamiyatning, uning a'zolarining, davlatning

8 "O'zbekiston - 2030" strategiyasini "Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon 2024 yil 21 fevraldagi PF-37-son

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

demokratik, madaniy va ma'naviy-axloqiy saviyasiga baxo beriladi va ushbu ko'rsatkichlar -insonparvarlik darajasini belgilab beruvchi muhim mezonlardan hisoblanadi. Xulosa

Shunday qilib, tadqiqotda yangi rivojlanish bosqichida O'zbekistonda ijtimoiy himoyaning mohiyati va xususiyatlari tahlil qilindi. Ijtimoiy himoya jamiyatning jadal rivojlanishi sharoitida aholi farovonligi va ijtimoiy himoyasini ta'minlashga qaratilgan ijtimoiy siyosatning muhim vositasi ekanligi aniqlandi.

Ijtimoiy himoya tizimi aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, turmush sharoitini yaxshilash va ijtimoiy adolatni ta'minlashga qaratilgan keng ko'lamli chora-tadbirlar va mexanizmlarni o'z ichiga oladi. Yangi rivojlanish bosqichida ijtimoiy himoyaning asosiy tamoyillari universallik, qulaylik, adolatlilik va samaradorlikdir.

Yangi rivojlanish bosqichida ijtimoiy himoyaning o'ziga xos xususiyatlariga ijtimoiy himoyani ta'minlashda davlatning rolini kuchaytirish, ijtimoiy dasturlarni amalga oshirishda fuqarolik jamiyatining faol ishtiroki, shuningdek, ijtimoiy sohada innovatsion yondashuv va texnologiyalardan foydalanish kiradi.

Xulosa o'rnida aytishimiz mumkinki, yangi rivojlanish bosqichida ijtimoiy himoya jamiyatning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta'minlashda asosiy o'rin tutadi. Binobarin, zamonaviy talab va davr talablarini inobatga olgan holda, ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirishni davom ettirish muhim ahamiyatga ega.

References:

1. M. Ahmedova. Falsafa: Darslik. O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti. Toshkent.2006.B.388

2. Yaxshilikov J.Ya., Muhammadiyev N.E.Falsafa. Darslik Samarqand: SamDU nashri, 2021.B.272.

3. A.A.Abduxalilov, E.X.Zaitov. Ijtimoiy siyosat: O'quv qo'llanma. «ZEBO PRINT» Toshkent-2021. B.11.

4. A.V.Vaxabov. Ijtimoiy siyosat: O'quv qo'llanma. Toshkent: -MUMTOZ SO'Z||, 2019. B.72.

5. "Moddiy yordam va ko'makka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 28.04.2021 yildagi 250-son

6. "O'zbekiston - 2030" strategiyasini "Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon 2024 yil 21 fevraldagi PF-37-son

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.